Xikichok kutulishning 20 xil usuli

Хикичок

Xikichok kutulishning 20 xil usuli sabablari davolash

 

Xikichok beixtiyoriy, odatda bir tekisda takrorlanuvchi nafas olish boʼlib, oʼziga xos tarzda ovoz chiqadi, diafragma koʼkrak va qorin boʼshliqlarini ajratib turuvchi mushak
pardasining toʼsatdan qisqarishi sabab boʼladi.

Qisqa muddatli hiqichoq sogʼlom odamlarda quruq ovqat yeganda paydo boʼladi. Kishi tez ovqat yeb, uni yomon chaynaganda; katta miqdordagi suyuqlik, xususan sovuq suvni ichganda yuzaga kelishi mumkin.

Faoliyatli yoki asab hiqichogʼi asab larzaga kelishi oqibati boʼlishi mumkin. Odatda jizzaki, oʼzini tutolmaydigan, yengil tabiat yoki arazgoʼy odamlarda tez-tez uchraydi, bunday hiqichoq odam tinchlanganidan keyin gʼoyib boʼladi.

Umurtqa bilan koʼkrak qafasi oraligʼidagi patologik jarayonlar shish, aorta anevrizmi, limfatik tugunlar kattalashuvi uzoq muddatli hiqichoqqa sabab boʼlishi mumkin.

Hiqichoq oshqozon-ichak yoʼli kasalliklarida ham kuzatiladi, miyaning ustun boʼlimlari zararlanishi (entsefalit, insulьt va hokazolar) natijasi ham boʼlishi mumkin.

• Diafragmaning gʼayri ixtiyoriy qisqarishi qisqa muddatli va davomli boʼlib, bir necha soat, bir necha kun va hatto bir necha haftagacha choʼzilishi mumkin Tish tushishi;

• Hiqichoqda koʼpincha hiyqillagan ovoz chiqishi yoki oldin kekirik kelishi mumkin; goho kishi qusib ham yuboradi, chunki bu paytda oshqozon shilligʼi va uning chidamli spazmasi
joyidan qoʼzgʼalishi mumkin;

Xikichok  Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Hiqichoq bosilavermasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Аgar hiqichoq paytida odam qusib yuborsa va qusuqda qon alomatlari koʼrinsa, «tez yordam» chaqirish kerak.

 Хикичок 4

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Xikichok Tekshirish

Qorinda ogʼriq qoʼzgʼatadigan, qusdiradigan, soʼlak oqizadigan uzoq va davomli hiqichoq tibbiy tekshiruvni talab etadi, chunki u oshqozon yarasi, shishi, jigar kasalligi, oʼt qopi yoki
oshqozon osti bezi kasalligidan darak boʼlishi mumkin.

Xikichokda kanday Muolaja kilish kerak

Parhez chogʼida yuzaga kelgan qisqa muddatli hiqichoqdan «havoni toʼxtatib» qutulish mumkin; chuqur nafas olinadi-da, iloji boricha uzoq chiqarmay turiladi. Goho ikki-uch hoʼplam
suv yoki bir necha marta chuqur-chuqur nafas olinsa kifoya. Iliq ichimlikni, qoringa issiq yoki aksincha, sovuq holda qoʼyish ham samara beradi.

Dori vositalari. Uzoq davom etgan hiqichoqda shifokorlar trankvilizatorlar, qusishga qarshi va antatsid vositalar buyuradilar.

Qusishga qarshi vositalar: Metoklopramid (Аpo-metoklon,
Metamol, Perinorm, Serukal).
Аntatsid vositalar: Аltatsid • Аlьmagelь • Gastratsid • Maaloks • Maalukol • Rutatsid, Talьtsid.

Trankvilizatorlar: Diazepam (Аpaurin, Relium, Seduksen)
• Oksazepam (Tazepam).

Хикичок

Xikichokda TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)
Bir chaqmoq qandni til tagiga tashlab, 5-10 daqiqa davomida
shimiladi.

Bir stakan sovuq suv hoʼplab-hoʼplab ichiladi. Аgar suvni hoʼplayotgan vaqtda ikkala quloqni quloq chanogʼi bilan yopib turilsa, hiqichoq tez oʼtib ketadi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Bir necha marta tez-tez va kuchli nafas olinadi, keyin bir
marta sekin nafas chiqariladi.

Koʼllar bilan diafragma atrofini qorinning qobirgʼalar
burchak hosil qilgan qismini qattiq bosiladi.
Koʼkrak ostiga xantal qoʼyiladi.

Togʼrayhon ustidan olingan efir moyi hidlanadi, bir necha
tomchi qaynatilgan suvga tomiziladi.

Хикичок

Meʼda (jigʼildon) qaynashi

Jigʼildon qaynashi toʼsh ortida yoki qorin usti tomonda jizillash sezilishi, koʼpincha tepada halqumgacha yoyiladi, achchiq meʼda suyuqligi (hazm boʼlmagan ovqat va xlorid kislotasi)ning qiziloʼngachga kelib tushishi sabab boʼladi. Oshqozondagi chiqqan ovqatning qayta qiziloʼngachga chiqishga xalaqit beruvchi quyi
sfinkteri faoliyatidagi illat tufayli yuzaga keladi.

Jigʼildon qaynashi qiziloʼngach va meʼda kasalliklariningasosiy koʼrinishlaridan biri hisoblanadi (q. Yara kasalligi, Ezofagit). Goho jigʼildon qaynash hollari ovqatda achchiq, shoʼr yoki
konservalangan mahsulotlarni isteʼmol qilgandan va achchiq alkogolni meʼyordan ortiq ichgandan keyin sodir boʼlishi mumkin.
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Jigʼildon qaynashi choʼzilib ketganda shifokorga murojaat
qilish kerak.
Bordi-yu, jigʼildon qaynashi ustiga yana qusilsa, unda qon
izlari koʼrinsa, «tez yordam» chaqirish kerak.

Хикичок 4

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Jigʼildon qaynashi doimiy yoki tez-tez sodir boʼlsa, meʼda va qiziloʼngachni tekshirtirish zarur. Shu maqsadda shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

•fibrogastroduadenoskopiya;

• oshqozon shirasining kislotaliligini tekshirish (meʼda
zondi yoki ekspress-test);

• qiziloʼngach va meʼdani rentgen qilish va hokazo;

Muolaja

Jigʼildon qaynashi muolajasi shunga olib keluvchi asosiy kasallikni davolash, parhezga rioya qilish va dorilar ichishdan iborat.

Parhez. Ozuqadan nordon mevalar, yongʼoqlar, sabzavotlar va ularning suvlari, piyoz, sarimsoqpiyoz, qalampir, qora qahva, seryogʼ mahsulotlar, ichakda yel paydo qiluvchilar (dukkaklilar, bosh karam, goho kartoshka, banan va hokazo), yangi uzilgan non, shokolad, meʼda shirasi sekretsiyasini oshiruvchi mahsulot va taomlar tuzlama karam, bodring, qattiq goʼsht, baliq va zamburugʼ shoʼrvasi, qovurilgan narsalar, achchiq ziravorlar (xantal, ketchup va h.k.)ni cheklash yoki istisno etish jigʼildon qaynashini kamaytiradi va h.k tish tushishi.

Хикичок 3

Аlkogol ichimliklar, jumladan, pivo, shampan va oq musallas, shuningdek, har qanday alkogolsiz gazlangan ichimliklar isteʼmolini cheklash yoki taqiqlash kerak. Ular meʼda ichi bosimini oshiradi, meʼdada zardob toʼplanishiga sabab boʼladi, katta miqdordagi etilь spirti oshqozondagi zardobni qiziloʼngachga chiqarib tashlanishiga
imkon beradi.

Tansiq va seryogʼ ovqatlarni koʼp yemaslik kerak. Ovqatni ozozdan va tez-tez isteʼmol qilib turish lozim. Ovqatlanib boʼlgach, gavdani oldinga birdan va chuqur egib yubormaslik va ovqatlangandan keyin 2 soat oʼtmaguncha yotmaslik, yaxshisi, 15-20 daqiqa toza havoda yurish maqsadga muvofiq.

Ovqatlangandan soʼng qorinni kamar bilan qisib bogʼlamaslik kerak. Oxirgi ovqatlanish uykuga yotishdan 3 soat oldin yeyilsa yaxshi. Tungi «tamaddi»dan
voz kechmoq lozim. Juda issiq yoki sovuq ovqat, shuningdek, ovqatlar oraligʼida suyuqliklar ichish tavsiya etilmaydi.
Dori vositalari. Oshqozon shirasi kislotasini moʼʼtadillashtiruvchi dorilar tayinlanadi: Аltatsid • Аlьmagelь • Gastratsid • Maaloks • Maalukol • Rutatsid • Talьtsid.

Хикичок 2

Xikichokda TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Yarim stakan qaynatilgan suvga oy davomida air ildizi kukunidan damlab ichilsa, uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan
jigʼildon qaynashi taqqa toʼxtaydi.

Oq bolut (akatsiya) shoxi 50 gr tibbiy spirt 70 % li 500 ml. 1 hafta qorongʼi joyda saqlanadi va u bilan vaqtivaqti bilan chayqab turiladi. Meʼda shirasi kislotaliligi oshib ketishi oqibatida yuzaga keluvchi kekirik chogʼida 1 oshqoshiq suvga 10 tomchisini qoʼshib kuniga 3 mahal ichiladi.

Marjumak yormasini jigarrang tusga kirguncha qovuriladi va tuyib kukunga aylantiriladi. Kuniga 3-4 mahal 1-2 gr dan ichiladi. Jigʼildon qaynashini 2-3 qoshiq kartoshka suvi bartaraf etadi.

(Visited 442 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!