Gaymorit uyda davolash

Gaymorit

Гайморит

Gaymorit yuqori jagʼning burun boʼshligʼi suyagi bilan tutashgan joyning oʼtkir yoki surunkali yalligʼlanishi. Oʼtkir gaymorit, odatda, oʼtkir respirator virusli kasalliklar, gripp, qizamiq, qizilcha va boshqa yuqumli kasalliklar vaqtida rivojlanadi. Аhyon-ahyonda toʼrtta tepadagi orqa jagʼ tishining kasallanishi ham gaymoritga sabab boʼlishi mumkin.

Yuqorigi jagʼ boʼshligʼining surunkali yalligʼlanishi oʼtkir gaymoritning choʼzilib ketishi oqibati hisoblanadi, xususan noqulay sharoitlarda ularda toʼplanib qolgan patologik oqmalar qamalib qolganda kuchayadi. Burun shilliq pardasining qalinlashuvi, burun chanoqlarining gipertrofiyasi, burunning yuqori jagʼ boʼshligʼi teshiklarini yopuvchi yoki toraytiruvchi devorchalarining qiyshayishi bunga imkon tugʼdirishi mumkin. Belgilari

Oʼtkir gʼaymoritda:

• Yuzning yuqori jagʼ tepalarida ogʼriq va bemorlik. Tabiatiga koʼra, ogʼriq shiddatli va doimiy, bosh egilganda, yoʼtalganda va aksa urganda kuchayadi.

• Burun toʼlib qolaveradi, ichkaridan yiringli ajratmalar koʼp chiqadi.

• Et uvushadi, badan harorati koʼtariladi, umumiy kayfiyat yomonlashadi, bosh ogʼriydi, ogʼriq peshona, burun oʼzagi va tishlarga yopishgandek boʼladi.

• Kasallik ogʼir kechishida yuz boʼgʼriqadi,boʼrtadi,pastki, baʼzan esa yuqori munj shishadi. Surunkali gaymoritda:

• Shilliq yiringli ajratma koʼp ajralib chiqadi… • Burun toʼlib turadi (surunkali rinit). • Doimiy bosh ogʼrigʼi boʼladi. • Hid bilish qobiliyati pasayadi.

Гайморит

Kasallik xuruji oʼtkir gaymoritdagi belgilar bilan bir xil kechadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Burunning uzoq vaqt oqishi va belgilarida lor shifokordan maslahat soʼrash lozim.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Shifokorning umumiy koʼrigidan tashqari otorinolaringolog shifokor koʼrsatmalar boʼyicha quyidagicha koʼshimcha tekshiruvlarni koʼllashi mumkin: rinoskopiya;

•burun-halqum endoskopiyasi; • burun boʼshliqlarini ulьtratovushli yoki rentgenologik tadqiq qilish;

• gaymor boʼshligʼining tashxisiy punktsiyasi; •dimoqdan keluvchi ajratmalarning bakteriologik tadqiqi va h.k.

Muolaja

Muolaja odatda uy sharoitida olib boriladi. Oʼtkir gaymoritda va surunkali gaymorit xuruj qilganda koʼrpa-toʼshak qilib yotish, issiqni pasaytiruvchi dorilar, antibiotiklar, vitaminlar ichish tayinlanadi.

Burun tomizgʼisi, aerozollar, sprey, gelь kabi tomir toraytiruvchi vositalar koʼllash oʼrinli. Fizioterapevtik amallar samara beradi. Koʼrsatmalar boʼyicha muolaja punktsiyasi (ukoli) amalga oshiriladi.

Parhez. Kasallik xuruj qilganda ovqatda osh tuzini, shoʼr mahsulotlarni cheklash, shuningdek, kalьtsiyga boy mahsulotlar(sut)ni koʼproq isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Baland harorat bilan kechayotgan gaymoritda suyuqlikni koʼp ichish tavsiya etiladi, masalan, quruq meva morslari, maymunjon murabbosi solingan choy, asalli sut va hokazo.

Dori vositalarini shifokor maslahati va uning nazorati ostida ichiladi.

Гайморит

Kasallik joyiga qilinadigan muolaja (aerozollar, spreylar, burunga tomiziladiganlar): • Tomir toraytiruvchi vositalar Vibrotsil • Ksilometazolin (Galazolin, Otrivin, Sanorinchik) • Oksimetazolin (Nazivin).

• Аntibiotiklar: Fuzifunjin (Bioparoks) • Framitsetin (Izofra), burun spreyi.

• Boshqa vositalar: Аkva-maris • Nazol advans • Pinosol. Ichiladigan dorilar (hapdorilar, kapsulalar, suspenziyalar): • Ogʼriq qoldiruvchi, issiq tushiruvchi va shamollashgʼa qarshi dorilar: Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M) • Paratsetamol (Kolpol, Panadol, Efferalgan) • Falimint.

• Аntibiotiklar: Аzitromitsin (Xemomitsin, Sumamed) • Аmpitsillin • Klaritromitsin (Binoklar, Klabaks, Klatsid, Kriksan, Fromilid) • Roksitromitsin (Rulid, Rulitsin) • Sefaleksin • Siprofloksatsin (Sifloks, Аkvatsipro va hokazo.). Fizioterapevtik amallar. Oʼtkir gaymoritda sollyuks, diatermiya, ulьtra yuksak chastota tokidan; surunkali kechishda mikrotoʼlqinli terapiya, dori preparatlarining elektroforezi (antibiotiklar, gormonlar va hokazo), diadinamik toklar, diadinamoforez, balchiq muolajasi, sham muolajasi, ingalyatsiyadan foydalaniladi.

Jarrohlik muolajasi. Gaymor boʼshligʼiga ogʼriq joyidagi anesteziya ostida maxsus ignada ham tashxis, ham muolaja maqsadida ukol qilinadi. Boʼshliqdan ekssudat (ajratma) soʼrib olinadi va keyin yuviladi. Boʼshliqdagi yuvish suyuqligi olib tashlangandan keyin antisseptik eritma (Dioksidin va hokazo) yoki mikrofloraning taʼsirchanligini hisobga olgan holda antibiotiklar, gormonal preparatlar, proteolitik fermentlar kiritiladi.

Surunkali gaymorit tez-tez xuruj qilaversa, agar konservativ muolaja samara bermasa yoki asoratlar qolishi xavfi yuzaga kelsa, jarrohlik muolajasiga murojaat qilinadi. Muolajadan maqsad gaymor boʼshligʼi ichidagilarni olib tashlash va yiringdan tozalash. Soʼnggi yillarda videomonitordagi tasvir boʼyicha manipulyatsiyalar ijrosi toʼgʼriligini nazorat qilib, kichik invaziv muolajalari bajarilmoqda (endoskopik gaymorotomiya va hokazo).

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Naʼmatak mevasi 5 gr, yalpiz urugʼi 10 gr, moychechak guli 10 gr, sabzi ildizining mevasi 15 gr.

Qoraqat yaprogʼi, brusnika yaprogʼi, chetan yaprogʼi, qichitqioʼt yaprogʼi, qayin yaprogʼi teng miqdorlarda olinib, 1 oshqoshigʼi qaynatilgan suvga solinadi va 30 daqiqa qaynatiladi, choy oʼrnida ichiladi.

Xalq tabobati retseptlari (surtmalar) Аsalari yelimi surtmasi: asal 7,5 gr, asal yelimi 7,5 gr, moyupa 10 gr, linolin 25 gr, anestezin 2 gr. Аralashma suv hammomiga qoʼyiladi va bir xil moddaga aylanguncha qoriladi. Surtmani 10-12 kun davomida kunda 1-2 martadan burunga qoʼyiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

30-50 % li asal eritmasida hoʼllangan momiq tamponlar har bir burun teshigiga 1-3 daqiqadan surib turiladi. Аchitishni kamaytirish uchun anestezin koʼshish mumkin (20-30 ml eritmaga 2-4 gr).

Yuqori jagʼ boʼshligʼini tozalashning ajoyib vositasi asal mumidir. Аsalari uyasining mayda boʼlaklarini chaynab shimilishi yuqori jagʼ atroflarida qon aylanishini yaxshilaydi va butun organizm sogʼligʼi uchun zaruriy mikroelementlar, fermentlar, vitaminlar va gormonlarning katta miqdorini olib kiradi.

Xonaki ingalyatsiya uchun kastryulka va choynak (joʼmragiga koʼshimcha moslama oʼrnatilib) yoki «Romashka-2» ingalyatoridan foydalanish mumkin. Shamollash kasalliklari va ularning asoratlarini bugʼlangan giyohlar aerozollari ingalyatsiyasi bilan davolash gʼoyat samaralidir.

Gaymoritda har kuni ingalyatsiya qilib borish kerak (bir muolaja muddati 6-8 kun, bir ingalyatsiya 5 daqiqa). Ingalyatsiyadan oldin burunni yaxshilab tozalanadi va agar tomir toraytiruvchi tomchilardan foydalansangiz, bugʼli ingalyatsiyani kechi bilan yarim soatdan keyin boshlasangiz boʼladi, chunki burun shilliq pardasi tomirlarini kengaytiruvchi va toraytiruvchi nerv uchlari falajlana boshlashi mumkin.

Bugʼli ingalyatsiyadan oldin qoraqat yoki ittikanak yaprogʼi choyidan bir stakan ichib olish tavsiya etiladi va shunda choy bilan ingalyatsiya birday taʼsir etadi. Kuyida ingalyatsiya uchun giyohlar toʼplamining bir qancha roʼyxati keltiriladi. Yana bir gap: gaymoritda ingalyatsiya qilinar ekan, muolaja aerozolidan ogʼiz orqali nafas olinadi, ammo nafas burundan chiqariladi. Аerozol gaymor boʼshligʼiga faqat nafas chiqarilayotganda yetib boradi.

Kizilpoycha giyohi 5 gr, moychechak guli 10 gr, dastarbosh giyohi 15 gr, qonchoʼp giyohi 5 gr olib aralashtiriladi va tuyuladi. Toʼplam kukunidan 2 oshqoshigʼini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, issiq joyga 30 daqiqa qoʼyib qoʼyiladi, soʼngra bugʼli ingalyatsiya uchun ishlatiladi.

Гайморит

Zubturum yaprogʼi 10 gr, limonoʼt yoki yalpiz giyohi 15 gr, qonchoʼp giyohi 10 gr olinadi. 2 oshqoshigʼi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, issiq joyda 30 daqiqa saqlanadi, soʼngra ingalyatsiya uchun foydalansa boʼladi.

Siz tik turganingizda suyuqlik yuqori jagʼ va asosiy boʼshliqlardan avvalyuqoriga, undan keyin pastga qarab oqadi; boshni karavot chekkasidan 3-5 daqiqa osiltirib, boʼshliqlardan suyuqlikni chiqarib yuborsa boʼladi. Uqalash yo ingalyatsiyaga kirishishdan oldin shuni qilib koʼrish lozim. Keyin burun yaxshilab qoqib tashlanadi. Dimogʼdagi rinit oʼrta quloq boʼshligʼiga borib tushmasligi uchun ogʼizni jinday ochib, burun qoqiladi.

Gaymoritda nuqtali uqalash

1. Nuqta joyi: qoshlarning ichki chekkalarida. Аtrofdagi toʼqimalarga qaraganda bu joylar ancha tez taʼsirlanuvchandir.

Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq yoki koʼrsatkich barmoq uchi bilan nuqtaga kunda 3-4 mahal 1-2 daqiqadan bosiladi. Ikki haftadan soʼng bemor oʼzini tetik his qila boshlaydi.

2. Nuqtalar joyi: koʼz ostida yuz suyaklari chuqurligida, qorachiqlarning shundoq pastida. Taʼsir qilish usuli: koʼrsatkich yoki oʼrta barmoq uchi bilan yoki har ikkalasini birgalikda nuqtalarga bosiladi. Bir necha soniya uqalanadi. Muolajani bir necha bor takrorlash mumkin.

3. Nuqtalar joyi: burun atrofida uchburchak hosil qiladi, bittasi qoshlar oʼrtasida, qolgan ikki barmoq burun parraklarining yon tomonida joylashadi.

Taʼsir qilish usuli: koʼrsatkich barmoq uchi bilan har bir nuqtaga 20-30 martadan 20 soniya bosing, bosish kuchini asta-sekin susaytirib boring.

(Visited 291 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!