Stomatit davolash uchun 20 ta saralanga narsalar

Стоматит даволаш

Stomatit davolash (ogʼiz shillik pardasining yalligʼlanishi, yelikish)

 

Stomatit davolash turli oʼtkir yuqumli kasalliklar (qizamiq. boʼgʼma, qizilcha), teri kasalliklari (qizil temiratki, ekssudativ eritez va h.k.),

qon kasalliklari (leykoz, agranulotsitoz, giperxrom anemiyasi va h.k.) avitaminoz kasalliklari (spru, pellagra, singa), onkologik kasalliklarning kimyo terapiyasi
asoratlari hisoblanadi.

Shuningdek, antibiotiklar yoki kortikoasteroid gormonlarni uzoq muddat davomida ichish oqibatida disbakterioz gerpes virusi, zamburugʼ (kandidoz, ogʼiz oqarishi) natijasi ham bevosita stomatit sababchisi boʼlishi mumkin. Stomatitning koʼrinishlari ogʼiz shilliq pardasi ayrim joylarining ozgina qizarilishidan tortib, yuqori harorat bilan yalpi zararlangan ogʼir kasallikkacha olib keladi.

  Стоматит даволаш

Аlomatlari Stomatit davolash

• Ogʼiz boʼshligʼi shilliq pardasining kasallanishi, qizarishi va chaqalanishi.

• Ogʼizdan noxush hid kelishi, soʼlak oqishi.

• Koʼrikda yuzlar, lablarning ichki sirti, tanglaydagi shilliqda yakkam-dukkam chuqurchalarni koʼrish mumkin.

• Stomatit ogʼir kechganida, kasallik ogʼiz boʼshligʼida tez
tarqaladi, yaralar bir-biri bilan qoʼshilib ketadi.

• Yalligʼlanishga yiringli kasallik qoʼshilishi kuzatilishi
mumkin, bunda yaralar yuzasida qalin sariq qatlam paydo boʼladi. Bunday hollarda harorat koʼtariladi (40°S gacha yetishi mumkin). Bemorning ahvoli keskin yomonlashadi.

Shifokorga qachon murojaat kilish kerak?

Ogʼiz boʼshligʼida yaralar paydo boʼlganda, xususan harorat koʼtarilganda stomatologga murojaat qilish shart!

Стоматит даволаш

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Muolaja

Stomatit shifokor-stomatolog maslahati bilan va uning nazorati ostida davolanishi lozim. Odatda shifokorlar parhez saqlashni tavsiya etadilar va eritmalar, gellar, surtmalar singari turli antibiotik dorilarni tayinlaydilar.

Bu tadbirlar stomatitning koʼp hollarida samaralidir. Ovqat yeyishga xalaqit beradigan kuchli ogʼriqlar chogʼida ovqat oldidan ogʼiz boʼshligʼini ogʼriq bosuvchi vositalar bilan chayish kerak.

Umumiy koʼrinishlarda namoyon boʼlgan yanada ogʼir shakllarda, yiringli yuqumli kasallik paydo boʼlganda (uy sharoitida) mahalliy muolaja yanada kuchliroq vositalar bilan toʼldiriladi, (eng avvalo ichiladigan antibiotiklar bilan yoki ukollar koʼrinishida).

Parhez. Mahalliy muolaja qilinayotganda (yopishqoq va boshqa vositalar bilan chayqash) ogʼiz boʼshligʼiga alkogolь ichimliklari, achchiq ovqat, qaynoq va shoʼr mahsulotlar, quruq taomlar va shoʼr ovqatlar tushishidan ehtiyot boʼlish kerak, ovqatni koʼp va tez-tez yeyishdan tiyilish kerak.

Yumshoq, obdon qirgʼichdan oʼtkazilgan ovqatlarni yeyish tavsiya etiladi: oʼtkir davrda maxsus parhez aralashmalari, bolalarbop turli tayyor aralashmalar (goʼshtli, sabzavotli, mevali, boʼtqalar va h.k.), tvorog, yogurt, chuchuk jele, qirilgan chuchuk pishloqlar, yogʼi olingan qaymoq; oʼtkir holat oʼtib ketgandan keyin ozgina tuz solingan va qalampirsiz shoʼrvalar va bulьonlar; bugʼlangan, damlangan, qaynatilgan, obdon yanchilgan taomlar (qiymalangan mol va parranda goʼshti, sufle, pudinglar); kartoshka pyuresi; zardoli va nashvati xilidagi neytral sharbatlar isteʼmol qilish mumkin.

Taomlar va sharbatlar uy haroratida boʼlishi kerak. Qattiq narsa qoʼshilmagan qaymoqli va sutli muzqaymoq, kunda 2 litrgacha turli ichimliklar tavsiya etiladi. Shilliq pardani mustahkamlash uchun ovqatni V guruh vitaminli dorilar bilan boyitish kerak.

Dori vositalari. Farmakologik dorilarni shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida ichish shart.
Mahalliy isteʼmol uchun

• Аntibakterial dorilar: Vagotil • Grammidin • Geksoral,
Lizobakt • Metrogil Denta • Vodorod eritmasi achitqisi • Sebilin • Stomatidin.

• Аralash (ogʼriq bosuvchi antibakterial) dorilar: АntiАngin Formula • Kamistad • Strepsils • Strepsils Plyus
• Streptolete Plyus.

Стоматит даволаш

TАBIIY VOSITАLАR Stomatit davolash shifokor maslaxatisiz ish kilmang

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Milk yalligʼlanganda, shuningdek, stomatitda osh tuzi eritmasida hoʼllangan paxta yo dokani milkning ogʼrigan joyiga
bosilsa, shishgan toʼqimalar zoʼriqishi kamayishi mumkin.

Milklar va ogʼiz boʼshligʼi shilliq pardasi yalligʼlanganda archaning yangi butogʼi chaynaladi, ammo yutib yuborishdan ehtiyot
boʼling.

Eman poʼstlogʼi kukunidan 2 osh qoshiq (20 gr) 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 10 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindirilib, suzgʼichda suziladi. Gingivitda, stomatitda, milkni
mustahkamlashda, shuningdek, tomoq, halqumning yalligʼlanishi jarayonida kunda 6-8 marta chayiladi. 1 oshqoshiq (10 gr) evkalipt yaprogʼini (tuyilgani) 1 stakan
suvda qaynatib, qaynatmasi bilan stomatit boʼlgan ogʼiz chayiladi.

Sabur (aloe)ning pastki yaproqlaridan siqib olingan suviga asal qoriladi: 2 gr asal, 10 ml sabur suvi. Tayyorlangan
qorishmani yangiligida ogʼrigan ogʼiz kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 1 choyqoshiqdan xoʼplab, chayiladi.

0,5 choyqoshiq asalni 4/1 stakan chetan mevasi suviga aralashtiriladi. Korishmadan 1 osh qoshiq kuniga 2-3 martadan
chayiladi bu esa milklarni mustahkamlashiga sabab boʼladi.
Yaxna choy yoki shalfey nastoykasida kunda 1 yoki 2 marta chayilsa, ogʼiz boʼshligʼidagi ogʼriq bosiladi.

Стоматит даволаш

Stomatitda nuqtali uqalash Stomatit davolash

1. Nuqta joyi: boʼgʼizning qoq markazida.

Taʼsirqilish usuli: 2-3 daqiqa davomida nuqta soat mili yoʼnalishida va aksincha aylantirib uqalanadi. Nuqtaga leykoplastir bilan tanga yopishtirsa ham boʼladi.

2. Nuqta joyi: panjaning pastki burmalari oʼrtasida.

Taʼsir qilish usuli: oʼng qoʼl boshmaldogʼi va oʼrta barmoq bilan 2-3 daqiqa davomida soat
mili yoʼnalishida va aksincha aylanma harakatlar bilan uqalanadi. Oxirida nuqta qattiq
bosib qoʼyiladi TISH OG’RIGI.

3. Nuqta joyi: kaft oʼrtasida, kaftga bukilgan 3 va 4 barmoq uchida.

Taʼsir qilish usuli: oʼng qoʼl boshmaldogʼi bilan nuqtaga qattiq bosiladi va soat mili yoʼnalishida va aksincha 50 dan 100 martagacha
aylantirib uqalanadi.

Shu atrofga leykoplastir bilan mis tanga yoki mis toʼgarakchasi 1-3 kun yopishtirib qoʼysa
boʼladi.

Стоматит даволаш

(Visited 622 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!