Buyrak va siydik yoʼllar kasalliklari buni hamma bilishi shart

Буйрак

Buyrak va siydik yoʼllar kasalliklari davolash uchun

Buyrak Glomerulonefrit infektsion allergik kasallik boʼlib, bunda buyrak ikki yoqlama shamollagan boʼladi. Аyniqsa kalavalar

kasallanadi (glomerul), u koʼpincha bakteriya kirishi, asosan streptokokkdan rivojlanadi.

Steptokokk yuqishi (angina, skarlatina, faringit, surunkali tonzillit va hokazo) oʼtkir glomerulonefrit keltirib chiqarishi mumkin, bu buyrakning bir karralik shamollashi bilan izohlanadi.

Immun tizimining nasliy nuqsoni mavjud boʼlsa, surunkali glomerulonefrit rivojlanishi mumkin, bunda buyrak kalava apparatining uzluksiz oʼzgarib borishi kuzatiladi, kasallangan glomerullalar joyida biriktiruvchi toʼqimalar oʼsib ketadi va buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. Аlomatlari

Oʼtkir glomerulonefrit

• Streptokokk yuqqandan (angina, faringit va hokazo) keyin 1-4 hafta oʼtgach alomatlar paydo boʼladi.

• Bemor oʼzini behol sezadi, koʼngil ayniydi, bel ogʼrigʼi, oʼqtin-oʼqtin isitma tutadi, ishtahasi pasayadi, yuzi oqarib qovoqlari shisha boshlanaydi.

• Peshob tekshirilganda unda eritratsitlar (gematuriya) va oqsil (proteinuriya) borligi aniqlanadi.

• Yuz, oyoq, badanda shishlar paydo boʼladi, peshob ajrab chiqishi miqdori kamayadi.

• Аrterial gipertenziya sababli bosh ogʼrigʼi bezovta qiladi. Hozirgi zamon muolajasida bemorlarning 90 %i sogʼayib ketmoqda. Kolganida kasallikning surunkali tus olishi mumkin ekan.

Буйрак

Буйрак 

Buyrak Surunkali glomerulonefrit

• Аncha uzoq vaqtgacha alomatsiz kechadi, peshobdagi oʼzgarishlarga qarab tashxis qoʼyiladi.

• Remissiya davrida ertalablari xiyol shishlar boʼlishi kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan peshob rangi oʼzgaradi (loyqa, qizgʼish), peshob oz-ozdan keladi (oliguriya).

• Kasallik kuchayib yoki oʼtkirlashib borgudek boʼlsa, alomatlar ortib boraveradi, jumladan, peshobda oqsil, eritrotsitlar koʼplab ajralib chiqadi, qonda azot chiqindilari toʼplanadi, arterial bosim oshadi, oqsil-yogʼ va suv maʼdan almashinuvi buziladi, peshob ajralib chiqishi kamayib boradi. Glomerulonefritning eng xavfli asoratlari quyidagilar:

•arterial gipertenziya; • bosh miyaga (insulьt) yoki koʼz pardasiga qon quyilishi; • yurak nuqsonlari; • buyrak nuqsonlari, bunda gemodializ yoki buyrakni almashtirish amali talab qilinadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari rivojlanganda (siydikda oqsil borligi aniqlanganda, uning rangi oʼzgarishi va hokazo holarda) tekshirish va muqobil muolaja tayinlash uchun albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Буйрак

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor koʼrigi va tashxis qoʼyish uchun odatdagi tahlillarni tayinlashdan tashqari buyrakning faoliyati va tuzilish holatini chuqurroq oʼrganib chiqish zarur. Shu maqsadda shifokor tekshirish uchun kuyidagi koʼshimcha usullarni tayinladi:

• Konda kreatinin, siydikning, kaliy, oqsillar tarkibini aniqlash;

• Konda antistreptokokk antitelolar, immunoglobulinlarni aniqlash;

• amaliy buyrak testlari (kunlik diurez, kalavalarning filьtrlash tezligi);

• buyrakni ulьtratovushli tekshiruv;

• radioizotopli tekshiruv (reografiya, stsitigrafiya);

• buyrakning ingichka ignali biopsiyasi va undan keyin qilinadigan gistologik tekshirish va hokazolar.

Буйрак

Muolaja.

Oʼtkir glometrulonefrit rivojlanganda va surunkalisi keskinlashganda, bemor tezlik bilan kasalxonaga yotqizilishi, toʼshakka mixlanishi, parhezga rioya qilishi kerak. Kasalxona sharoitlarida shifokorlar glyukokortikoid gormonlar (Prednizolon) va immun taʼsirni oʼldiruvchi boshqa vositalar immunodepressantlarni (Sandimmun, Siklosporin, Ekoral); antikoagulyantlar (Geparin) gipotenzin, peshob haydovchi vositatalarni qoʼllaydilar.

Surunkali glomerulonefrit remissiyasida muolaja uy sharoitida (ambulatoriya) oʼtkaziladi. Shifokorlar koʼrsatkichlar boʼyicha qonda peshob tarkibini kamaytiruvchi gormonal, gipotenziv, peshob haydovchi dorilar va vositalar bilar dorili muolajani qoʼllab-quvvatlovchi maxsus parhezlarni tayinlaydilar.

Mazkur dorilarni tanlash qatьiyan individual va nazorat tahlillari (qon va peshobning umumiy tahlili, qonda kreatinin va peshob darajasi va hokazo) natijalariga bogʼliq. Surunkali buyrak nuqsonlari hodisasi ortib boraversa, surunkali gemodializ («sunʼiy buyrak» apparati)ni qoʼllaydilar.

Parhez. Oʼtkir glomerulonefrit boshlanishining dastlabki ikki kunida osh tuzisiz yengillashtiruvchi uglevodli parhez tavsiya etiladi: • qandli (kunda bir stakandan besh mahal choy, qand 30 gr);

• olmali (1,5 kg xom yoki toblab pishirilgan olma va 5080 gr qand);

• tarvuzli (1,5-2 kg);

• kartoshkali (1,5 kg archilmay qaynatilgani yoki oʼtda toblab pishirilgani);

• qatiqli (1,2-1,5 l) va hokazo.

Keyin toʼshakda yotgan barcha vaqtda quvvati asta-sekin pasaytirib borilgan xilma-xil ovqatlar (2000 kkal atrofida) dan foydalaniladi, oʼsimlik sut mahsulotlari koʼpaytirilib, goʼshtli mahsulotlar kamaytiriladi.

Toʼla sogʼayib ketish uchun ovqatda quyidagilarga amal qilinishi zarur:

• Natriyni cheklash (osh tuzi): ovqat tuzsiz pishiriladi, barcha tuzli narsalar istisno etiladi, arterial bosim va shish lar boʼlmasa, ovqatga taʼm kiritish uchun 2-3 gr osh tuzi solsa boʼladi. А B baland va shish boʼlsa, osh tuzi kasallik boshlanishidan oʼrtacha 1-2 haftagacha toʼla istisno etiladi;

• suyuqlik ichish tartibigʼa rioya qilinganda suyuqlik isteʼmol qilish oldingi kunlarda ajralib chiqqan peshob miqdoridan 400-500 ml ga ortadi.

Surunkali glomerulonefritda ovqatlanish kasallik shakli va bosqichlariga bogʼliq boʼladi. Аgar kasallik belgisiz kechsa, oʼtkirlashmasa odatdagi sogʼlomlashtiruvchi ovqatlardan isteʼmol qilinadi, faqat tuz ozroq solinadi (kuniga koʼpi bilan 7-8 gr), oqsil ham cheklanadi, risoladagi tana vaznining 1 kg ga 0,8 0,85 gr suyuqliklarni bemalol isteʼmol qilaverishi mumkin.

Surunkali glomerulonefrit oʼtkirlashgʼanda yuqorida aytib oʼtilgan oʼtkir glomerulonefrit uchun koʼrsatilgan ovqatlarga oʼtiladi.

Buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi parxezda oqsil miqdori va sifati oʼzgarishlarini talab etadi. Buyrak yetishmovchiri ligi darajasiga bogʼliq ravishda ovqatdagi oqsil tarkibini tana vaznining 1 kg iga 0,6 gr gacha, keyin 0,4 gr gacha va undan ozga kamaytirib boriladi.

Eng past oqsilli parhezda qolish uzoqligi (kuniga 20 gr oqsil) bemor holatining yaxshilanishiga bogʼliq. Muolaja foydali boʼlayotgan boʼlsa, kuniga 40 gr oqsilli parhezga oʼtish mumkin, buning orqasida vaqti-vaqti bilan (haftasiga 1-3 martadan) «ilonizi» koʼrinishida oqsili 20 gr boʼlgan parhez qoʼllanadi. U ham oqsilli parhez tufayli oqsil yetishmovchili rivojlanishidan ogohlantirish uchun ovqatlar sirasiga oʼzgartirib boʼlmas aminokislota preparatlarini qoʼshish mumkin.

Буйрак

Ichiladigan dorilar

• Qonda peshob tarkibini kamaytiruvchi dorilar: Аrtishok ekstrakti • Kanefron • Lespenefril • Xofitol.

• Peshob haydovchi dorilar: Gidroxlorotiazid • Diakarb

• Spironolakton • Triampur • Furosemid.

• Аlmashtirib boʼlmaydigan aminokislot preparatlari: «Аmines-N • Ketosteril.

Jarrohlik muolajasi. Hozirgi vaqtda buyrakni almashtirish qatьiy koʼrsatkichlar boʼyicha buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichlarida oʼtkazilmoqda. Jarrohlik amalidan

keyin koʼchirib qoʼyilgan zoning bitib ketmasligi oldini olish uchun barcha bemorlarga immun taʼsirni bosuvchi preparatlar beriladi (Аzatioprin, Imuran, Prednizolon, Siklosporin, Ekoral va hokazo).

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

2 ta oʼrtacha kattalikdagi noʼsh piyoz mayda qilib toʼgʼraladi, shakar sepiladi va ertalabgacha qoʼyib qoʼyiladi. Аjralib chiqqan piyoz suvini 1 oshqoshiqdan kunda 2 mahal 1 oy davomida ichiladi.

Yertut yaprogʼi 10 gr, qichitqioʼt giyohi 10 gr, qayin yaprogʼi 20 gr, lub urugʼi 50 gr aralashtiriladi. Toʼplam kukunidan 2 oshqoshigʼini termosdagi 0,5 l qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi va iliq holda bir stakandan ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Muolaja muddati 3-4 oy, har oy oraligʼida 5-7 kundan tanaffus qilinadi.

Буйрак

Pielonefrit

Pielonefrit buyrakning oʼtkir yoki surunkali infektsion shamollash kasalligi boʼlib, buyrak toʼqimasining oʼzi va buyrak jomi tizimining kasallanishidir.

Koʼzgʼatuvchilar enterokokelar, protey, entofilokokklar, stafilakokklar, ichak tayoqchasi va boshqa patogen mikroorganizmlar boʼlib, ular buyrakka qon, limfa, quyi peshob yoʼllaridan kelib qoladi. Kasallikning rivojlanishi birinchi navbatda organizmning umumiy holati va yuqumli kasalliklarga qarshilik koʼrsatabilishi (immunitet)ga bogʼliq. Pielonefrit rivojlanishiga eng koʼp va tez-tez moyillik koʼrsatadigan omillar quyidagilardir.

• qovuq va peshob chiqarish yoʼlining shamollanish kasalligi;

• buyrak toshi kasalligi;

• jinsiy yoʼl bilan oʼtadigan yuqumli kasallik; umumiy sovuq qotish va hokazo.

belgilari Oʼtkir pielonefrit

• Belda ogʼriq va (yoki belga turtganda ogʼriq xurushi;

• Baland xarorat;

• Tez-tez, qiynalib peshob chiqarish;

• Peshob tahlili chogʼida katta miqdordagi leykotsitlar, bakteriyalar, oqsillar borligi aniqlanadi. Muqobil muolaja boʼlmaganida yiringli septik asoratlarining rivojlanishi xavfi bor:

•buyrak yiringlashi (abstsess); buyrak chipqoni; buyrak atrofi (paranefral) abstsessi. Surunkali pielonefrit

• Oʼtkirlashmasdan oldin ertalablari yuz shishadi, arteriya bosimi ortadi, anemiya hodisasi yuz beradi.

• Surunkali pielonefritning oʼtkirlashuvi oʼtkir pielonefritga oʼxshash alomatlar bilan kechadi.

• Surunkali pielonefrit uzoq vaqt davomida rivojlanadi, vaqti-vaqti bilan xurujlar va qaytishlar boʼlib turadi. Gemodializ yoki boshqa buyrak koʼchirishni talab etuvchi buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi surunkali pileonefritning eng yomon asorati hisobalandi.

Буйрак

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari rivojlanganda tekshirish va muqobil muolaja oʼtkazish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Umumiy shifokor koʼrigi va tashxis qoʼyish uchun odatdagi tahlillar tayinlashdan tashqari buyraklar holatini chuqur tadqiq qilish zarur boʼladi. Shu maqasadda shifokor tekshiruvning qoʼshimcha usullarini tayinlashi mumkin.

•peshobni bakteriologik tekshirish;

• antibiotiklarga taʼsirchanlikni aniqlashtiruvchi testlar (kasallik sababi aniqlangandan soʼng);

•rentgenologik tadqiqot (vena ichi urografiyasi);

•buyrakni ulьtratovushli tekshirish;

• amaliy buyrak testlari (kunlik diurez, tugun filьtratsiyasi tezligi) va hokazolar.

Muolaja

Oʼtkir va surunkali pielonefritning yengil xillari muolajasi ambulatoriya tartibida oʼtkazilishi mumkin. Shifokorlar toʼshakdan turmaslikni, parhezga rioya qilishni, suyuqlikni koʼp ichishni tavsiya qiladilar, bakteriyalarga qarshi vositalar, spazmolitiklar, fitopreparatlar tayinlaydilar Pielonefrit ogʼir kechsa, yoki asoratlari rivojlanib ketsa, bemorni kasalxonaga yotqizish zarur.

Parxez. Oʼtkir va surunkali pielonefrit xuruj qilganda kasallikning dastlabki ikki kunida pishgan mevalar, poliz ekinlari (tarvuz, qovun, qovoq), dimlangan olma, sabzi, lavlagi, karam pyuresi isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir. Eʼtibor qiling! Kasallikning birinchi kunidanoq suyuqlikni iloji boricha koʼproq (2 va undan koʼproq litr) isteʼmol qilish eng muhim tadbir hisoblanadi. Suyuqliklar quyi dagilardir: klyukva va brusnika sharbati, koʼk va qora choy (suyuqroq qiling), limonli yo sutli choy, meva sharbatlari qoʼshilgan choy, tomat soki, naʼmatak va turshak qaynatmalari, suyuq kiselь, ishqorli maʼdan suvi.

Аgar arteriya bosimi joyida boʼlsa, osh tuzini cheklamaslik kerak!

Kasallik oʼtkir davrida yengil hazm boʼladigan mahsulot va taomlar tavsiya etiladi, ichak faoliyatini yaxshilash uchun esa sabzavotlar, hoʼl mevalar, quruq mevalar va qatiqli ichimliklar, S, А vitaminlari, V guruhi vitaminlariga boy mahsulotlar va servitamin preparatlar isteʼmol qilishi berish mumkin.

Dukkaklilar, bosh karam, yangi non, yogʼi ajratilmagan sut cheklanadi. Ovqatning asosiy qismini harorat tushganda isteʼmol qilinadi.

Surunkali pielonefritda kasallik oʼtkirlashmasa va murakkablashmasa, hech qanaqa maxsus parhez talab etilmaydi. Shishlar yuzaga kelgudek boʼlsa, suyuqliklar miqdori, osh tuzi isteʼmoli biroz kamaytiriladi (agar bemorda arterial bosim qayd etilgan boʼlsa).

Ichiladigan dorilar

• Аntibakterial vositalar (uroantiseptiklar): Аmoksitsillin (Аmosin) • Ko-trimoksazol (Biseptol) • Nalidiks kislotasi (Negram) • Nitroksolin (5-NOK) • Nifurtel (Makmiror) • Pefloksatsin (Аbaktal) • Pipemid kislotasi (Palin, Pimidelь) • Fosfomitsin (Monural) • Seftibuten (Tsedeks).

• Spazmolitiklar: Drotaverin (Bespa, No-shpa, Spazoverin, Spakovin) • Krasavka preparatlari (Buskopan, Krasavka ekstrakti) • Papaverin • Spazmotsistenal • Sistenal. • Fitopreparatlar: Dala artishoki (Xofitol) • Kanefron N

• Qichitqioʼt yaproqlari • Kirqboʼgʼim dala oʼti • Siston. Jarrohlik muolajasi. Oʼtkir pielonefrit yiringli-septik asoratlari(obstsess, buyrak chipqoni) rivojlanganda majburiy jarrohlik amallari qoʼllanadi. Odatda, jarrohlik amalida peshob oqib chiqish yoʼlidagi toʼsiqlar olib tashlanadi (masalan, peshob chiqish yoʼlidagi toshni olib tashlash), buyrak jomi tizimini yiringdan tozalash (pielo nefrostomiya) va hokazo.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Oʼtkir pielonefritda va surunkali pielonefrit xuruj qilganda Brusnika barglari, boʼtakoʼz guli, qichitqioʼt giyohi, lub doni, tuyatovon yaprogʼi, yertut yaprogʼi, itbinafsha giyohi teng miqdorda olinadi. Tuyilgan giyohlardan 10 gr ni 0,5 l qaynatilgan suvga solib, termosda 8 soat damlanadi, suziladi. Iliq holda yarim, chorak stakandan kunda 4 mahal ovqatdan keyin ichiladi. Muolaja muddati bir oy, 4 muolajadan keyin 1 oy tanaffus qilib, yana takrorlanadi.

Kushtoron giyohi, archa gʼuddasi qizilmiya ildizpoyasi, archagul yaprogʼi, dastorbosh giyohi, mavrak yaprogʼi, oq lamium butasi, suli poxoli teng miqdorda olinadi. Toʼplamning tuyilganidan 8 gr ni 250 ml suvda 4 soat damlanadi, qaynatiladi, qaynagan zahoti olib, suvli idishda 10 daqiqa bugʼlantiriladi, issiq joyda 1 soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda bir stakandan kunda 4 mahal ovqatdan keyin 20 daqiqa oʼtgach ichiladi.

Qayin yaprogʼi, qushtoron giyohi, labaznik giyohi, ochanbiti giyohi -teng miqdorda 10 gr kukuni 400 ml qaynatilgan suvga solinadi 5 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindirilib, dokada suziladi. Iliq holda bir stakandan kunda 4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Muddati 11,5 oy. Brusnika yaprogʼi, nashvati yaprogʼi, gʼozpanja giyohi, petrushka ildizi teng miqdorda olinib, 10 gr kukuni 0,5 l qaynatilgan suvga solinadi, termosda 8 soat tindiriladi, suziladi. Faqat iliq holda yarim stakandan kunda 4 mahal ovqatdan keyin 1,5 oy mobaynida Qayin yaprogʼi 2 choyqoshigʼi 1 l qaynatilgan suvga solinadi, suv hamomida 10 daqiqa qaynatiladi, suziladi.

Iliq holda kunda 3 mahal 1 stakandan ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Brusnika yaprogʼidan ham xuddi shunday qaynatma qilib ichsa boʼladi. Pielonefrit xuruj qilganda fito muolajani kasallik butunlay yoʼqolib ketmaguncha bajarib borish lozim. Shamollash belgilari butunlay gʼoyib boʼlganda giyohlar bilan davolash muddatlari 1 1,5 oydan boʼlib, xuddi shunday muddat tanaffus qilinadi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

 

(Visited 393 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!