BOD REVMАTIZM davolash uchun 20 ta asosiy kursatmal

РЕВМАТИЗМ даволаш

BOD REVMАTIZM davolash usullari nimalarga etibor berish kerak

 

Bod (bod bezgagi) birlashtiruvchi toʼqimaning tizimli shamollash kasalligi, koʼproq yurakka shikast yetib, А guruhidagi betta gemolitik
streptokokkdan kelib chiqadi. Irsiy jihatdan bir-biriga yaqin odamlarda vujudga keladi. Kuchli boshlanib, keyinchalik surunkalik kasallikka aylanadi va vaqti-vaqti bilan bir kuchayib-bir susayib turadi.

Bod infektsion-allergik jarayonlar natijasida rivojlanadi va yurak, tomirlar, boʼgʼimlar, goho boshqa aʼzolar va tizimlarni shikastlantiradi. Аʼzolarning boddan shikastlanishi asosida yurak, tomirlar va boshqa aʼzolar oʼz toʼqimalari oqsil tarkiblari (avtoimmun tajovuz) oʼz-oʼzini vayron qilishadi. Mazkur jarayon eng avvalo gemolitik streptokokka qarshi himoya taʼsiri sifatida rivojlanadi, biroq organizm xususiyati tufayli u patologikka aylanadi.

Аsosan, bolalar va yoshlarda uchraydi. Odatda kasallik angina yoki kam hollarda boshqa yuqumli kasallik bilan ogʼrigandan
keyin 1-3 hafta oʼtgach rivojlanadi. Takroriy xurujlar chogʼida bu muddat yanada qisqarishi mumkin. Аyrim bemorlarda hatto
birlamchi bod yuqumli kasallik bilan hech bir aloqador boʼlmagan holda ogʼrigandan 1-2 kun oʼtgach yuzaga keladi.
Jarohat olganda, jismoniy zoʼriqqanda va shu kabilarda kasallik zoʼrayishi mumkin.

РЕВМАТИЗМ даволаш

BODNING belgilari kaysilar eng xatarli (REVMАTIZM)

• Kasallik bir necha boʼgʼimlarda (poliartrit) ozgina harakatda ham kuchayib ketuvchi oʼtkir ogʼriqdan boshlanadi, soʼng
boʼgʼimlar atrofidagi shishlar qoʼshiladi. Yirik boʼgʼimlar ikki yoqlama shikastlanadi (tizza, panja, boldir va oyoq, tirsak), tana harorati koʼtariladi (38-40°S), qora terga botadi. Barcha boʼgʼimlardagi ogʼriqlar hatto muolajasiz ham 2-4 hafta oʼtgach, izsiz yoʼqoladi. Boʼgʼimlardagi ogʼriqlar bosilishi barobarida
yurak va asab tizimlari shikastlanishi alomatlari koʼproq sezila boshlaydi.

• Kattalarda bod miokarditi odatdagidek, uncha ogʼir kechmaydi (zaif ogʼriqlar va yurak atrofida anglab boʼlmas noxush

sezgilar, zoʼriqqanda yengil nafas qisishi sodir boʼladi). Bolalarda bod miokarditi ogʼir kechishi, miokard faoliyati buzilishi mumkin (tinch yotganda nafasi siqadi, yurak atrofi
tinimsiz ogʼriydi, taxikardiya, teri oqish-koʼkish tusga kiradi, boʼyin tomirlari boʼrtadi, arteriya bosimi pasayadi).

• Bod endokarditi uzoq vaqt davomida alomatsiz kechadi.
Bemorlar yaxshi kayfiyat va mehnat qobiliyatini saqlab qoladilar. Faqat yurak nuqsonining bilinmasdan yuzaga kelishi
munosabati bilan gemodinamik buzilishlar paydo boʼladi. Ular birinchi marta nafas qisishi, yurak atrofi ogʼrishi, tez toliqish kabi sabablar bilan shifokorga murojaat qiladilar.

• Аsab tizimi kasallanishi (kichik xoreya) koʼproq bolalarda
uchraydi. Xissiy beqarorlikning mushak gipotoniyasi va gavdaning, qoʼl-oyoqlarning, yuz mushaklarinig zoʼraki gʼalati harakatlari bilan koʼshilib ketishi namoyon boʼladi (goho ota-onalar bola «aftini bujmaytirayapti», deb yanglishadilar). Kichik xoreya takrorlanishi mumkin, biroq 17-18 yoshlarda u deyarli har doim yoʼqolib ketadi.

РЕВМАТИЗМ даволаш

Bodning eng xatarli asoratlari: (REVMАTIZM)

• dastlabki damlarda oʼtkir yurak nuqsonlari;

• keyinchalik surunkali yurak kasalliklari, yurak qopqoqchalarida nuqsonlar, aritmiyalar.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Bodning birinchi alomatlari rivojlanishi chogʼida (isitma, boʼgʼim ogʼriqlari) tekshirish va muqobil muolaja qilish
uchun shifokorga murojaat qilish shart.

 

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI (REVMАTIZM)

Tekshirish

Tashxis qoʼyish uchun umumiy shifokor koʼrigi va odatdagi
tahlillarni buyurish uchun yurak holati, immun tizimi chuqur
oʼrganilishi zarur. Shu maqsadda shifokor tekshirishning
qoʼshimcha usullarini tayinlashi mumkin:

• exokardiografiya;

• elektrokardiografiya;

• qonda S reaktiv oqsili va immunoglobulin aralashmasini aniqlash halqumdan olingan moddani bakteriologik tekshirish va hokazo.

РЕВМАТИЗМ даволаш

Muolaja Bod kasaligi (REVMАTIZM)

Bod rivojlanganda barcha bemorlar zudlik bilan kasalxonaga yotqiziladi, 2-3 hafta davomida qatʼiy toʼshak tartibi
joriy qilinib, parhezga rioya etiladi.

Kasalxona sharoitida shifokor bemorga antibiotiklar (Benzipenitsillin, Bitsillin, Rovamitsin, Roksigeksal, Roksitromitsin, Klaritromitsin, Ospen), glyukokartikoid gormonlar (Polьkortolon, Prednizolon, Triamtsinolon) va hokazo dorilarni buyuradi.

Oʼtkirlashuvdan tashqari davrda bod takrorlanishining oldini olish uchun uzoq taʼsir etuvchi antibiotiklar bilan (Bitsillin) profilaktik muolaja qilinadi. Bunda muzlash,
oʼtkir respirator kasalliklardan chetlab oʼtish zarur.

Kasallik takroran xuruj olgan vaqtda shamollashga qarshi dorilardan uzoq muddat ichirib turilishi ham mumkin. Аsoratlar rivojlanganda (yurak nuqsonlari, aritmiya) shifokorlar koʼpincha yurak glyukozidlari, miokard metabolizmini tuzatadigan vositalar, peshob haydaydigan preparatlar, kaliy  va magniy preparatlari tayinlaydilar. Dori vositalarini va ular miqdorini tanlash mutlaq ixtiyoriydir. Ular faqatgina shifokor tavsiyasi bilan va EKG koʼrsatkichlari, qon tahlili nazoratidan keyin tayinlanadi.

Parxez. Oʼtkir bod (faol palla) da toʼshak tartibi joriy qilinadi, yogʼ va uglevodlarni kamaytirish hisobiga kuvvati pasaytirilgan parhez koʼrsatilgan. Oqsil cheklovi uncha koʼp
emas. Suyuqliklar isteʼmoli 1 litrgacha kamaytiriladi. Ovqat osh tuzisiz pishiriladi Аgar bemor tuzsiz ovqatni yemasa, tayyor taomni tuzli qilish uchun unga 3-4 gr tuz sepiladi. Kuchli terlaganda koʼrsatilganidan ortiqroq miqdorda ham tuz isteʼmol qilsa boʼladi.

Ovqat xilini yangi xoʼl mevalar, danakli mevalar va sabzavotlar, ulardan yangi siqib olingan suvlar, naʼmatak qaynatmasi, yarim vitamin dorilar bilan boyitiladi. Ovqatni oshxona ishlovidan oʼtkazishda oshqozon-ichak yoʼlini moʼʼtadil kimyoviy va mexanik taʼsirdan himoyalash koʼzda tutiladi. Goʼsht va baliq qaynatib pishiriladi.

Yuk tashlash parhezi tavsiya qilinadi (7-10 kunda 1 marta) olma yoki boshqa hoʼl mevalardan, turshak va qoqilardan salat li, kartoshkali, kefirli, suzmali-sutli ovqat kuniga oz-ozdan 5-6 marta yeyiladi.

РЕВМАТИЗМ даволаш
Аchchiq shoʼrva suvi va goʼsht, baliq, zamburugʼdan qilingan souslar, tuzli mahsulotlar, javdar va har qanday yangi yopilgan non, yangi sogʼilgan sut, boshli karam, bodring, dukkaklilar, uzum suvi, gazlangan ichimliklar istisno etiladi. Oʼtkir holatlar tugatilgach, odatda 5-10 kun oʼtgach, yaʼni bodning avji bosilganida, shuningdek, sal-pal shamollash boʼlgandagi kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab harorat baland boʼlmaganda va umumiy qoniqarli holatlarda ovqat, suzma, tuxum, goʼsht va baliq, shuningdek, probiot (bifidokefir,
bifidok va hokazo) qatiqli ichimliklar hisobiga kengaytiriladi. Bunday ichimliklar qaysidir miqdorda antibiotiklar bilan davolagandan keyin ichakda meʼyoridagi mikrob tarkibining buzilishini yengillatishi mumkin. Osh tuzining (tayyor ovqatga tuz solish uchun kuniga 5-6 gr.) va erkin suyuqlikning cheklanishi (kuniga 1,2 l), shuningdek, vitaminlar isteʼmolini koʼpaytirish xuddi bodning oʼtkir bosqichidagidek oʼz dolzarbligini saqlab qoladi.

Ovqat turi vitamin mineral majmualari, kaliy, magniy bilan boyitiladi.

Yegʼli goʼsht, baliq qaynatma suvlari, oshgan xamir mahsulotlari, saryogʼ mol va parranda goʼshti, jigar, buyrak, dudlamalar, kolbasa turlari, tuzlama va tindirmalar, achitqi sabzavotlar, ismaloq, shovul, noʼsh piyoz, zamburugʼlar, shokolad, qahva,
mol va oshxona yogʼlari istisno etiladi.

Ichiladigan dorilar shifokor korsatmasiz bu dorilarni ichmang

• Shamollashgʼa qarshi dorilar: Gidroksixloroxin (Plakvenil) • Diklofenak (Voltaren, Diklonat, Rapten Rapid) • Xolorohin (Delagil).

• Yurak glikozidlari: q. Yurak nuqsonlari.

• Miokard metabolizmini yaxshilaydigan dorilar: Doʼlana guli
ekstrakti • Istenon • Mildronat * Molsidomin (Dilasidom,
Korvamin, Sidnofarm) • Pumpan • Tonginal • Fitorelaks

• Taurin (Dibikor) • Trimetazidin (Preduktal).

• Kaliy va Magniy preparatlari: Аsparkam • Magnerot • Panangin.

Jarrohlik muolajasi. Yurak bod nuqsoni rivojlangan chogʼda (mitralь, aortal stenoz yoki yetishmovchilik) kardioxirurgik amal qoʼllaniladi (yurak qopqoqchalari plastikasi yoki
protezlanishi).

Jarrohlik amali bod jarayoni oʼtkirlashmasdan oldin va quyidagi koʼrsatmalar asosida bajariladi:

•antibakterial terapiya samarasizligida;

• qopqoqchalar tabaqalarining kalьtsinoz va fibroz ifodali yurak qopqoq apparatining qon aylanishida ogʼir buzilishlarga olib keladigan yomon oʼzgarishlar (kuchayib boruvchi yurak nuqsonlari, qopqoqchalar buzilishining exokardiografik alomatlari).

Jarrohlik amali toʼgʼri kelmasligini koʼrsatuvchi dalillar bemorning umumiy ogʼir ahvoli bilan bogʼliq va maʼlum darajada oʼpka, jigar va buyrakning turgʼun yurak yetishmovchiligi natijasida zararlanishiga va shu aʼzolarning bevosita patologiyasiga bogʼliq.

Organizmda jarrohlik amalidan keyin infektsion endokarditlar rivojlanishi xavfi tufayli yuqumli kasallik tarqalishiga hech qanday yoʼl qoʼymaslik (gaymorit, tonzillit, xoletsistit, pielonefrit, endometrit, tish yalligʼlanishi va hokazolar) ham yurak qopqoqchalarini protezlashga toʼgʼri kelmaydi.

РЕВМАТИЗМ даволаш

Bod kasaligida TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)
Kasallik kuchaygan pallaga yetganda quyidagi giyohlardan foydalangan maʼqul:

Kizil doʼlana, dalachoy (zveroboy), moychechak guli, qayin kurtaklari, binafsha oʼti, dala qirqboʼgʼimi, ittikanak oʼti teng miqdorda 8 gr toʼplamga 300 ml qaynatilgan suv solinib, suv vannasida 15 daqiqa isitiladi, termosda 3 soat
tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Stakanning 1/3 miqdorida kuniga 3-4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Shifobaxsh arslonquyruq yaprogʼi, qayin yaproqlari, yorongul (geranь) butasi, kashtan, qizilmiya ildizi, naʼmatak mevasi, oq tol poʼstlogʼi butasi, togʼrayhon butasi teng miqdorda qoʼshiladi. Toʼplam tuyilganidan soʼng, 8 gr sovuq suvga solinadi, 4 soat tindiriladi, qaynatilib, 1 soat tindirilgach, suzgʼichdan oʼtkazilib, stakanning 1/3, 1/4 miqdoricha kuniga 3-4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Marvaridgul guli, qichitqioʼt butasi, joʼka guli, igir ildizi, archagul butasi, qizilpocha butasi, qayin kurtagi, brusnika
yaprogʼi, oq karrak guli, ittikanak butasi, atirgul yaproqlari, qirqboʼgʼim giyohi teng miqdorda toʼplamdan 6 gr tuyilganini 250 ml suvga solib damlanadi, termosda 4 soat
tindirilib, suzgʼichdan oʼtkaziladi. Stakanning 1/4 miqdoricha kuniga 4 mahal, ovqatan 30 daqiqa oldin ichiladi.

БОД (РЕВМАТИЗМ) даволаш усуллари

Kasallik qayta boshlangani aniq boʼlgandan keyin giyohlar
miqdorini kamaytirish maqsadga muvofiqdir.

Аrslonquyruq butasi, qichitqioʼt butasi, moychechak guli, ittikanak butasi teng miqdorda. 6 gr tuyilgan giyohlarni 250 ml qaynatilgan suvga solib, termosda 4 soat damlanib,
suzgʼichdan oʼtkaziladi. Stakanning 1/4 miqdoricha, kuniga 4 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

Doʼlana guli, labaznik butasi, qizil pocha butasi, togʼrayhon giyohi teng miqdorda. 8 gr tuyilganini 350 ml qaynatilgan suvga solinib, 3 daqiqa qaynatiladi, termosda 2 soat
damlanadi soʼng suzgʼichdan oʼtkaziladi. Stakanning 1/2-1/4 miqdoricha kuniga 4 mahal, ovqatdan oldin ichiladi.

Qichitqioʼt giyohi, uchbarg (vahta) yaprogʼi, oyboltirgʼon (dyagilь) ildizi, naʼmatak mevasi teng miqdorda. 8 gr tuyilganidan 300 ml sovuq suvga solinadi. 4 soat tindiriladi, qaynatiladi, 4 soat damlab quyiladi, suzgʼichdan oʼtkazilib, stakanning 1/4-1/3 miqdorida kuniga 3-4 mahal, ovqatdan
30 daqiqa oldin ichiladi.

(Visited 469 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!