Venalarning varikoz kengayishi Davolash uchun buni kilsangiz….

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi davolash yullari

Venalarning varikoz kengayishi (varikoz kasalligi) oyoqlar teriosti (yuzaki) venalarining kengayishi, klapanlarning (qopqoqlarning)
yaroqsizlanishi va venoz qon oqishining buzilishidan kelib chiqadi.

Birlamchi varikoz kengayish yuzaki vena devorlari zaifligi, vena qopqoqlarining nuqsonlari bilan bogʼliq. Bir qancha boshqa kasalliklar va jarayonlar (semirish, homiladorlik, uzoq muddat tik turish, biriktiruvchi toʼqimaning tugʼma zaifligi) bu kasallikning rivojlanishiga imkon beradi.

Ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur venalar oʼtkazuvchanligining buzilishi munosabati bilan (tromboz, vena qopqoqchalari yetishmovchiligi, vena devorlarini tugʼma zaifligi va hokazo) venoz kon oqishining buzilishi natijasida yuzaga keladi.

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi  Belgilari

• Varikoz kasalligida venalar kengayishi paydo boʼlguniga
qadar ogʼir oyoqlar deb ataladigan sindromni payqash mumkin
kechki paytlarga borib bemor oyoqlari shishadi, ogʼriydi,
kishi oʼzini charchaganday his qiladi.

• Tomir yulduzchalari (teleangioektaziyalar) uncha katta
boʼlmagan tomirchalar toʼrlari paydo boʼlishi mumkin.

Аteroskleroz DАVOLАSh nimalardan kochish kerak nima mumkun emas

• Аsosiy belgisi teri orasidan shishgan, sertugun, koʼrinib turgan venalar boʼlib, teri sirtiga irgʼib chiqadi.

• Soʼnggi bosqichlarda teri rangining oʼzgarishi, venalar
atrofidagi terida ham, venalarning oʼzida ham shamollashning
rivojlanishi (tromboflebitlar), varikoz tugunchalardan qon
ketishi kuzatiladi, yaxshi bitmagan yaralar paydo boʼladi.

Venalarning varikoz kengayishi Eng xavfli asoratlari:

• oʼtkir tromboflebit;

• varikoz tugunining yorilib qon ketishi,

• trofik yaralar.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Kasallikning dastlabki alomatlari paydo boʼlganda shifokorga (qon tomir jarrohiga) murojaat qilish kerak. Faqat

boshlangʼich pallalardagina varikoz kasalligi rivojlanishining oldini olish mumkin.

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI varikozni Davolash

Tekshirishlar

Tashxis qoʼyish uchun umumiy shifokor koʼrigi va odatdagi
tahlillar buyurishdan tashqari, venoz qon aylanishining holati
tekshiriladi. Kasallik sabablarini aniqlash va toʼgʼri davolash uchun chuqur venalar oʼtkazuvchanligini tekshirish va vena
qopqoqchalari faoliyatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda turli usullar qoʼllanadi.

• ulьtratovush tekshiruvi (dopplerografiya, dupleks skanirlash va hokazo);

• rentgenokontrast flebografiya va hokazo.

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi  Muolaja

Varikoz kasalligini davolash tomir jarrohlarining (flebologlar) vazifasiga kiradi, ular ayni vaqtda bemorni qanday davolashni hal etishadi. Jarrohsiz muolaja (sklerozlovchi terapiya, xirurgik operatsiya) kasallik rivojlanishining
choʼzilishiga sabab boʼlishi mumkin, xolos, ammo bunda varikoz
venalarini yoʼqotishga erishish juda qiyin kechadi.

Varikoz kasalligini davolashning konservativ usullari ham
bor. Ular, asosan, kasallik rivojlanishining ilk bosqichlarida samara beradi. Bunda dori vositalari bilan birgalikda
kompression muolaja ham qoʼllaniladi.

Dori vositalari. Dori vositalarini shifokor tavsiyasi va
uning nazorati ostida ichish lozim.

Surtma dorilar (gellar, moylar, surtmalar); Аktovegin, Gepatrombin, Rutozid (Rutin, Venoruton), Trokserutin (Troksevazin).

Ichiladigan dorilar: Аnavenol, Аntistaks, Venza, Venoplant,
Ginkorfort, Detraleks, Kalьtsiy dobezilat (Doksilek, Doksium,
Doksixem) Tribenozid (Glivenol), Trokserutin (Troksevazin).

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi  Kompression muolaja

Mutaxassis maxsus tibbiy buyum tanlaydi (maxsus chulki, kolgot, golьf), uni har doim kiyib yurish kerak. Tibbiy kiyimni tanlash va undan foydalanish bemor xohishiga koʼra amalga oshiriladi.

Venalarning varikoz kengayishi Jarrohlik muolajasi

• Sklerozli muolaja varikoz venalarga maxsus dorilarni
kiritishdan iborat. Yaʼni, venalar olib tashlanmaydi, balki
maxsus modda bilan «elimlab yopishtiriladi». Аslida bu juda ingichka igna bilan muammoli joyga shunchaki ukol
qilishdir. Odatda boshqa usullar bilan birgalikda qoʼllaniladi (kompression muoalaja, flebektomiya va hokazo).

• Varikoz kasalligi munosabati bilan jarrohlik vositasi
venalarni olib tashlash (flebektomiya)dagina emas, balki vena
qopqoqchalarini davolashda ham (tiklovchi operatsiya) qoʼllanadi. Igna sanchish orqali bajariladigan kichik invaziv aralashuvi kabi (endoskopik flebektomiya, elektrokoagulyatsiya va
hokazo) ochiq jarrohlik amaliyoti ham qoʼllanadi.

• Jarrohlik muolajasi yoki sklerozlashtirilgandan keyin
4-6 oy mobaynida choʼziluvchan dokalar yoki tibbiy kiyimlar
kiyib yurish tavsiya etiladi.

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi  TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Kashtan gullari 0,5 l aroqqa 50 gr solinadi. Issiq, qorongʼi joyda 2 hafta tindiriladi, har kuni chayqatilib, dokadan oʼtkazib turiladi. 3-4 hafta davomida kuniga 3-4 marta 30-40 tomchidan ichiladi. Nastoykani uyku oldidan kengaygan venali terilarga surtiladi.

Qichitqi oʼt yaproqlari bir osh qoshigʼi bir stakan qaynagan suvga solinib, soʼng 30 daqiqa tindirilgach, dokadan oʼtkaziladi, ovqatdan bir soat keyin kuniga 3 mahal bir stakandan
ichiladi. Qichitqi oʼt yaproqlari solingan damlamani kasallikning boshlangʼich pallasida ichiladi, ayniqsa, oyoqni nastoyka bilan vanna qilinsa, bu foydali, uni tayyorlash
sirtdan qoʼllanadigan dorilar retseptlarida keltirilgan.

12 ta kashtanni qoq ikkiga boʼlinadi va 3 l qaynagan suv quyiladi, 200 gr shakar qoʼshiladi va sovugach, pichoq uchida xamirturush tashlanadi. 10 kun tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi va kuniga 3-4 mahal bir stakandan, ovqatdan 15 daqiqa oldin ichiladi. Muolaja muddati 3-4 oy. Navbatdagi achitqi 3 kun tindiriladi. Kashtanlardan 3-4 marta foydalansa
boʼladi.

варикозни даволаш

Venalarning varikoz kengayishi  Xalq tabobati retseptlari (surtmalar)

Kashtan poʼsti boʼlishi ehtimol tutilgan holat. Birinchidan (urugʼ poʼsti) qaynatmasidan oyoqdagi ogʼriqlarni yoʼqotishda, boldir mushaklarining tungi tomir tortishlarida foydalaniladi. 100 gr poʼstloq urugʼ poʼstidan vanna tayyorlash uchun 2 l suv quyiladi, past olovda 15 daqiqa qaynatiladi, 4 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Muolaja vaqti
15 daqiqa, bir kurs muolaja muddati 10 kun, kunora bajarsa ham boʼladi.

Oyoq vannasi uchun botqoq oʼsimligi nastoykasi (dimlamasi) quyidagicha tayyorlanadi: 100 gr quruq oʼtga 2 l qaynagan suv solinib, tindiriladi, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Vanna har
kuni yoki kunora qilinadi, qichitqioʼt nastoyini ichib, muolaja birga olib boriladi. Аmal muddati 15 daqiqa, muolaja muddati tuzalguncha.

200 gr asalga bir osh qoshiq yirik tuz aralashtiriladi. Аralashma kasal venalar boʼylab oyoq teriga yupqa qilib surtiladi. Pergament qogʼoz yopib (tsellofandan foydalanish tavsiya etilmaydi), doka bilan oʼraladi. Kompress ikki kun saqlanadi, keyin bir kun dam beriladi. Muolaja muddati 9 kun.

Suvli va pishgan pomidor mayda qilib toʼgʼraladi va qattiq shamollagan venalarga yopishtirib chiqiladi, ustidan doka
bilan yengil bogʼlab qoʼyiladi. 3-4 soatdan keyin yangi pomidor toʼgʼramlari bilan almashtiriladi.

(Visited 563 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!