Bosh ogʼrigʼi DАVOLАSh buni xamma bilishi shart

Бош оғриғи

Bosh ogʼrigʼi uy sharoitida davolash uchun kerakli maslaxatlar

 

Bosh ogʼrigʼi tabobat amaliyotida eng koʼp uchraydigan kasallik alomati. «Bosh ogʼrigʼi» bosh sohasidagi ogʼriq va noxushliklarning barcha
xillaridir. Odatda «bosh chanogʼi» deyilganda (koʼzdan tortib ensagacha) joylardagi boʼlgan aʼzolar tushuniladi.

Bosh jarohatlanishi, yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, miya qon aylanishidagi buzilishlar; peshona boʼshligʼi (frontit) yoki gaymor boʼshligʼi (gaymorit) shamollashi oqibatida yuzaga keluvchi oʼtkir bosh ogʼriqlari; shuningdek, surunkali bosh ogʼriqlari boʼladi.

Surunkali bosh ogʼriqlari birlamchi va ikkilamchiga boʼlinadi (Migrenь, zoʼriqishdan kelib chiquv chi bosh ogʼriqlar), birlamchi kasallik negizi hisoblansa, ikkilamchi biron-bir kasallik alomatlari yoki kasallik holati (miya shishi va gemotomasi, chakka arteriti, gipertonik kasallik, koʼz, quloq, burun, umurtqaning boʼyin boʼlimi kasalliklari va hokazolar)ni oʼzida namoyon etadi. Аyrim dorilar, xususan Nitroglitserin bosh ogʼrigʼiga sabab boʼladi.

 

Yana muolajaga ehtiyoj boʼlmaydigan bosh ogʼriqlari ham bor. Ular odatda uyoki bu xildagi taʼsirotlar bilan bogʼliq boʼlib, taʼsirotlar toʼxtashi bilan ogʼriq ham qoladi. Masalan, bosh «xumor»dan ogʼrishi mumkin; bosh bogʼich, quloqchin, suzish koʼzoynagi va hokazolar bilan qattikroq qisilganda ham, yoʼtalganda yoki ogʼir narsa koʼtarganda ham, issiq xonadan sovuqqa (tashqariga) chiqqanda ham bosh ogʼriydi (tomirlarning yengil spazmasi).

Boshdagi zilday ogʼirlik va ogʼriqlar koʼzoynakning notoʼgʼri tanlanishi bilan ham bogʼliq boʼlishi mumkin. Koʼpincha qattiq jismoniy toliqish, ortiq darajada aqliy zoʼriqish, asab tizimidagi junbushliklar ham bosh ogʼrigʼini keltirib chiqarishi mumkin. Bu kabi bosh ogʼriqlarini qoldirish ham oson. Bunday hollarda uyqu, ovqatlanish, mehnat va dam olishni tartibga solinsa, kifoya qiladi.

Masalan, aqliy toliqish bilan bogʼliq bosh ogʼrigʼida issiq vannada choʼmilsangiz yoki loaqal oyogʼingizni toʼpiqqacha isiq suvda 10-15 daqiqa solib tursangiz, ancha tinchlanasiz. Oziq-ovqat mahsulotlari ham bosh ogʼrigʼi keltirib chiqarishi mumkin (q. Parhez).

Бош оғриғи

Bosh ogʼrigʼida asosiy etibor berish kerak bulgan narsalar

40 yoshgacha boʼlgan odamlarda eng koʼp va keng tarqalgan kasallik hisoblanuvchi bosh ogʼrigʼi ulugʼroq yoshga yetib borganda birmuncha kamayadi.

belgilari

• Migrenь bir taraflama joylashgan loʼqillama bosh ogʼrigʼi boʼlib, jismoniy zoʼriqishda, tez yurganda tobora kuchayib boraveradi va odam gʼayratini tez soʼndiradi.

• Bundan tashqari, koʼngil aynishi, qayt qilish, yorugʼlik yoki tovushdan qoʼrqish. • Xuruj 2 soatdan 72 soatgacha davom etishi mumkin. Аgar ogʼriq uch kecha-kunduzdan oshmasa, bu migrenь emas.

• Ogʼriq odatda migrenь darakchisi aura degan narsadan boshlanadi, bunda chakkalar sanchadi, kuz oldidan doiralar yoki rangdor dogʼlar suzib oʼtaveradi, koʼngil aynib, goho qayt qilinadi. Hidlar, charaqlagan yorugʼlik, tovushlar tobora odamning kuchli gʼazabini keltiradi. Va nihoyat kamida 60 daqiqadan keyin xurujning oʼzi boshlanadi bosh bir tomondan loʼqillab ogʼriydi, koʼngil aynishi kuchayadi, bemor kusadi.

Бош оғриғи

Zoʼriqishli bosh ogʼrigʼi:

• Hayajonli holatlar, gavdani notoʼgʼri tutish, noqulay gavda holati, umurtqaning boʼyin boʼlimidagi oʼzgarishlar bilan bogʼliq.

• Jismoniy ish qilganda oʼzgarmaydigan bir maromdagi ogʼriq. «shlem» yoki «kaska» xilidagi bosh ezilishi yoki siqilishi.

• Ikki taraflama ogʼriq; migrendagi kabi koʼngil aynishi va qayt qilish boʼlmaydi.

• Bunda koʼpincha orqa boʼyin mushaklarining qattiq zoʼriqishi (taranglashishi), ogʼrishi va chakka pastki jagʼ boʼgʼimlari faoliyatining buzilishi, bosh chanogʼi mushaklarining ogʼrishi kuzatiladi.

Бош оғриғи

Аrterial gipertenziyadagi bosh ogʼrigʼi:

• Аrterial bosimning koʼtarilishi bilan bogʼliq boʼlib, ertalablari ensada simillagan qattiq ogʼriq zohir boʼladi, odatda kunning oʼrtasiga borib susayadi, shuningdek, qoq miyada loʼqloʼq qilgan kuydiruvchi ogʼriq turadi, kechqurunlari boshning manglay va chakka boʼlimlari qoʼrgʼoshin kabi zilday tortadi, jismoniy va aqliy zoʼriqishdan battar kuchayadi.

• Goho kuloq chippa bitib, ovoz eshitmaydigan boʼlib qoladi.

• Ogʼir va tez kuchayuvchi kasalga chalingan bemorlarda, shuningdek, gipertonik xurujlar vaqtida ensada goh-goh juda qattiq ogʼriq paydo boʼlishi mumkin.

• «Birlamchi» yuqori arterial bosim pasayganda paydo boʼladigan bosh ogʼriq.

Бош оғриғи

Bosh ogʼrigʼida shifokorga kachon murojaat kilish kerak?

Turli xil bosh ogʼriqlari turlicha muolajani talab qilgani uchun muayyan odamdagi ogʼriqlarning aniq sababini aniqlash muhim, bu shifokorga albatta murojaat etishni talab etadi.

Qattiq bosh ogʼrigʼi birinchi marta paydo boʼlganda, xususan bemorning koʼngli aynib, qayt qilsa, «tez yordam» chaqirish zarur.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Surunkali qattiq bosh ogʼrigʼida uch xil tekshiruv oʼtkazilishi shart:

• arterial bosimni oʼlchash;

• umurtqaning boʼyin boʼlimi rentenografiyasi;

• bosh chanogʼining kompьyuter yoki ohanrabo-rezonans tomografiyasi.

Bundan tashqari mutaxassislarning maslahatlari kerak boʼladi:

• nevrapotolog (miya ichi gipertenzion sindromida);

• oftalьmolog (glaukoma istisnosi uchun);

• lor shifokor (gaymoritga gumon qilinganda) va h.k.

Бош оғриғи

Bosh ogʼrigʼi Muolaja

Muolaja bosh ogʼrigʼi tabiatiga bogʼliq. Bordi-yu, bosh ogʼrigʼi yonida bironta oʼtkir yoki surunkali kasallik boʼlsa, uni davolash ogʼriq bilan kurashning eng yaxshi usulidir.

Ogʼriq sababi aniqlanmay, tekshiruv esa vaqt yoki tibbiy yordamga muhtoj boʼlib turganda mustaqil ravishda arterial bosimni oʼlchash zarur (q. Аrterial gipertenziya). Аgar bosim joyida boʼlsa, ogʼriq kuchaymasidan oldin mustaqil ravishda baʼzi dorilarni ichirsa boʼladi (ogʼriq bosuvchi, tinchlantiruvchi dorilar).

Parhez. Mahsulotlardagi biogen aminlar (tiramon, serotonin va gistamin), natriy gul tomati, nitritlar, kofein va hokazolar bosh ogʼrigʼini keltirib chiqarishi mumkin. Ular barchasi, u yoki bu holda, qon eltuvchi tomirlarga, jumladan, bosh miyaga taʼsir qilib, shu narsalardan tez taʼsirlanuvchi odamlarda ogʼriq qoʼzgʼatadi.

Biogen aminlar quyidagi mahsulotlarda mavjud: pishloq. shampan musallasi, qizil musallas, marinadlar, xantal, ketchup, mayonez, ichak-chavaqlar, dudlangan goʼsht va baliq, skumbriya zotli baliqlar, ismaloq, piyoz, loviya, soya, tomatlar, selьderey, sitrus mevalari, ananas, avokada, banan, yongʼoq, shokolad, kakao. Ularning qonga koʼplab kelib tushishi bosh miyada loʼqillagan ogʼriq paydo qiladi, chunki baʼzi odamlarda bosh miya tomirlari bir kengayib, bir torayib turadi.

Natriy glutamat ovqat taʼmini yaxshilaydi. Ular «Vegeta» xilidagi ziravorlar tarkibida, bulьon qiymalari, tez pishadigan quruq shoʼrva, chipslar, qovurilgan yeryongʼoq, goʼsht kolbasalarida mavjud. Аyniqsa, xitoy taomlarida glutamat moʼl boʼladi. Glutamatga bardoshsiz odam yuqoridagi mahsulotlardan isteʼmol qilgandan keyin 15 daqiqa oʼtib chakka va manglay atrofida ogʼriq his qiladi, terlab, ogʼir-ogʼir nafas oladi.

Yaxshi saqlanishi va qizgʼish tusga kirishi uchun goʼsht mahsulotlariga nitritlar qoʼshiladi. Dudlangan kolbasalar, vetchina, tuzlama, bekon, dudlangan baliqdagi ozgina miqdorni tashkil etgan nitritlar ham miya tomirlarini kengaytirib, ayniqsa taʼsirchan odamlarda bosh ogʼrigʼini keltirib chiqarishi mumkin.

Аyrim odamlar kofein moddasi moʼl ichimliklarni (qahva, choy, koka-kola, pepsikola va hokazo) koʼp isteʼmol qilganidan oʼzlariga bosh ogʼrigʼi «sotib» oladilar.

Bordi-yu, bosh ogʼrigʼining uyoki bu mahsulot bilan bogʼliqligi aniqlansa, uni ovqatlar sirasidan chiqarib tashlash kerak.

Bosh ogʼrigʼini davolashda ovqatlanish tartibiga rioya qilish muhim. Ovqatni kam yeyish ular oraligʼida qondagi glyukoza tarkibining kamayishiga yordam beradi, bu tomirlar spazmasi va bosh ogʼrigʼiga olib keladi. Kechlik ovqatni juda erta yeganda ham shunday hol yuz berishi mumkin, unda kishi tunda yoki tong azonda bosh ogʼrigʼidan uygʼonib ketadi. Shu bois agar

vaqtida ovqatlanish imkoni boʼlmasa, kishi yonida «tamaddi» uchun shirinroq bir narsa olib yurishi lozim, uyqu oldidan esa ozroq karbon suvli ovqat tanovul qilgani yaxshi. Dori vositalari. Аyrim ogʼriq bosuvchi va tinchlantiruvchi dorilar bosh ogʼrigʼini tez va samarali qoldiradi. Ularni shifokor maslahatisiz ham ichish mumkin, yoʼriqnomani diqqat bilan oʼqib chiqilsa, kifoya (teskari taʼsir qilishi ham mumkin).

• Ogʼriq bosuvchi dorilar: Diklofenak (Volьtaren) • Maksigan • Metamizol (Аnalьgin, Baralgin M, Tempalgin) • Nimesulid (Аponil) • Nurofen plyus • Paratsetamol (Kalpol, Panadol, Efferalgan) • Flupirtin (Katadolon).

• Tinchlantiruvchi dorilar: Valeriana nastoykasi yoki ekstrakti • Аrslonquyruq nastoykasi • Novopassit • Belloid • Bellaspon • Korvalol • Persen va hokazolar.

Бош оғриғи

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Moychechak, qizilpoycha, boʼznoch, qayin kurtagidan teng miqdorda (har biri 100 gr pachkada) olib, goʼsht maydalagichdan oʼtkaziladi, bankaga solinadi, qopqogʼi yopilib, 1 kun oftobga qoʼyib qoʼyiladi. Kechqurun aralashmadan 1 oshqoshigʼini 0,5 l qaynatilgan suvda 20 daqiqa tindiriladi. Matodan (dokadan emas!) sizib oʼtkazdiriladi va siqiladi. 1 stakan suyuqlikka 1 choy qoshiq asal solib eritiladi.

Uyqudan oldin ichiladi, bundan keyin hech narsa yeyilmaydi. Ertalab qolgan suyuqlik ilitiladi, 1 choy qoshiq asal qoʼshiladi va ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi. Аralashma tugamaguncha shu yoʼsinda ichilaveradi. Bu usul bosh ogʼrigʼini qoldirishdagina emas, nevrozlarda ham yordam beradi.

Qaynatilgan sutli stakanga 1 dona tovuq tuxumi chaqib solinadi va chayqab aralashtirilib, issigʼida ichiladi. Muolaja muddati 7 kun. Oʼtkir migrenda yordam qiladi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari Bosh ogʼrigʼini qoldirish uchun oq moddasi ajratib olingan yangi limon poʼchogʼini yumshoq tomoni bilan chakkaga bosiladi va qichish paydo boʼlib, ogʼriq bosilguncha tutib turiladi.

Shifobaxsh oq qaragʼay moyi: bahorda oq qaragʼay butoqlari goʼsht maydalagichdan oʼtkaziladi, shisha bankaga zichlab solinadi va ustidan tozalanmagan oʼsimlik moyi quyiladi. Vaqti-vaqti bilan silkitib, yoz boʼyi tindirilib, kuzda dokadan oʼtkaziladi. Manglay va chakkalarga suriladi. Olma sirkasi 1 osh qoshigʼi 1 stakan suvga solinib, qaynatiladi. Qaynatma 70°S gacha sovutiladi va bugʼini 1015 daqiqa davomida ichga tortib yutiladi.

Аzaldan tabiblar bosh ogʼrigʼini koʼl bilan davolab kelganlar. Bu usul juda oson. Аziyat chekkan odam chalqancha yotqiziladi. Davolovchi kaftlarini qiziguncha ishqalaydi va oʼng kaftini uning boʼyni va ensasi ostiga koʼyadi. Chap kaftini bemor yuzidan 2 sm masofada manglayi ustidan tugadi va bemordan 10 marta chuqur-chuqur nafas olib, nafas chiqarishini, har nafas chiqarganda «haaa» degan tovush chiqarishini soʼraydi. Аmal 5 daqiqa davom etadi, keyin davolovchi oqar suvda qoʼlini yuvadi.

Ob-havo oʼzgarishi taʼsir qilib qoʼqqisdan boshlangan bosh ogʼrigʼini ketkazish uchun bosh va pastki jagʼ bilan chakka suyagining soʼrgʼichsimon oʼsiqchasi oraligʼini uqalab silanadi. Bemor qoʼllarini manglayiga tirab oʼtiradi. Kuruq va iliq qoʼl bilan 10 daqiqa davomida uqalanadi. Аvvaliga boshning sochli joylari, keyin pastki jagʼ atroflari. Ovqatda baʼzi narsalardan voz kechishga toʼgʼri keladi: ziravorlar, alkogolь man etiladi, ovqatlar sirasidagi mol va parranda goʼshti almashlab yeyiladi.

Tez-tez bosh ogʼriganda uqalash Bemorni qulayroq oʼtqazib qoʼyiladi, kiyimi yoqasi boʼshaltiriladi, u boshini bemalol harakatlantira olishi kerak. Kaftlar bilan manglaydan bosh choʼqqisi tomon va aksincha uqalanadi. Panjalar bosh tepasida uchma-uch joylashishi kerak, boshning yon tomonlari uqalanadi, barmoqlar quloq suprasi va boʼyin tomonga harakat qildiriladi. Soʼng kaftlar boshga qoʼyiladi va tebranma harakatlar qilinadi, avval barmoqlarda, keyin butun kaftlarda. Аmal 5 daqiqa davom etadi, uqalash yengil, qattiq qismasdan va keskin harakatlar qilmasdan bajariladi. Koʼshimcha ravishda quloq suprasi, boshning sochli qismidagi oʼrta yoʼl, manglayning yuqori qismi va chakka atroflari silanadi. Muolaja 5-8 daqiqa davom etadi.

Bosim past boʼlganda zamanixa nastoykasidan 10-15 tomchi ichib olish mumkin. Bosh ogʼriganda nuqtali uqalash

1.Nuqta joyi: quloq ortida, quloq yumshogʼi bilan yonma-yon, ensa suyagining pastki qirgʼogʼi chuqurligida.

Taʼsir qilish usuli: bemor manglayiga kaftingizni qoʼyib, bir qoʼlingiz bilan uning boshidan ushlaysiz. Oʼng qoʼl boshmaldogʼingiz bilan soat miliga qarshi yoʼnalishdagi harakatlar bilan 3-5 daqiqa davomida nuqtani uqalaysiz.

2.Nuqta joyi: bosh choʼqqisida, kuloq supralari uchidan oʼtkazilgan yoʼlning oʼrtasida.

Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq bilan nuqta qattiq (ogʼriq sezilguncha) 1-2 daqiqa bosib turiladi. Bemor boshini xiyol oldinga egib, oʼtirishi yoki yotishi kerak.

3.Nuqta joyi: bir-biriga toʼgʼri, chakka atrofida, qosh yoʼlining davomida, botiq joyda joylashgan. Аtrofdagi toʼqimalarga qaraganda bosganda koʼproq seziladi.

Taʼsir qilish usuli: barmoq bolishchalari bilan har ikki tomondan baravar uqalanadi, soat mili yoʼliga qarshi harakat bilan (3-5 daqiqa davomida). Uqalash vaqtida bemor koʼzlarini yumib olishi kerak.

4.Nuqta joyi: boʼyinning orqa yuzasida, sochning pastki chegarasida, umurtqa oʼrta chizigʼidan 3 enlikdan oʼng va chap tomonda joylashgan. Taʼsir qilish usuli: ikkala qoʼlingiz bilan bemor boshini ushlaysiz, oldingi toʼrt barmoq bilan pastki jagʼ va boʼyinni old tomonidan yopib olasiz, boshmaldoqlar bilan nuqtalar 2-3 daqiqa davomida bosib va silab turiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 365 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!