Tish tushishi parodontoz davolash usullar kelib chikish sababi

тиш тушиши
Spread the love

Tish tushishi parodontoz kelib chikish sababi davolash yollari

 

Tish tushishi Parodontoz tish atrofidagi toʼqimalarning surunkali modda almashinuvi buzilishi kasalligi (parodonta). Аlьveolyar oʼsiq (tish katakchasi)

yemirilishi bilan tishning qimirlab, tushib ketishiga olib keladi. Koʼpincha qandli diabetda va boshqa endokrin buzilishlar va ichki aʼzolarning surunkali
kasalliklaridan kelib chiqadi. Tishga ogʼirlik tushmagani, yumshoq ovqat yeyishga oʼrganib qolish kasallik paydo qiluvchi omillardan hisoblanadi. Parodontoz kasalligi paydo boʼlishiga tish toshining choʼkindisi va karies taʼsir koʼrsatadi.

Dastlabki paytlarda parodontoz ogʼriq tugʼdirmaydi, shu bois bemorlar odatda shifokorga murojaat qilmaydilar. Muolaja qilinmasa, kasallik kuchayib boraveradi, juda jiddiy
asorat parodondit rivojlanib ketishi va bemor tishlaridan ayrilib qolishi mumkin.

тиш тушиши 1

Tish tushishi Аlomatlari

Parodontozda:

• Milk oqaradi, yalligʼlanish alomati boʼlmaydi.

• Аvval tish, keyin esa tish ildizi koʼrinib qoladi (tish
«choʼziladi»).

• Milkdan hali qon oqmaydi.

• Parodontoz karioz xilidan boʼlmagan tish toʼqimalarining zararlanishi bilan koʼshilib ketishi mumkin, zararlanishlar emal eroziyasi, tishning qirilishi, chillaksimon
nuqson kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Parodontitda:

• Tish qimirlaydi.

• Milkdan qon oqadi va ogʼizdan hid keladi.

• Tishlar oʼrni oʼzgaradi, tishlar oraligʼida tirqishlar paydo boʼladi.

• Tishni qurshab olgan milk yiringlaydi.

• Tish tushish ehtimoli oshadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomati paydo boʼlgan zahoti stomatologga uchrashish kerak.

тиш тушиши 4

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tish tushishi

Tekshirish
Muolaja samarali boʼlganida parodontozning ilk alomatlarini faqat diqqat bilan koʼrikdan oʼtkazilganda bilish mumkin, shu bois tishlarning ahvolidan qatʼi nazar, yilda kamida ikki marta stomatologga koʼrinib turish kerak.

Muolaja

Muolaja mutlaqo individual va kasallik bosqichi, asorat xili va organizmning umumiy holatiga bogʼliq. Bunda parhezga rioya qilish va ogʼiz boʼshligʼini toza tutish shart hisoblanadi.
Mahalliy stomatologik dorilar bilan bir qatorda (muolaja pastasi, gel, eritma) shifokorlar tish choʼkindilarini olib tashlash, fizioterapiya, yarim vitaminli dorilar, antibiotiklar, jarrohlik va ortopedik muolaja, jumladan, tish milki kavaklarining oʼzgargan, uvalangan toʼqimalarini qirib tozalashdan foydalanadilar.

Muolajani shifokor odatda shaxsan tayinlaydi, ammo faqat kasallikning oʼtkir pallasida yoki surunkali jarayon tezlashganda yiringni suyultirib, yuvib tashlash, jarrohlik amalidan keyin yaraning bitishini tezlashtirish uchungina shunday qilishadi.

Parhez. Foydali ovqatlar yeyish zarur, har kuni yangi meva va sabzavot, shuningdek, kalьtsiy manbai sifatida sutli mahsulotlar isteʼmol qilinadi.

Toʼqimalarga boy ovqat isteʼmol qilish tavsiya etiladi milkni mustahkamlash uchun qattiq ovqat(sabzi, sholgʼom, olma va hokazo)ni qunt bilan kavshash zarur, bunda ogʼirlik barcha
tishlarga baravar tushishiga eʼtibor bermoq lozim. Meva-sabzavot ozuqasi koʼp vitaminli, tarkibida Ye, А, D va S vitaminlari boʼlgan dorilar bilan toʼldiriladi.

Ozuqadan pechenьe, irislar, chipslar va tish yoki milkka yopishadigan, ogʼizda uzoq vaqt qolib ketadigan va tishda tez kir
paydo qiladigan mahsulotlar istisno etiladi.

тиш тушиши

Tish tushishi Dori vositalari.

Odatda umumiy mustahkamlovchi (koʼp vitaminli) va maxsus
stomatologik dorilar tayinlanadi.

Sirtdan qoʼllanadigan dorilar

• Stomatologik dorilar: Imudon • Kilgelь • Maraslavin

• Polimineral • Xolisal • Elьgifluor • Elyugelь.

Ichiladigan dorilar Tish tushishi

Koʼp vitaminli dorilar: Аlvitil • Vektrum • Vitasharm
• Makrovit • Pikovit • Prejavit F.

Bu muhim! Parodontoz shifosi uchun quyidagilar zarur:

• har kuni ertalab nonushtagacha uy haroratida tishni suv bilan obdon chayqaladi, bu milklarni baquvvat qiladi;

• choʼtka, tish tozalagich va maxsus iplar bilan har bir ovqatdan keyin tishni qunt bilan tozalash kerak. Аyniqsa pastki
jagʼoldi tishlarining ichki sirtini va yuqori jagʼ oziq tishlarning yuz tomonini tozalash gʼoyat muhim, chunki aynan mana
shu joyda tish toshi eng koʼp hollarda paydo boʼladi;

• kunduzi 2 marta (ertalab va kechkurun) tishni tozalayotganda milkni tashqi tomondan barmoq bilan qon aylanishini
yaxshilash uchun aylanma harakatlar bilan uqalash lozim;

•tish choʼkindilarini olib tashlash va tishlarni davolash (plombalash), shuningdek, yetishmagan tishlarni protezlash uchun
stomatologga oʼz vaqtida murojaat qiling, chunki yetarli tayanchi yoʼqqolgan tishlarga yukning ortishi ularning qimirlab
qolishiga imkon tugʼdiradi.

тиш тушиши

TАBIIY VOSITАLАR Tish tushishi

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Mavrak giyohi nastoyi bilan ogʼiz chayiladi (1 stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiq mavrak solib 20 daqiqa tindiriladi). Osh sodasi (1 stakan suvga 0,5 choyqoshiq) va osh tuzi
(1 stakan suvga 1 choy qoshiq) solingan suv bilan chayish ham
yalligʼlanishni yoʼqotadi.

Dastarbosh suvi bilan har kuni milklarni artib turish kerak .

2 oshqoshiq eman poʼstlogʼi va 1 osh qoshiq joʼka gulini aralashtiriladi, 1 stakan qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq solib,
olovda 3 daqiqa qizdiriladi va sovugandan keyin suziladi. Milkdan qon oqqanda iliq qaynatma bilan ogʼiz chayiladi.

Tish poroshogini igir ildizi kukuni bilan aralashtiriladi (1 chayishga 0,5 gr igir ildizi) va tish kunda 3 marta tozalanadi.

2 oshqoshiq eman poʼstlogʼi kukunini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 10 daqiqa qaynatiladi, 4 soat tindirilgach, suziladi. Ogʼiz kunda 6-8 marta chayiladi.

Moʼmiyo toʼgʼnogʼich boshidek keladigan soqqachasi 15 mm suvda eritiladi. Suyuqlikka doka tampon ivitiladi va yalligʼlangan milkka bosiladi. Bosib turish vaqti 5-10 daqiqa,
muolaja amali 5-10 marta bajariladi.

тиш тушиши 3

(Visited 10 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment