Miokard infarkt davolashning 10 xil yollari xakida tolik malumot

Miokard infarkt davolash yollari xakida tulik malumot

 

Miokard infarkt yurak ishemiya (etishmovchiligi) kasalligining oʼtkir xuruji boʼlib, qon oqib kelishi taqqa toʼxtashi yoki kam oqib kelishi oqibatida yurak mushaklarining
(miokard) bir qismi (nekroz) bilan tugallanadi, keyin chandiq hosil boʼladi. Yurak arteriyasi teshigi tromb bilan batamom toʼlib qolishi, aksar holda aterosklerotik
toshmasining parchalanishi oqibatida miokard infarktga olib keladi.

Miokard infarkt skachat

Miokard infarkt belgilari

• Yurak sohasida nitroglitserin usuli bilan qoldirib boʼlmaydigan ogʼriqlar xuruj qiladi.

• Ogʼriq toʼsatdan yuzaga keladi, juda tez kuchayadi, bemor qora terga tushadi, nafasi boʼgʼiladi, qusadi, oʼqchiydi, holsizlanadi.

• Goho infarkt ogʼrigʼi yurakda emas, balki chap qoʼl yoki yelkada, qorinda gohida pastki jagʼda paydo boʼladi.

• Infarkt chogʼida goʼyo yurakni birov kuchli qoʼl bilan siqayotgandek boʼladi.

• Ogʼriq xuruj qilganda koʼpincha oʼlimdan qoʼrquv, dahshatga
tushish hissi paydo boʼladi.

Миокард инфаркт даволаш

Kasallikning oʼtkir davri oʼrtacha oʼn kun davom etadi. Аynan mana shu davrda infarktning dahshatli asoratlari yuzaga
kelishi mumkin: yurak maromi buziladi, turli xil yurak nuqsonlari avj oladi va hokazolar. Shu bois, infarktning birinchi alomatlari paydo boʼlgandayoq, bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi, muolaja faqat kasalxonada davom etishi kerak. Taxmin (prognoz) infarkt shakliga bogʼliq yirik oʼchoqli (jonsizlanishning katta zonasi) yoki kichik oʼchoqli (jonsizlanishning kichik maydoni), shuningdek, asoratlarning bor yoki yoʼqligiga qaraladi.

Miokard infarkt Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

 

Yurak atrofida ogʼriq xurujini 20-30 daqiqa ichida qoldirib boʼlmasa, «tez yordam» chaqirish zarur.

 

Miokard infarkt ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruvlar

 

Elektrokardiografik tekshirish va qonda spetsifik fermentlar aspartataminotransferazalar (АST), kreatinfosfokinazlar (KFK) toʼplanishini aniqlash miokard infarkt
tashxisi uchun asosiy maʼno kasb etadi. Shubha qilingan hollarda exokardiolografiya, yurakning radioizotopik (stsintigrafiyasi) yoki rentgenologik (koronarografiya) tekshiruvlari
oʼtkaziladi.

Миокард инфаркт даволаш

Miokard infarkt Muolaja

Birinchi yordam. Eng avvalo koʼkragida ogʼriq bor odamga osoyishtalik kerak. U karavotga boshini xiyol (salgina) koʼtarib, qulay joylashtiriladi va uning nafas olishini qiyinlashtirayotgan kiyim tugmalari yechiladi, toza havo yoʼli ochib qoʼyiladi. «Tez yordam» kelguniga qadar bemorga nitroglitserin hapdorisi (0,0005 gr.) tili ostiga qoʼyiladi. Bunday hollarda validolning kuchi yetmaydi. Miokard infarkt deb gumon qilingan barcha bemorlarni tezkor terapiya boʼlimiga yotqizish zarur boʼladi. Bemorni olib ketishda albatta zambildan foydalanish shart.

Muolaja qancha tez boshlansa shuncha yaxshi, zero baʼzida infarktning avj olishini dori darmonlarni oʼz vaqtida berish yoki jarrohlik amali bilan toʼxtatib qolish ham mumkin.
Kasalxonada davolash yurak tomirlari oʼtuvchanligini (qisman) tiklashga qaratilgan va tromblarni eritib yuboruvchi, miokard qon taʼminotini yaxshilovchi dori vositalaridan,
aritmiyaga qarshi va ogʼriqni bosuvchi preparatlardan foydalangan holda tomir terapiyasi kursini oʼtashni oʼz ichiga oladi.

Миокард инфаркт даволаш

Infarkt sodir boʼlgandan keyin reabilitatsiya bemorning sogʼligʼi va mehnatga qobiliyatini tiklash katta ahamiyatga ega. Uning muddati va hajmini tanlash mutlaqo ixtiyoriy,
biroq bemorni kasalxonadan chiqarib yuborgandan keyin u poliklinikada (uyda) yoki sanatoriyada nihoyasiga yetkaziladi. Jismoniy faollik, parhezga rioya qilish, shifokor tayin
qilgan dorilar (miokard metabolizmini yaxshilovchi antitrombotsitar) ni ichib turish katta ahamiyatga ega (yana qarang: yurakning ishemik kasalligi).

Parhez. Javdar va har qanday yangi yopilgan non, yangi sogʼilgan sut, oq bosh karam, bodring, dukkaklilar, uzum sharbati, gazlangan ichimliklar va ichakda quldirash, yel toʼplanishi
va qorin damlanishini keltirib chiqaruvchi boshqa mahsulotlar istisno etiladi.

Yotib davolanish bilan bogʼliq ich qotish profilaktikasi uchun har ovqat yeganda harakat faoliyatini va ich yurishini kuchaytiruvchi mahsulotlarni koʼshish kerak(lavlagi, sabzi, olma
pyurelari, qaynatmalar, turshaklardan qilingan sharbatlar, lavlagi, sabzi, oʼrik sharbatlari, qatiq va hokazolar).

Infarktning oʼtkir vaqtida yurakka zoʼr kelishini kamaytirish uchun osh tuzi va erkin suyuqlikni cheklash kerak, ularning miqdori sogʼayib borish barobarida va teskari taʼsirlar yoʼqolganida arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligida orttirib boriladi. Osh tuzini profilaktik yo shifobaxsh
tuzga almashtirsa boʼladi.

Ovqatda yogʼlar (mol yogʼi va kulinariya yogʼi)ni, xolesterini juda yuqori boʼlgan mahsulotlarni, xususan yogʼ almashinuvida buzilish sezilganda, cheklash kerak. Parhezga oʼsimlik yogʼini
qoʼshgʼan maʼqul.

Yurakka oshqozonning keskin qisqarishlari reflektor taʼsiri boʼlmasligi uchun juda issiq va juda sovuq ovqatni yemaslik kerak.

Sogʼayish davrida uy yoki sanatoriya sharoitida toʼyimli ovqatlarni koʼpaytirib boriladi. Parhezdan maqsad ateroskleroz va yurak ishemik kasalligining ikkilamchi muolajasi
yogʼ va uglevod almashinuvini yaxshilash, arterial bosim, semirganda tana vaznini meʼyorlashtirishdir.

Insultga olib kelading 10 ta narsa extiyot boling

Miokard infarkt Ichiladigan dorilar shikoro korsatmasi bilan ichilishi shart

• Аntitromotsitar vositalar (antiagregantlar): Аtsetilsalitsil kislota (Аspirin Kardio, Trombo АSS) • Kardiomagnil • Klopidogrel (Plaviks) • Tiklopedin (Tagren, Tiklid).
• Kaliy va Magniy preparatlari: Аsparkam • Magnerot • Kaliy va Magniy asparaginat • Panangin.

• Miokardda almashinuv jarayonlarini yaxshilovchi vositalar:
Doʼlana guli ekstrakti • Instenon Mildronat • Molsidomin
(Dilasidom, Korvamin, Sidnofarm) • Pumpan • Tonginal
• Fitorelaks • Taurin (Dibikor) • Trimetazidin (Predukal).

Миокард инфаркт даволаш

Miokard infarkt TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Doʼlana gullari, uchbarg paxta yaproqlari, doribop qashqarbeda giyohi, oʼrmon yertutlari 10 gr dan, doribop kalendula
gullari, qalampir, yalpiz yaproqlari, shivit mevasi, oddiy oyboldargʼon yaproqlari 5 gr dan 6 gr Toʼplamni 300 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitiladi, issiqda 1 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi.

Issiq holida ovqatdan 20 daqiqa oldin, kuniga 3 mahal stakanning uchdan biricha ichiladi.

Kizil doʼlana stakanning 1/3 cha ichiladi.
Kizil doʼlana mevalari, dorivor valeriana ildizi, dorivor
qashqarbeda giyohi, yoʼngʼichqa yaproqlari, labaznik giyohi,
dorivor limonoʼt yaproqlari, atirgul yaproqlari, qizilbarg
yaproqlari tengma-teng miqdorda olinadi.

Toʼplamning tuyilgan 7 gr ini 250 ml suvga solib, suv hammomida yopiq
idishda, 15 daqiqa isitiladi (qaynatilmaydi!), issiq joyda
2 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Ovqatlar oraligʼida kuniga 4 marta stakanning toʼrtdan biricha ichiladi.

(Visited 259 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!