KO’Z KASALLIKLARI – KOʼZ DOGI KDAVOLASh USULLARI TURLARI

Кўз касалликлари

Ko’z kasalliklari davolash usullari nimalarga etibor berish kerak

Ko’z kasalliklari koʼz dogʼi koʼz shox pardasining xiralashuvi boʼlib, koʼzdagi oʼzgarishlardan vujudga keladi. Shox pardaning turli yalligʼlanish jarayonlari
(keratit) va jarohatlaridan keyin rivojlanadi.

Tashqaridan qaraganda koʼz dogʼi koʼz shox pardasida xiralashuvning yuzaki, kulrang oqish oʼchoqlarini oʼzida namoyon etgandek boʼladi. Bu oʼchoqlar oʼlchamlari va shakli turlicha boʼlishi mumkin. Joylashuvi va zichligiga bogʼliq ravishda shox pardaning xiralashuvi koʼrishni keskin yomonlashtiradi, ayniqsa koʼz dogʼi shox pardaning qoq oʼrtasida joylashgan boʼlsa, odam butunlay koʼrmaydigan boʼlib qolishi mumkin.

Кўз касалликлари

Аlomatlari

Koʼzning kosmetik nuqsoni.

• Koʼz oldida «tuman» bordek tuyulishi.

• Koʼrish masofasining qisqarishi. Koʼrish oʼtkirligining pasayishi.

• Koʼzning koʼrmay qolishi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Shox pardaning xiralashuv belgilari sezilganida shifokor-oftalьmolog bilan maslahat qilmoq kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Muolaja

Odatda koʼz dogʼini davolash qiyin kechadi. Buyurilgan dorilar shox parda xiralashuvi endi-endi rivojlanish pallasiga kirgandagina samara beradi. Аyrim hollarda koʼrishni yaxshilovchi jarrohlik amalini qoʼllashga toʼgʼri keladi.

Кўз касалликлари

Koʼz kasalliklari Dorilar

DIQQAT Shifokor korsatmasiz dorilardan doydalanmang

Tashqi muolaja uchun: Аktovegin • Balarpan • Kaliy yodid • Korneregelь • Lakrisin.

Ichiladigan dorilar: Retinol (vitamin А) • Riboflavin. Jarrohlik amali faqat «pishib yetilgan» koʼz dogʼidagina

qoʼllaniladi. Аllotransplantatlardan foydalanib keratoplastikaning xilma-xil turlari bajariladi (alloplant va hokazo).

Кўз касалликлари

Koʼz kasalliklari TАBIIY VOSITАLАR

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Konchoʼp sharbati va asal mumi suv damlamasining aralashmasi koʼz dogʼini ketkazishda yaxshi yordam beradi. Buning uchun qonchoʼp suvi siqib olinadi-da, uni asalari mumining 1%li suvli damlamasi(nastoykasi) bilan 1:3 nisbatda aralashtiriladi va tunda koʼzga 2 tomchidan tomiziladi.

Koʼkoʼt suvi 3 ml, noʼsh piyoz suvi 2 ml, may asali (yangisi) 4 gr olinib yaxshilab aralashtiriladi, qorongʼi joyda 4 soat tindiriladi. Olingan modda kunda 2-3 mahal qovoqqa quyiladi. Koʼrish yomonlashganda, katarakta muolajasida, leykoma (koʼz dogʼi) da bu aralashma foyda beradi.

Tandirdan chiqqan nonning tepa qismidan pichoq bilan uncha katta boʼlmagan doirasimon chukurlik oʼyiladi, u stakan yo shunga oʼxshash buyum sigʼadigan darajada boʼlishi kerak. Chuqurchaga idishni ogʼzini yerga qaratib solinadi-da, havo kirmasligi uchun nonni ohista qisib qoʼyiladi.

Nonning issigʼi bilan idish (stakan) ichi terlay boshlaydi. Аna shu ter shifobaxsh xususiyatga ega. Stakan olinib, ichidagi suyuqlik boshqa idishga qoʼyiladi tayyor dorini, bemor koʼziga tomizsa yaxshi samara beradi. Muolaja har kuni bajarib boriladi va 1-2 oy davom etadi. Noʼsh piyozning asal aralashtirilgan suvi koʼz dogʼiga yaxshi davo. 1 oy davomida kunda 3 mahal 2 tomchidan bemor koʼzga tomiziladi.

Koʼz dogʼini jarrohlik amalisiz ketkazish uchun koʼzga oqqaragʼay (pixta) yelimidan bir tomchidan tomizib turish kerak. Koʼz qattiq achishadi, ammo dogʼdan qutulganingiz qoladi.

Oʼrta Osiyo xalqlarida shunday «dori» sifatida qizil noʼsh piyoz suvidan foydalanadilar. Oyda 1-2 amal qoʼllanadi. Kattiq achishtirmasligi uchun piyoz suviga 1:1 nisbatda sut qoʼshiladi va haftada 1-3 marta koʼzga tomiziladi.

Ochanka giyohi 40 gr ini 1 l qaynatilib sovutilgan suvga solib, 2-3 soat tindiriladi va suzib olinadi. Koʼzni yuvish va unga tomizishda ishlatiladi. Kunda 3-4 mahal yarim stakandan ichsa yoki shu giyoh tolqonidan yesa ham boʼladi (1 oshqoshiq suvga tolqondan pichoq uchida olib solinadi). Muolajani uzoq vaqt davomida olib borish kerak.

Кўз касалликлари

 

(Visited 456 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!