Meʼda jigʼildon qaynashi davolash TOP 10 usullari

жиғилдон қайнаши 4

Meʼda jigʼildon qaynashi davolash kelib chikish sabablari

Meʼda jigʼildon qaynashi toʼsh ortida yoki qorin usti tomonda jizillash sezilishi, koʼpincha tepada halqumgacha yoyiladi, achchiq meʼda suyuqligi (hazm boʼlmagan ovqat va xlorid
kislotasi)ning qiziloʼngachga kelib tushishi sabab boʼladi. Oshqozondagi chiqqan ovqatning qayta qiziloʼngachga chiqishga xalaqit beruvchi quyi
sfinkteri faoliyatidagi illat tufayli yuzaga keladi.

Jigʼildon qaynashi qiziloʼngach va meʼda kasalliklariningasosiy koʼrinishlaridan biri hisoblanadi (q. Yara kasalligi, Ezofagit). Goho jigʼildon qaynash hollari ovqatda achchiq, shoʼr yoki
konservalangan mahsulotlarni isteʼmol qilgandan va achchiq alkogolni meʼyordan ortiq ichgandan keyin sodir boʼlishi mumkin.

жиғилдон қайнаши 3

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Jigʼildon qaynashi choʼzilib ketganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Bordi-yu, jigʼildon qaynashi ustiga yana qusilsa, unda qon
izlari koʼrinsa, «tez yordam» chaqirish kerak.

жиғилдон қайнаши

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Meʼda jigʼildon qaynashi
Tekshirish

Jigʼildon qaynashi doimiy yoki tez-tez sodir boʼlsa, meʼda va qiziloʼngachni tekshirtirish zarur. Shu maqsadda shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

•fibrogastroduadenoskopiya;

• oshqozon shirasining kislotaliligini tekshirish (meʼda
zondi yoki ekspress-test);

• qiziloʼngach va meʼdani rentgen qilish va hokazo;

жиғилдон қайнаши 1

Muolaja Meʼda jigʼildon qaynashi

Jigʼildon qaynashi muolajasi shunga olib keluvchi asosiy kasallikni davolash, parhezga rioya qilish va dorilar ichishdan iborat.

Parhez. Ozuqadan nordon mevalar, yongʼoqlar, sabzavotlar va ularning suvlari, piyoz, sarimsoqpiyoz, qalampir, qora qahva, seryogʼ mahsulotlar, ichakda yel paydo qiluvchilar (dukkaklilar,

bosh karam, goho kartoshka, banan va hokazo), yangi uzilgan non, shokolad, meʼda shirasi sekretsiyasini oshiruvchi mahsulot va taomlar tuzlama karam, bodring, qattiq goʼsht, baliq
va zamburugʼ shoʼrvasi, qovurilgan narsalar, achchiq ziravorlar (xantal, ketchup va h.k.)ni cheklash yoki istisno etish jigʼildon qaynashini kamaytiradi va h.k.

Аlkogolь ichimliklar, jumladan, pivo, shampan va oq musallas, shuningdek, har qanday alkogolsiz gazlangan ichimliklar isteʼmolini cheklash yoki taqiqlash kerak. Ular meʼda ichi bosimini oshiradi, meʼdada zardob toʼplanishiga sabab boʼladi, katta miqdordagi etilь spirti oshqozondagi zardobni qiziloʼngachga chiqarib tashlanishiga imkon beradi.

Tansiq va seryogʼ ovqatlarni koʼp yemaslik kerak. Ovqatni ozozdan va tez-tez isteʼmol qilib turish lozim. Ovqatlanib boʼlgach, gavdani oldinga birdan va chuqur egib yubormaslik va ovqatlangandan keyin 2 soat oʼtmaguncha yotmaslik, yaxshisi, 15-20 daqiqa toza havoda yurish maqsadga muvofiq.

Ovqatlangandan soʼng qorinni kamar bilan qisib bogʼlamaslik kerak. Oxirgi ovqatlanish uykuga yotishdan 3 soat oldin yeyilsa yaxshi. Tungi «tamaddi»dan
voz kechmoq lozim. Juda issiq yoki sovuq ovqat, shuningdek, ovqatlar oraligʼida suyuqliklar ichish tavsiya etilmaydi.
Dori vositalari. Oshqozon shirasi kislotasini moʼʼtadillashtiruvchi dorilar tayinlanadi: Аltatsid • Аlьmagelь • Gastratsid • Maaloks • Maalukol • Rutatsid • Talьtsid.

жиғилдон қайнаши 2

TАBIIY VOSITАLАR Meʼda jigʼildon qaynashi
Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Yarim stakan qaynatilgan suvga oy davomida air ildizi kukunidan damlab ichilsa, uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan
jigʼildon qaynashi taqqa toʼxtaydi.

Oq bolut (akatsiya) shoxi 50 gr tibbiy spirt 70 % li 500 ml. 1 hafta qorongʼi joyda saqlanadi va u bilan vaqtivaqti bilan chayqab turiladi. Meʼda shirasi kislotaliligi oshib ketishi oqibatida yuzaga keluvchi kekirik chogʼida 1 oshqoshiq suvga 10 tomchisini qoʼshib kuniga 3 mahal ichiladi.

Marjumak yormasini jigarrang tusga kirguncha qovuriladi va tuyib kukunga aylantiriladi. Kuniga 3-4 mahal 1-2 gr dan ichiladi.
Jigʼildon qaynashini 2-3 qoshiq kartoshka suvi bartaraf etadi. Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 219 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!