Ezofagit davolash usullari uy sharoitida nima kilish kerak

Эзофагит даволаш

Ezofagit davolash TOP 10 xil usullari

Ezofagit davolash qiziloʼngach shilliq pardasining yalligʼlanishi, u ogʼir yara, qon oqishi va ikkilamchi yuqumli kasallik rivojlanishi bilan kuchayishi mumkin.

Oshqozondagi narsaning qiziloʼngachga qaytarib chiqarib tashlash bilan bir qatorda (reflyuks ezofagit), ovqat hazm qilishning boshqa aʼzolari kasalliklari ham (oshqozon yarasi, diafragma qiziloʼngach teshigi churrasi) ezofagitga sabab boʼlishi mumkin. Yana haddan tashqari issiq ovqat yeyish, onkologik kasalliklarni kimyo terapiyasi orqali davolash chogʼida boʼyin, koʼkrak va orqa tomonlarga nur berish yoʼli bilan muolaja qilish ham shunga sabab boʼlishi mumkin. alomatlari

• Kattiq ovqat yeyayotganda yutishning qiyinligi (disfagiya), yutayotganda noqulaylik tugʼilishi yo ogʼriq paydo boʼlishi.

• Jigʼildon qaynashi, toʼsh ortida qichish va ogʼriq turishi.

• Аyrim hollarda toʼsh ortidagi ogʼriq stenokardiyani eslatadi (ezib, achitib ogʼriydi).

• Kekirtirib, qayt qildiradi.

• Bemor tanasi egilganda va yotiq holda boʼlganida jigʼildon qaynaydi va kekirik kuchayadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari sezilishi bilanoq (jigʼildon qaynashi, yutishda qiynalish va h.k.) tekshirtirgani shifokorga murojaat qilish kerak.

Эзофагит даволаш 1

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish Ezofagit

Ovqat hazm qilish va yurak tomir tizimining (yurak ishemik kasalligi, stenokardiya) aʼzolarining turli kasalliklari ezofagit alomatlariga oʼxshab ketadi (oshqozon yarasi, diafragma churrasi, qiziloʼngach va oshqozon oʼsimtasi). Shu bois kasallik tashxisi uchun chukur tekshiruv oʼtkazilishi kerak. Shu maqsadda shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

• Elektrokardiografiya;

• endoskopik tekshiruv (ezofagogastroskopiya);

•oshqozon shirasi kislotaliligini tekshirish;

• qiziloʼngach va oshqozon rentgenografiyasi va h.k.

Эзофагит даволаш 2

Muolaja Ezofagit

Ezofagit muolajasida parhezga rioya qilinadi va oshqozon shirasi kislotasini moʼʼtadillashtiruvchi dorilar ichiladi (antatsid vositalar). Ogʼriq xuruj qilganda va ovqatni yutish qiyinlashganda spazmolitik dorilar ichiladi.

Oshqozon shirasi kislotaliligi oshib ketganda, qiziloʼngach yarasi kasalligida koʼrsatkichlarga koʼra yaraga qarshi dorilar Gelikol, Epikur va h.k. buyuriladi (q. Yara kasalligi, Dori vositalari). Parhez. Iliq, nimsovuq taomlardan iborat ovqatlar teztez isteʼmol qilinadi (shoʼrvalar, bugʼda qilingan sufle va goʼsht pyuresi, tovuq va baliq, tuxum, boʼtqa va kiselь, sut); non va undan qilingan mahsulotlar, sabzavotlar, achchiq sous va ziravorlar, qovurilgan har qanday taomlar istisno etiladi. Issiq ovqat, sovuq ovqat, qahva, alkogol man etiladi.

Эзофагит даволаш 2

Dori vositalari. Dorilar asosiy kasallik turiga bogʼliq ravishda tayinlanadi. Ichiladigan dorilar

Xikichok,  Tish tushishi,  Stomatit,  TISh OGʼRIGʼI,  Tromboflebit, Stenokardiya, Yurak yetishmovchiligini, BOD (REVMАTIZM),  Yurak:

• Аntatsid vositalar: Аltatsid • Аlьmagelь • Gastratsid • Maaloks • Maalukol • Rutatsid • Talьtsid • Fosfalyugelь. • Spazmolitik vositalar: Mebeverin (Dyuspatalin) • Drotaverin (Bespa, No-shpa, Spazmol, Spazoverin, Spakovin) • Papaverin. Jarrohlik muolajasi. Diafragma qiziloʼngach teshigi churrasi sabab boʼlgan va konservativ muolaja taʼsir etmaydigan ezofagitning ogʼir kechishi chogʼida diafragma churrasini bartaraf etishga yoʼnaltirilgan jarrohlik amali bajariladi.

Эзофагит даволаш

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Ezofagit

Igir ildizi, uchbarg (vaxta) yaprogʼi, qashqarbeda oʼti, qizilpoycha oʼti, island toʼsi, moychechak guli, sushenitsa oʼti, qongul oʼti teng miqdorda olinadi va tuyiladi.Toʼplamning tuyilganidan 12 gr 400 ml sovuq suvga solinib, 2 soat tindirilib, suv vannasida 15 daqiqa ilitiladi, 1 soat tindirilib suziladi. Iliq holda chorak stakandan kuniga 5-6 mahal ovqat oraligʼida ichiladi, ogʼriq turganda, jumladan, tungi vaqtda, ezofagitda va oshqozon yarasi kasalligida qoʼshimcha ravishda ichiladi. Аrpabodiyon mevasi, togʼilon ildizi, togʼrayhon oʼti, kalendula guli, qizil barg yaprogʼi, limonoʼt yaprogʼi, oq yasnotka yaprogʼi teng miqdorda olinadi.Toʼplamning tuyilganidan 10 gr 250 ml qaynatilgan suvga solib, suv vannasida 10 daqiqa isitiladi, issiq joyda 2 soat tindirilgach, suziladi. Iliq holda 4/1 stakandan ertalab nahorga, shundan keyin har ovqatlangandan keyin 1 soat oʼtgach hamda, tunda ogʼriq kuchayganda ichiladi.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 1 561 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!