Buqoq kasalligi davolash buni xamma bilishi shart

Бўқоқ

Buqoq davolash uchun nimalarga etibor berish kerak

 

Buqoq (struma) yalligʼlanish ham, oʼsimtali ham boʼlmagan qalqonsimon bezning bir zaylda kattalashib borishi kasalligi.

Buqoq Аlomatlari

• Boʼyin old yuzasida deformatsiya (shakl buzilishi) sodir boʼladi. Goho qalqonsimon bez tugunlari koʼzga tashlanmaydi va uni faqat paypaslagandagina payqash mumkin. Аksar hollarda tugunlar sogʼlomlashtirish ulьtratovushli tekshiruv oʼtkazilayotganda tasodifan aniqlanadi.

• Boʼqoq katta boʼlsa va toʼshortida yotganda boʼyin aʼzolari va toʼshorti kengligida (traxeya, qiziloʼngach, tomirlar) bosilish alomatlari zohir boʼladi. Bu holat nafas olish buzilishi (nafas qisish, qattiq yoʼtal), yutishning qiyinligi (disfagiya), tembrda oʼzgarish va tovushning xirillashi bilan paydo boʼladi.

Бўқоқ

Buqoq Umumiy koʼrinishi

• Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi kuzatiladi, bu faoliyat pasayishi yoki koʼtarilishi mumkin (q. Gipertireoz alomatlari).

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Аgar sizda qalqonsimon bezning kattalashishi maʼlum boʼlib qolsa (boʼyin old tomoni «doʼppayishi» yoki «shishishi» mumkin), tekshirtirgani shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor koʼrigi, odatdagi tahlillar buyurilishi va qalqonsimon bezni paypaslab koʼrishdan tashqari qoʼshimcha usullardan ham foydalaniladi:

• qalqonsimon bez gormonlari va gipofiz darajasini (T., T., TTG) aniqlash;

•qalqonsimon bezga nisbatan autoimmun antitelolarni aniqlash;

• qalqonsimon bezni ulьtratovush va radioizatop tekshirish;

• boʼyin va toʼshorti kenglikni rentgenda tekshirish; •laringoskopiya;

• ingichka ignali aspiratsion biopsiya (tugunli buqoqda) va hokazo.

Бўқоқ

Buqoq davolashda Muolaja

Endemik buqoqning qalqonsimon bez faoliyati buzilishi alomatisiz kechuvchi diffuzli shaklida yod dorilari samaralidir. Kalqonsimon bez faoliyati susayganida shuholat oʼrnini qoplashga yetgudek miqdorda tireoid gormonlar buyuriladi. Buqoqning tugundor shakllaridagina qatʼiy koʼrsatkichlar boʼyicha jarrohlik amali qoʼllaniladi.

Parhez. Yod taqchilligini bartaraf etish uchun yodlangan osh tuzi solingan ovqat isteʼmol qilish va yodga boy mahsulotlar sirasini (dengiz karami, baliq, goʼsht, sut, tuxum va hokazo) orttirish kerak. Bundan tashqari, boʼqoqning rivojlanishiga imkon beruvchi «strumogen» degan mahsulotlarni cheklash zarur. Bunga bir necha tur karam, sholgʼom, bryukva, turnepsa, makkajoʼxori kiradi.

Dori vositalari. Farmakologik dorilarni shifokor tavsiyasi va uning nazorati ostida ichmoq kerak.

• Yod preparatlar: Kaliy yodid (Yodomarin, Yodid). • Tireoid gormonlar preparatlari: Yodtiroks • Natriy levotiroksin (L-tiroksin, Eutiroks) • Liotironin (Triyodtironin) • Novotiral • Tireokomb • Tireotom. Jarrohlik amallari. Jarrohlik amaliga koʼrsatkichlar: • tugundor boʼqoqda qalqonsimon bez rakiga gumon boʼlganda; • diffuzli boʼqoqda boʼyin aʼzolarining siqilishi; •boʼqoqning toʼshorti joylashuvi.

Бўқоқ

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Q. Gipertireoz, Gipotireoz.

Gipotireoz

Gipotireoz (miksedema) qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi va qonda uning garmonlari darajasining pasayishidan kelib chikuvchi kasallik holati (sindromi).

Qalqonsimon bez yalligʼlanishi kasalliklarida (autoimmun tireoidit yoki Xashimoto boʼqogʼi), endemik va sporadik buqoqda (q. Buqoq); tireotoksikez sababi bilan radioaktiv yod muolajasi yoki jarrohlik amalidan soʼng rivojlanadi va h.k. Gipotireozning tugʼma shakllari ham uchraydi (kretinizm). Kalqonsimon bez gormonlari sekretsiyasining pasayishi moddalar almashinuvining barcha jarayonlari susayishiga olib keladi va tipik klinik koʼrinishga ega.

Belgilari

• Xolsizlik, toliqish, uyqu bosish kuchayadi. • Tashqi koʼrinish oʼzgaradi yuz doʼmboqlashadi, oqaradi; vazn ortadi.

• Teri quruqlashadi, sovuqlashadi, sariqqa moyil tus oladi. • Qovoqlar shishadi, til koʼpchiydi, ovoz dagʼallashadi. • Sustkashlik, atrofdagilarga nisbatan befarqlik paydo boʼladi.

• Sovqotish, mushaklar ogʼrigʼi, ich qotishdan aziyat chekadi. • Аrterial bosim (АB)ning pasayish alomatlari koʼrina boshlaydi. • Qon gemoglobini pasayadi (anemiya).

Bolalarda tugʼma gipotireozni oʼz vaqtida aniqlash gʼoyat muhim, chunki u aqliy va jismoniy rivojlanishdan toʼxtab, kretinizmgacha olib kelishi mumkin.

Shifokorga kachon murojaat kilish kerak?

Gipotireoz alomatlari sezilishi bilanoq tekshirish uchun shifokorga murojaat qilmoq kerak.

Бўқоқ

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Radioaktiv yodli qalqonsimon bez faoliyatini tekshirishga va qonda gormonlar darajasini aniqlashga qaratiladi. Konda va peshobda ichki sekretsiya (qalqonsimon, gipofiz, buyrak usti) bezlari gormonlarining toʼplanishi koʼproq tadqiq qilinadi. Ushbu tekshirishlarni tayinlash endokrinolog shifokor vakolatiga kiradi va ular roʼyxatini faqat uning oʼzi belgilaydi, masalan:

Qalqonsimon bez gormonlari darajasini aniqlash triyodtironin (T.), tetrayodtironin (T.) va gipofiz tireotrop gormoni (TTG);

• qalqonsimon bezga nisbatan autoimmun antitelolarni aniqlash; • qalqonsimon bezni ulьtratovush va radioizotopli tekshirish; • ingichka ignali aspiratsion biopsiya (tugunli boʼqoqda) va h. k.

Muolaja

Qalqonsimon bez dorilari yoki sintetik tireoid gormonlari bilan davolash gipotireoz muolajasida asosiy hisoblanadi. Bundan tashqari asosiy kasallikni (tireoidit, endemik boʼqoq) davolash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yod yetishmovchiligi sabab boʼlgan gipotireozda va uning muolajasi uchun (eng avvalo bolalarda, oʼsmirlarda, homiladorlikda va emizikli vaqtda) yodli dorilar buyuriladi. Kasallikning autoimmun tusida koʼrsatkichlar boʼyicha glyukokortikoid gormonlar (Triamtsinolon, Polьkortolon) buyuriladi.

Dori vositalari. Farmakologik vositalar shifokor maslahati bilan va uning nazoratida ichilishi lozim. • Tireoid gormonlar preparatlari: Natriy levotrioksin (L-tiroksin, Eutiroks) • Liotironin (Triyodtironin).

• Аralashtireoid gormonlar: Yodtiroks • Novotiral • Tireokomb • Tireotom.

• Yod preparatlari: Kaliy yodidi (Yodomarin, Yodid).

Бўқоқ

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Uchbarg (vaxta) yaprogʼi, qizilpoycha giyohi, moychechak guli, andiz ildizpoyasi, naʼmatak mevasi, bukvitsa giyohi, qunduz guli teng miqdorda olinadi. Toʼplamning tuyilganidan 15 gr ni 400 ml qaynatilgan suvga solib, suv vannasida 10 daqiqa qaynatiladi, issiq joyda 2 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda yarim stakandan kunda 4 mahal ovqatdan soʼng 20 daqiqa oʼtgach, ichiladi.

Kizilpoycha giyohi, qonchoʼp giyohi, naʼmatak mevasi, qizilmiya ildizpoyasi, fukus yaprogʼi, oyboltirgʼon ildiz poyasi, rodiola ildizpoyasi teng miqdorda olinib, tuyiladi. 12 gr 400 ml qaynatilgan suvga solib, 5 daqiqa qaynatiladi, termosda 4 soat tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Iliq holda yarim stakandan 4 mahal ovqatdan keyin ichiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 645 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!