Vitaminlar yetishmasligi, darmondorilar uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

vitaminlar

Vitaminlar yetishmasligi, darmondorilar uy sharoitida davolash usullari turlari kasalliklari

 

Vitaminlar inson salomatligini mustahkamlaydigan tabiiy vositalardan biri darmondorilar (vitaminlar) hisoblanadi. Organizm darmondorilar bilan tegishli me’yorda ta’minlanib turilsa, uning kasalliklarga nisbatan bardoshliligi ortadi.
Og’ir xastaliklardan holsizlangan organizm tegishli vitaminlar bilan ta’minlanganda kuch-quvvatni tiklashi tezlashadi.

Mutaxasis maslaxatisiz davolanmang sog’li uchun zarar yetkazib qo’yishingiz mumkun.

Inson organizmi uchun A, V, V2, V3, V4, Vb, Vd, V12, S, R, O, E, RR, K, N kabi darmondorilar nihoyatda zarurdir. Ularningta’siri inson organizmi faoliyatida muhim o’rin tutadi. Shu boisdan xalq tabobatining tamal toshini quygan Luqmon Hakim, Buqrot, Jolinus, sharq tabobatining bobokalonlari Ar-Roziy, Ibn Sino va ularga zamondosh hamda keyingi tabiblar odamlar sog’ligini ta’minlash, salomatligini tiklashda darmondorilar mo’l bo’lgan mahsulotlarni tavsiya qilganlar.

Agar mazkur vitaminlardan birortasi etishmasa, inson organizmida turli kasalliklarning paydo bo’lishiga sharoit tug’iladi. Iste’mol qilinadigan ovqat tarkibida vitaminlar bo’lmaganida avitaminoz (organizmda vitaminlar etishmasligidan kelib chiqadigan kasallik), kam miqdorda bo’lganida esa, gipovitaminoz kasalliklari yuzaga keladi.
Ovqatda bir necha, jumladan S, A, D, E, K, V singari vitaminlarning bo’lmasligi tufayli paydo bo’ladigan kasallik polivitaminoz deb ataladi.

Bir xil ovqat eyish, ayniqsa tozalangan, quritilgan va konserva mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish oqibatida ovqatda vitaminlar miqdori kamayib, organizmda uglevodlar, hayvon oqsillari va yog’larning ko’payishi, ovqatda yangi sabzavot va mevalar bo’lmasligi, shuningdek, mahsulotlarni noto’g’ri saqlash va ovqat pishirilganda vitaminlarining parchalanib ketishi vitamin etishmasligiga sabab bo’ladi.

Darmondorilar etishmasligi asta-sekin paydo bo’ladi, hatto vitaminlar sarfi ularning organizmga tushishidan oshib ketganda ham vitamin etishmasligi birdaniga vujudga kelmaydi, chunki kishi sifatli ovqatlanganda ozroq miqdorda vitaminlar zahira sifatida yig’ilib boradi (masalan, vitamin A-retinol zahirasi 2-3 yilga etadi).

E vitamini (tokoferol) ko’payish vitamini ham deb yuritiladi. Agar inson organizmida bu darmondori etishmasa, umumiy ish va jinsiy qobiliyat pasayib ketadi. Bu vitamin donli ekinlar, o’simlik moylari, dukkaklilar, yangi ko’katlar tarkibida bo’ladi. E vitamini bug’doy va boshqa donlarning kepagida ko’p uchraydi. Organizmni bu vitamin bilan etarli darajada ta’minlab turish uchun bug’doy donini undirib, uning oq maysasini iste’mol qilib turish eng oson yo’lidir.

Bug’doy unidan boshqa donlar yoki donlar aralashmasidan ham foydalansa bo’ladi. E vitamini oqsil va quvvat almashinuvida qatnashib, qon tomirlarini ivigan qon quyqalaridan tozalaydi, yurak mushaklari faoliyatini yaxshilaydi, nafas qisish, pushtsizlik va qandli diabet, jigar va o’t yo’llari kasalliklarining oldini olishda yordam beradi.

R vitaminining (tsitrin) etishmasligi tufayli kapillyarlar mo’rtlashib qoladi, bu esa qon ketishiga olib keladi (bavosir, bachadondan qon ketishi va boshqalar), kishi tez charchaydigan bo’lib qoladi, oyoqlari og’riydi. R vitamini qalampir, na’matak, petrushka, qora smorodina, bodom, limon, apelsin, mandarin, ko’k choy va boshqalarda bo’ladi. U inson qon tomiri devorlarini mo’rt bo’lib qolishidan asraydi, qon bosimini (xafaqon) tushirish xususiyatiga ham ega.

RR vitamini (nikotin kislotasi) barqaror bo’lmasa, odam ichak, jigar, buyrak kasalligiga tez yo’liqadi, ko’ngli ayniydi, ichi ketadi, me’da-ichak faoliyati, asab tizimi buziladi. RR vitamini karam, piyoz, qovoq, ko’k no’xot, loviya, ko’katlarda, donli ekinlarda, xamirturush, jigar, buyrak, grechixa qo’zoqlarida bo’ladi.

Yuqorida aytib o’tilgan vitaminlar inson organizmida etishmaganda turli salbiy o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Tirnoqtushib ketishi, bo’yin qismiga tez-tez chipqon chiqishi, yuzga yara toshishi shular jumlasidandir.
Inson organizmida barcha vitaminlar o’z me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun yilning to’rt faslida etarli miqlorda noz-ne’matlarni ko’proq iste’mol qilib turish zarur.

O’z sog’lig’ini o’ylaydigan odam ovqatining asosiy qismi sabzavotlar, mevalar va boshqa shifobaxsh mahsulotlardan iborat bo’lmog’i lozim. Shunday qilingan taqdirda organizm soglom bo’ladi. Uy sharoitida avitaminozning oldini olish uchun turli- tuman ovqatlar eyish (bunda organizmga hamma zarur vitaminlar tushadi), oziq-ovqat mahsulotlarini to’g’ri saqlash va ovqat pishirish qoidalariga rioya qilish lozim.

Avitaminozni davolashda an’anaviy usullardan biri bu — vitamin (vitaminlar preparatlari) tavsiya etilishidir. Vitaminlarni shifokor tavsiya etgandagina qabul qilish kerak, chunki vitaminlar kuchli biologik ta’sirga ega bo’lib, o’z bilgicha qabul qilinganda foyda o’rniga ziyon keltirishi mumkin, ovqatlanish paytida yoki ovqatdan keyin ichiladi, shunda u me’da va ingichka ichakda yaxshi so’rilib, yaxshi hazm bo’ladi.

Vitaminlar biologik faol moddalar hisoblanib, kishi organizmidagi murakkab va ko’p qirrali modda almashinuv jarayonlarida ishtirok etishi sababli, ulardan to’g’ri va o’rinli foydalanish zarur. Ular iste’mol qiluvchining yoshi, jinsi, mehnat faoliyati, fiziologik holatiga qarab to’g’ri miqdorda berilishi lozim, aks holda — ortiqcha iste’mol qilinsa, organizmda zaharlanish alomatlari (ko’ngil aynishi, qusish, ishtaha yo’qolishi, bosh og’rig’i, qichishish, terining qurib qolishi va hokazolar) paydo bo’lishi mumkin.

* Na’matak, qora smorodina mevalaridan teng mikdorda olib, aralashtiriladi. Bir osh qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, ozroqshakar qo’shib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Na’matak va oddiy chetan mevalaridan teng miqdorda olib, 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat o’rab damlab qo’yiladi. 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Na’matak mevasidan 3 qism, brusnika mevasidan bir qism, gazanda bargidan 3 qism olib, ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi. 10 daqiqa qaynatilgach, 4 soat o’rab damlab qo’yiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qaymoq eng serquvvat va to’qgutar ne’mat hisoblanadi. Binobarin, 100 g qaymoq kishi organizmiga bir kunlik quvvat beradi, chunki unda hamma turdagi darmondorilar mavjudligi aniqlangan.

* Oddiy chetanning quruq mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2-3 mahal A va R darmondorilari etishmasligida ichiladi.

* Sabzi, na’matak mevasi, quritilgan sabzi va gazandadan 3 qismdan olinadi va bir qism qora smorodina qo’shib aralashtiriladi. Choy kabi damlab ichiladi.

* Qora smorodina (qorag’at) mevasidan 700 g ni elakdan o’tkazib, 6 osh qoshiq eritilgan asal yarim litr qaynoq suv bilan aralashtiriladi. 2 kun davomida ichiladi.

* Qora smorodina mevasidan xalqtabobatida darmondori sifatida foydalaniladi. Quritilgan mevasi vitaminli yig’malarda ishlatiladi.

* Qora smorodina va na’matak mevalaridan teng miqtsorda olib, 2 choy qoshig’i ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Dokadan suzib olgach, ta’mga qarab ozroqshakar qo’shiladi. Kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qora smorodina mevasidan bir qism, gazanda bargidan 2 qism, na’matak mevasidan 3 osh qoshiqolib aralashtiriladi. Ustiga 2 stakan qaynoqsuv quyib, bir soat damlanadi. Dokadan suzib olgach, ozroq shakar qo’shib, kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qora smorodina mevasidan bir kg olib, bir yarim kg shakar qo’shib ishlatilsa, darmondori yaxshi sakdanadi.

* Qora smorodina mevasidan 2 osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, 5 daqiqa qaynatiladi va bir soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Qaynatmadagi mevalar iste’mol qilinadi.

* Qarag’ayning maydalangan bargidan 4 stakani ustiga 2 stakan sovuqsuv quyiladi. Unga 2 choy qoshiq eritilgan xlorid kislota va bir osh qoshiq sirka quyib, 3 kun qorong’i joyda saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Suzib olgach, kuniga bir stakandan ichiladi.

* Bodrezak (chingiz) mevasidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, bir-ikki soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 2 mahal yarim stakandan ichiladi.

* Qizilqono’t bargidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, yarim soat damlab qo’yiladi. Suzib olgach, kuniga 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi. Bu o’simlik darmondoriga boy bo’lgani uchun uning ho’l barglaridan salat tayyorlash mumkin.

* Pomidor sharbatidan 2 stakan yoki o’zidan 150-200 g kuniga iste’mol qilinsa, organizmda A, S darmondorilari, temir, kaliy tuzlari etishmasligini to’ldirish mumkin ekan.

* Javdar kepagidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan suv quyib, bir daqiqa qaynatiladi va bir soat tindirib ko’yiladi. Kuniga 3 mahal ovqatdan oldin, yarim stakandan darmondorilar etishmasligida ichiladi.

* Brusnika mevasidan 2 qism, gazanda bargidan 3 qism, na’matak mevasidan 3 qism olinadi. Shu yig’mani aralashtirib maydalab, 4 choy qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va bir-ikki soat damlab qo’yiladi. Kuniga 2 mahal darmondorili choy sifatida yarim stakandan ichiladi.

* Asalari mumi qon almashinuvini va mushaklar faoliyatini yaxshilaydi, tishni tozalab, milkni mustahkamlaydi.

* Petrushkani qadimgi misrliklar mardlik giyohi, deb ta’riflashgan. Qadimgi Rumda jangchilarga urush oldidan petrushka berishgan, chunki unda bir qator darmondorilar bilan birga insonga jasurlik bag’ishlovchi apeol moddasi mavjud.

* Navro’zgul gulining quruq o’tidan bir osh qoshig’i ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi va yarim soat o’rab damlab qo’yiladi. Organizmda S va A darmondorilari etishmaganda kuniga 3 mahal 0,3 stakandan, ovqatdan yarim soat oldin ichiladi.

(Visited 353 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!