Vidolashmoqlikka bog’liq bo’lgan tushlar

Vido. Vidolashmoqlikka bog’liq bo’lgan tushlar yaxshi  likka yo’yilmaydi. Bu o’rinda bir qadar ko’ngilsiz ta’  birlarni keltiramiz: agar g’amgin bo’lib xayrlashilsa, nimanidir yo’qotishga yo’yiladi; agar uy va mamlakat bi  lan xayrlashilsa, muvaffaqiyatsiz safar kutiladi; ba’  zan vidolashuv ko’ngilsiz xabarga ham ishoradir.

Agar qiz yoki juvon qallig’i yoki tanishi bilan xayrlashayotgan bo’lsa, o’ngda ular o’rtasidagi munosabat soviydi. Agar qiz yoki juvon quvnoqlik va xursandlik bilan kim bilandir xayrlashsa, o’ngida qallig’ini tashlab, boshqasi bilan to  pishadi.

Vodiy. Tushda vodiyni ko’rish — hosildorlik va mo’l ko’lchilik ramzi. Qurib qaqshagan vodiyni ko’rish esa, farovonlikning tugashidan dalolat. Tushda vodiy ustida kulrang bulutni ko’rish qurg’oqchilikdan xabar bo’ladi.

Vodiyda jangchilarni ko’rish yangi soliqlar joriy etilishiga ishoradir. Agar tushingizda ko’m  ko’k, yashnagan vodiy ko’rsangiz, demak, birgina siz  ning emas, umuman, siz yashayotgan mamlakatda hayot yaxshi bo’lar ekan. Sevishganlar uchun tushda vodiy ko’rish ko’ngil rozini anglatadi.

(Visited 291 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!