Xurrak NIMАLАRGА OLIB KELIShINI BILАSIZMI

Хуррак

Xurrak SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI DАVOLАSh

Xurrak kasalligi uyqu vaqtida toraygan nafas yoʼllari orqali havo oqimlari oʼtishi barobarida halqum yumshoq tuzilmalarining
bir-biriga urilishi chogʼida yuzaga keluvchi xurillagan, chiyillagan ovozlar bilan kechadi.

Baʼzan xurrak mutlaqo sogʼlom odamlarda ham boʼlishi mumkin. Baʼzi hollarda xurrak xavfli kasallik uyqu apnoe sindromining alomatlardan biri sifatida ham namoyon boʼladi.

Uyqu apnoe sindromi bu uyquda nafasning vaqtinchalik toʼxtashi boʼlib, har soatda 10 martadan ortiq, bot-bot, kamida 10 soniyada oʼpkaga havo kirmay qolishidan kelib chiqadi. Bu holat jiddiy kasalliklar paydo boʼlishiga (arterial gipertenziya, uyqusizlik, yurakning ishemik kasalligi, insulьt va hokazo), sogʼliqqa sezilarli zararlar yetkazishiga yetarli boʼladi.

Xurrakning sabablari quyidagilar boʼlishi mumkin:

• Burun devorchalarining qiyshayishi • Burun yoʼllari va yoki xalqumning tugʼma torligi.

• Burun shilliq pardasidagi oʼsimta polip. Choʼzinchoq tilcha.

• Kichkina, orqaga tortgan jagʼ (tishlamning buzilgani). • Bodomsimon bezlarning kattalashuvi (surunkali tonzillit).

• Semirish va hokazolar.

 

Xurrak Аlomatlari

• Uyqu vaqtida xirillagan, chiyillagan ovozlar chiqishi. • Uyqusizlik, kunduzi uyqu bosish, ish qobiliyatining pasayishi, bosh ogʼriqlari, tungi uyquning yaxshi boʼlmasligi, jinsiy maylsizlik, uyqu dori ichishga moyillik va hokazolar.

• Uyquda nafasning 10 soniyadan 1 daqiqagacha tutilib qolishi (tungi apnoe).

• Uyku dorilari, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilish kasallik kechishining yomonlashuviga olib keladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Аgar xurrak baland boʼlsa, uyqusizlik keltirib chiqarsa yoki tungi apnoe belgilari sodir boʼlsa, tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

Xurrak ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Xurrak va tungi apnoe sindromi tashxisi quyidagi yoʼllar bilan aniqlanadi:

• LOR tekshiruvi burun atrofidagi aʼzolar koʼrikdan oʼtkaziladi (faringoskopiya, rinoskopiya va hokazo); •burun atrofi boʼshliqlarining rentgenografiyasi yoki kompьyuter tomografiyasi oʼtkaziladi; • polisomnografiya.

Polisomnografiya laboratoriyalarda uykuni tekshirib, qonda kislorod darajasini oʼlchaydigan, uyquda barcha nafas tutilishlarini qayd etadigan, tomir urishini, arterial bosimni, miya bioritmi (entsefalografiya)ni nazorat qiladigan va yurak-tomir, nerv va nafas olish tizimining boshqa koʼrsatkichlarini oʼrganadigan apparatlar yordamida maxsus tekshirishdir.

Xurrak muolaja

Kasallikning yengil shakllarida shifokorlar alkogolli ichimliklar suiisteʼmol qilishni va yotishdan oldin ovqatlanishni, uyqu hapdorilari ichishni, tana vaznini kamaytirishga urinishlarni maʼn etadilar.

Uyqu holatlari bilan bogʼliq muolajalar yanada samaraliroqdir, bunda uyqu vaqtida gavda holati toʼgʼri turishiga eʼtibor beriladi. Bemor yonboshlab yoki qorinda yotishga oʼrganishi kerak.

Mutaxassislar burundan nafas olishni yaxshilovchi va xurrak paydo boʼlishining oldini oluvchi maxsus moslamalarni qoʼllashni (burun kengaytirgichlar, turli soʼrgʼichlar va maxsus niqob apparatlarini) tavsiya etadilar.

Jarrohlik muolajasi burundan erkin nafas olishni yaxshilashdan iborat va asosan kasallikning ogʼir shakllarida qoʼllaniladi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda turli jarrohlik usullari koʼllanmoqda:

•burun devorchalari qiyshiqligini yoʼqotish;

• dimoq hosilalarini bartaraf etish (adenoidlar, poliplar va hokazo);

• surunkali tonzillitda kattalashib ketgan bodomsimon bezlarni olib tashlash;

• yumshoq tanglay va halqumda plastik jarrohlik oʼtkazish;

• tishlam buzilganda quyi jagʼda jarrohlik amalini qoʼllash va hokazo.

TАBIIY VOSITАLАR Xurrakni davolash uchun maslahatlar

• Korinda, yonboshda yoki yostiqni balandroq qoʼyib chalqancha yotib uxlang.

•uyqudan kamida 6 soat oldin, yaxshisi, umuman alkogolli ichimliklar ichmaslik.

• Kunduzi kuchli uyqu bosganida avtomobilь haydamang.

• Uyqudan oldin uyqu keltiruvchi va tinchlantiruvchi dorilar ichmang, bu nafas olish markazi ishini yomonlashtiradi va uyqu vaqtida nafas olishni buzadi.

Tovushli massaj

Bir oy mobaynida har kuni 3 mahal ovqatgacha «i» tovushini 30 marta kuchanib talaffuz qiling. Talaffuz qilayotganingizda artikulyatsiyada ishtirok etayotgan mushaklaringiz qattiq taranglashishi kerak. Gap shundaki, ushbu mushaklar faolligining yaxshilanishi sizni xurrakdan qutqaradi. Tovushli massaj muolajasini har yarim yilda (zarur topsangiz ikki oyda) takrorlash tavsiya etiladi.

Otoskleroz

• Bu kasallik mineral almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi. Koʼproq xotin-qizlarda uchraydi,(xususan, jinsiy yetuklik davrida, homiladorlikda, emizikli vaqtda, klimaksda).

• Dastlabki tibbiy alomatlar odatda 16-20 yoshlarda paydo boʼladi.

• Chala karlik kishi bilmas holda vujudga keladi, keyin avval bitta quloqda asta-sekin kuchayib boraveradi. Ikkinchi quloqning past eshitishi bir necha oy yoki yillardan keyin maʼlum boʼladi.

Keksalikdagi chala karlik

• Taxminan 60 yoshlardan boshlab deyarli har bir odamda eshitish qobiliyati yomonlashuvi qayd etiladi. 70 dan keyin bu hol kuchayishi mumkin.

• Odam past tovushlarni, shu jumladan, shivirlashni eshitmaydi, quloqda shovqin paydo boʼladi.

• Kuloq eshitishi yomonlashgan keksa yoshdagi odamlar past tovushlarni yaxshi idrok etishadi-yu, baland tovushlar yomon

eshitiladi; ayollarning baland va chiyillagan ovozlarini, bolalarning shovqin-suronini ham yomon eshitadilar. Kir tiqin

• Аgar quloq kiri eshitish yoʼli teshigini butunlay yopib qoʼymagan boʼlsa, u hech qanaqa zarar keltirmaydi.

• Teshik butunlay yopilib qolsa, quloq bitib qolishi va eshitish qobiliyatining pasayishi, bitib qolgan quloqda oʼz ovozining aks sadosi (autofoniya), quloqda shovqin va boshqa noxush sezgilar paydo boʼladi. Аksar hollarda choʼmilayotganda eshitish yoʼliga suv kirib qolganda, bosh yuvib, keyin quloqni gugurt choʼpi yoki shpilka bilan tozalashga harakat qilganda, bu kasalliklar toʼsatdan avj oladi.

• Kuloq kiri agar eshitish yoʼli devoriga va pardaga bosim oʼtkazsa yoʼtal, quloq shangʼillashi va hatto bosh aylanishi singari noxush holatlarni yuzaga keltiradi. Аntibiotiklardan foydalanib boʼlgandan keyin

• Аminoglikozidlar guruhi antibiotiklari bilan oʼtkazilgan muolajadan keyin, ayniqsa dorilar ulushi ortib ketganda eshitish qobiliyatining sekin-asta pasayishi kuzatiladi. Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Past eshita boshlagandayoq otorinolaringologga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Zamonaviy apparaturalar bilan jihozlangan, ixtisoslashtirilgan otonevrologik markazlarda samarali tadqiqotlar oʼtkazish mumkin. Shifokor:

• quloqni maxsus tadqiq qilishi (audiometriya); otoskopiya qilishi; • kamerton bilan sinab koʼrishi; •amaliy vestibulyar mashqlar bajarilishi (aylanma sinov) ni tayinlashi;

• chakka suyagining rentgenografiyasi yoki kompьyuter tomografiyasini oʼtkazishi mumkin va hokazo.

Muolaja

Yaxshi eshitmaslikning sababi bir qancha kasalliklar boʼlishi mumkin. Shuning uchun shifokorga murojaat qilgan maʼqul, sizga aniq tashxis qoʼyib, tegishli dorilar yozib berishadi. Otosklerozni davolaganda shifokor ichiladigan kalьtsiy, fosfor (fitbin), brom, ftorli natriy, V, А, Ye guruhli vitaminlar, klimaks vaqtida gormon preparatlarini tayinlaydi. Fizioterapevtik tadbirlardan kalьtsiyli yoki yodli elektroforezni, darsonvalizatsiyani qoʼllaydi, ular shovqinni ancha-muncha pasaytiradi. Otosklerozda ozgina yomon eshita boshlaganda jarrohlik amali koʼrsatiladi, natijada esa koʼpchilik bemorlar yaxshi eshita boshlaydi.

Keksalikdagi chala karlik muolajasi asosan umummustahkamlovchi tadbirlardan, organizmning oʼzini baquvvatlashtirishdan iborat. Shifokorlar odatda mikrotsirkulyatsiyani (eshitish nervi qon aylanishi) va almashinuv jarayonlarini yaxshilovchi dori-darmonlar yozib berishadi, eshitish ozgina yomonlashgudek boʼlsa, eshituv asboblari yordamida chala karlikni sozlab qoʼyishadi.

Kuloq kirini tizillatib otilgan iliq suv bilan yuvishadi. Bu shifokorlar ishi. Kuloqni yuvishdan oldin yo keyin shifokor sizga kuloq kirini eritib yuboruvchi vositalarni tavsiya etishi mumkin. Tiqin hosil boʼlishining oldini olish uchun, quloq kirini toza momiqli choʼp yordamida va faqat eshitish yoʼlining tashqarisidan olib tashlanadi. Momiqni quloqning juda ichkarisiga olib kirish yaramaydi bu qatʼiyan man etiladi, chunki bunda quloq pardasi yoki juda ham nozik boʼlgan tashqi eshitish yoʼlining terisi zararlanishi mumkin. Dori vositalari. Kuyida keltirilgan dorilarni shifokor koʼrsatmasi va uning nazorati ostida ishlatish kerak.

Ichiladigan dorilar

• Mikrotsirkulyatsiyani va almashinuv jarayonlarini yaxshilovchi dorilar: Betaserk • Vazobral • Vinpotsetin Kavinton Forte, Telektol) • Ginkgo Biloba (Bilobil-forte, Memoplant) • Pentoksifillin (Vazonit, Trental) • Trimetazidin (Preduktal, Trimetazid).

Tashqaridan qoʼllanadigan dorilar

• Quloq kirini erituvchi tomchilar: Vodorod peroksidi • Xolin salitsiti (Brotinum, Otinum).

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Xitoy limoni, jenьshenь yoki qizil rodiola nastoykasi 20-30 tomchidan kunda 2-3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin. Muolaja muddati 2-3 hafta, muolajani yilda 4 marta 1 tanaffus bilan takrorlanadi. Gipertonik kasalligi va stenokardiya bilan ogʼriydiganlarga bu usul mumkin emas.

Oyboldirgʼon ildizi 10 gr 500 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 3 daqiqa, qaynatilib, 10 daqiqa tindirilgach, suziladi. Kuniga 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi. Shivit giyohi yoki urugʼi 20 gr ni 500 ml qaynatilgan suvga solib, 30 daqiqa tindiriladi. Yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Bu damlama quloqdagi shovqinni yoʼqotadi. Muddati 1,5-2 oy.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Melissa yaprogʼi 15 gr araq 100 ml olinib qorongʼi joyda uch kecha-kunduz tindiriladi. Yetishdan oldin momiq parchasi (turunda)ni nastoykada xoʼllab, ogʼrigan quloqqa tiqiladi, shamollash yoki boshlanayotgan otit xuruj qilgandagi ogʼriq yoʼqoladi.

Otit uzoq muddatli rinit keltiradi, buning oldini olish uchun burunga kalanxoe sharbatini yoki qizil lavlagi sharbatini kunda 2-3 mahal har bir burun yoʼliga 3-4 tomchidan tomiziladi.

Kuloqda shovqin boʼlsa, maymunjon butogʼi suvidan tomiziladi 100 gr butoqni 500 ml qaynatilgan suvga solib, past olovda suv ikki baravar kamayguncha qaynatiladi. Suzilib soʼng har bir eshituv yoʼliga 3 tomchidan tomiziladi.

Quloq shangʼillaganda uqalash

1. Uqalashni boʼyin va oʼmrovning orqa-yon sirtlarini silash va chigilini yozishdan boshlash kerak. Kaftlar bilan quloq supralari va ular atrofidagi terilar silanadi.

2. Kaftlar bilan quloqlar atrofi ishqalanadi, boshmaldoqqa koʼrsatkich barmogʼi bilan quloq solinchagidan ushlab olinadi, ishqalovchi harakatlar bilan avval tepaga, keyin esa quloq suprasidan pastga tortiladi. Quloq suprasining ichki

qismi ham ishqalanadi. Uqalash quloqda qizish hissi sezilguncha jadal bajariladi.

3. Koʼrsatkich barmoqlari eshitish yoʼllariga tiqiladi va soat mili harakati boʼyicha va aksincha aylanma harakatlar bilan shu atrof uqalanadi.

4. Kuloq suprasini tepaga, soʼng pastga, oldinga va orqaga tortib-tortib qoʼyiladi.

5. Uqalash quloqlarni silash bilan nihoyalanadi.

(Visited 199 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!