Duduqlik davolash uchun Buni xamma bilishi shart

Duduqlik davolash usullari xakida nimalarga etibor berish kerak

 

Duduqlik (logonevroz) nutq kasalligi boʼlib, nutq apparati mushaklarining tortishish holatidan kelib chiqadi. Bunda nutq ravonligi buziladi, ayrim tovush va boʼgʼimlar yoki ular
takrorlanishida talaffuzning gʼayriixtiyoriy tutilishi yuzaga keladi. Kasallik, odatda yoshlik pallasidan, koʼpincha oʼgʼil bolalarda boʼladi.

Duduqlik ikki xil boʼladi: • funktsional duduqlik logonevroz; • organik duduqlik turli kasalliklar oqibati.

Logonevrozning eng koʼp uchraydigan sababi ruhiy shikastlanish (qoʼrquv, yaqin odami yoki yaxshi koʼrgan jonivorining oʼlimi, ota-onalarning ajrashishi, oiladagi janjallar va hokazo).

Organik duduqlik bosh miya shikastlanishi va dimoq mushaklari innervatsiyasining uning tomirlari tortishib qolishiga olib keluvchi keyingi ishdan chiqishlari bilan bogʼliq. Аyollarda nerv tizimi kasalliklari yoki ogʼir kechgan homiladorlik va toʼlgʼoqlar ham boladagi nutq apparatining rivojlanishiga yomon taʼsir qilishi mumkin. Logonevroz yana bolaning qizamiq, koʼk yoʼtal, oʼpka shamollashi singari yuqumli kasalliklarga chalinganidan keyin yuzaga kelishi mumkin.

Duduqlik Belgilari

• Kishi u yoki bu tovushning izchil talaffuziga aniq rioya qilolmaydi, tilini tuzatishga harakat qiladi, tutilib qoladi, soʼz va iboralarni boshqatdan talaffuz qila boshlaydi.

• Soʼzlarni talaffuz qilishda ishtirok etuvchi mushaklar tomiri tortishi tufayli nutq, marom va surʼat ravonligiga putur yetadi.

• Bemor ayrim soʼzlar va boʼgʼinlar oldidan ortiqcha tovushlar chiqarib yuboradi, dastlabki boʼgʼimlar yo butun-butun soʼzlarni jumla boshida takrorlaydi; jumla yoki soʼz oʼrtasida toʼxtashga majbur boʼlib qoladi; gapni boshlashda qiynalib turadi.

• Funktsional duduqlanish hayajonlanganda kuchayadi, tinch holatda susayadi. Duduqlanuvchi odamlar qoʼshiqni yaxshi aytadilar.

Duduklikda Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Bemorning atrofidagi odamlar bilan muloqoti qiyinlashganda bu hayotning barcha jihatlarida bilinadi. Shu bois shunday muommosi boʼlgan bolalarning ota-onalari boladagi duduqlikni davolatish uchun mutaxassis shifokorlarga (nevrolog, psixoterapevt) va logopedlarga murojaat qilishlari kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Duduqlikning organik tabiatini istisno etish uchun nevrolog tekshiruvidan oʼtmoq kerak. Bundan tashqari shifokor quyidagilarni tekshirishi mumkin:

• bosh miya elektroentsefalografiyasi, • koʼz tubini tekshirish, • bosh chanogʼi rentgenografiyasi va hokazo.

Duduqlik Muolaja

Аgar tekshiruv natijalari yaxshi boʼlsa, duduqlik funktsional tusga ega ekan deb hisoblash mumkin, uning muolajasi bilan logopedlar, psixoterapevtlar va psixologlar shugʼullanadi.

Bordi-yu, tekshiruv chogʼida bosh chanogʼi ichidagi bosimga, bosh miya tuzilmalarining yuqori taʼsirchanligi va hokazolarga oid, oʼzgarishlar yuz bersa, bunday kasalliklarni nevrolog-vrach jiddiy va uzoq davolashi talab etiladi.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Kayin yaprogʼi, valeriana ildizpoyasi, archagul novdasi, qashqarbeda giyohi, parmachak yaprogʼi, tirnoqgul guli, joʼka guli, melissa giyohi, qizilmiya ildizpoyasi, arpabodiyon mevasi -teng miqdorda olinib tuyuladi. Toʼplamning tuyilganidan 7 gr ni 300 ml qaynatilgan suvga solinib, yopiq idishda suv hammomida 10 daqiqa isitiladi (qaynatilmaydi!), issiq joyda 1,5 soat tindirilgach, suziladi. Iliq holda chorak stakandan kunda 4-5 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Bodrezak, karam, limon, naʼmatak sharbatidan qilingan aralashma tinchlashtiruvchi xususiyatga ega, unga 200 gr asal ham qoʼshiladi. Bir oshqoshiqdan ertalab va kechqurun ichib, ustidan bodom yo pista yeb «gazak» qilinadi.

Аsalli moʼmiyo duduqlikka foyda qiladi. 2 gr moʼmiyo 50 ml suvda eritiladi va 200 gr asal qoʼshiladi. Bir choyqoshiq aralashmani ertalab va kechkurun iloji boricha ogʼizda tutib turiladi, ammo yutilmaydi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Logonevrozni davolayotganda xushboʼy moylarni ham esdan chiqarish kerak emas, ammo boshda allergolog shifokor bilan maslahatlashib olmoq zarur. Koʼrquvni qaytarish uchun atirgul, sandal (ud), rayhon, qaragʼay, olma yoki nok efir moylari yarayveradi.

Umumiy tinchlanish uchun yorongul, shuvoq. lavanda, toshchoʼp, shalfeydan foydalansa boʼladi. Moylardan birining bir tomchisini dastroʼmolga surtiladi va kunda uch marta hidlab turiladi. Uyda aroma chiroqdan foydalaniladi.

Vanna uchun yuqorida tilga olinganlardan bir nechtasining yoki bittasining moyi olinadi. Yaxshi emulьgatsiya uchun 5 tomchi moyni yarim stakan kefirga solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va suvi 38-39° S lik vannaga quyiladi. Аmaliyot muddati 15-20 daqiqa, kamida 10 marta bajariladi.

(Visited 144 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!