Oshqozon yarasi davolash uchun TOP 20 maxsulot

Ошкозон яраси

Oshqozon yarasi davolash uollari kelib chikish sababi

Oshqozon yarasi va oʼn ikki barmoq ichak yarasi kasalligi surunkali qaytalovchi kasallik, ayniqsa bahor va kuz fasllarida,
oshqozon va oʼn ikki barmoq ichak shilliq pardasining yarasi nuqsonlari hosil boʼlish bilan tavsiflanadi.

85-90 % bemorlarda oshqozon yarasi kasalligining rivojlanishi Helicxbacter pyleori (gelikobakter pilori) tezobbardosh bakteriyalar yuqishi bilan bogʼliq. Qolgan hollarda kasallik oshqozon shirasi tezobligining ortib ketishi, shamollashga qarshi va ogʼriq bosuvchi dorilarni (Аspirin, Diklofenak, Indomestatsin, Ibuprofen va h.k.) uzoq muddat ichish va boshqa ancha kam uchraydigan sabablar natijasida rivojlanadi.

Ошкозон яраси 3

Oshqozon yarasi Аlomatlari

• Ogʼriqlar, jigʼildon qaynashi, koʼpincha achchiq narsalar qayt qilish.

• Xuruj vaqtida har kuni ogʼriq boʼladi, nahorda paydo boʼlib, ovqat yegandan keyin gʼoyib boʼladi, oshqozon yarasida 0,5-1 soatdan keyin, oʼn ikki barmoq ichak orasida 1,5-2,5 soatdan keyin yana paydo boʼladi. Koʼpincha tunlari ogʼriydi.

• Oʼn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida koʼpincha ich qotadi.

• Davolanmasa, xatarli asoratlar rivojlanishi mumkin:

•oshqozon-ichakdan qon ketishi;

• penetratsiya (yaraning qoʼshni aʼzolarga yorib oʼtishi);

• perforatsiya (yara qorin boʼshligʼida teshilib, peritonitning rivojlanishi);

• oshqozon chiqish boʼlimining torayishi (stenozi);

• yaraning yomon oʼsimtaga aylanishi (malignizatsiya).

Ошкозон яраси 1

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak Oshqozon yarasida?

Qorinda vaqti-vaqti bilan ogʼriq paydo boʼlganda tekshirish uchun shifokorga murojaat qilmoq kerak. Qorinda qattiq ogʼriq turganda, qon ketishi alomatlarida (suyuq qora najas, qon qusish va h.k.) darhol «tez yordam» chaqirish zarur.

Ошкозон яраси 2

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tashxis qoʼyish uchun shifokorlar oshqozon va oʼn ikki barmoq ichakni tekshirishni buyurishadi, u kuyidagilardan iborat:

• oshqozon va oʼn ikki barmoq ichakni endoskopik tekshirish (FGDS);

•oshqozon rentgenografiyasi;

• oshqozon shirasi kislotaliligini tekshirish;

• Helicxbacter ryeori (shilliq parda biopsiyasi, immunologik testlar)ni aniqlash va h.k.

Oshkozon yarasi muolaja turlari

Oshqozon yarasi kasalligi ambulatoriya usulida, uy sharoitida davolanadi. Odatda individual parhez va oshqozon sekretsiyasini yaxshilash yoki Helicxbacter pyleorini bartaraf etish uchun shifobaxsh dorilar buyuriladi.

Gelikobakter aniqlanib, oshqozon yarasini davolashning asosiy vositasi mikrobga qarshi dorilar hisoblanadi, ammo maʼlum boʼlishicha, oshqozonning achchiq muhitida ular kam samara berar ekan.

Shu bois bir vaqtning oʼzida shifokorlar oshqozon shirasida xlorid kislotani bosuvchi vositalarni ham (proton nasosi ingibitorlari, gistamin H2 retseptorlarining blokatorlari, antatsidlar) va yaraning bitishiga imkon beruvchi (gastroprotektorlar) vositalarni ham buyurmoqdalar.

Odatda xlorid kislotani pasaytiruvchi dorilardan bittasi va maxsus sxemalar boʼyicha mikrobga qarshi dorilardan ikkitasini baravar koʼllashib, muolaja samaradorligini takroriy endoskopik tekshiruvlar chogʼida nazorat qilishmoqda. Yaraning toʼla bitib ketishi va oshqozon, oʼn ikki barmoq ichak shilliq pardasida Helicxbacter pyleori yoʼqligi muolajaning muvaffaqiyati garovidir.

Muolajaning toʼgʼri olib borilishi yaraning 2-3 haftada (goho undan ham tez) tuzalib ketishiga imkon beradi va eng asosiysi, qon oqishi, yara perforatsiyasi va boshqa jiddiy asoratlarning oldi olinadi, aks holda ular rivojlanib, jarrohlik amaliga murojaat qilishga toʼgʼri keladi.

Parhez. Oshqozon yarasi kasalligini dorilar bilan davolashning zamonaviy uslublari mana shu kasallikda ovqatla nish haqidagi oldingi tasavvurlarni qayta koʼrib chiqishga imkon berdi. Hozirgi vaqtda shu narsa eʼtirof etilganki, ovqatlar sirasidan muayyan odamda diskomfort (ogʼriq, jigʼildon qaynashi, kekirik va yara kasalligining boshqa alomatlari) keltirib chiqaradigan taomlarni, masalan, qovurmalar, meva sharbatlari, ziravorlar, qahvani istisno etish kifoya.

Ovqatning asosiy tanovuli oraligʼida boshqa narsalar «tatib koʼrish» ham tavsiya etilmoqda, ammo shuni hisobga olmoq kerakki, ovqat xlorid kislotani moʼʼtadillashtiribgina qolmay, oshqozon sekretorlik faoliyatini kuchaytiradi ham.

Ошкозон яраси 4

Ovqatni va sutni ham juda kech yoki tunda yeyish yo ichish tavsiya etilmaydi, chunki ular xlorid kislota ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va bemor tungi vaqtda, uxlab yotganda oshqozon shirasi kislotasini moʼʼtadillashtiruvchi dorilarni icha olmaydi. Biroq uzoq vaqt oshqozon sekretsiyasini sekinlashtiruvchi zamonaviy dorilarni ichish mazkur cheklovni yumshatish imkonini bermoqda.

Xlorid kislota ajralib chiqishini kuchaytirishga qodir alkogolni isteʼmol qilishni ham keskin cheklash lozim. Yara kasalligi keskin xuruj qilgandagina mexanik va kimyoviy jihatdan hazmi yengil ovqatlar isteʼmol qilish tavsiya etilmoqda, xuruj gʼoyib boʼlishi barobarida odatdagi ovqatlarga oʼtiladi.

Ishtahani yaxshilash, ich qotishini davolash, disbakterioz va zamonaviy dorilarning teskari taʼsiri oldini olish uchun iloji boricha hazmi yengil ovqatlardan odatdagi ovqatlarga oʼtmoq kerak. Kuchsiz oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini orttirish va ichakning harakat faoliyatini va boʼshanishini sekinlashtiruvchi mahsulot va taomlarni cheklash oshqozon va ichak kasalidan aziyat chekayotgan odamlar uchun ovqatlanish mezoni hisoblanadi. Ovqatlar sirasini servitamin preparatlar bilan boyitmoq shart.

Qon oqadigan yara kasalligida bemorga 1-3 kun davomida ovqat berilmaydi. Bu vaqtda parenteral (vena ichiga yuboriladigan) ozuqadan foydalanadilar. Qon oqishi toʼxtagan yoki birmuncha kamaygandan keyin kuniga 1,5-2 stakandan oshmaydigan hajmda har 2 soatda oshqoshiq bilan suyuq va yarimsuyuq sovuq ovqat bera boshlaydilar (sut, qaymoq, shilliq shoʼrva,

qotmagan jele, meva sharbatlari, naʼmatak qaynatmasi). Keyin ilitilgan tuxum, goʼsht va baliq suflesi, sariyogʼ, suyuq manniy boʼtqasi, yaxshilab qirilgan chuchuk meva va sabzavotlar hisobiga ovqat miqdori asta-sekin ortib boraveradi. Maxsus parhez kontsentratlaridan foydalanish maʼqul.

Ошкозон яраси 5

Oshqozon yarasida Ichiladigan dorilar

• mikrobgʼa qarshi ichiladigan dorilar: Аmoksitsillin • Аzitromitsin (Xemomitsin) • Metronidazol • Klaritromitsin (Klaromin, Klatsid, Klerimid, Fromilid) • Tetratsiklin.

• Proton pompasi ingibitorlari: Lansoprazol (Gelikol, Lanzap, Epikur) • Omeprazol (Gastrozol, Omez, Omizak, Omipiks, Xelitsid) • Rabeprazol (Pariet) • Ezomeprazol (Neksium). • Gistamin N, retseptorlari blokatorlari: Ranitidin (Аpilok, Zantak, Zoran, Ranisan, Rantak) • Famotidin (Gastrosidin, Kvamatelь, Ulьfamid, Famosan).

• Аntatsidlar: Аlьmagelь • Аlьtatsid • Vikalin • Gastal • Gelusil • Gidrotalьtsid (Rutatsid, Talьtsid) • Maaloks • Fofalyugelь.

• Gastroprotektorlar: Trikaliy vismuti ditsitrati (Denol) • Gastrofarm • Sukralьfat (Venter).

Jarrohlik muolajasi. Yara kasalligi asoratlari: perforatsiya, penetratsiya, malignizatsiya, qon oqishi va oshqozon chiqish boʼlimi stenozi rivojlanganda jarrohlik amali qoʼllaniladi

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

 

Ошкозон яраси
TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Oshqozon yarasi

Gulxayri ildizining 6 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 2-4 soat tindiriladi va 1 oshqoshiqdan kunda 4 mahal ovqat oldidan oʼrab oluvchi, shamollashga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi sifatida ichiladi. Muolaja muddati 45 kun.

Lub urugʼining 5 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, chorak stakandan kunda 3-4 mahal ovqat oldidan oʼrab oluvchi, shamollashga qarshi, ogʼriq bosuvchi sifatida ichiladi.

Kalendula gulining 20 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1-2 soat tindiriladi va 1 oshqoshiqdan kunda

uch mahal ovqatdan keyin shamollashga qarshi, antiseptik, zardob haydovchi, spazmolitik vosita sifatida ichiladi. Muolaja muddati 30 kun.

Qichitqioʼtning 10 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, chorak stakandan kunda 3 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Kichitqioʼt shamollashga qarshi, zardob haydovchi vosita boʼlib, shilliq parda buzilishini davolaydi.

Moychechak gulining 10 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan keyin 3 oy mobaynida spazmolitik, shamollashga qarshi, antiseptik, sedativ, zardob haydovchi vositasi sifatida ichiladi, bundan tashqari moychechak guli damlamasi yara bitishiga yordam beradi. Kizil miya ildizining 10 gr ni termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1-2 soat tindiriladi, 1 oshqoshiqdan kunda 3-4 mahal shamollashga qarshi, spazmolitik, mikrobga qarshi, oʼrab oluvchi va yarani bitiruvchi vosita sifatida ichiladi, muolaja muddati 45 kun.

Bir oy mobaynida kunda 2 mahal 1 oshqoshiqdan ovqatdan 20 daqiqa oldin sabur (aloe) sharbatidan ichib boring. Xom kartoshka suvini yarim stakandan kuniga 2 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin 10 kun mobaynida ichib boring. 5 kun tanaffusdan keyin muolajani takrorlang.

Oshqozon yarasiga yangi karam suvi foydali 1 stakandan kunda 2 mahal ovqatdan oldin. Muolaja muddati 10-20 kun. 5-10 kunlik tanaffusdan keyin muolajani takrorlash mumkin.

(Visited 667 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!