Seliakiya glyuten kasalligi davolash yollari kelib chikish sababi

Целиакия даволаш 2

Seliakiya glyuten kasalligi davolash uchun kerak boladigan narsalar

Seliakiya (glyuten kasalligi) ingichka ichak shilliq pardasining yemirilishi. Ushbu kasallikda irsiy nuqson sifatida ichakda glyuten
tarkiblaridan biri gliadinning parchalanishi uchun zarur ferment boʼlmaydi. Natijada gliadin ingichka ichak shilliq pardasini yemiruvchi zahardek taʼsir qiladi, bu esa unda hazm boʼlgan ovqatning soʼrilmay qolishiga olib keladi.

Seliakiya ancha keng tarqalgan kasallik. U har 1000 odamdan 1 tasida uchrab turadi.

Seliakiya bolaning emizikli pallasidan boshlanadi, undan keyingi davrlarda kamdan-kam uchraydi, baʼzida ozuqaga glyuten tarkibli mahsulotlar ilk bor kiritilgandan keyin 6 va undan koʼproq oy oʼtgach boshlanadi. Katta yoshdagilarda (kasallik choʼqqisi 30 yoshda) bu kasallik koʼpincha uyoki bu yuqumli kasallik (ichak yuqumli kasalligi, oʼtkir respirator virus yukumli kasalligi va h.k.) bilan bogʼliq boʼlib, seliakiya rivojlanishiga turtki boʼlib xizmat qiladi.

Целиакия даволаш

Seliakiya glyuten kasalligi belgilari

• Bola ozuqasiga donli oʼsimlik mahsulotlari kiritilgandan keyin ishtahasi pasayadi va tana vazni ortishi sekinlashadi, asabiylashuv paydo boʼladi.

• Korni shishib, ogʼriydi, ichi ketadi.

• Egʼ aralashmali najas odatdagidan koʼproq ajralib chiqadi (steatoreya).

• Keyinchalik temir yetishmovchiligi anemiyasi rivojlanadi va ishtaha yaxshi boʼlsa ham tana vaznida kamayish kuzatiladi.

• Suyakda ogʼriqlar turadi, shakli oʼzgaradi, tomir tortishadi, tirnoq va soch moʼrtlashadi, teri quruqshab, kepak toʼkadi, asabiylashadi.

Taxminan bolalarning uchdan bir qismida bunday alomatlarning koʼpchiligini kuzatish mumkin, kasallik esa (ishtaha saqlangan holda ich ketishisiz va boshqa alomatlarsiz) ozishda namoyon boʼladi. Bu tashxisni qiyinlashtiradi, toʼgʼri tashxis vaqtida qoʼyilmagani va muqobil muolaja boʼlmagani, ozuqa dan glyuten tarkibi chiqarib tashlanmagani sabab bolaning ahvoli yomonlashadi va muolaja qiyinlashadi. Shu bois bola sogʼligʼi ahvolidagi har qanday shubhali buzilishlarni seliakiya deb gumon qilinishi gʼoyat muhim. Shifokorga kachon murojaat kilish kerak? Seliakiya alomatlari paydo boʼlganda (koʼp hojat chiqarish, oʼsishning sustlashuvi va h.k.) shifokor koʼrigidan oʼtish kerak.

Целиакия даволаш

Seliakiya glyuten kasalligi ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Seliakiya gumon qilinganida maxsus testlar qoʼllaniladi. di.

• qonda antiglyuten immunoglobulinni aniqlash; • najasdagi yogʼni tekshirish;

• gliadin yuki orqali tekshirish;

•ichak shilliq pardasining biopsiyasi bilan ingichka ichakni endoskopik tekshirish va h.k.

Целиакия даволаш 2

Muolaja Seliakiya glyuten kasalligi

Seliakiyani davolashda maxsus glyutensiz parhezga rioya qilish asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu surunkali kasallikni davolaydigan maxsus dorilar hozircha topilgan emas. Koʼp hollarda oʼz vaqtida tashxis qoʼyilishi va parhezga qatʼiy rioya qilinishi tufayli ozuqadan glyuten chiqarib tashlangandan keyin bir necha kun davomida bemor ahvoli yaxshilana boshlaydi. Barcha alomatlar odatda 4-6 haftadan soʼng oʼtib ketadi.

Tashxis kech qoʼyilib, kasallik muolajasi ogʼir kechganida faqat parhezga rioya qilishgina sogʼayib ketish imkonini beradi.

Yanada yaxshiroq muolaja uchun bemorni kasalxonaga yotqizish kerak. Kasalxonada koʼrsatkichlar boʼyicha oqsil dorilari va yogʼli emulьsiyalar venaga yuboriladi.

Bundan tashqari moddalar almashinuvi buzilishlarini davolash uchun quyidagi dorilar ichiriladi: vitaminlar (Eryukalьtsiferol, fol kislotasi), kalьtsiy (glyukonat kalьtsiy) va temir (temir sulьfati) dorilari, maxsus ozuqa aralashmalari (Berlamin modulyar). Seliakiya zoʼriqqan chogʼda gormonal dorilar buyuriladi (Prednizalon).

Parhez. Bugʼdoy, javdar, arpadan qilingan barcha mahsulotlarni ozuqadan toʼla va umrbod chiqarib tashlanadi: non, un va makaron mahsulotlari, yorma, qandolat, kolbasa va tilga olingan donlarning unidan qilingan boshqa ozuqalar.

Целиакия даволаш 1

Guruch, marjumak, zigʼir, makkajoʼxori, sago, shuningdek, soyadan qilingan taom va mahsulotlar tavsiya etiladi. Koʼtarsa, sulidan qilingan taom ham ruxsat etiladi, ammo kuniga 40-50 gr dan oshmasligi kerak.

Parhezda ovqat hazm qilish aʼzolarining bir maromdagi mexanik va kimyoviy avaylanishi tamoyiliga rioya qilish kerak. Taomlar tuyilgan va qirilgan, suvda qaynatilgan yoki bugʼlatilgan mahsulotlardan boʼlmogʼi shart. Kaynoq va muzdek taom istisno etiladi.

Ovqatlanish tartibi kunda 5-6 marta parhezga servitamin maʼdanli preparatlar koʼshib boriladi (B12, K, S, D vitaminlari, fol kislotasi va h.k.lar, temir, kalьtsiy, magniy). Ich kelishi yaxshilanishi uchun maxsus tuyilmagan, zoʼriqmagan surunkali enteritdagi parhez boʼyicha ovqat beriladi (q. Enterit).

Parhezga toʼliq rioya qilmaslik kasallikni kuchaytiribgina qolmay, balki ingichka ichakning yarali va oʼsimtali kasalliklarning murakkablashuviga ham olib kelishi mumkin.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 376 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!