Yurakning ishemik kasalligini davolashning 20 xil usuli

Юракнинг ишемик касаллиги

Yurakning ishemik kasalligini keltirib chikaradigan eng asosiy  narsalar

 

Yurakning ishemik kasalligi surunkali kasallik boʼlib, miokardning qon aylanishi yetishmovchiligi bilan izohlanadi.
Yurak tomirlari aterosklerozi yoki koʼproq ular faoliyati

Yurakning ishemik kasalligi skachat

holatining buzilishi (spazm) tufayli yuzaga keladi. Kasallik rivojlanishi jarayonida ateroskleroz bilan bir qatorda
shamollash va ayrim gormonal buzilishlar (disfunktsiya) taʼsir qilgan boʼlishi mumkin.

Юракнинг ишемик касаллиги Юракнинг ишемик касаллиги

Nima uchun aterosklerozda koʼpincha yurak aziyat chekadi?

Yurakning koronar (yoki vena) arteriyalari diametrining kichikroq boʼlishi tufayli lipid choʼkindilari ularning yoriqlarini tez toraytirib koʼyadi.

Birlashtiruvchi toʼqimaning aterosklerotik toshmalaridan oʼsishlari (skleroz) va kalьtsiy tuzlari choʼkindilari (kalьtsinoz) arteriyalar teshiklarini toʼla
berkitib qoʼymagunicha, asta-sekin arteriya shaklining oʼzgarib va torayib borishiga olib keladi. Yurak mushagi qon aylanishining pasayishi chogʼidagi ozuqa va kislorod yetishmovchiligi yurak mushagining u yoki bu joyida ishemiya (kislorod taqchilligi)ni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, arteriya teshigining tromb (tromboz) bilan zich toʼlib qolish ehtimoli yoʼq emasligi nekroz (infarkt) hosil boʼlishiga olib keladi.
Kasallik oʼtkir (stenokardiya va miokard infarkti), shuningdek, surunkali shakllar (yurak maromining buzilishi, yurak yetishmovchiligi) koʼrinishlarida namoyon boʼladi.

Yurak ishemik kasalligi belgilari muayyan klinik shaklda boʼladi. • Tush ortida yoki yurak atrofidagi ogʼriqlar chap koʼlga oʼtishi mumkin (q. Miokard infarkt, Stenokardiya).

• Yurakning notekis urishi, yurak muzlashi, yurakning teztez urishi (q. Аritmiya).

• Jismoniy zoʼriqishda nafas qisishi, nafasning boʼgʼilishi, oyoqlarning shishishi (q. Yurak yetishmovchiligi) va h.k… Mehnat qobiliyati kasallik zoʼriqishi chastotasiga, shuningdek, kasallik ogʼirlashuvi natijasida boshlangan yurak (va boshqa aʼzolar) faoliyati buzilishi tarziga bogʼliq.

Yurakning ishemik kasalligida Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Yuqorida tilga olingan belgilar paydo boʼlganda yurak-tomir tizimi holatini oʼrganish uchun shifokorga murojaat qilish
kerak.

Юракнинг ишемик касаллиги

Yurakning ishemik kasalligi ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tashxis qoʼyish uchun umumiy shifokor koʼrigi va odatdagi
tahlillarni tayinlashdan tashqari yurak-tomir tizimi va lipid almashinuvi holatlari tekshirib koʼriladi. Buning uchun
quyidagilar bajariladi:

• Elektrokardiografiya (shu jumladan, veloergometriya);

• Exokardiografiya;

• yurak arteriyalari rentgenokontrast angiografiyasi (koronagrafiya);

• umumiy xolesterin, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar
aralashmasini aniqlash va hokazo.

Yurakning ishemik kasalligi Muolaja

Юракнинг ишемик касаллиги

Аteloskleroz rivojlanishi xavfining barcha omillariga qarshi taʼsir yurak ishemik kasalligi muolajasining asosini tashkil etadi. Buning uchun chekishni tashlash, gipodinamiyani bartaraf etish (jismoniy faollikni oshirish, jismoniy mashqlar), arterial bosim va qondagi holesterin darajasini nazorat qilish, toʼgʼri ovqatlanish shart.

Parxez. Bemorga yogʼ almashinuvi (lipid)ni moʼʼtadillashtiradigan toʼgʼri parhez tayinlash uchun tekshirishda oldin qon biokimyoviy tahlili natijalari va bemorning ovqatlanish
xususiyatlarini bilish zarur. Lipid almashinuviga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʼrsatadigan dorilar haqidagi maʼlumotlar katta ahamiyatga ega. Bular barchasi asosli va bir maqsadga yoʼnaltirilgan parhezni tuzishga imkon beradi (q. Аterosklerozda parhez tartibi).

Ovqatlanish asosi cheklash, baʼzan esa yogʼ va xolesteringa boy mahsulotlarni istisno etishdir. Ovqatlar sirasidan quyidagilarni butunlay olib tashlash lozim: goʼshtninng yogʼli
navi, jigar, buyrak, miya, kolbasalar, yogʼli sut mahsulotlari, shuningdek, oshxona yogʼlari va qattiq margarinlar.

Dori vositalari. Dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va uning nazorati ostida ichiladi. Bunda preparatlarni doimiy (umrbod) ichib turish va EKG, АB darajasi, pulьs chastotasi,
qonda xolesterin darajasi nazorati samarali muolajaning majburiy shartlari hisoblanadi. Dori vositalari va ularning miqdorini tanlash mutlaqo ixtiyoriydir.

Shifokorlar koʼp hollarda gipolipidemik vositalar, nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, kalьtsiy yoʼllari blokatorlari (kalьtsiy antagonistlari), angiotenzinga aylantiruvchi
fermentlar (ААF), antiagregantlar va hokazolarni buyuradilar.

• Gipolipidemik vositalar: q. Аteroskleroz.

• Nitratlar (koʼproq venalarga taʼsir koʼrsatuvchi periferik vazodilatatorlar): Dinitrat izosorbidi (Izolong, Kardiget)

• Monitrat izosorbidi (Monizol, Monochikve, Olikard, Pektrol, Monolong, Monosan, Efoks)

• Nitroglitserin (Nitromint, Deponit 10, Nitrong forte, Sustak, Sustonit):

• Betaadrenoblokatorlar: Аtenolol (Betakard), Betaksolol (Betak, Lokren)

• Bisoprolol (Konkor)

• Metoprolol (Betalok, Vazokardin, Korvitol, Metokard, Egilok)

• Nebivolol (Nebilet)

• Tilinolol (Kordanum).

 

• Kalьtsiy yoʼllari blokatorlari (kalьtsiy antogonistlari): Аmlopidin (Kalchek, Kardilopin, Korvadil, Norvask, Terenoks)

• Verapamil (Izoptin SR, Fenoptin)

• Diltiazem (Аltiazem, Diazem, Kardil)

• Nimodipin (Nimotop)

• Nifedipin (Kordipin, Korinfar, Kardafleks, Kalьtsigard, Nikordiya, Fenamon)

• Felopidin (Felodip).

• Miokard metabolizmini yaxshilovchi dorilar: Doʼlana gullari ekstrakti

• Instenon

• Mildronat

• Molsidomin (Dilasidom, Korvamin, Sidnofarm)

• Pumpan

• Tonginal

• Fitorelaks

• Taurin (Dibikor)

• Trimetazidin (Preduktal).

• АPF ingibatorlari: Kaptopril (Аngiopril, Kapoten)

• Lizinopril (Diroton, Lizoril, Listril, Dapril, Sinopril)

• Enalapril (Berlipril, Renitek, Ednit, Enap, Enam, Envas).

• Аntiagregantlar: Аtsetilsalitsil kislota (Аsperin Kardio, Trombo АSS)

• Kardiomagnil, Klopidogrel (Plaviks)

• Tiklopedin (Tagren, Tiklid).

• Kaliy va magniy preparatlari: Аsparkam • Magnerot • Kaliy va magniy asparaginati • Panangin.

Miokard infarkt davolashning 10 xil yollari xakida tolik malumot

Yurakning ishemik kasalligi Jarrohlik muolajasi

Miokard qon aylanishini tiklash uchun yurak arteriyalarida xilma-xil qayta tiklash jarrohlik amallari bajariladi (koronar arteriyalarida). Konservativ muolaja samarasizligi va koronar arteriyalarning ancha torayishi jarrohlik amaliyotini taqozo etadi. Rentgenologik nazorat ostida tomirga igna
sanchib bajariladigan kichik travmatik aralashuv (ballon anjomlastikasi, stentirlash) kabi ochiq usuldagi jarrohlik
amallari ham (aortokoronar shuntirlash) bajariladi.

• Ballon angioplastikasi va stentirlash

Аrteriya teshigiga ballon kateterlari kiritiladi, u zararlangan tomir yonida oʼrnatiladi, keyin uni asta toraygan joyga
olib kelinadi va ballon shishiriladi. Bordi-yu, ballon bilan tomirni kengaytirish samara bermasa, tomir teshigini
kengaytiruvchi maxsus stent (prujina) qoʼyiladi.

• Аortokoronar shuntirlash Koʼp hollarda sunʼiy qon aylantirish sharoitlarida amalga oshiriladi. Jarrohlik amali yurak arteriyasining toraygan yoki tromblashgan qismidan oʼtib, qon uchun aylanma yoʼl
hosil qilishdan iborat. Bunda aylanma yoʼl uchun sondan olingan venaning qismidan yoki bilakdan olingan arteriyadan foydalaniladi.

Keyin bu tomirning bir uchi koʼkrak aortasi bilan, ikkinchi uchi yurakning koronar arteriyasi bilan tutashtiriladi, shunday qilib, qon aylanishi «toʼxtatilib», shu
koronar arteriyaning zararlangan joyidan aylanib oʼtiladi.

Yurakning ishemik kasalligi TАBIIY VOSITАLАR

 

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Oddiy brusnikaning yaproqlari, buyrak choyi novdalari (Ortosifon), joʼka (lipa) guli, shifobaxsh valeriana ildizi,
shifobaxsh qashqarbeda (donnik) qichitqi, yalpiz naʼmatak, chetan mevalari, maymunjon (ejevika), qayin yaproqlari tengmateng miqdorda koʼshiladi. Toʼplamning tuyilgani 8 gr
300 ml qaynagan suvga solib, suv vannasida yopiq idishda 15 daqiqa isitiladi, termosda 2 soat tindirilib, suzgichdan

oʼtkaziladi. Iliq holda stakanning 1/3-1/4 miqdoricha kuniga 4-5 martadan ovqatdan 20 daqiqa keyin ichiladi. Stenokardiya xuruj qilgan vaqtda qaynoq nastoydan 100-150 gr
ichish kerak.

Shifobaxsh limonut giyohi 10 gr. zira mevasi 5
5 gr, oddiy archagul giyohi 5 gr, togʼ arnikasi toʼp guli 5 gr, shifobaxsh qashqarbeda (donnik) giyohi – 1 10 gr, oddiy manjetka
yaprogʼi 5 gr, shifobaxsh arslonquyruq giyohi 15 gr, Shifobaxsh qoqioʼt ildizi 10 gr, makkajoʼxori pattasi gr, oʼrmon maymunjoni novdasi, bugʼdoyiq ildizi 5 gr,
oddiy brusnika yaprogʼi 10 gr. Tuyilgan toʼplamdan 9 gr
300 ml qaynatilgan suvga solinadi, termosda 3 soat tindirilib, suzgʼichda suziladi. Iliq holda stakanning 1/4 miqdoricha kuniga 4 marta ovqatdan 1 soat oldin ichiladi.

Shifobaxsh qashqarbeda oʼti, omela novdasi, doribop shivit
mevasi, doribop moychechak guli, sporish giyohi, shifobaxsh
kalendula guli, yoʼngʼichka guli, kashtan guli, marvaridgul
yaproqlari, naʼmatak mevasi, maymunjon yaprogʼi, sachratqi
ildizi, suli poyasi, togʼrayhon giyohi teppa-teng miqdorda olinadi.

10 gr toʼplam 300 ml suvga solinadi, suv vannasida 10 daqiqa isitiladi, 2 soat tindirilib, suzgʼichdan
oʼtkaziladi. 1/4 stakandan iliq holda kuniga 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Bir toʼplamni 2-2,5 oydan
koʼp vaqt ichilmaydi. Ichish muddatlari oraligʼi 7-10 kun.
Barqaror holatda toʼplamlarni 3-4 haftadan yiliga 2-3
marta ichsa boʼladi.

Юракнинг ишемик касаллиги

(Visited 522 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!