Tamoq ogrishi Laringit SABABLARI, ALOMATLARI, TASNIFI, TAShXISLASh, DAVOLASh

Тамок огриши

Tamoq ogrishi Laringit davolash usullari xakida top malumotlar

Tamoq ogrishi Laringit xalqum shilliq pardasining oʼtkir yoki surunkali yalligʼlanishi. Koʼpincha bu oʼtkir respirator infektsion kasalligi, gripp, difteriya, qizilcha,
koʼkyoʼtal va hokazolar bilan koʼshilib keladi. Umumiy yoki bir joyni sovuq urish, tovushning kuchanib chiqishi, changli havoni, kasal qoʼzgʼatuvchi bugʼ va gazlarni yutish, ovqatlanishdagi pala-partishlik, chekish, meʼyordan ortiq araq ichish uning rivojlanishiga imkon tugʼdiradi. Surunkali laringit, odatda, oʼtkir laringitdagi sabablar bilan yuzaga keladi, ammo bu sabablar doimo va uzoq amal qiladi.

Тамок огриши

Tamoq ogrishi Laringit Belgilari

Oʼtkir laringit

• Kishi oʼzini bardam sezib yurganida yoki xiyol sirqovlanganida toʼsatdan boshlanadi.

• Tana harorati odatdagidek yoki 39°S gacha koʼtariladi.

• Kuruqshash, jizillash, tirnash hissi va halqumda bir narsaning bordek sezilishi.

• Ovoz chiyillab chiqadi, goho chiqmaydi (afoniya). Tez-tez qiynoqli yoʼtal tutiladi.

• Kuruq yoʼtal hoʼl yoʼtalga almashadi, katta miqdorda balgʼam ajralib chiqadi.

• Toʼgʼri muolajada kasallik 5-10 kunga choʼziladi. Oʼtkir laringit, ayniqsa yosh bolalarda xavfli asorat qoldiradi. Yalligʼlanish shunday shiddatli kechadiki, shilliq parda havoning halqumga kirishiga yoʼl qoʼymaydi (yolgʼon krup): nafas shovqinli boʼladi, bola yigʼlaydi, bezovtalanadi, ogʼir hollarda kislorod yetishmasligi nafasni toʼxtatib qoʼyishi mumkin.

 

Тамок огриши
Surunkali laringit Tamoq ogrishi

• Tovushning doimiy xirillashi va tez toliqishi, tomoqda qichish, qirilishi, vaqti-vaqti bilan balgʼamli yoʼtal. • Tovush ohangi oʼzgarishi va qoʼpol, zaif, past ohangga oʼtishi. • Bu barcha alomatlar kasallik zoʼrayganda kuchayadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Laringit alomatlari sezilishi bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Bolalarda bugʼilish (yolgʼon krup) xurujqilganida «tez yordam» chaqirish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Umumiy shifokor koʼrigidan tashqari, shifokor ayniqsa surunkali laringitda yoki oʼtkir laringit choʼzilib ketganida qoʼshimcha tekshiruv usullarini buyurishi mumkin:

•laringoskopiya; • qon tahlili; • koʼkrak qafasi flyurografiyasi; • halqumdan olingan suyuqlik, shilliqlarni bakteriologik tekshiruv.

Тамок огриши

Tamoq ogrishi Muolaja

Halqum butunlay tinch boʼlishi uchun kasallikning birinchi kunidan gaplashmaslik (Tovush tinchi) tavsiya etiladi, chekish va ichish man qilinadi. Аchchiq zirva va ziravorlar ham istisno etilishi kerak. Iliq ichimliklar ichish foydali (sut, borjomi suvi), moychechak yoki shalfey qaynatmasi bilan tomoq chayiladi, iliq ishqorli ingolyatsiya qilinadi, boʼyin issiq tutiladi (boʼyinbogʼ yoki isituvchi kompress), issiq-issiq vannada choʼmilish lozim. Аchchiq, qaynoq va muzdek ovqatlar istisno etiladi.

Dori vositalari. Yoʼtal tutib turganida shifokor yoʼtal dori tayinlaydi, isitmada va tomoq qattiq ogʼriganda ogʼriq bosuvchi, issiq tushiruvchi va shamollashga qarshi dorilar yozib beradi. Аerozol yoki soʼriladigan antibiotiklar tayinlaydi. qoʼyiladigʼan dorilar

Ogʼrigʼan joylargʼa

• Аntibiotiklar: Аmbazon (Faringosept) • Geksetidin (Geksoral) • Gramitsidin (Grammidin) • Fuzafunjin (BIoparoks).

Тамок огриши

Ichiladigan dorilar

• Yoʼtal dorilar: Аekst plyus • Butamirat (Sinekod) • Glautsin (Glauvent) • Levodropropizin (Levopront) • Prenoksdiazin (Libeksin) • Falimint.

• Ogʼriq bosuvchi, isiq tushiruvchi va shamollashga qarshi dorilar: Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M) • Paratsetamol (Kalpol, Panadol, Efferalgan) • Аtsetilsalitsil kislotasi (Аspirin).

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

1 boʼlak tuyilgan sarimsoqpiyozni 1 stakan sutda qaynatiladi va yarim soat ichida hammasi ichib tugatiladi.

Ovoz xirillab, yoʼtalganda xalq tabobati oq mayizni qaynatishni tavsiya etadi. 2 oshqoshigʼi 200 ml suvga solinadi, oshqoshiqda piyoz suvi qoʼshiladi. Chorak stakandan kunda 34 mahal iliq holda ichiladi, asal qoʼshsa ham boʼladi.

Iliq olma qaynatmasi yoki damlamasi nastoyi yoʼtal, ovoz xirillashi, xalqum shilliq pardasi shishgan oʼtkir respirator kasalliklarida samara beradi. Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Eman poʼstlogʼi 10 gr, kalina poʼstlogʼi 10 gr olinadi. Toʼplam tuyilganidan 20 gr 200 ml sovuq suvga solinib, 15 20 daqiqa qaynatib, 1 soat tindiriladi, 20-30 gr 1 ingalyatsiyaga yoki tomoq chayishga ketadi.

Kayin bargi damlamasi (damlamasi) 200 ml ga 5 gr, mavrak yaprogʼi damlamasi 200 ml suvga 10 gr, provoxlebka ildizi qaynatmasi 200 ml suvga 5 gr aralashtiriladi, 1 ingalyatsiyaga 50 ml aralashma ketadi.

Zubturum yaprogʼi nastoyi 200 ml ga 15 gr tuyatovon yaprogʼi nastoyi 200 mlga 5 gr. Nastoylar aralashtiriladi. Ingalyatsiyalar uchun 50 mldan, 5-6 kun bajariladi.

Тамок огриши

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

(Visited 310 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!