Surunkali enterit ingichka ichak shilliq pardasining yalligʼlanish

Сурункали энтерит

Surunkali enterit ingichka ichak shilliq pardasining yalligʼlanish kasalligi.

 

Surunkali enterit. Ingichka ichak faoliyatining buzilishi va uning shilliq pardasining yemirilishgacha boʼlgan tuzilmaviy oʼzgarishlari bilan kechadi.

Enterit turli yuqumli kasalliklar, gelьmintozlar, ayrim fermentlarning yetishmasligi yoki yoʼqligi oqibati boʼlishi mumkin (q. Laktaza yetishmovchiligi, Seliakiya).

Аntibiotiklar, surgilar va alkogolni suiisteʼmol qilish, saraton, allergiya va boshqa kasalliklarni davolash chogʼida nur yoki kimyoviy muolaja oʼtkazilishlari ham unga sabab boʼlishi mumkin. Goho ingichka ichakda bakteriyalarning enterit tarzini yomonlashtiruvchi haddan tashqari koʼpayishi kuzatiladi (q. Disbakterioz).

Сурункали энтерит

Surunkali enteritda belgilari

• Kindik atrofida burab ogʼrishlar, ich ketishi, haddan tashqari koʼp yel paydo boʼlishi, qorin shishishi shu kasallikka xos boʼlib, ular ovqat hazm boʼlishi va ozuqa moddalari soʼrilishining buzilishi bilan bogʼliq.

• Kasallik koʼpincha V. D, K va А vitaminlari, shuningdek, kalьtsiy yetishmovchiligiga, temir moddasi taqchilligi anemiyasiga, ozib ketishga olib keladi.

• Kasallik ogʼir kechayotganda holsizlik va ovqatdan keyin bosh aylanishi yuzaga kelishi mumkin.

Сурункали энтерит

Surunkali enteritda Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Ichak diskomforti (qorinda ogʼriq, beqaror ich kelishi) alomatlari zohir boʼlganda, shifokor koʼrigidan oʼtish kerak. ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI

Tekshirish

Tekshiruv birinchi galda ichak yukumli kasalligini aniqlashga qaratiladi. Kasallik topilmasa, ichak oʼsimta kasalligini istisno etish lozim. Shu bois umumiy shifokor koʼrigi va tashxisni aniqlash uchun odatdagi tahlillarni

buyurishdan tashqari, shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin: • najasni mikroskopik (koprogramma) va bakteriologik tadqiq qilish; • qorin boʼshligʼi aʼzolarini ulьtratovush tekshiruvidan oʼtkazish; • ichakni endoskopik tekshirishdan oʼtkazish (kolonoskopiya, rektoromanoskopiya) va h.k.

Сурункали энтерит

Surunkali enterit Muolaja

Enterit muolajasi parhezga rioya qilish va ichak mikroflorasini yaxshilovchi, meteorizmni kamaytiruvchi turli dorilarni va ferment preparatlarini ichishdan iborat. Bu vositalarni tanlash shifokor ixtiyorida.

Parhez. Ovqatlar sirasida jonivor goʼshtlari mahsulotlari (buzoq goʼshti, yogʼsiz mol goʼshti yoki tovuq goʼshti, baliq, tuxum, tvorog) hisobiga oqsil moddalari koʼpaytiriladi (100110 gr), jonivorlarga tegishli qiyin eriydigan yogʼlarni (qoʼy, yogʼi va hokazo) istisno qilish evaziga yogʼ tarkibi kamaytiriladi (80 gr), shunday boʼlsa-da, enterit xuruj qilganida yogʼ miqdori vaqtincha 60-70 gr gacha kamaytiriladi.

Karbonsuvlar miqdori deyarli oʼzgarmaydi ( 350-400 gr), biroq kletchatka katta miqdordan iborat boʼlgan mahsulotlar cheklanadi. Cheklovga mahsulotlarni tanlash, ovqatni mexanik ishlovdan oʼtkazish yoʼli bilan erishiladi (qirilgan sabzavot va mevalar, pyure va h.k.).

Ich ketishida ovqatlar sirasidan qora olu, anjir, karam, uzum, qora non, yangi pishirilgan unli mahsulotlar, yongʼoqlar, achitqi ichimliklar pivo, kvas istisno etiladi. Lakto va bifidoflorali, qatiqli ichimliklar (kuniga 3-4 mahal 100-200 gr dan) va tarkibida oshlovchi moddalar (chernik, qoraqant, anor, nashvati va h.k.) boʼlgan nimtatir sharbatlar va meva kiseli tavsiya etiladi.

Ovqatni iliq holda kunda 5-6 mahal yeyish lozim. Vitamin yetishmovchiligini davolash uchun vitaminga boy dori preparatlardan foydalanish kerak.

Surunkali enterit xuruj qilganida shilliqli yorma qaynatmalari, shoʼrvalar, boʼtqalar, pyure, bugʼlangan kotlet, sufle (engil hazm boʼladigan ovqatlar) tavsiya qilinadi.

Dori vositalari. Dorilar enterit turiga bogʼliq ravishda tayinlanadi.

Surunkali enterit Ichiladigan dorilar

• Ichak mikroflorasini yaxshilovchi vositalar: Baktisubtil

• Bifiform • Xilak forte • Enterol.

• Meteorizmni kamaytiruvchi dorilar: Meteospazmil • Pepfiz • Simetikon (Espumizan, Simikol) • Faollashtirilgan koʼmir • Shivit • Fenxelь.

• Fermentli dorilar: Kreon • Mezim forte • Panzinorm forte • Pankreatin • Pankreoflat • Pantsitrat • Pepfiz

• Festal • Enzistal • Yunienzim MPS li.

• Servitamin dorilar: Аlvitil • Vitrum plyus •• Gerimaks

• Duovit • Komplivit • Oligovit • Supradin • Upsavit mulьtivitamin • Sentrum va hokazo.

Surunkali enterit TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Qandogʼoch yongʼoqchalari 5 gr ni Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, uzoq ich ketishi chogʼida va qorin ogʼrigʼida ovqatdan keyin 1 soat oʼtib, 1 stakandan ichiladi.

Medunitsa giyohi 40 gr ni termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, ich ketishi, ichak burab ogʼrishi, meteorizmda ovqatdan keyin 1 soat oʼtib, kunda 3 mahal 1 stakandan ichiladi.

Medunitsa giyohi 40 gr, lub urugʼi 15 gr, naʼmatak mevasi 10 gr olinadi. Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 5 soat tindiriladi, ich ketishi bilan kolit xuruj qilganida, ovqatdan keyin 1 soat oʼtib, kunda 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

Сурункали энтерит

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 1 031 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!