Stenokardiya (koʼkrak qisishi) miokard davolashning 20 ta usuli

Стенокардия даволаш

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) miokard kelib chikish  sababi davolash usullari

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) miokard, qon taʼminotining oʼtkir yetishmovchiligi oqibatida koʼkrakda ogʼriq hurujqilishi.

Stenokardiya yurak ishemik kasalligi koʼrinishlaridan biri hisoblanadi va koʼp hollarda bunga yurak vena (koronar) arteriyalari aterosklerozi sabab boʼladi, shu tomirlar spazmasi oqibatida yuzaga keladi.

Стенокардия даволаш

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) alomatlari

• Yurak atrofida ogʼriq xuruj qiladi (toʼsh orqasi ogʼrigʼi), ugʼoyat aniq vaqtda yuzaga kelish va toʼxtab, tinchlanish xususiyatiga ega.

• Ogʼriq maʼlum sharoitlarda yuzaga keladi jismoniy zoʼriqishda, hissiy hayajonda, sovuqqa chiqqanda, shamolga qarshi
yurganda, koʼp ovqat yeb, xotirjam yotganda.

• Nitroglitserin ichganda (yoki ogʼriqlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy zoʼriqish), asabiylashish yoki boshqa omillar
toʼxtagandan keyin, ogʼriqlar tez oʼtib ketadi.

• Koʼproq toʼsh ortida goho esa boʼyin atrofi, quyi jagʼ va
tishlarda chap qoʼl, yelka yoki kurak, ahyon-ahyonda qorin oʼrtalarida ogʼriq paydo boʼlib turadi.

• Ogʼriq odatda imillagan, ezuvchan tus oladi. Har zamonda
kuydiruvchi (kuyganga oʼxshash) ogʼriq huruj qiladi yoki koʼkrakda bir nima borga oʼxshab tuyuladi.

• Goho bemor ogʼriqni emas, toʼshi ortidan ogʼir bir narsa bosib turganday boʼladi va shunda u ogʼriqning oʼzi borligini inkor etadi.

• Dard xuruj qilganida arteriya bosimi koʼtariladi, sovuq ter chiqadi, yurak notekis ura boshlaydi, havo yetishmayotganday
boʼladi.

Стенокардия даволаш

• Аgar ogʼriq tinch holatda ham kuchayaversa va dam-badam huruj qilaversa, bu beqaror stenokardiya rivojlanishini koʼrsatadi va miokard infarktiga olib kelishi mumkin.

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Yurak atrofida 20-30 daqiqa ichida ogʼriq bosilavermasa,
zudlik bilan «tez yordam» chaqirish zarur.

Аgar koʼkrakdagi ogʼriq oʼtib ketsa, tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.

Стенокардия даволаш

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI
Tekshirish.

Tashxis qoʼyish uchun yurak-tomir tizimi va lipid almashinuvi holati tekshiriladi (mufassal q. Аteroskleroz, Yurakning ishemik kasalligi).

Muolaja Stenokardiya xuruji chogʼida

• til tagiga tabletka tashlanadi yoki ogʼzingizga nitroglitserin aerozolidan bir miqdori purkaladi;

• toza havo kirishi uchun deraza yoki darchani ochib qoʼying
(havo sovuq boʼlmasa);
• yoting, oyoq-qoʼllarni boʼsh qoʼying va chuqur-chuqur nafas
oling;

• bordi-yu, ahvol yomonlashsa, «tez yordam» chaqiring;

Bu muhim! Stenokardiyada Validol, Valokordin, Korvalol, Papaverin va nitroglitserini yoʼq shunday dorilarni ichishdagi samaradorlik platsebo (behudalik)dan farq qilmasligi asoslangan va bunda samara taxminan 40% deb baholanadi, holbuki, Nitroglitserin samaradorligi 100% ga yaqin.

Buni bilmagan koʼpchilik odamlar ogʼriqni Validol yoki koʼrsatilgan boshqa dorilar bilan qoldirmoqchi boʼladilar, bu esa spazmni
olib tashlash vaqti boy beriladi. Oqibatda infarktga olib keladi.

Nitroglitserin hapdorisi til ostiga qoʼyiladi va erib bitguncha oʼsha yerda qoladi. Uni shimish, chaynash va yutish mumkin
emas! Nitroglitserin aerozoli nafasni toʼxtatib qoʼyib, til ostiga purkaladi. Uni ichga nafas bilan yutib boʼlmaydi. Bir
miqdor dori purkalishi bilan ogʼizni yumish zarur!

Xurujlar oraligʼida stenokardiya muolajasi uchun shifokorlar kuyidagilarni tavsiya etadilar:

•shifokor buyurgan dorilarni muttasil va oʼz vaqtida iching (mufassalroq q. Yurak ishemik kasalligi, Muolaja);

•aterosklerozga qarshi parhezga rioya qiling (q. Аteroskleroz, Parhez);

• chekishni tashlash yoki keskin cheklash;

•muttasil, oʼlchamli jismoniy zoʼriqish;

• qattiq hayajondan ogoh boʼling, ruhiy osoyishtalik va toʼyib
uxlash uchun sharoit yarating (q. Uyqusizlik);

•stenokardiya xurujini yoʼqotish uchun har doim dori vositalarini yonda olib yuring (til ostiga tashlanadiganlarini):
Izosorbid dinitrati (Izo Mak sprey. Izoket), • Nitroglitserin (Nitrokor, Nitromint, Nitrosprey-ISN).

Стенокардия даволаш

Stenokardiya (koʼkrak qisishi) TАBIIY VOSITАLАR

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Mutaxassislar stenokardiya xurujini qoldirish uchun oqqaragʼay (pixta) moyini tavsiya etadilar. 2-3 tomchi oqqaragʼay moyi olasiz va kuniga 3-4 mahal yurak atrofiga surib ishqalaysiz (koʼkrakning chap tomonini). Yurak-tomir kasalligidan aziyat chekadigan odamlar uchun, ayniqsa, magnitlar boʼroni arafasida va havo bosimi birdan koʼtarilib-tushib turganida, bu amallar foydalidir.

Bundan tashqari, yalpiz moyi ham shifo boʼla oladi. Oʼzingizni yomon sezgan kunlari yalpiz yaprogʼidan choy damlab iching (1 stakan qaynatilgan suvga 1 oshqoshiq yalpiz solasiz), yalpiz choyi bugʼini hidlang, moyini chakkalaringizdan aylantirib silang va kunda 2-3 mahal yuqori labingizga surting.

«Yurak ogʼriqlar»da muttasil barmoqlarni uqalash tavsiya qilinadi.

Koʼllaringizga tinchlik bermang! Ertalab uygʼonganingizdan keyin va kechkurun yotishdan oldin barcha barmoqlaringizni
bir-birining orasidan oʼtkazib chalishtirgancha uqalayvering. Jimjiloqni tez-tez uqalash yurak urishini maromlashtiradi.

Yurak atrofida sanchiqli ogʼriq sezganingizda oʼng qoʼlning boshmaldogʼi va koʼrsatkich barmogʼingiz bilan chap qoʼl panjasi boʼgʼimidan aylantirib ushlang. 2 daqiqa davomida panjani aylanma harakatlar bilan shu joylarni uqalang.

Yurak yetishmovchiligini Davolash uchun 20 ta fonydali maslaxat

(Visited 389 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!