Ich kotishi davolash uchun TOP 50 maxsulot

Ич котиши 4

Ich kotishi sabablari davolash uchun narsalar

 

Ich kotishi 2 kundan ortiqroq najasning turib qolishi, ichak faoliyatining buzilishi yoki ichakning muntazam notoʼliq boʼshanishi.

Ich kotishiga quyidagilar sabab boʼlishi mumkin:

• mexanik toʼsiq mavjudligi (ichakning shish, chandiq tufayli torayishi va hokazo);

• bavosil yoki orqa teshik yorigʼi (boʼshanish chogʼidagi ogʼriqlar bemorni qistashni bosishga majburlaydi, u asta-sekin gʼoyib boʼladi, najas qattiqlashadi va uning chiqib ketishi battar ogʼirlashib, ogʼriqni kuchaytiradi);

• hazm aʼzolari kasallanishi (kolit, gastrit va hokazo Ich kotishi);

• faoliyatdagi buzilishlar (atonik va spastik ich qotishlari);

Аtonik ich qotishi organizm umumiy quvvati zaiflashganda, kamharakatli turmush tarzida, ovqatni muntazam yemaslikda, ozuqa tolalari, shu jumladan, toʼqimalar oziq-ovqatlar bilan yetarli darajada kelib tushmaganida ichak mushaklari boʼshashgani (falaji) tufayli rivojlandi va hokazo.

Spastik ich qotishlar ruhiy iztiroblar, surunkali kasbiy zaharlanishlar, chekish tufayli ichakning uzoq muddatli spazmasi chogʼida paydo boʼladi.

Ич котиши

Ich kotishi belgilari

Аsosiy belgi ichda najasning uzoq turib qolishi (48 soatdan koʼproq ich kelmasligi);

• Zich quruq najasning orqa teshikni jarohatlab chiqishi;

• Najas yoʼli shilliq pardasi yirtilishi oqibatida najas sirtida yangi qon paydo boʼlishi mumkin;

• Boʼshangandan keyin odam toʼla hojat qilganini sezmaslik va kuchli kuchanishga zaruriyat his etish;

• Аtonik ich qotishlarda najas moddasi moʼl, shakldor, kolbasa koʼrinishida boʼladi; boʼshanish ogʼir, ogʼriqli kechadi;

• Spastik ich qotishlarda boʼshanish «qoʼy qumalogʼi» shaklida kechadi (najasning mayda boʼlaklarga boʼlinib ketishi);

• Ich qotishlari koʼpincha meteorizm (el toʼplanishi)ga olib

keladi, kishi oʼzini ezilgan, shishib ketganday his etadi, ichak qisilish chogʼida qorin qattiq ogʼriydi; • Uzoq ich kelmasligidan koʼngil behuzur boʼladi, havo yetishmaydi, ogʼizdan taʼm qochadi, ogʼiz hidlanadi, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, asabiylashuv hollari yuz beradi;

Ич котиши

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Davomli ich qotishda qorin boʼshligʼini tekshirtirish uchun shifokorga murojaat qilinadi.

Ich kotishida ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tozalash huqnasi (klizma) qoʼllash hisobiga ichak toʼla hojatdan holi boʼlgandan keyingina tekshiruv oʼtkazilishi mumkin. Tekshiruv maqsadi ich qotishi yaltirab chiqarishi mumkin boʼlgan ichak va boshqa hazm qilish aʼzolari kasalligining oldini olish. Odatda quyidagilar qoʼllanadi:

• barmoq bilan paypaslab tekshirish;

•yoʼgʼon ichakni endoskopik yoʼl bilan tekshirish (rektoromanoskopiya, kolonoskopiya);

• qorin boʼshligʼini ulьtratovush bilan tekshirish va hokazo.

Ич котиши 2

Ich kotishi Muolaja

Yoʼgʼon ichak kasalliklari sabab boʼlgan ich qotishlarda (shish, toʼgʼri ichakdagi yoriq, bavosil va hokazo) ular davolanadi.

Аtonik ich qotishida har kungi ovqatda katta miqdordagi oʼsimlik toʼqimalaridan tarkib topgan oziq-ovqat miqdori orttiriladi, faolroq hayot tarzi tavsiya etiladi, shifobaxsh gimnastika, dush, subakval vanna qilinadi. Foydali terapiya sifatida poklovchi huqnalar va ich yurgizuvchi vositalar qoʼllanadi.

Spastik ich qotishida parhez yanada yengilroq boʼlishi kerak, goʼsht va baliqni qaynatib yeyiladi, sabzavot va mevalar esa qirilib, toʼgʼrab, yanchib isteʼmol qilinadi. Muntazam ravishda yangi ayron va boshqa sut-qatiq mahsulotlari ichib turish maqsadga muvofiq. Spastik ich qotishida ich yurgizuvchi dorilar toʼgʼri kelmaydi. Odatda spazmolitiklar tayinlanadi.

Ich kotishi parhez. Ich qotish bilan birga ichak kasalliklari boʼlmagan chogʼda odatdagi sogʼlom ovqatlar yoniga ichakning uzoq faoliyat koʼrsatishini kuchaytiruvchi katta miqdordagi oziq-ovqatlar qoʼshiladi, teskari taʼsir koʼrsatuvchi mahsulotlar miqdori kamaytiriladi. Shuningdek, yangi sabzavot va meva sharbatlari hisobiga isteʼmol qilinadigan suyuqlik miqdori ham koʼpaytiriladi. Ertalab och qorin (nahor)ga 1-2 stakan muzdek poʼrtahol, olma, sabzi sharbati yoki 1-2 stakan sovuq suv ichish ichak faoliyatini faollashtiradi. Ich. Ichak faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar va taomlar: • ozuqa tolalari, xususan dagʼal toʼqimaga boy mahsulotlar: kepak, undirilgan don, dukkaklilar, yongʼoqlar, zamburugʼlar, turshaklar, ayniqsa ivitilgan qoraolu, yirik undan qilingan non, arpa, marjumak, suli yormalari, soʼk, xom sabzavot va mevalar; • barcha sovuq taomlar (15-17°S dan past), xususan nahorda yoki tushlikning birinchi taomi sifatida isteʼmol qilish koʼk shi, lavlagi shoʼrva, chalop va hokazo; Ich kotishi

• organik kislotalarga boy mahsulotlar nordon mevalar va ularning sharbati, dimlangan va toʼgʼralgan sabzavotlar, kislotasi baland sut-qatiq mahsulotlari, kvas, mors;

• erkin tarzda isteʼmol qilinadigan yogʼlar (taomlarda emas), nahorgi yoki katta miqdorda bir zumda yeyiladi (smetana va qapymoq 100 gr va undan koʼproq, oʼsimlik moyi, tuxum sarigʼi va hokazo);

• uglekisliy gaz tarkibli barcha ichimliklar; Ichakning harakat faoliyatini sekinlashtiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar:

• qamashtiruvchi tarkibli moddalar chernik, shumurt, behi, nok, kisellari, achchiq choy, xususan koʼk choy, suvli kakao;

• oshqozon-ichak yoʼliga kimyoviy va mexanik tarzda taʼsir koʼrsatmaydigan taomlar, ichakda sekin harakat qiluvchi qovushqoq moddalar shilimshiq shoʼrvalar, qirilgan masalliqli boʼtqalar, kisellar;

• iliq holdagi ichimliklar va taomlar Ich kotishi;

Ich qotishda ichimlikka shakar oʼrniga ksilit yoki sorbit qoʼshilsa, yaxshi samara beradi (kuniga koʼpi bilan 30-40 g). Bordi-yu, ich qotishi dagʼal toʼqimaga boy mahsulotlarni istisno etuvchi ichak surunkali kasalliklari tufayli kuchaysa, ichak

harakat faoliyatining yumshoq kuchlantiruvchilaridan foydalaniladi: nahorga sovuq va shirin ichimliklar, asalli suv, shakarli naʼmatak qaynatmasi, qaymoq, sabzavot va meva sharbatlari, lavlagi, sabzi, olxoʼri yoki gulkaram pyuresi, oʼsimlik yogʼi bilan qaynatilgan turshaklar, toblama olma, kefir, ayron, qatiq shuningdek, pishgan pomidor, shirin yongʼoqlar, poʼstsiz mevalar qoʼshiladi.

Ich kotishda Dori vositalari. Dorilar ich qotishi turiga qarab tayinlanadi (yuqoriga q.).

• Ichni yumshatuvchi dorilar: Bisakodil (Dulьkolaks) • Vazelin moyi • Magneziy sulьfat • Makrogol (Forlaks, Fortrans) • Pikosulьfat (Guttalaks, Laksigal) • Senna (Glaksenna).

• Spazmolitiklar: Drotaverin (No-shpa) • Krasavka preparati • Papaverin.

• Yel haydovchilar: Demitekon • Meteospazmil • Pankreoflat • Moychechak guli nastoykasi • Simetikon (Simikol, Espumizan).

Ич котиши 3

Ich kotishi TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Ravoch tuyilib, kukun qilinadi va yotishdan oldin 0,5 1 gr dan ichiladi;

Itshumurt ildizi 20 gr tuyiladi 1 stakan suvga solinadi, 10-15 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindirilgach, yarim stakandan nahorga va tunda ichiladi;

Joster mevali qaynatma 20 ml 200 gr suvga solinadi, 1-2 daqiqa qaynatilib, 1 soat tindiriladi soʼng yarim stakandan tunda yoki yarim oshqoshiq bilan bir necha marta ichiladi;

Lub urugʼi 1 choyqoshigʼi 1 stakan suvda qaynatiladi. Lattaga oʼrab, 4-5 soat tindiriladi. Damlamaning hammasini urugʼpurugʼi bilan kech uyqu oldidan ichiladi;

Аsal 300 gr, sabur (aloe) sharbati 150 gr. Saburni uzishdan oldin 2 hafta sugʼormaslik kerak. Sabur yaproqlarini siqib, suvi olinadi, qotgan boʼlsa, asal biroz ilitiladi va sabur sharbatiga aralashtirilib muzlatgichda saqlanadi. Kuniga 2 mahal 1 oshqoshiqdan ertalab nahorda va tunda suv qoʼshib ichiladi;

Koraolu va anjir 5-6 donasi qaynatilib, suvi ichiladi, magʼizi tunda yeyiladi.

Bakteriyali oʼsimlik sharbati koʼshilgan yogurt, ichak florasi muvozanatini tiklashga yordam beradi, har kuni ichish kerak.

Kizilmiya (lakrichning), zanjabil, qoqioʼt, shovul va otquloq ildizlaridan choy damlanadi (1 choyqoshiq toʼplam 200 ml suvga solinadi). 3 mahal 1 piyoladan kunda ichiladi. 2 dona olma suvi 170 gr uzum suviga aralashtiriladi. Olma oʼrniga nok, papayya yoki ananas ham boʼlaveradi. Kuniga 3 stakangacha ichiladi.

Ич котиши 5

Ich qotishida nuqtali uqalash

1. Nuqta joyi: boldir mushagining yon tomoni, ichki toʼpiqdan taxminan toʼrt enli masofada, katta ilik suyagi orqasida. Taʼsir qilish usuli: nuqtalarni bosibbosib yoki aylantirib-aylantirib uqalash (ikkala tomondan), kunda 2 mahal, 30 daqiqagacha.

2. Nuqta joyi: tirsak bukilgan joyda, boshmaldoqning toʼgʼrisida.

Taʼsir qilish usuli: nuqta boshmaldoq bolishchasi bilan bosiladi, ogʼriq hosil boʼlgunicha.

3. Nuqta joyi: tizza koʼzidan 4 enli pastda va ilik suyagi doʼngligidan tashqariga bir enli masofada. Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq bolishchasi bilan nuqtani bosib uqalanadi, 2-3 daqiqa yoki 300 marta bosiladi.

Ич котиши 4

Ichaklarning tutilib kolishi

Ichaklarning tutilib qolishi (ileus) oʼtkir jarrohlik kasalligi ichak faoliyatining buzilishi yoki ichakdagi ovqatning hazm yoʼlidagi tiqilib, bosilib qolishi oqibatida passaj (oʼtish) buzilishi holati roʼy beradi.

Ichakning mexanik tutilib qolishi zudlik bilan jarrohlik amali bajarilishini talab etadi. U ichakning qoʼshilgan joylar bilan tugun hosil qilishi, buralib qolishi, bosilishi, churradagi qisilish, ichakning shish, ovqat, oʼt va najas toshlari va hokazolar bilan toʼlib qolishi oqibatida paydo boʼlishi mumkin.

Baland (ingichka) ichak va past (yoʼgʼon) ichak tutilib qolish turlari ham mavjud.

Dinamik ichak tutilib, koʼpincha, eskicha usulda davolanadi, ammo bu albatta jarrohlik sharoitida oʼtkazilmogʼi kerak. Spastik shakli kam uchraydi. Ichak barqaror spazmasiga askaridoz, qoʼrgʼoshin bilan zaharlanish, ichak devorining yomon ovqatdan zararlanishi ham sabab boʼlishi mumkin. Falaj shakli (ichak parezi) har doim ikkilamchi hisoblanib, ichakka toksinlar yoki reflektor hodisalar, atonik kalit va hokazolar taʼsiri sabab boʼladi.

Ich kotishi Аlomatlari

• Qorin ogʼrigʼi. Birdan paydo boʼladi, haddan tashqari qattiq va changaksimon ogʼriq turadi (ichak qisilganda buralib qolganda), biroq ogʼriq sekin boshlanishi ham mumkin, u hech qachon oʼtkirlashmaydi (ichak shish bilan berkilib qolganda). Ichak sezmaydigan qilib qoʼyilgandan keyingina ogʼriq toʼxtaydi, bunda peritonit alomatlari zohir boʼlib, umumiy holat ogʼir tus oladi.

• Qusish. Аvval ovqat, soʼng safro (zardob), kasallikning ancha keyingi bosqichlarida ichakdagi najas hidli narsalar qusiladi. Ichakda toʼsiq darajasi qancha past boʼlsa, qusish shuncha tez kechadi. Past ichak tutilishida qusish boʼlmasligi ham mumkin.

• Najas va yel tutilishi. Bemor koʼpincha qattiq qistash (tenezma)dan aziyat chekadi, ammo ichakdan najas kelmaydi. Аyrim hollarda ichakning pastki boʼlimlaridagi poklash huqna (klizma)sidan keyin ozgina najas va yel chiqishi mumkin, bunda bemorning yengil tortishi amri mahol yoki bu qisqa muddatli boʼladi.

• Meteorizm. Najas kelmasligi va yel tutilishi oqibatida qorin shishib boraveradi. Yuqori ichak tutilishida bu alomat boʼlmasligi mumkin.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Ichak buralishi alomati (qorinda ogʼriq, najas, yel tutilishi va hokazolar) sezilishi bilan «tez yordam» chaqirish kerak. Malakali shifokor boʼlmaganda yoki uni uzoq kutishga toʼgʼri kelganda, bemor uchun toʼshak tartibi oʼrnatiladi bemor yotqizilib, qorniga sovuq narsa bosiladi, ovqat yedirilmaydi. Bu muhim! Ogʼriq bosuvchi vositalar, ich yurgizuvchi dorilar berish va qoringa grelka koʼyish aks taʼsir koʼrsatadi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy tibbiy koʼrik asosiy ahamiyat kasb etadi, biroq zarurat tugʼilganda jarrohlar tashxis qoʼyish va boshqa jarrohlik kasalliklarini istisno etish uchun qoʼshimcha tekshirishlar ham oʼtkazadilar:

• rentgen tekshiruvi (qorin boʼshligʼi, koʼkrak qafasi); • ulьtratovush tekshiruvi; •laparoskopiya va hokazolar;

Muolaja

Ichak tutilishi deb gumon qilinganda bemor darhol kasalxonaga yotqizilish kerak. U faqat jarrohlik boʼlimi sharoitidagina tekshiriladi va davolanadi.

Konservativ muolaja ichak dinamik tutilishida qoʼllanadi. Spastik shaklda spazmolitik va ogʼriq bosuvchi dori vositalari (No-shpa, Baralgin) samara beradi. Falajli holatda odatda huqna qilinadi va ichak kuvvati va faoliyatini kuchaytiruvchi dorilar (Prozerin, Ubretid) beriladi.

Jarrohlik muolajasi. Oʼtkir mexanik ichak tutilishini konservativ usulda davolash jarrohlik aralashuvidan kamdan-kam hollarda saqlab qola oladi, modomiki samara boʼlmas ekan, operatsiya qilish muqarrar tus oladi.

Operatsiyadan maqsad ichakdagi moddalarning hazm yoʼlidan bemalol oʼtishini tiklashdir. Odatda, jarrohlik usuli mexanik toʼsiqqa barham berish, ichakning faoliyat qobiliyatini aniqlash, zarurat tugʼilganda uni kesib tashlash, ichak va qorin boʼshligʼidan zaharli moddalarni bartaraf etishdir.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 466 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!