LIMFOSTАZ (fil oyogʼi, filoyoklashuv) sabablari davolashning TOP 20 usuli

ЛИМФОСТАЗ даволаш

LIMFOSTАZ (fil oyogʼi, filoyoklashuv) sabablari davolash

 

Limfostaz (limfedema) oyoq toʼqimalarining muttasil shishiga, toʼqima suyuqligi (limfa) oqishining buzilishi sabab boʼladi. Koʼpincha oyoqlar shikastlanadi.

LIMFOSTАZ Kasallikning kelib chiqishiga sharoit tugʼdiruvchi omillar quyidagilar boʼlishi mumkin:

•saramas shamollashi; vena va limfatik tomirlar kasalligi (limfangitlar, limfadenitlar, tromboflebitlar);

• limfatik tugunlarni olib tashlash uchun oʼtkaziladigan jarrohlik amallari (mastektomiya, chov limfadenektomiyasi va hokazo).
Limfostazning eng yuqori darajasi filoyoqlashuv (elefantiaz); oyoq hajmining juda kattalashishi, yoʼgʼonlashishi, zichlashishi, teri va teriosti biriktiruvchi toʼqimalarining
trofik zararlanishi, bemorlarning nogironlashishi bilan tavsiflanadi.

ЛИМФОСТАЗ даволаш

LIMFOSTАZ belgilari

• Saramas shamollashi bilan ogʼriganiga yoki jarrohlik amaliga ishora.

• Kasallik boshlanishida oyoqning orqa tomonida kechga borib ozgina shish paydo boʼladi, ertalab esa gʼoyib boʼladi (yumshoq
shish bosqichi).

• Shundan keyin terida qalin qatlar paydo boʼladi (yoʼgʼonlashuv bosqichi).

• Terida tirqishlar, shamollashish koʼrinishida trofik oʼzgarishlar paydo boʼladi va hokazo.

ЛИМФОСТАЗ даволаш

LIMFOSTАZ Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Limfostazning birinchi alomatlari paydo boʼlganda (yumshoq shish bosqichda) shifokorga jarrohga, flebologga murojaat qilish lozim, chunki kasallikning ilk bosqichlaridagina fil oyoqqa aylanishning oldini olish mumkin.

LIMFOSTАZ ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tashxis qoʼyish uchun umumiy shifokor koʼrigi va odatdagi
tahlillardan tashqari vena qon aylanishi holati va limfatik shish tekshiriladi. Shu maqsadda turli usullarni qoʼllash
mumkin:

• limfatik tomirlarni radioizotopli tekshiruv (limfotsintigrafiya);

• kompьyuter yoki magnit-rezonans tomografiyasi;

• vena tomirlarini ulьtratovushli tekshiruv va hokazo.

LIMFOSTАZ Muolaja

Odatda shamollash kasalliklarini davolashga, oyoqlardagi
limfatik shishlarni tuzatishga qaratilgan anʼanaviy muolaja qilinadi. Shu maqsadda kompress muolajani, dori vositalarini qoʼllaydilar.

Limfostazni davolash chogʼida jarrohlik amalini ham, qatьiy koʼrsatmalar boʼyicha bajaradilar. Ular yordamchi chora hisoblanadi va navbatdagi anʼanaviy davolash zaruriyatini istisno etmaydi.

ЛИМФОСТАЗ даволаш

LIMFOSTАZ Kompress muolajasi

Maxsus tibbiy kiyim olinadi (maxsus chulkilar, kolgotkilar, golьflar, kompression qoʼlqoplar), ularni shifokor qancha
muddatga desa shuncha kiyish kerak boʼladi. Tibbiy kiyim-kechak tanlash va undan foydalanish bemorning oʼz ishidir. Koʼrsatmalar boʼyicha qoʼl yoki apparat yordamida uqalanadi (pnevmomassaj).

Dori vositalari. Farmakologik dorilarni shifokor tavsiyasi boʼyicha va uning nazorati ostida ichish kerak.

Kasallangʼan joylarda qoʼllanadigʼan dorilar (gellar, surtmalar): Аktovegin • Gigatrombin • Rutozid (Ritin, Veneruton)
• Trokserutin (Troksevazin).

Ichiladigan dorilar: Аnavenol • Аntistaks • Venza • Venoplant • Ginkor fort • Detraleks • Kalьtsiy dobezilat (Doksilek, Doksium, Doksixem) • Rutozid • Tribenozid (Glivenol)

• Trokserutin (Troksevazin) • Siklo-3 fort.

Yurakning ishemik kasalligini davolashning 20 xil usuli

LIMFOSTАZ Jarrohlik amali

Jarrohlik amalining ikki turi qoʼllanadi:
• limfatik tomirlarda rekonstruktiv jarrohlik amali
(Limfavenoz anastomozlar qoʼyish);

• teri va teri osti birlashuvchi toʼqimalarni kesib tashlash.
Jarrohlik muolajasidan soʼng choʼziluvchan doka va tibbiy
kiyimni 4-6 oy davomida kiyib yo taqib yurish tavsiya etiladi.

LIMFOSTАZ TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

250 gr sarimsoqpiyoz tozalanib, qirgʼichda qiriladi yoki hovonchada tuyiladi, 350 gr suyuq asal solingandan soʼng, obdon
aralashtiriladi va 1 hafta saqlanadi. Ovqatdan 40 daqiqa oldin kuniga 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi. Muolaja muddati 2 oy.

Yongʼoq yaproqlari 30 gr 500 mlqaynatilgan suvga solinadi, 2 soat tindiriladi va yarim stakandan kuniga 4 mahal ichiladi.

ЛИМФОСТАЗ даволаш

* * *

Limfostazni kichraytirish uchun mashqlar

Аgar har kuni loaqal bir marta kechqurun (ertalab va kechqurun boʼlsa yana yaxshi) quyidagi amal va mashqlar bajarib
borilsa, limfatik shishni qaytarish mumkin.

1. Oyoqlar shishganda ularni iloji boricha baland koʼtarib yotiladi, oyoqlar tagiga bolish qoʼysa ham yoki devorga tik holatda qoʼysa ham boʼladi. Аgar qoʼl shishsa, yuzni devorga qilib turiladi, kasal qoʼli iloji boricha baland koʼtariladi (ogʼriqni yengib va sogʼ qoʼl bilan yordam beriladi). Koʼlni yoki oyoqni oʼsha holatda 10-15 daqiqa tutib turiladi.

2. Kasal oyoqlarga Troksevazin yoki Lioton yoki Gigari surtmasi surtiladi.

3. Tevarakdan markaz tomonga silovchi harakatlar bilan kasal qoʼl-oyoqlar uqalanadi: oyoqlar barmoqlardan tos-son boʼgʼimlarigacha, qoʼllarni esa tegishli ravishda yelka boʼgʼimigacha. Uqalayotgan kaft shishni siqib, maddani chiqarib tashlayotgandek ohista bosib harakat qiladi.

4. «Siqib chiqaruvchi» uqalashdan keyin oyoqni choʼziluvchan doka bilan oʼrab bogʼlanadi yoki kompress kolgotkalari kiydiriladi (toʼshakdan turmay), limfostazda qoʼllarga kompress
qoʼlqopi kiydiriladi.

ЛИМФОСТАЗ даволаш

(Visited 1 464 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!