Bosh aylanishi buni xamma bilishi shart

Бош айланиши

Bosh aylanishi davolash yollari kelib chikish sabablari

 

Bosh aylanishi ichki quloq kasalligi natijasida vestibulyar (muvozanatli) tizimi buzilishining oʼziga xos alomati hisoblanadi (Menьer kasalligi,
otit, shish oʼsimta va h.k.). Bundan tashqari, ichki uyqu va umurtqa arteriyalari stenozi va patologik bukilishlari, umurtqa boʼyin boʼlimi osteoxondrozi, bir qancha nevrologik kasalliklar, gipoglikemiya alomatlari boʼlishi, yurak maromi buzilishi, gipertonik kasallik va boshqa yuzdan ortiq kasalliklarda uchrashi mumkin. Belgilari

Бош айланиши

Ichki quloq kasalliklari Bosh aylanishi

• Ichki quloq yalligʼlanishida (otit) avvaliga eshitish pasayadi, keyin yurganda chayqalib, bosh aylanishi paydo boʼladi, quloqda shovqin boʼlishi mumkin.

• Eshitish nervi oʼsmasida (nevrinoma) bosh aylanishi xuruji, eshitishning pasayishi, quloqning shangʼillashi tufayli yuzaga keladi va asta-sekin tezlashib va kuchayib boradi.

• Menьer kasalligida bosh aylanishi xuruji juda aniq koʼrinib turadi, soatlab davom etishi va shunchalik kuchli boʼlishi mumkinki, kishi karavotga mixlanib qoladi, uzluksiz koʼngil aynishi va qayt qilaverish uni behol qilib tashlaydi. Oʼtkir xuruj vaqtida bemor koʼz olmalari galma-galdan harakat qilishini koʼrish mumkin (bu holat «nistagm» deyiladi). Kasallik kuchayib borishi barobarida vaqtida muolaja qilinmasa, eshituv qobiliyati ishdan chiqib, butunlay karlikka sabab boʼlishi mumkin.

Umurtqaning boʼyin boʼlimi osteoxondrozi Gavdaning muayyan holatida bosh aylanishi sodir boʼladi:

• boshni bir tomonga burganda; •ertalab toʼshakdan turganda; boshni orqaga irgʼaganda;

• boshni uzoq vaqt bir tomonga yoki oldinga egib turganda. Bunday alomatlarga umurtqa arteriyasini boʼyin boʼgʼimlari qisishi (arteriya «egilishi») yoki spazm sabab boʼladi, umurtqa arteriyasi muvozanatga masʼul bosh miyaning boʼlimlarini qon bilan taʼminlab turadi.

Бош айланиши

Bosh aylanishida Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Аgar sizni bosh aylanishi bezovta qilsa:

• mehnatga qobiliyat yoʼqoladi;

• muttasil takrorlanib turadi yoki bir necha kun davom etadi;

• siz quloqdagi oʼzgarishlar va koʼzning gʼalati harakatlarini koʼrib qolsangiz (nistagm) darhol shifokorga, yaxshisi vestibulyar kasalliklari muammosi bilan maxsus shugʼullanib kelayotgan mutaxassis (nevropatolog yoki otonevrolog)ga murojaat qiling.

Bosh aylanishi kuchli xuruj qilganda, ayniqsa, koʼngli aynib, qussangiz, darhol «tez yordam» chaqiring.

Бош айланиши

Bosh aylanishi ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Vestibulyar apparati kasalligiga gumon qilinganda zamonaviy apparatlar majmuasi bilan jihozlangan, ixtisoslashtirilgan otonevrologik markazlardagi tekshiruvlar hammasidan samaraliroq boʼladi. Shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

• faol vestibulyar testlar;

• quloq eshitishini tekshirish (audiometriya);

•umurtqaning boʼyin boʼlimi rentgenografiyasi; bosh miya kompьyuter yoki ohanrabo-rezonans tomografiyasi,

• bosh va boʼyin tomirlarini ulьtratovush tekshiruv va h.k.

Бош айланиши

Bosh aylanishida Muolaja

Boshi aylanadigan bemorlarni davolash bosh aylanishiga sabab boʼlgan kasallik xususiyatiga bogʼliq. Muolajada turli dorilardan foydalaniladi. Ichki quloq kasalliklarida mutaxassislar odatda ichki quloq mikroaylanishi va qon bilan taʼminlanishini yaxshilovchi, koʼngil aynish markazi taʼsirchanligini pasaytiruvchi dorilar va tinchlantiruvchi vositalarni tayinlaydilar. Аyrim kasalliklarda muolajaning jarrohlik usullari koʼrsatilgan.

Dori vositalari. Farmokologik vositalarni shifokor maslahati va uning nazorati ostida qoʼllash lozim.

• Menьerkasalligida: Betogistin (Betaserk)• Vazabral• Vin potropil • Demigidrinat (Dramina) • Sulьpirid (Betamaks). • Vestibulyar faoliyatning boshqa buzilishlari: Vinpotsetstin (Kavinton) • Ginkgo-biloba (Bilobil, Memoplant, Tanakan) • Memoriya • Pentoksifillin (Аgapurin, Trental) • Tietilperazin (Torekan) • Trimetazidin (Preduktal) • Sinnarizin. Jarrohlik muolajasi. Jarrohlik amaliga quyidagi koʼrsatkichlar sabab boʼladi:

• eshitish nervi oʼsmasi (nevrinoma); • menьer kasalligini dori bilan davolashning barqaror samarasi yoʼqligi.

Soʼnggi vaqtda Menьer kasalligini davolash uchun jarrohlik amali bilan birga kimyoviy labirinektomiyadan foydalana boshladilar. Bemorning quloq boʼshligʼiga maxsus dori kiritiladi, ular bosh aylanishining yoʼqolib, sogʼayib ketishiga olib keladi.

Бош айланиши

Bosh aylanishi Birinchi yordam.

Bemorni qattiq bosh aylanishi xuruji tutgʼanida shunday yotqizish kerakki, boshi, boʼyni va yelkasi yostiqda boʼlsin, chunki bu holatda umurtqa arteriyalari bukilmaydi.

Bosh bir tomonga burilib qolmasin, derazani ochib, xonani shamollatish, peshonasiga sovuq latta bosish kerak, uni sirka bilan ozroq hoʼllasa ham boʼladi.

Bosim va haroratini oʼlchab, uni oʼziga keltirish choralarini koʼrish kerak, yurak urishi chastotasi daqiqasiga 100 marta ursa yoki yurak notekis ursa, shuningdek, bosh aylanishiga koʼngil aynishi va qayt qilish qoʼshilsa, albatta «tez yordam» chaqirish zarur.

Бош айланиши

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Bosh aylanganda gipotoniya tufayli kunda 1 stakan anor suvi ichish kerak. Аgar bu bosh miya tomirlari sklerozi oqibati boʼlsa va bundan tashqari boshda shovqin boʼlsa, quyidagi vosita tavsiya etiladi: 2 oshqoshiq chetan poʼstlogʼini 2 soat past olovda 500 ml suvda qaynatiladi. Kunda 3-4 mahal 1 oshqoshiqdan ichiladi.

Tashki muolaja uchun xalk tabobati retseptlari Vestibulyar apparatini mustahkamlash usuli: bir necha metr toʼgʼri chiziq tortib, undan yuriladi, ayni vaqtda boshni oʼngga, chapga burib, chiziqdan chiqib ketmaslikka harakat qilinadi. Kunda 5-10 daqiqadan mashq qilinadi. Bu bosh ogʼrigʼini qoldirib, asabni tinchlantiradi.

Boshi aylanadigan odamlar uchun tik tepalikka koʼtarilganda va chidab boʼlmas uzoq sayohatlarda bajariladigan mashq: gavdani gʼoz tutib turiladi, oyoqlar bir joyda boʼladi, bosh goh u, goh bu tomonga buriladi, surʼat tobora tezlashib boradi. Аvvaliga mashqni 5-10 soniyadan bajariladi, keyin bu mashqni bir necha kun davom ettiriladi va surʼat oshiriladi. Yosh va oʼrta yoshdagi, deyarli sogʼlom, tomir kasalliklari va boʼyin-koʼkrak boʼlimidagi umurtqa patalogiyasidan aziyat chekmaydigan odamlar uchun tavsiya etiladi.

Бавосил

Коричак

Ич котиши

Ич кетиши

Ичак ялигланиши

Глютен касалиги

Лактоза йетишмаслиги

(Visited 228 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!