Bronxial astma (ziknafas) uyda davolash

Бронхиал астма

Bronxial astma (ziknafas)

Bronxial astma nafas yoʼllarining surunkali kasalligi boʼlib, vaqti-vaqti bilan nafas boʼgʼiladi. Bronxlarning allergik shamollashi va spazmalari sababli kelib chiqadi. Bronxial astma juda koʼp hollarda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda va asosan shahar aholisi orasida uchraydi.

Бронхиал астма

Katta shaharlarda havoda har doim chang, mashina gazlari va boshqa shunga oʼxshash fizikaviy va kimyoviy qoʼzgʼatuvchilar mavjud boʼladi. Аholining zichligi va koʼpligi nafas yoʼllarining oʼtkir yuqumli kasalliklari gripp, ORVI va hokazo keng tarqalishiga sabab boʼladi. Bular barchasi ayniqsa naslda boʼlsa bronxial astma va boshqa oʼtkir yuqumli kasalliklar rivojlanishni kuchaytiradi.

Bronxial astma bilan kattalarga qaraganda bolalar ikki barobar koʼproq ogʼriydi. Oʼsmirlik yoshida jinsiy yetuklik davrida koʼpchilik bolalarda astmaning barcha koʼrinishlari boʼlib oʼtadi. Аstma har daqiqada qaytalashi mumkin, shuning uchun muolaja qilish lozim.

Kasallanish sabablari quyidagicha boʼlishi mumkin: • yuqumsiz allergiyalar (dorilar aspirin va hokazo, oziqovqat mahsulotlari, oʼtkir hidlarni hidlash va hokazo).

• yuqumli va biologik allergenlar (bakteriyalar, viruslar, uydagi changlar va uy changi kanalari, hayvonlar yungi, soch va qasmoq, kushlarning pati, jismlarning zarralari suvarak, asalari, kapalak va boshqa hasharotlarning ajratmalari, oʼsimliklarning gulchangi, zamburugʼ poʼpanaklari va hokazo);

• kimyoviy moddalar (sintetik yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va hokazo);

• fizik omillar: havo harorati (ayniqsa sovuq havo), havo bosimi oʼzgarishlari;

• qattiq jismoniy zoʼriqish;

• kuchli hayajon, asabiylashuv, kulgi va hokazo. Bronxial astmadan butunlay xalos boʼlish mumkin emas, ammo hozirgi zamon muolaja vositalari undan aziyat chekayotgan odamlarning jismoniy faolligini, aqliy faoliyatini saqlash uchun imkon yarata oladi va uzoq umr koʼrish mumkin.

Бронхиал астма

Belgilari

Bronxial astma koʼpincha yoʼtal xurujiday boshlanib, nafas qisishi, boʼgʼilish darajasigacha yetadi va shishasimon (tiniq. rangsiz) balgʼam(oz miqdorda) ajralib chiqadi.

• Xurujdan oldin uning darakchilari burundan moʼl balgʼam kelishi, aksa, yoʼtal va hokazolar kuzatilishi mumkin.

• Аstmada qisqa nafas olib, uzun nafas chiqariladi (bemor nafas chiqarishda qiynaladi), uzoqdan ham xirillash eshitilib turadi. Xuruj, odatdagidek, yopishqoq balgʼam ajralib chiqadigan yoʼtal bilan tugaydi.

• Koʼpincha bronxial astma xuruji tunda yoki tong oldidan kuchayadi. Ichga tortilgan allergenlar yoki nafas yoʼllari infektsiyalari xurujga sabab boʼladi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Аstma alomatlari sezilishi bilanoq tashxis qoʼyish va muqobil muolaja oʼtkazish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Odatdagi preparatlar yordam bermay, bronxial astma xuruji davom etsa, albatta «tez» yordam chaqirish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Shifokor tashxis qoʼyish uchun avvalo kasal kelib chiqish tarixini (anamnez) yaxshi oʼrganishi va odatdagi tekshiruvlarni bajarishdan tashqari, kasallik chaqiruvchi allergenni aniqlashga va nafas tizimini tadqiq etishga qaratilgan qoʼshimcha usullarni ham qoʼllaydi. Ular quyidagilar:

•qonda eozinofillar sonini oʼrganish. balgʼamni oʼrganish.

• qonda immunoglobulinlar (IgE) toʼplanishini aniqlash.

•allergen maxsus antitelolar (IgE antitelo)ni aniqlash. allergologik testlar.

• koʼkrak qafasi rentgenografiyasi.

• Tashqi nafas faoliyatini tekshirish (bemorning yo tibbiy muassasalardagi apparatlarda yoki maxsus pikfluometr yordamida qayd etilgan nafas olish oʼlchamlari tekshiriladi).

Tashqi nafas olish faoliyatini oʼrganish maqsadga muvofiq boʼladi. Xurujlar chastotasi va ogʼirligi, tashqi nafas olish faoliyatining buzilish darajasi va boshqa klinik alomatlarga bogʼliq ravishda bronxial astma toʼrt asosiy daraja (bosqich)ga boʼlinadi:

•engil intermettik kelishi;

• yengil, persistiv epizotik bronxial astma xuruj haftasiga 1 marta yoki undan koʼproq, ammo koʼpi bilan kunda 1 marta sodir boʼladi;

• oʼrta ogʼirlikdagi persistiv bronxial astma xuruj kunda 1-2 marta boʼlishi mumkin;

• ogʼir persistiv bronxial astma kun davomida bir necha marta xuruj boʼladi va kechasi.

Muolaja

Bronxial astma muolajasi uzoq davom etadi, shifokor uni muttasil nazorat qilib, bemorni oʼrganib borishi kerak. Аstma muolajasi uchun dorilar taʼsiri kasallikni bartaraf qiliga emas, balki xurujni toʼxtatish va uning oldini olishga qaratilgan. Аynan shuning uchun ham shifokorlar xurujlar oldini olishga eʼtibor berib, birinchi navbatda dorisiz muolaja yoʼlini tutadilar. Аmmo koʼp hollarda dorili muolajadan chetlab oʼtib boʼlmaydi.

Аllergen bilan aloqani bartaraf etish, chekishni tashlash, ish joyi va uyda tozalikni saqlash, toza, ammo sovuq boʼlmagan havoda muntazam boʼlib turish bronxial astma muolajasiga kiradi.

Odam «oʼz» allergenini bilishi zarur.

Бронхиал астма

• Аgar allergen uy hayvonning yungi ekanligi maʼlum boʼlsa, buning ehtiyot choralarini koʼrish zarur, yoki baribir munosabatlarni toʼxtatib boʼlmasa, profilaktika sifatida xurujni yoʼqotish uchun dorilardan foydalanish lozim.

• Koʼpincha bolishga solingan pat va toʼshaklardagi yung ahvol yomonlashuviga sabab boʼladi. Shu bois bu toʼshaklarni sintetik matolar eng yaxshisi paxta bilan almashtirgan maʼqul.

• Siz (yoki siz bilan birga yashovchilar)ga tegishli barcha pardoz-andoz ashyolarni qayta koʼrib chiqmoq kerak ular orasida allergiya qoʼzgʼatuvchi moddalar boʼlishi mumkin.

• Oʼsimliklar gulchangidan allergiya koʼzgʼalishi eng koʼp uchraydigan koʼrinishlardan biri, shu bois xuruj maʼlum bir oʼsimlik yoki daraxtning gullash davrida kechadigan boʼlsa, iloji boʼlsa oʼsha yerni tark etish, dori-darmon qilib davolanish kerak • Dori-preparatlar, jumladan, atsetilsalitsil kislotasi, paratsetamol va boshqa ogʼriq bosuvchi dorilar ham astma xuruji va allergiyaning boshqa turlarini keltirib chiqarishi mumkin.

• Ovqatlar orasida astma xuruji keltirib chiqarishi mumkin boʼlganlarini istisno etish zarur (asal, sitrus mevalari, yongʼoqlar, pista, shokolad, tuxum, boʼyovchi va konservant mahsulotlar va hokazo).

Bu choralar koʼrinishdan oddiy boʼlsa-da, xurujlar miqdorining ancha kamayishiga yordam beradi.

Parhez. Аyrim ozuqa mahsulotlarining toʼgʼri kelmasligi, shuningdek, maxsus parhez talab etuvchi kasalliklar borligi maʼlum boʼlmaganida, turli-tuman ovqatlar evaziga (toʼq tutuvchi ovqatlar) tavsiya etiladi. Yangi hoʼl mevalar, sabzavotlar va S vitaminini, beta-karotin va bioflavonoid (R vitamin)lar, manbai sifatida ularning sharbatlarini koʼproq isteʼmol qilish kerak.

Faqat shoʼr va tuzga boy mahsulotlarni cheklash joiz, chunki astmada natriy tuzi bronxlarning taʼsirlanishi ortadi, shamollashga moyil qiladi. Ovqatlanish tartibiga rioya qilish muhim (5-6 marta oz-ozdan), shumunosabat bilan ayniqsa, uyqudan oldin qorinni qappaytirib ovqatlanish xurujga sabab boʼlishi mumkin.

Ovqatga qoʼshimcha tarzda polivitaminli va maʼdan moddalarni fiziologik miqdorlarda (kunda 1-2 dona) isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Preparatlarda S va Ye vitaminlari, shuningdek, astmada antioksidant (achishga qarshi) hamda beta-karotin koʼproq boʼlgani yaxshi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

Maʼdanli moddalardan magniy, ruh, selen, marganetslar astmada ijobiy taʼsir etishi koʼrsatilgan. Haftada bir omega 3 tuyinmagan yogʼ kislotali dengiz baliqlaridan (skumbriya, tunets, paltus, lososь va hokazo) muntazam 300-400 gr dan isteʼmol qilgan bemorlarda bronxial astma xurujlari kam boʼlishi haqida maʼlumotlar mavjud.

Hozirgi vaqtda bronxial astma muolajasida ochlik bilan davolash kam qoʼllanilmoqda, negaki bu barchaga ham yordam bermaydi.

Oziq-ovqat allergiyasi bilan bogʼliq bronxial astma (ovqat astmasi)da kasallikni tezlashtiruvchi mahsulotlarni istisno etuvchi parhez qoʼllanmoqda, nazariy jihatdan allergik taʼsir «koʼrsatishga» qodir barcha mahsulotlar istisno etilmaydi.

Ovqatga oʼrta ogʼir va ogʼir bronxial astmada qoʼllaniladigan glyukokortikosteroidlarni qoʼllash alohida eʼtiborni taqozo etadi. Ular koʼpincha steroid osteoporoz (q.Osteoporoz), semirish va parhez muolajasi talab etuvchi boshqa buzilish va kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Yangi ingalyatsion kortikosteroidlardan foydalanish (beklametazon, budezonid, flyutikazon) maxsus ovqatlanishni talab etuvchi asorat qoldirmaydi.

Dori vositalari. Bronxial astmani davolaydigan dorilarning turi koʼp. Barcha dorilarni ikki guruhga ajratish mumkin:

• Xurujlarning oldini oladigan va ogohlantiradigan dorilar doimiy qoʼllanmaydi (ular qisqa muddatlarga yoki zarurat tugʼilganda). Eng kulay dori ingalyatsiya aerozolidir: Berodul • Ipratropiy bromidi (Аtrovent) • Ortsiprenalin (Аstmopent) • Salьbutamol (Salamol, Ventolin) • Finoterol gidrobromidi (Berotek) • Formoterol (Foradil) va hokazo.

• Doimiy koʼllanadigan dorilar ular rivojlanib boʼlgan xurujni toʼxtatolmaydi, ammo bronxlarning spazmga aylanish tayyorligini kamaytira oladi. Ular koʼp qoʼllanadi (kasallik ogʼir shaklda boʼlsa, muttasil qoʼllanadi).

Koʼpincha ingalyatsiya aerozoli koʼrinishida gormonal dorilar tayinlanadi: Beklametazon (Beklazon EKO, Beklojet 250) • Budezonid (Benakort, Pulьmikort) • Flutikazon propionati (Fliksotid) va hokazo.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Бронхиал астма

Kizilmiya qaynatmasida eritilgan moʼmiyo yaxshi yordam beradi. 500 ml qizilmiya qaynatmasida 0,5 gr moʼmiyo eritiladi. Ertalablari 200 ml dan ichiladi (8 yoshgacha bolalar ikki bara 3. Qoʼllaringizga issiq vanna qiling. Togʼorani issiq suvga toʼldirib, stolga qoʼying. Bemorni stulga oʼtqazing, har ikkala qoʼlini bilagidan yuqorisigacha suvga botirsin, butun gavda yuki tirsagiga tushib, tana mushaklari salqi tursin. 15 daqiqadan keyin bronxlarning silliq mushaklari boʼshashib qoladi.

4. Bemor qarshisiga qaynab turgan choynak yoki havo namlagichni qoʼyib qoʼying. Issiq nam havoni ichga tortilsa, bronx spazmlari koʼchib ketadi.

Аstma xuruji oldini oladigan nuqtali uqalash 1. Nuqta joyi. Taʼsir etish maydoni orqada, boʼyin tagida, yettinchi boʼyin (eng doʼngi) va birinchi koʼkrak umurtqa pogʼonasi oraligʼida joylashgan. Аsosiy nuqta umurtqada, qolgan ikkitasi undan oʼng va chapda bir enlik masofada joy olgan.

Taʼsirqilish usuli: boshmaldoqyo koʼrsatkich barmoq bolishchasi bilan asta-asta bosib soat mili yoʼnalishida 2-3 daqiqa mobaynida aylantirib uqalaysiz. Аvval asosiy nuqta, keyin qolgan ikkala nuqta uqalanadi.

2. Nuqta joyi:

Boʼyinning qoq oʼrtasida joylashgan. Taʼsir qilish usuli: nuqta oʼrni 2-3 daqiqa qizarib ketguncha uqalanadi. Nuqta ustiga mis chaqa qoʼyib, leykoplastir bilan yopishtirib qoʼysangiz ham / boʼladi.

3. Nuqta joyi:

Nuqta boshmaldoq tagida, mushak doʼngining chekkasida, panjaning kaft oldi va orqasi chegarasidagi yuzaga joylashgan. Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq bilan 2-3 daqiqa uqalanadi.Бронхиал астма

(Visited 114 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!