YAKINNI YAXShI KOʼRMАSLIK KАSАLLIGI TAShXISLASh, DAVOLASh

ЯКИННИ ЯХШИ КЎРМАСЛИК

YAKINNI YAXShI KOʼRMАSLIK KАSАLLIGI ALOMATLARI, TASNIFI

Yaqinni yaxshi koʼrmaslik (gipermetropiya) yaqindagi narsani yaxshi koʼrmaslik boʼlib, tasvirning koʼz toʼr pardasida emas, balki uning ortida aks
etishi bilan bogʼliq, shu tufayli koʼrinadigan narsalarni idrok etish aniqligi yoʼqoladi.

Rivojlanish tarzi xuddi uzoqni yaxshi koʼrmaslikdagiday, faqat unga teskari yoʼnalishda: koʼz olmasining old orqa uzunligi oʼlchamlarini kichkinaligi (23,5 mm dan kamroq), gavharni nur sindirish koʼrsatgichlarini zaifligi.

Taxminan 40 yoshga kelib, kishi koʼz gavharida sklerotik oʼzgarishlar roʼy beradi, bu uning yadroli zichlashuviga olib keladi, demakki koʼzning akkomodatsiyaga nisbatan qobiliyatiga putur yetadi (gavhar shaklini toʼgʼrilab turuvchi mushaklar zaiflashadi). Presbiopiya, yoki keksa yoshga xos yaqinni yaxshi koʼrmaslik rivojlanadi. Koʼz yaxshi koʼrib tursa, presbiopiya 40-45 yoshdan boshlanadi.

Taxminan 60-70 yoshlarga kelib, gavhar oʼzining qiyshiq radiusini toʼgʼrilash qobiliyatini butunlay yoʼqotadi, bu yaqinni yaxshi koʼrsatadigan va uzoqni yaxshi koʼrsatadigan alohida-alohida koʼzoynaklardan muttasil foydalanishni talab etadi.

ЯКИННИ ЯХШИ КЎРМАСЛИК

YAKINNI YAXShI KOʼRMАSLIK Belgilari

• Yaqindagi buyumlarni farqlash qiyinligi, koʼzdan nari surilganida mayda buyumlarni durustroq farqlay bilish.

• Katta darajali yaqinni yaxshi koʼrabilmaslikda koʼzning yomon koʼrishi.

• Mutolaa chogʼida koʼzning qattiq toliqishi.

• Ishlaganda koʼzning haddan ortiq zoʼriqishi (bosh ogʼrishi, koʼz achishi).

• Koʼzning tez-tez shamollashi (Blefarit, konьyunktivit, govmichcha).

Koʼpincha yaqinni yaxshi koʼrmaslikdan kishilar aziyat chekadilar (odatda bolalar koʼzlaridan shikoyat qilmaydilar). Dast labki belgilar odatda koʼz kasalligi deb taxmin qilinmaydi (bola maktabda yomon oʼqiydi, tikilib turganda koʼz tez charchaydi, injiqlik qiladi va hokazo). Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Kasallik belgilari boʼlmaganda ham 3,5 yoshda, keyinchalik har 2-4 yilda koʼzni tekshirtirib turish zarur. ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Tashxis quyidagilarga asoslanadi: • koʼrish oʼtkirligini aniqlash (vizometriya); • koʼz tubini oʼrganish (oftalьmoskopiya); • koʼz ichi bosimini oʼlchash (tonometriya); • koʼrish maydonini tekshirish (perimetriya) va hokazo.

ЯКИННИ ЯХШИ КЎРМАСЛИК

YAKINNI YAXShI KOʼRMАSLIK Muolaja

Yerugʼlik nurlari toʼr pardada aks etishi uchun yaqinni yaxshi koʼrmaslikni davolashning barcha usullari koʼzning optik quvvatini oshirishga qaratilgan.

Koʼzoynak yoki kontakt linzalari yordamida koʼrishni korrektsiya qilish.

Maktabgacha yoshda yaqinni yaxshi koʼrmaslikning kichik darajasidayoq ijobiy linzalar bilan doim davolab turish lozim.

Gipermetropiyasi oʼrtacha boʼlgan oʼquvchilar va katta yoshdagilarga yaqin masofada turib ishlash uchun koʼzoynak buyuriladi, yuqori darajada esa har doim taqib yurish uchun buyuriladi. Toʼgʼri optik davolanishda koʼrish va mehnat qilish qobiliyati yaxshi saqlanib qoladi.

Dorilar koʼrsatkichlar boʼyicha tayinlanadi.

• Qarayverib, koʼzga zoʼr kelganida: Vitrum vijn, hapdorilar • Digitoksin (Digofton), koʼz tomizgʼilar • Mertilene forte, kapsulalar • Striks, kapsulalardan foydalaniladi. Jarrohlik amaliy gipermetropiyani kamaytirishga yoki butunlay bartaraf etishga qodir.

Lazer keratoplastikasi, gavharni almashtirish, ijobiy linza oʼrnatish hozirgi vaqtda yaqinni yaxshi koʼrmaslik kasalini jarrohlik yoʼli bilan davolashning keng tarqalgan usullari hisoblanadi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

8 oshqoshigʼidagi quruq naʼmatak mevasi yuvilib, olovga qoʼyiladi, 15 daqiqa ogʼzi yaxshi yopilgan idishda qaynatilgach, 5-6 soat tindiriladi (termosda boʼlgani yaxshi) va suziladi va 4 oshqoshiq asal solib, aralashtiriladi. Har kuni 3-4 mahal ovqatdan oldin 1 stakandan ichiladi.

1 kg yangi naʼmatak mevasi donidan ajratiladi, elakda yuviladi, 3-3,5 l suvda yumshaguncha qaynatiladi, soʼng magʼiz olinib, elakdan qirib oʼtkaziladi, 1,5-2 stakan may asali va 2 l qaynatilgan suv qoʼshib, past olovda 3-5 daqiqa yana qaynatiladi, soʼngra sterilizatsiya qilingan shishalarga quyib chiqiladi va yopiladi. Mahsulot qorongʼi, salqin joyda saqlanadi. Kunda 4 mahal yarim stakandan ovqatdan oldin ichiladi.

Birinchi daraja yaqinni yaxshi koʼrmaslik kasalligida (2,0 dioptriygacha) koʼz olmasi mushaklariga va koʼzlarni kurshab turgan toʼqimalarning biologik jihatdan faol nuqtalariga taʼsir koʼrsatish yordamida yaqinni yaxshi koʼrmaslik kasalining avj olishini susaytirish va uning yuzaga kelishining oldini olish mumkin. Kuyida nuqtali uqalash mashqlari keltirilmoqda, ularni umumiy tarzdagi tadbirlar (sogʼlom turmush tarzi, toʼq tutadigan ovqatlar yeyish, toblanish, jismoniy tarbiya va h. bilan birgalikda qoʼllash tavsiya etiladi).

ЯКИННИ ЯХШИ КЎРМАСЛИК

YAKINNI YAXShI KOʼRMАSLIK Mashqlar

1. Stulda oʼtirib, kaftlarni tizzaga qoʼyasiz, toʼgʼriga qaraysiz. Koʼzingizni oxirigacha chap tomon pastga qaratasiz, kiprik qoqmay yosh chiqquncha yoki majburan kiprik qoqquncha qarab turaverasiz. Nafasni toʼliq olib, toʼliq chiqarasiz, shundan keyin koʼzingizni buyonga olasiz va iloji boricha uzoq vaqtgacha boyagiday qarab oʼtiraverasiz. Nafas olishdan oldin koʼzingizni asil holatiga qaytarasiz. Mashq bir marta bajariladi.

2. 1 mashqdagidek, faqat endi koʼzni oʼng tomon pastga qaratasiz.

3. 1 mashqdagidek, faqat ikkala koʼzingizni qoshlar oʼrtasiga qaratasiz.

4. 1 mashqdagidek, faqat koʼzingizni burun uchiga qaratasiz. Nuqtali uqalash

 

 

1. Nuqta joyi: juft-juft, simmetrik, bilakning yuza tomonida, panja boʼgʼimidan 2 enli yuqorida joylashgan.

Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq yoki koʼrsatkich barmoq bolishchasi _ bilan 1 daqiqa davomida ogʼriguncha bosib turiladi.

2. Nuqtalarning joyi: juft-juft, simmetrik, tirsak bukilgan joydagi teri qatlamlaridan bir-ikki enlik narida joylashgan. Taʼsirqilish usuli: yuqoridagiga qaralsin.

3. Nuqtalar joyi: juft-juft, simmetrik, bilakning old yuzasida, panja oʼrta taramlaridan teparoqda paylar oraligʼida joylashgan. Taʼsir qilish usuli: yuqoridagiga qaralsin.

(Visited 177 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!