Meteorizm qorin damlanishi va qappayishi davolash usullari

Метеоризм 4

Meteorizm qorin damlanishi va qappayishi davolash xaqida

Meteorizm ovqat hazm boʼlish yoʼlida yuqori darajada yel toʼplanishi sindromi boʼlib, bunda qorin shishadi, kekirik keladi, changak boʼlib ogʼriydi.

Meteorizm deyarli sogʼlom odamlarda ovqatni koʼp yeb yuborganda yoki ichakda yel toʼplanishiga sabab boʼluvchi ozuqa mahsulotlarini yeganda rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari u oʼz qavatida tashxis va muolajani talab etuvchi turli kasalliklar va holatlarda ovqat hazm boʼlish tizimining notoʼgʼri ishlash alomati boʼlishi ham mumkin.

Метеоризм 3

Аlomatlari Meteorizm qorin damlanishi

• Meteorizmda qorin qappayadi yoki ichak sanchigʼiga oʼxshash ogʼriqlar xuruj qiladi.

• Koʼngil behuzur boʼlishi, kekirik kelishi, ishtaha yoʼqolishi, ich qotishi yoki ich ketishi mumkin.

Mutaxassislar meteorizmni ikki qismgʼa boʼladilar.

• Ichak spazm tufayli yellar ozginadan chiqqanda qorin qappayadi, qorinda dam va ogʼriq paydo boʼladi.

• Yellarning muttasil shiddat bilan chiqishi kuzatiladi, qorin quldirab, «momaqaldiroq» xuruj qiladi.

Метеоризм 2

Shifokorga kachon murojaat kilish kerak?

Parhez bilan ketkazib boʼlmaydigan meteorizm alomatlarini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Tekshirishdan maqsad ichak va ovqat hazm qiladigan boshqa ichki aʼzolarda meteorizm paydo qilishi mumkin boʼlgan kasalliklarning oldini olish. Odatda quyidagilar qoʼllanadi: Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

• yoʼgʼon ichak endoskopik tekshiriladi (rektoromanoskopiya, kolonoskopiya);

• qorin boʼshligʼi ulьtratovush tekshiruvidan oʼtkaziladi; • ichak mikroflorasi bakteriologik tekshiruvdan oʼtkaziladi.

Muolaja Meteorizm muolajasi yel hosil boʼlish sabablarini bartaraf etishdan iborat. Shifokorlar parhezga rioya qilishni tavsiya etib, dori vositalari tayinlaydilar. Meteorizm keltirib chiqaruvchi kasalliklar aniqlanganda, ular davolanadi. (q. Kolit, Laktaza yetishmovchiligi, Pankreatit, Seliakiya, Enterit).

Parhez. Ozuqa tolalariga, ayniqsa, (birlashtiruvchi toʼqimalarga boy mahsulotlar) meteorizm rivojlanishiga imkon yaratadi: dukkaklilar (eng avvalo butun yoki chala qaynatilgani), bosh karam, sholgʼom, bryukva (sholgʼomsimon sabzavot), meva va sabzavotlarning poʼchoqlari, gʼoʼra mevalar, yetilmagan sabzavotlar; kuchli gazlangan ichimliklar va fermentatsiya va achish jarayonlari oʼz-oʼzidan kechuvchi ichimliklar (kvas, kefir).

Koʼpincha kishi oʼz holicha koʼtarolmaydigan hozirgi mahsulotlarni vaqtincha yoki butunlay ozuqadan chiqarib tashlash yoki cheklash lozim. Shuni hisobga olish kerakki, meteorizm rivojlanganda mahsulotning oʼzi emas, uning miqdori, shuningdek, boshqa mahsulotlar bilan birikishi, deylik sut yoki kefir ichgandan keyin uzum yoki bodring yeyish katta ahamiyatga ega Xikichok,  Tish tushishi,  Stomatit,  TISh OGʼRIGʼI,  Tromboflebit, Stenokardiya, Yurak yetishmovchiligini, BOD (REVMАTIZM),  Yurak.

Dori vositalari: Ichakda yel toʼplanishini kamaytiruvchi (el haydovchi) dorilar buyuriladi: Dimetikon • Meteospazmil • Pankreoflat • Moychechak guli nastoykasi • Sipetikon (Sipikol, Espumizan) • Faollashtirilgan koʼmir • Shivit • Fenxelь • Yunienzim MPS bilan.

Метеоризм 4

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Meteorizm qorin damlanishi

Sabzi urugʼi kukuni 1 gr yaxshi yel haydovchi vosita sifatida kunda 3 marta ichiladi.

Shifobaxsh qashqarbeda oʼsimligi 10 gr. Termosdagi 2 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, 2-3 hafta ovqatdan 1 soat oldin yarim stakandan ichiladi.

Oyboldirgʼon ildizi tuyiladi, kukun holida kunda 3 mahal 0,5 gr dan ichiladi. Muolaja muddati 2 hafta. Pijma guli 5 gr. Termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 30 daqiqa damlanadi va 10 kun davomida kuniga 2-3 mahal ovqatdan oldin 2 oshqoshiqdan ichiladi. Homilador ayollar va bolalarga pijma nastoyi maʼn etiladi.

Аchchiq shuvoq oʼti 10 gr Termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 30-40 daqiqa damlanadi, 7-10 kun mobaynida kuniga 2-3 mahal ovqatdan 1 soat oldin 1 oshqoshiqdan ichiladi. 1-2 oydan keyin muolajani yana takrorlash mumkin.

Moychechak guli 3 osh qoshiq. Termosdagi 0,5 l qaynatilgan suvga solib, 3-4 soat damlanadi. Kamida 3 hafta kuniga 2 mahal ovqatdan bir yarim soat oldin 1 stakandan ichiladi.

Метеоризм

(Visited 472 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!