Quloq ogriganda sabablari, alomatlari, tasnifi,

Кулок

Kulok ogriganda Otit (kulok yalligʼlanishi) sabablari, alomatlari

 

Quloq ogrishi Otit (quloq yalligʼlanishi)ga, virusli, bakteriyali yoki zamburugʼli infektsiya sabab boʼladi. Bu kasallik tashqi, oʼrta va ichki otitlarga boʼlinadi.
Tashqi otit tashqi eshituv yoʼlining diffuzli yoki furunkul (cheklangan) yalligʼlanishi.Tashqi otitlarda koʼpincha zamburugʼli yaralar paydo boʼladi (otomikoz).
Oʼrta otit oʼrta quloq kasalligi boʼlib, parda, nogʼora boʼshligʼi va eshituv naychasining shamollashi bilan izohlanadi. Odatda, yuqumlilik jarayoni oʼrta quloqqa eshituv naychasi orqali burun va dimogʼ boʼshligʼidan oʼtib keladi (ORVI, gaymorit, angina va hokazo).
Ichki otit (labirintit) ichki quloqda joylashgan eshituv va vestibulyar analizatorlari (labirint)ning kasallanishi boʼlib, oʼrta quloq shamollaganda, goh-goh jarohatda yoki umumiy infektsiyalar asorati sifatida yuzaga keladi.

Quloq ogriganda  Har qanday otitga xos xususiyatlar

• Kuloqda ogʼriq. • Kuloqdan yiring oqishi. • Eshitish qobiliyatining pasayishi. • Kuloqning bitib qolishi. Otitning alohida turlari

Tashqi otitda

• eshituv yoʼlining shishishi va qizarishi, shoʼralashi, quloqdan nam, shilliq yoki yiringli ajratma chiqishi.
• Dastlabki kuchli ogʼriq keyin qattiq qichima bilan almashadi va quloq bitib qoladi.
• Eshitish qobiliyati deyarli zarar koʼrmaydi. Oʼtkir oʼrta otitda
• Kuloqda ogʼriq tobora avj olaveradi, tunda kuchayadi.
• Harorat koʼtarilib, eshituv qobiliyati sal pasayadi va quloq bitib qoladi.
• Yiringi oqa boshlagandan keyin bemorning ahvoli tez yaxshilanadi, ogʼriq qoladi, eshitish qobiliyati tiklanadi.
• Emizikli chaqaloqlarda otitning oʼtganini atrofdagilar sezmay qoladilar va yiring oqqandagina biladilar. Chaqaloq tunda uygʼonib ketadi, qichqiradi; boshini aylantiradi, qoʼlini qulogʼiga qarab choʼzaveradi, koʼkrak olmaydi (emganda quloqdagi ogʼriq kuchayadi).

Кулок

Quloq ogriganda Ichki otitda: Bosh aylanadi.

• Quloq shangʼillaydi. • Koʼngil aynib, qayt qiladi. • Muvozanat buziladi.

Otitning asoratlari xavfli boʼladi:

• dastlabki pallalarda infektsiyaning bosh chanogʼi boʼshligʼiga tarqalishi, meningit miya abstsessi, sepsisning rivojlanishi;
• soʼnggi pallalarda eshituv qobiliyatining tobora pasayib borishi yoki butunlay eshitmaydigan boʼlib qolishi. Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Otitning dastlabki belgilari paydo boʼlishi bilanoq muolajani vaqtida boshlash uchun zudlik bilan shifokor-otorinolaringologga murojaat qilish zarur.
Otit ogʼir kechayotgan boʼlsa yoki asoratlari kuchli boʼlsa,bemor tezda kasalxonaga yotqizish shart.

Quloq ogriganda ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Tashqi yoki oʼrta otit boʼyicha tekshiruv oʼtkazilayotgan chogʼda odatda uchta tekshiruv olib boriladi:

• LOR aʼzolar koʼrigi (otoskopiya, laringoskopiya va hoka30).
• Kuloqdan chiqqan shilliqni mikroskopik va bakteriologik tekshirish.
• Eshitish qobiliyatini tekshirish (audiometriya). Ichki quloq kasalliklarida yanada chuqurroq tekshiruvlar olib boriladi (q. Bosh aylanishi).

Кулок

Muolaja

Oʼtkir otit muolajasi, odatda, uy sharoitida (ambulatoriya) oʼtkaziladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bemor

harorati oʼrniga kelmaguncha, turmasligi kerak. Ogʼrigan joyga isituvchi kompresslar, grelkalar, fizioterapevik amallar qilinadi (yiring oqmaganda).

Dori vositalari.

Eshituv yoʼlidan yiring oqqanda uning ahvoli sinchiklab oʼrganilgandan keyin, shifokorlar antibakterial va shamollashga qarshi quloq tomizgʼilari tayinlashlari mumkin.

Hatto burun oqmaganda ham burun va dimogʼ boʼshligʼi shilliq pardasining shishini ketkazish uchun burunga tomir toraytiruvchi tomchilar tomizish tavsiya etiladi. Baland haroratda, kuchli ogʼriqda shifokorlar ogʼriq bosuvchi shamollashga qarshi va issiq tushiruvchi vositalarni qatʼiy koʼrsatkichlar boʼyicha antibiotiklar tayinlashi mumkin. Kasallik joyida qoʼllanadigan dorilar

• Аntibakterial va shamollashgʼa qarshi quloq tomizgʼilari: Аnauran • Betagenot • Garazon • Deksona • Kandibiotik • Normas • Polideksa • Otofa • Sipromed.
• Tomir toraytiruvchi burun tomizgʼilari: Nafazolin (Nafazol, Naftizin, Sanorin) • Ksilometazolin (Galazolin, Otrivin, Sanorinchik) • Oksimetazolin (Nazivin) • Tetrazolin (Tizin).

Ichiladigan dorilar

Аntibiotiklar: Аzitromitsin (Sumamed) • Аmpitsillin • Klaritromitsin (Binoklar, Klabaks, Klatsid, Kriksan, Fromilid) • Roksitromitsin ( Rulid, Rulitsin) • Siprofloksatsin (Sifloks, Аkvatsipro va hokazo).

• Ogʼriq bosuvchi, issiq tushiruvchi va shamollashga qarshi dorilar: Аtsetilsalitsiy kislotasi (Аspirin), • Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M) • Paratsetamol (Kalpol, Panadol, Efferalgan) • Falimint.

Jarrohlik amali quyidagi hollarda qoʼllanadi: • oʼtkir otitning yiringli asorati rivojlanganda; • eshitish qobiliyati tobora susayib ketaversa.

Кулок

TАBIIY VOSITАLАR

Kuloq ogʼriganda uy sharoitida quruq issiq qilinadi, dori shimdirilgan pilta tiqib, nam isituvchi kompress qilinadi. Kuloqni davolash uchun quloq suprasiga qalin momiqni issiq qilib bosib, doka bilan bogʼlab qoʼyiladi.

Kuloqqa tomizgʼilar qaynatilgan pipetka bilan tomiziladi, tomchilar iliq boʼlishi uchun dori solingan xaltacha bir necha daqiqa issiq suvda turishi kerak (36-37°S). Chaqaloq yoni bilan yotqiziladi, eshituv yoʼlini toʼgʼrilash uchun quloq suprasi orqaga va tepaga tortiladi, emizikli chaqaloqlarda pastga tortiladi-da, eshituv yoʼliga 4-5 tomchi dori tomiziladi. Tomizib boʼlgandan keyin momiq soqqachasi bilan xuddi uning qulogʼini uqalayotganday bir necha marta quloq ustidan bosib-bosib quyiladi.

Kuloq ogʼriganda shifokor eshituv yoʼliga dori shimdirilgan pilta (pilik) tiqib qoʼyishni maslahat berishi mumkin. Buning uchun momiqdan 2-3 sm uzunlikda pilik eshitiladi. Uni ilik dori bilan hoʼllanadi va aylanma harakat bilan xuddi dori tomizganda boʼlganidek, quloq suprasidan tortib ichiga tiqib qoʼyiladi. Pilikcha uchi uni tortib olish oson boʼlish uchun tashqariga chiqarib qoʼyiladi. Har 3-5 soatda issiq dori tomizib, pilikcha hoʼllab turiladi. Pilikcha bir kunda almashtiriladi.

Kuloqqa nima tomizish yoki pilikcha yordamida eshituv yoʼliga nima qoʼyish mumkin? Busavolga mutaxassis otorinolaringologdan javob olish kerak. Uy sharoitida birinchi yordam sifatida spirt tomchilaridan foydalanish mumkin. Bu kalendula guli yoki yalpizning spirtli nastoykasi, bor kislotasining 3 % li spirtli suyuqligi yoki iliq oʼsimlik moyi boʼlishi mumkin.

Kuloqqa tomiziladigan tomchilar issiq boʼlishi kerak, sovuq boʼlsa, ichki quloqni va bosh miya qobigʼini kasalga chalintirib, bosh aylanishi, tomir tortishi paydo qiladi. Juda ehtiyot va hushyor boʼling! Kuloq pardasi perforatsiyasi teshilmagan boʼlmasagina, yaʼni oʼrta quloqdan yiring oqmasagina tomchi tomizish mumkin.

Isituvchi kompressga mahkamlangan dorili pilikcha shamollashga va ogʼriqqa qarshi yaxshi samara beradi.

Isituvchi kompress

Doka yoki ip-gazlama matoning bir necha qavat qilib taxlangan toza parchasini issiq suvda xoʼllab va siqib tashlab, araqqa botiriladi (hoʼl doka harorati 37-40°S boʼlishi kerak), oldin quloq suprasi uchun teshik qirqib ochib, ogʼrigan quloqqa bosiladi. 1 yoshgacha boʼlgan bolalar kompressi uchun araq ning yarmiga suv koʼshiladi). Hoʼl lattani polietilen plyonkasi yoki kompress qogʼozi bilan yopiladi, qogʼozda ham quloq suprasiga teshik qirqib ochiladi, tepasidan esa momiq qatlami yoki felanelь qoʼyiladi, quloq suprasini ham berkitib kompress qogʼozi qalin qilib bosiladi. Kompressning barcha uchala qatlami doka bilan zich qilib bogʼlanadi. Kompress 6-8 soatdan keyin yechiladi va uning oʼrniga quruq doka bogʼlanadi.

Badan harorati 37,5°S dan ortiq boʼlganda, teri butunligiga putur yetganda, dermatitlarda, yiring oqqanda kompress qoʼyib boʼlmaydi.

Kuloqqa infektsiya koʼp hollarda dimogʼdan tushgani bois, muolajada burunni shilliqdan tozalash va xalos etish, uni deinfektsiyalash muhim omil hisoblanadi. Buning uchun burunga sulьfatsil natriyning 5 %li eritmasi (alьbutsid)ni tomir toraytiruvchi tomizgʼilarni (Nazivin, Tazin, Polideks) tomiziladi. Kasallikni davolash uchun «Rinit» bobida keltirilgan xalq tabobati retseptlaridan ham foydalanish mumkin.

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Joʼka gulining 15 gr ni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 20 daqiqa tindiriladi. Choy oʼrnida kunda 2-4 mahal ichish kerak.
Moychechak gulining 15 gr ni 1 stakan qaynatilgan suvga solib 20 daqiqa tindiriladi. Choy oʼrnida kunda 2-4 mahal ichiladi.
Qichitqioʼt yaprogʼining 15 gr dan damlama qilinadi va oldingi retseptdagiday ichiladi.

Bu ikki giyoh choylari shilliq parda shishlarini qaytaradi, allergik holatlarni pasaytiradi va ichki quloqni yiring yoki shamollash shilligʼidan tez tozalashga imkon beradi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Melisa yaprogʼi va yongʼoq magʼzi (eti)ning 10-20 %li nastoykasi quloqdagi ogʼriqni yaxshi bosadi. Bu nastoykalarni oʼzingiz tayyorlab va uy dorixonasida saqlaysiz. Ular faqat otitdagina foyda berib qolmaydi, shuningdek, bakteritsid va ogʼriq qoldiruvchi xossalari tufayli ularni qoʼllash (eshituv yoʼliga 6-8 tomchidan tomiziladi) ogʼriqni tez bosadi, tinchlantiradi.
Аyniqsa bolalarda ogʼriqni qoldirish uchun lavanda yoki limonli shuvoqning iliq moyini ishlatsa boʼladi (kunda 3-4 mahal 3-4 tomchidan).
Eman qobigʼi 10 gr, otquloq ildizi 10 gr ini 200 ml issiq suvga solinib, 15 daqiqa qaynatib, 30 daqiqa tindiriladi. Kalendula guli 15 gr ini 200 ml qaynatilgan suvga solib 1 soat damlanib suziladi. Nastoy bilan qaynatma aralashtirilib, aplikatsiya uchun kunda 1-2 marta qoʼllangan doka salfetkalarda 15-20 daqiqadan tashqi otitlarda foydalaniladi (tashqi eshituv yoʼli, quloq suprasi terisi shamollaganda).

Choʼchqa yogʼi, moyupa va baliq yogʼi teng miqdordan olinib, sariqandiz ildizi kukuni bilan 2:1 nisbatda aralashtiriladi va tashqi eshituv yoʼli, quloq suprasi terisining dermatit va temiratki bilan kasallangan joyiga surtiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

(Visited 822 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!