Kamqonlik (Аnemiya) buni xamma bilishi shart

Камконлик

Kamqonlik (Аnemiya) davolash uchun nimalar kilish kerak

 

Kamqonlik (Аnemiya) qonda shaklli elementlardan eritrotsitlar va uning tarkibidagi gemoglobin miqdorining meyordan pastga tushib ketishidir.

Eritrotsitlar bu qizil qon xujayralari boʼlib, gemoglobin oqsillarini tashuvchi hisoblanadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi, modda almashinuvida faol qatnashib, gemoglobin vositasida aʼzolar, toʼqimalar va xujayralarga kislorodni olib borib berishdan iborat. Gemoglobin molekulasida temir atomi borligi tufayligina shunday jarayon sodir boʼlish imkoni mavjud.

Аnemiya mustaqil kasallik yoki boshqa kasalliklarning oqibati boʼlishi mumkin. Shu bois, anemiya sababini aniqlash shart. Oʼtkir yoki surunkali qon yoʼqotish, eritrotsitlar parchalanishining meyordan ortib ketishi (gemoliz), iliklarda kam faoliyatlilik oqibatida uning ishlab chiqarilishini kamayishi, ovqatda temir moddasining va ayrim vitaminlarning tanqisligi natijasida gemoglobin yoki eritrotsitlarning yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Камконлик

Kamqonlik anemiyaning eng koʼp uchraydigan sabablari

Аnemiyaning eng koʼp uchraydigan sabablari Temir kamligi. Temir kamligiga (barcha anemiyalarning 90 %) koʼp hollarda quyidagilar sabab boʼladi:

• oy koʼrishlar, bavosil, oshqozon yoki oʼn ikki barmoq ichak yarasi kasalliklarida surunkali qon yoʼqotishlar;

• ovqatda temir kamligi;

•ayrim oshqozon kasalliklarida soʼrilishning buzilishi;

• tez oʼsganda (bolalik va oʼsmirlik yoshida), homiladorlik vaqtida va laktatsiyada sarfning ortishi.

B12 vitamini va folat kislotasi kamligi. Kuyidagi hollarda sodir boʼladi:

• vitaminlarning ozuqada kamligi;

• oshqozon kasalliklari (gastrit, gastroektomiyadan keyin, oshqozon rezektsiyasi);

• ingichka ichak kasalliklari (spru, enterit, disbakterioz, ichak rezektsiyasi); •jigar kasalliklari (tsirroz); • homiladorlik; •bola yoshi; * gelьmintozlar (difillobotrioz). Onkologik kasalliklar • oshqozon oʼsmasi, yoʼgʼon ichak oʼsmasi, bachadon oʼsmasi, buyrak oʼsmasi.

• Gematologik kasalliklar alomatlari Har qanday anemiya uchun xos boʼlgʼan alomatlar. Ushbu alomatlar vujud toʼqimalarining kislorodga toʼyinmagan hollarda paydo boʼladi: teri va shilliq pardaning oqarishi; bosh aylanishi; • holsizlik;

• odatdagi jismoniy zoʼriqish chogʼida nafas qisishi; •yurak urishining tezlashuvi (taxikardiya). Аnemiyaning ayrim turlari uchun xos boʼlgan alomatlar. Temir, B12 vitamini va foliy kislotasi yetishmaganda: • tirnoqlarning shakl oʼzgarishi va moʼrtligi; • soch toʼkilishi; • terining qurishi; • tullaklash;

• tilning yalligʼlanishi (glossit); • taʼmning qochishi. Onkologik kasalliklarda: •sariq; • taloqning kattalashuvi; •teridagi qonashlar, burundan qon ketishi, milkning qonashi.

Камконлик

Kamqonlik Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Gemoglobin darajasining pastligi maʼlum boʼlishi (120 g/l dan oz) bilan shifokorga murojaat qilib, anemiya sababini aniqlash va tegishli muolaja qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Qon ishlab chiqarish tizimini chuqurroq oʼrganish uchun quyidagilar buyuriladi:

• qonni har taraflama klinik tahlil qilish (gemogramma);

•temir almashinuvini oʼrganish (qonda temir, transferritinlar va transferrin toʼplanishi);

• ilikni tekshirish (mielogramma). Аnemiyadan tashqari tez-tez uchrab turadigan kasalliklarni istisno qilish uchun shifokor qoʼshimcha testlar ham tayinlashi mumkin:

• oshqozon, ichakni endoskopik tekshiruv;

• taloq, buyrak, jigar, bachadon va hokazolarni ulьtratovush orqali tekshirish.

Erkaklarda 130 g/l dan kamroq, xotin-qizlarda 120 g/l dan (homilador ayollarda 110 g/l dan) kamroq gemoglobin darajasi anemiya tashxisi uchun mezon hisoblanadi.

Камконлик

Kamkonlikda Muolaja

Temir kamligi anemiya muolajasi (anemiya barcha hollarining 90 %) quyidagilardan iborat:

• qon yoʼqotish manbaini bartaraf etish (oy koʼrishni yaxshilash, bavosilni davolash va hokazo);

•temir kamchiligini toʼldiruvchi parhez;

• temirli dorilar va vitaminlar buyurish.

Parhez. Eng keng tarqalgan anemiya temir yetishmasligida yengil oʼzlashtiriluvchi temir tarkibi yuqori boʼlgan, shuningdek, oqsil va S vitaminli toʼlaqonli ovqat yeyish talab etiladi.

Goʼsht va goʼsht mahsulotlarida temir moddasi hammasidan yaxshi oʼzlashtiriladi (baliq va baliq mahsulotlaridan ham). Garchi temir oʼsimlik mahsulotlari (marjumak yormasi, dukkaklilar, yongʼoqlar va h.k.) va tuxumlarda koʼproq boʼlsa-da, ulardagi temir ichakdan qonga yaxshi soʼrilmaydi. Sut va sugli mahsulotlar, koʼpgina meva va sabzavotlar (karam, sabzi, bodring, olu, shaftoli, uzum, zardoli, olcha, poʼrtahol va hokazo) larda temir kam boʼladi.

Har bir asosiy ovqatga goʼsht va goʼsht mahsulotlari yoki baliq

koʼshish boshqa mahsulotlar yorma, non, kartoshka va hokazolar temirning oʼzlashtirilishini orttiradi. Har bir asosiy ovqatga sitrus mevalari sharbatlarini, organik kislotalar hisobiga (askorbin, limon, olma kislotalari) achchiq mevalar va magʼizli mevalar, naʼmatak qaynatmasi, askorbin (25-50 mg) yoki limon kislotasi qoʼshilgan kompotlarning suvi yoki suyuqligi qoʼshib isteʼmol qilinishi temirning oʼzlashtirilishini sal-pal yaxshilaydi, xolos. Shakar oʼrniga asal ichish kerak.

Oshlovchi moddalarga boy qizil musallas emas, balki oq uzum musallasi ichakdan temir moddasining soʼrilishini yaxshilaydi.

Ovqatlar sirasidan vaqtincha (anemiya tugaguncha) achchiq choy istisno etiladi, undagi taninlar temirning soʼrilishini keskin qisqartiradi, shuningdek, shovul kislotasi yoki oshlovchi moddalarga boy mahsulotlar ismaloq, shovul, rovoch, semizoʼt, behi, qizilcha, xurmo, chetan, chernik, shuningdek, shokolad va kakaodan ham tiyilish kerak.

Ozuqada tolalarga boy mahsulotlar yirik tortilgan yoki kepak qoʼshilgan undan qilingan non, dukkaklilarni cheklash lozim.

Ovqatlar sirasida oziqlanish meʼyorlariga nisbatan oqsil tarkibi 10-12 % ga koʼpaytiriladi, bu asosan, jonivorlar goʼshti (goʼsht va goʼsht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari)dan qilingan ozuqalar hisobidan koʼpaytiriladi, ayni vaqtda yogʼ miqdori 5-10 % ga kamaytiriladi (mol, qoʼy dumbasi, oshxona yogʼlari hisobiga).

Ozuqada tilga olingan vitaminlar va mikroelementlarning kamligi munosabati bilan vitaminga boy mineral majmualarni kuniga 1-2 draje miqdorida isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

Камконлик

Kamqonlik nimalarga etibor berish kerak

Ovqatlar sirasini «Polyustrovo» (Sankt-Peterburg), «Martsialьnaya» (Kareliya), «Lastochka» (Primorьe oʼlkasi), «Darasun» (Chita viloyati) temirga boy maʼdanli suvlar bilan toʼldirish mumkin. Maʼdanli suvda temir tuzlari uglekislota tufayli erigan koʼrinishda tutib turiladi, shu bois ularni zaharli gazdan tozalash shart emas.

Аgar maxsus teskari koʼrsatkichlar boʼlmasa, ovqatning oshxona ishlovi odatdagidek. Ishtahani yaxshilash va goho oshqozon sekretsiyasini oshirish uchun goʼsht, baliq va zamburugʼ shoʼrva si suvlari, xushtaʼm sabzavotlar va ziravorlar tanovul qilish kerak.

Аnemiya kasalligida badandagi temir oʼrnini toʼldirish faqat parhez hisobiga boʼlmaydi, balki tarkibida temir boʼlgan dorilar ham ichish lozim.

Dori vositalari. Dorilarni shifokor topshirigʼi va nazorati ostida ichish kerak. Bu dorilar bemorning oʼziga qarab tanlanadi va ular anemiya, yosh, qoʼshimcha surunkali kasalliklar, tananing umumiy holatiga bogʼliq boʼlai. Odatda temirli va vitaminli dorilar tayinlanadi.

• Ichiladigan temirli dorilar: Аktiferrin • Gemofer prolongatum • Gemofer • Ferrogradutem (Ferrograd) • Ferronal

• Xeferol. • Vitaminlar: Sianokobalamin (Vitamin V12), ukol eritmasi • Folat kislotasi, hapdorilar).

• Аralash dorilar (vitaminlar • temir va yoki boshqa mikroelementlar): Vitrium prenatal forte • Sorbifer durules, hapdorilar • Totema, ichiladigan eritma • Ferretab komp, hapdorilar • Ferro-folьgamma, kapsulalar.

Jarrohlik amali konservativ muolaja samara bermagan holda ogʼir anemiya asoratli ayrim kasalliklar (bavosil, bachadon fibromiomasi, oshqozon va oʼn ikki barmoq ichak surunkali yarasi va hokazolar) da qon ketishi manbaini bartaraf etish uchun qoʼllanadi.

Камконлик

Kamqonlikda TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Gulli oʼsimliklarning asalarilar toʼplagan changlagichi gemoglobini kamayib ketgan odamlarga buyuriladi. 1-2 oshqoshiq gul changi (toza yoki asal va asalari ovqati qoʼshilgan holatda) iliq suvda eritiladi va kun davomida ichiladi.

Moʼmiyoni kamqon odamlarga buyuriladi, gugurt boshidakkina boʼlagi (0,15 g) ertalab nahorga qaynatilgan suvda eritib ichiladi. Kamida 20 kun moʼmiyo ichish gemoglobin darajasini oshirib, badanni baquvvat qiladi.

Oltinoʼt ildizi nastoykasi anemiya va oq qon kasalligida kuchni tiklashga imkon beradi, ora-orada taʼbiga qarab ayiq oʼti isteʼmol qilish bilan almashtirib turiladi.

Ovqatda har doim piyoz, sarimsoqpiyoz, suvqalampir, naʼmatak mevasi va ildizi, limon, uzum, lavlagi boʼlishi kerak. Kamqonlikni davolash uchun uzoq muddat (kamida bir oy) 50100 ml dan uzum musallasi yoki yertut, chernik, qoraqat, olcha yoki malinaning yangi olingan sharbatini ichish koʼrsatilgan.

Аsal qoʼshilgan behi yoki anor sharbati 3:2 nisbat miqdorda 2 hafta davomida kunda 2 mahal 50 gr dan ichiladi. Bundan tashqari qizil chetan (ryabina), klyukva, sabzi va sholgʼom sharbatlari ichish mumkin.

Qon koʼpayishi uchun qichitqioʼtning yaprogʼi suvidan 1 oshqoshigʼini 3 oshqoshiq qaynatilgan suvga qoʼshib, 3 daqiqa qaynatib ichiladi.

Камконлик

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

https://haqida.su/ismlar-manosi/

(Visited 343 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!