Pankreatit davolash TOP 10 xil usullar xakida

Панкреатит

Pankreatit uy sharoitida davolasa boladimi

 

Pankreatit oshqozon osti bezining oʼtkir va surunkali yalligʼlanish kasalligi. Pankreatitning eng koʼp uchraydigan sabablari quyidagilar:
• pala-partish va bemavrid ovqatlanish, • oʼtkir va seryogʼ ovqatni tez-tez isteʼmol qilish, •surunkali alkogolizm,

oʼt ishlab chiqaruvchi aʼzolarning kasallanishi (xoletsistit, oʼt toshi kasalligi);

• oshqozon va oʼn ikki barmoq ichak yarasi kasalligi va h.k. Oʼtkir pankreatit oʼtkir jarrohlik kasalligiga, oshqozon osti bezining fermentativ autoliz (oʼz-oʼzini hazm qilish) va keyinchalik uning toʼqimasining oʼlishi (pankroeonekroz) va yiringlab erishi sabab boʼladi.

Surunkali pankreatit oshqozon osti bezining yalligʼlanish sklerotik kasalligi boʼlib, faol bezli toʼqimaning asta-sekin yemirilishi va chandiqlashishi (skleroz) bilan tavsiflanadi. Kasallikning tez-tez xuruj qilib turishi natijasida oqsillar, yogʼlar va uglevodlar, shuningdek, insulin va baʼzi boshqa garmonlarni hazm boʼlishida ishtirok etuvchi fermentlar hosil boʼlishi izdan chiqadi.

Панкреатит

Pankreatit alomatlari xiakida

Oʼtkir pankreatit • Koʼp ovqat yeb, koʼp spirtli ichimlik ichishdan keyin deyarli har doim rivojlanadi: qorinning yuqori boʼlimlarida chidab boʼlmas ogʼriq turadi, asta-sekin ogʼriq mintaqalashadi («belbogʼ»simon ogʼriq).

• Ogʼriqning zoʼridan bemor muayyan holatga tushishga majbur boʼlib qoladi (tizzalarini qorniga tirab oʼtirib yo yotib qoladi).

• Ogʼriqdan soʼng bemor betoʼxtov qusadi, bundan yengillik topmaydi, arterial bosim tushib ketadi, yuragi tez-tez uradi va harorati koʼtariladi. U kasalxonaning jarrohlik boʼlimiga zudlik bilan yotqizilishi shart.

Surunkali pankreatitda: • Koʼkrak osti chuqurchasida yoki chap qobirgʼa ostida simillagan, loʼqillagan ogʼriq turadi, ovqatdan keyin battar kuchayadi.

• Kekirik kelishi, qayt qilishi, koʼngli behuzur boʼlishi, qorni shishib, quldirashi, hazm boʼlmagan ovqatdan boʼshanishi mumkin (yof najasda ora-sira joylashgan boʼladi).

• Yogʼlarning yaxshi hazm boʼlmasligi А, D, Ye va S vitaminlari, shuningdek, kalьtsiy va magniy maʼdanli moddalar yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. Kalьtsiy yetishmovchiligi koʼproq katta yoshdagi odamlarda uchraydigan osteoporoz hodisasini barqarorlashtiradi.

• Ishtaha yoʼqolib, yogʼli ovqatdan koʼngli behuzur boʼladi. • Muolaja qilinmasa, vaqti bilan tana vazni kamaya boshlaydi (q. Ozish).

Панкреатит

Pankreatitning asoratlari gʼoyat xatarli:

• dastlabki muddatlarda pankreonekroz, mexanik sariq. qorin boʼshligʼida yiring toʼplanish, peritonit kasalliklarini paydo qiladi.

• soʼnggi muddatlarda oshqozon osti bezi kistasi va oqma yarasi, 1 tipdagi qandli diabet, oshqozon osti bezi saratoni paydo boʼladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Qorinda vaqti-vaqti bilan ogʼriq turganda tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Qorinda qattiq ogʼriq tursa, «tez yordam» chaqirish kerak.

Панкреатит

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Pankreatit tashxisida umumiy shifokor koʼrigi, qorin boʼshligʼini ulьtratovushli tekshirish, amilaza (qon va peshob) faolligini tekshirish asosiy ahamiyatga ega. Zarurat tugʼilsa, shifokorlar tashxis koʼyish va oʼxshash alomatli kasalliklarning oldini olish uchun qoʼshimcha tekshirish usullarini ham qoʼllashlari mumkin:

• qorin boʼshligʼi, koʼkrak qafasini rentgenda tekshirish; •oʼt va pankreatik oqimlarini endoskopik tekshirish;

• oshqozon va oʼn ikki barmoq ichakni endoskopik tekshirish; •laperoskopiya va h.k.

Панкреатит

Pankreatit oldini olish muolaja

Oʼtkir pankreatit va surunkali pankreatit xuruj qilgan barcha bemorlar zudlik bilan kasalxonaga yotqiziladilar. Ular faqat jarrohlik boʼlimi sharoitidagina tekshiriladilar va davolanadilar.

Oʼtkir pankreatit muolajasi oshqozon osti bezi yoʼlidagi shishni yoʼqotish, yalligʼlanish va infektsiyani davolashni koʼzda tutadi. Buning uchun toʼliq ochlikdan, barcha dori-darmonlar va ozuqabop suyuqliklardan foydalaniladi (bugoho ikki haftacha davom etadi). Yiringlash asoratini davolash va oldini olish uchun koʼrsatkichlar boʼyicha oshqozonosti bezi fermentlari ajralib chiqishini bosuvchi vositalar (Аprotinin, Kontrikal, Meksidol, Miokalьtsin, Oktreotid, Sandostatin, Trasilol, Pantripin), antibakterial vositalar (Аbaktal, Klaforan, Siprofloksatsin, Siprobay), immunomodulyatorlar (Tsikloferon) koʼllanadi.

Kuchli ogʼriqda turli ogʼriq bosuvchi dorilar va spazmolitiklar ishlatiladi. Konservativ muolaja samara bermaganida va asoratlar avj olganida shifokor jarrohlik muolajasiga oʼtadi.

Oʼtkir pankreatitning bir qancha (goho bittasi ham kifoya qiladi) xuruji surunkali kasallikka olib kelishi mumkin. Shu bois xuruj boʼlib oʼtgandan keyin ovqatlanish tarzini oʼzgartirish shart: Ovqat koʼp yeyilmaydi (ayniqsa yogʼli ovqat), alkogolli ichimlik ichish maʼn etiladi, oʼt qopi, oʼn ikki barmoq ichagi kasalliklari davolanadi.

Surunkali pankreatit muolajasi odatda uyda olib boriladi. Shifokor tavsiyasi bilan fermentli dorilar, spazmalitiklar ichiriladi. Kasallik xurujining oldini olish uchun parhezga rioya qilish va surunkali pankreatit paydo boʼlishiga imkon beruvchi kasalliklarni davolash katta ahamiyat kasb etadi (q. Аlkogolizm, Xoletsistit, Oʼt toshi kasalligi, Yara kasalligi).

Parhez. Oʼtkir pankreatitda dastlabki kunlari bemor toʼla och qoldiriladi, kasallik oʼta ogʼir kechadigan hollarda ochlik muddati uzaytiriladi.

Kasallik yengil kechganda, dastlabki 2-3 kunlarda oshirilmagan xamirdan qilingan baton yoki bugʼdoy noni suxarilari

sinab koʼriladi. Аgar bemor shikoyat qilmasa, ovqat turi koʼpaytiriladi, guruch yoki suli yormasining shilliq shoʼr qaynatmasi, kartoshka pyuresi (yogʼsiz), nimyogʼli kiselь, sharbat jelesi koʼshiladi, asta-sekin sug qoʼshilgan kasha va pyure yeyishga ruxsat etiladi, 5-6 kunlari esa yogʼsiz tvorogdan qilingan sufle, tuxum oqining suvda pishirilgani, soʼngra bugʼ dimlamali goʼsht qiymasini yeyish mumkin.

Панкреатит

Barcha yogʼli mahsulotlar, shu jumladan, barcha yogʼlar, shuningdek, qorin shishiradigan mahsulotlar (q. Meteorizm) istisno etiladi.

Surunkali pankreatitda oqsilni asta-sekin koʼpaytirib boruvchi, ferment preparatlari ichiladigan va alkogol toʼla istisno etiladigan parhezga qatʼiy rioya qilish zarur. Yegʼi oz, bir xil miqdorda uncha katta boʼlmagan portsiyali 56 mahallik ovqat (30 gr sariyogʼ va 10-15 gr tozalangan oʼsimlik yogʼi taomga qoʼshiladi), qotirilgan bugʼdoy non, goʼshtsiz iliq shoʼrva, bugʼlangan goʼsht qiymasi, buzoq goʼshti, quyon goʼshti, joʼja, tvorog, yogʼsiz baliq qaynatmasi, tuxum oqi, chuchuk pishloq, suyuq va nim shilimshiq boʼtqalar, qaynatma sabzavotlar (kartoshka, sabzi, gulkaram va kalьrabi, lavlagi, tomoshaqovoq va qovoq), qirilgan turshak sharbatlari, qirilgan xom va toblama mevalar, kalьtsiylashtirilgan va yogʼsiz tvorog, maxsus parhezbop aralashmalar va bolalar parhez ovqati uchun pyuresimon konservalari, yarim vitaminli maʼdan preparatlar tavsiya etiladi. Surunkali pankreatitda quyidagilarni yeyish maʼn etiladi:

• seryogʼ goʼsht, qovurilgan va dimlangan taomlar, oʼrdak va gʼoz goʼshtlari, dudlamalar, kolbasalar, konservalar;

• javdar va yangi non, qatlama va oshirilgan xamir nonlari;

• goʼsht va baliq shoʼrvasining suvi, zamburugʼ va sabzavot qaynatmasi, sutli shoʼrvalar, karam shoʼrva, shchi, sovuq shoʼrva (chalop, lavlagi shoʼrva);

• seryogʼ sut mahsulotlari;

• tuxumlar, qotirib pishirilgan va qovurilgan,

• dukkaklilar;

• bosh karam, baqlajon, turp, sholgʼom, rediska, piyoz, sarimsoqpiyoz, shovul, ismaloq, shirin qalampir, zamburugʼ;

•qandolat, shokolad, muzqaymoq;

• goʼsht, baliq, zamburugʼ bulьonidan qilingan souslar, tomat sousi, shirinliklar;

• qora qahva, kakao, gazlangan va sovuq ichimliklar, uzum sharbati.

Dori vositalari. Surunkali pankreatitda ichish uchun spazmolitiklar va ferment preparatlari tayinlanadi. • Spazmolitiklar: Drotaverin (Beaga, No-shpa, Spazoverin, Spakovin) • Krasavki preparati (Buskopan, Ekstrat krasavki) • Papaverin.

• Ferment dorilari: Kreon • Mezim forte • Penzinorm forte • Pankreatin • Pankreoflat • Pantsitrat • Pepfiz • Festal • Enzistal • Yunienzim (MPS bilan).

Jarrohlik muolajasi. Peritonit, pankreonekroz, qorin boʼshligʼi abstsesslari rivojlanishida jarrohlik amali muqarrar bajariladi. Odatda jarrohlik amali oshqozonosti bezi (nekreektomiya)ning yashash qobiliyati yoʼqolgan toʼqimalarni olib tashlash, qorin boʼshligʼini yuvish va fasodni olishdan iborat. Oʼt qopida tosh boʼlsa, oʼt yoʼllari xoletsistitektomiya va drenaj qilinadi (naycha yordamida fasod olinadi).

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

 

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

1 osh qoshiq suli chayilib, tuyiladi, 5 stakan suvda 10 daqiqa qaynatilgach. 1 soat tindiriladi. Surunkali pankreatitda kuniga 3 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa oldin mayda-mayda hoʼplab yarim stakandan ichiladi.

Kayin yaprogʼi, valeriana ildizi, togʼ qushi oʼti, qizilpoycha giyohi, kalendula guli, kichitqi oʼt giyohi, yalpiz, shuvoq, moychechak guli teng miqdorda, 15 gr toʼplam qilinib, 0,5 l qaynatilgan suvga solib, termosda 8 soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda yarim stakandan kuniga 4 mahal ovqatdan keyin va uyquga yotish oldidan tunda ichiladi. 1-1,5 oy davomida 2-3 haftalik tanaffuslar bilan ichiladi.

Botqoq igirining ildizi, sahro buznochining guli, togʼ qushi giyohi, qizilpoycha giyohi, itshumurt poʼstlogʼi, gʼozpanja giyohi, limonoʼt yaprogʼi, zira mevasi, sachratqi ildizi teng miqdorda qoʼshilib, 10 gr kukun 250 ml qaynatilgan suvga solinadi, termosda 8 soat tindirilib, suziladi. Iliq holda chorak stakandan kuniga 4 mahal ovqatdan keyin ichiladi (asal qoʼshsa ham boʼladi).

Панкреатит

(Visited 359 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!