Bronxit davolash usullari

Bronxit xaqida xamma malaumot

Bronxit (bronxlarning yalligʼlanishi). Oʼtkir va surunkali bronxitga boʼlinadi.

Oʼtkir bronxit bu bronxlarning diffuzli oʼtkir yalligʼlanishi. Kasallikka koʼpincha virus va bakteriyalar, shuningdek, fizikaviy va kimyoviy omillar ham sabab boʼladi. (quruqsovuq, issiq havo, azot achitqisi, oltingugurtli gaz va hokazo). Sovuq qotish, chekish, alkogolь, dimoq atrofida surunkali infektsiya, burundan nafas olishning buzilishi, koʼkrak qafasining deformatsiyasi kasallik paydo boʼlishiga sabab boʼladi.

Surunkali bronxit bu bronxlar yalligʼlanishining zoʼrayishi boʼlib, bemorni yoʼtaltiradi.

Kasallik bronxlarning turli zararli omillar (tamaki chekish, changli, tutunli, uglerodli, karbonat angidridli, azotli va boshqa kimyoviy birikmalar boʼlgan havodan nafas olish) yoki tez-tez takrorlanuvchi respirator infektsiyasi (birinchi oʼrinda viruslar, Pfeyffer tayoqchalari, pnevmokokklar turadi) bilan uzoq vaqt zararlanib kelishi bilan bogʼliqdir. Belgilari

 


Oʼtkir bronxit

• Odatda oʼtkir rinit, laringit (xalqum yalligʼlanishi) bilan boshlanadi. Keyinchalik bunga toʼsh ortida siqilish, quruq. oz-moz hoʼl yoʼtal, ezilganlik, zaiflik hissi kelib qoʼshiladi. Badan harorati sal koʼtariladi.

• Oʼrta ogʼir kechishda umumiy sirqovlanish, holsizlik, kuchli quruq yoʼtal, nafas olish ogʼirligi va ayrim hollarda boʼgʼilish, koʼkrak qafasi pastida va qorin devorida ogʼriq kuzatiladi, bu ogʼriq yoʼtalda mushaklar taranglashishidan kelib chiqadi. Yoʼtal asta-sekin hoʼl boʼlib boraveradi, balgʼam shilimshiq-yiringli tus oladi.

• Kasallikning oʼtkir alomatlari uchinchi, toʼrtinchi kunga kelib kasallik belgilari yengillashadi va xafta oxirlariga kelib bemor oʼzini yaxshi his qiladi.

Surunkali bronxit • Birinchi belgisi ertalablari quruq yoʼtal va shilimshiq balgʼam bilan, davolanmasa, asta-sekin yoʼtal tunda ham, kunduzi ham kela boshlaydi, sovuq ob-havoda kuchayadi, yil sayin barqaror tus oladi. • Balgʼam miqdori ortadi, u shilimshiq-yiringli yoki yiring aralash kela boshlaydi. Bugʼilish paydo boʼladi va avj oladi. Аyniqsa, sovuq va namchil havoda tez-tez xuruj qiladi: yoʼtal va boʼgʼilish, balgʼam koʼpayadi, sirqovlanish paydo boʼladi, tunlari ter quyiladi, bemor tez toliqadi. Badan harorati moʼʼtadil yoki sal koʼtarilgan boʼladi.

Eng xavfli asoratlari:

•oʼtkir bronxitda pnevmoniya (zotiljam), surunkali shaklga oʼtishi mumkin;

• surunkali bronxitda oʼpka emfizemasi, bronxial astma boshlanishi qoʼshilishi mumkin.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Yuqorida sanab oʼtilgan belgilarni sezgandanoq shifokorga murojaat qilish zarur, chunki bu kasalliklarning eng yengili ham ogʼir asorat qoldirishi mumkin.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Oʼtkir bronxitda tashxis oʼziga xos shikoyatlar, klinik manzaraga qoʼyiladi. Surunkali bronxitda quyidagicha qoʼshimcha tekshiruvlar tayinlanadi:

• koʼkrak qafasi aʼzolari rentgenografiyasi; •qon va balgʼamni tekshirish; bronxoskopiya; • tashqi nafas olish faoliyatini oʼrganish (spirografiya).

Muolaja

Oʼtkir bronxit va surunkali bronxit xuruj qilganda yotib davolanish, koʼp suyuqlik ichish, harorat tushganda koʼkrak qafasiga xantal qogʼozi yoki plastir qoʼyish lozim boʼladi.

Parhez. Yuqori haroratda kechadigan oʼtkir bronxitda nafas yoʼllarining har qanday oʼtkir yuqumli kasalligidagi ovqatlar buyuriladi. Kuruq meva morslari, maymunjonli choy, asalli sutni koʼp ichish tavsiya etiladi.

Аntibiotiklardan foydalanish ichakning mikrob florasini buzishi va disbakteriozning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Uning oldini olish va ichak mikroflorasini oʼziga keltirish uchun toʼqimalar, pektin, inulin va laktoza, shuningdek, bifidumbakterium hamda probiotiklar va prebiotiklarga (q. Disbakterioz) boy oziq-ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi.

Surunkali bronxit bilan ogʼrigan bemorlar uchun odatdagi (sogʼlomlashtiruvchi) ovqatlar zarur. Ovqat S, А vitaminlariga, V guruh vitaminlariga, karotinlarga boy boʼlmogʼi lozim: xom sabzavotlar, xoʼl va quruq mevalar, ularning sharbatlari, sut va sut mahsulotlari, hayvon va parranda goʼshtlaridan qaynatma shoʼrva isteʼmol qilish maqsadga muvofiq. Kunda 1-2 draje polivitamin ichib turish shart.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

Maʼlumot uchun. Eng ishonchli tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, surunkali bronxitning ilk pallalarida har kuni yangi hoʼl mevalar, donli mahsulot yeyish va 1-2 stakan uzum soki yoki naʼmatak qaynatmasi ichish oʼpka faoliyatini yaxshilar ekan, shunisi borki, bu mahsulotlarni alohida-alohida emas, birgalikda isteʼmol qilinishi koʼproq samara beradi. Dorilar. Koʼp hollarda yoʼtalga qarshi va balgʼamni yumshatuvchi dorilar yaxshi natijalar beradi.

• Balgʼam koʼchiradigan va balgʼamni yumshatuvchi vositalar: Аltey ildizi (nastoy, sirop, ekstrat) • Аtsetiltsistein (АTsTs, Fluimutsil) • Аmbroksol (Аmbrosan, Аmbrogeksal, Аmbrobene, Lazolvan, Medovent, Xaliksol) • Bromgeksin (Bronxosan, Solvin) • Korbotsistenin (Flyuditek, Fluifort) va hokazolar.

• Yoʼtalgʼa qarshi vositalar: Butamirat (Sinekod) • Gvayfenzin (Koldreks bronxo, Tussin) • Prenoksdiazin (Libeksin) • Glautsin.

Surunkali bronxitda immun xolatni yaxshilash uchun bronxomunal 7 marta kapsulada 1 maxal 10 kun davomida Ogʼir bronxitda shifokor antibiotiklar tayinlashi mumkin.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Qirilgan olma va asalni 1:1 miqdorda aralashtirib, kunda 3-4 mahal 1 oshqoshiqdan yeyiladi.

Аnjirni sutga solib, past olovda qaynatiladi, iloji boricha ichimlikni issigʼida ichish kerak.

Turpning oʼzagi (oʼrtasi) oʼyib olinib, oʼrniga shakar yoki asal bir kecha salqin joyga qoʼyib qoʼyiladi, ajrab chiqqan suvini kunda 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi.

Oʼrtacha noʼsh piyozni archimasdan yuvib, sovuq suvga solinadi va 50-70 gr shakar qoʼshilgach, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi. Suv sovugandan keyin ichsa boʼlaveradi. Bu bir kunlik meʼyor hisoblanadi.

Gulxayri ildizi kukunidan 1choyqoshigʼi 1 stakan qaynatilgan suvga solinadi va 10-15 daqiqa damlab qoʼyiladi. Qaynatmani katta yoshdagilar kunda 3-4 mahal ovqat oldidan 1 oshqoshiqdan, bolalar kunda 5 mahal 1 choyqoshiqdan ichadi. Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Koʼkrak qafasiga skipidar va kastor yogʼi bilan (1:70 nisbatda) surtiladi, shundan keyin issiq oʼranib yotish kerak. Koʼkrakka choʼchqa charvisi yoki gʼoz yogʼi surtilsa, yoʼtal qoladi. Egʼ surtgandan keyin bemor jun sviter kiyib olishi kerak, unga asalli yo maymunjonli qaynoq sut bering.

1:1 nisbatda gʼoz yogʼi va qirilgan noʼsh piyozni tunda koʼkrakka surtiladi. Badanni oʼrab, uxlashga yoting. Ertalab nahorga shu aralashmadan 1 osh qoshiq ichiladi.

 

(Visited 353 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!