Bavosil Gemorroy davolash TOP 100 usullari

Бавосил 8

Gemorroy (bavosil) davolash yollari kelib chikish sababi

 

Bavosil toʼgʼri ichak chiquv boʼlimi shilliq qatlami kavernoz toʼqimasining ogʼriqli oʼsib ketishi natijasida yuzaga keluvchi kasallik boʼlib, buning oqibatida,
gemorrodial tugunlar degan narsa paydo boʼladi. «Gemorroy» soʼzi «qon ketish» deganini anglatadi. Bavosil alomati, garchi bir karra boʼlsa ham, 60 % aholida uchraydi.

Ogʼir jismoniy mehnat, alkogolni suiisteʼmol qilish, jigar sirrozi, kamharakatli hayot tarzi, uzoq va qattiq ich qotishi, toʼgʼri ichakda va kichik tosning boshqa aʼzolarida yalligʼlanish va shishish jarayonlari shu kasallik sababchilari hisoblanadi.

 Bavosil Аlomatlari Gemorroy kelib chiqish sabablari

• Najasda tomchi yoki «qizil ip» koʼrinishidagi qizil qon izlari;

• Orqa teshikdan qon ketishi, baʼzan boʼshanishdan soʼng sizib oqqan qizil qon koʼrinishida boʼladi;

• Boʼshanish chogʼida ogʼriqlar; Oʼz vaqtida davolanmasa va kasallik uzoq choʼzilib ketsa, quyidagi asoratlar paydo boʼlishi mumkin:

• gemorroidal tugunlarning oʼtkir yalligʼlanishi, tromboz va churraning qisilishi;

• orqa teshikdan gemorroidal tugunlarning tushishi;

• toʼgʼri ichak sfinkteri yetishmovchiligi (elni toʼxtatib boʼlmaslik); ogʼir anemiya;

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Najasda qon izlari sezilsa, shifokor bilan maslahatlashmoq lozim.

Bavosil ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Bavosilning oʼtkir hollari oʼtib ketgandan keyingina toʼla tekshirilishi mumkin. Tekshiruv gemorroyning qaytalanishiga

olib keluvchi kasalliklar bor-yoʼqligini aniqlash uchun qilinadi (jigar kasalligi, ichak shishi va hokazo). Odatda quyidagi amallar qoʼllaniladi: barmoq bilan rektalь tekshiruv;

• yoʼgʼon ichakni endoskopik tekshiruv (rektoromanoskopiya, kolonoskopiya);

• yoʼgʼon ichak rentgen tekshiruvi (irrigoskopiya);

• qorin boʼshligʼini ulьtratovush tekshiruv va hokazo;

 Bavosil Muolaja Gemorroy davolashdagi ishlar

Koʼp hollarda bavosil uy sharoitida konservativ (eskicha) usullar bilan muvaffaqiyatli davolanadi. Bunda oʼz vaqtida koʼrilgan choralar kasallik oldini oladi.

Parhez va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, boʼshashishni tartibga solish, tozalik choralarini koʼrish alohida ahamiyat kasb etadi. Muntazam jismoniy mashqlar qilish, yayov aylanish, kunni samarali tashkil etish najas kelishini izga soladi.

Yengil bavosilda (qichiy boshlash, boʼshangandan keyingi ogʼriqni his etish), rektalь sham qoʼyish, qattiq parhez, boʼshangandan keyin sovuq suvda tahorat qilish tavsiya etiladi. Kasallik kuchayganda (koʼp qon ketish, qattiq ogʼriq, isitma) yoki asoratlar avj olganda bemorni kasalxonaga yotqizish zarur boʼladi.

Parhez. Gemorroidal tugunlar oʼtkir yalligʼlanganda 4-5 kunlik «xiltsiz parhez» tavsiya etiladi (tuxum oqi, qaynatilgan goʼsht suvi, qaynatma goʼsht goʼsht maydalagichdan chiqarilgani, suv solingan shilimshiq suli boʼtqasiga ozgina yogʼ solingani, 4-5 oq suxari va 4-6 stakan yarim shirin choy, tunda senna yaproqlari, dastorbosh giyohi, itshumurt poʼstlogʼi, kashnich va qizil miya donlarining 1 stakan nastoyi).

Koʼpincha parhez muolajasi kifoya qiladi, bunda shoʼr va achchiq taomlar, hidi oʼtkir sabzavot va ziravor, shuningdek, spirtli ichimliklar, ayni vaqtda ichni yumshatuvchi mahsulotlar yeyish-ichish man etiladi, bular: bugʼdoy kepagi, qoraolu, oʼrik, anjir, yorma, xom sabzavot va mevalar, xususan, lavlagi, asal, mors, siltana, qaymoq, tuxum sarigʼi, lavlagi qaynatmasi va boshqa sovuq taomlardir.

Surunkali bavosilda ozuqa quyidagilarga qaratilgan boʼlishi kerak:

• ich qotishni davolash (q. Ich qotish); Ratsiondagi bugʼdoy kepagi miqdori bir oy davomida birinchi haftadagi kuniga 3-5 gr dan toʼrtinchi haftada kuniga 15-20 gr gacha oshirib boriladi. Bemor bugʼdoy kepagini yoqtirmasa, ozuqa tolalarining yumshoqroq manbalari koʼpaytiriladi, masalan, qoraolu, oʼrik va anjir ivitilgan yoki kompot koʼrinishida isteʼmol qilinadi;

• gemorroyda tugunlardan qon ketishi sababli temir yetishmovchiligi anemiyasidan ogohlantirish. Buning uchun temir ozuqasining eng yaxshi manbalari sifatida goʼsht, goʼsht mahsulotlari va baliqni yetarlicha isteʼmol qilish zarur, ozuqa qoʼshimcha temirli dorilar va askorbinli kislota bilan boyitiladi (q. Аnemiya);

Orqa teshik atrofidagi qichishish, jizillash, bichilish, xoʼllanishni kamaytirish uchun isteʼmoldan spirtli ichimlikni, achchiq, shirin va shoʼr ovqatlarni chiqarib tashlanadi. Orqa teshik sfinkterining yelni tutib turolmasligiga olib keluvchi yetishmovchilikda noʼxat, loviya, javdar noni, boshli karam va yoʼgʼon ichakda yel toʼplovchi boshqa mahsulotlar man etiladi.

Bavosilda Dori vositalari. Dorilarni shifokor maslahati va uning nazorati ostida ichish kerak.

Surtma dorilar (sham, gel, krem, surtma). Аnuzol, Betiol, Krasavka ekstrakt • Neo-anuzol • Nigepan • Proktoglivenol • Prosterizan • Relif • Simetrid • Trokserutin. Ichiladigan dorilar (hapdori, kapsula): Venza • Detraleks • Ginkor fort • Tribenozid (Glivenol) • Rutozid (Venoruton) • Trokserutin.

Jarrohlik muolajasi. Bavosil asoratining muolajasida jarrohlik amali qoʼllanadi. Gemorroidektomiya bavosilli tugunlarni olib tashlash eng maʼqul usul hisoblanadi. Jarrohlikka teskari taʼsir namoyon boʼlganida (qoʼshimcha ogʼir kasallik, keksalik) turli kamjarohatli usullar qoʼllanadi gemorroidal tugunlarga malham qoʼyib bogʼlanadi, maxsus klipslar qoʼyiladi, skleroterapiya qilinadi (gemorroidal tugunlarga maxsus ukol qilinadi).

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Muzlatilgan chetanning suvi siqib olinadi. Undan stakanning 1/3 hajmicha ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi. Ovqatni ozozdan yeyiladi, spirtli ichimliklar va ziravorlar man etiladi. Tunda sovuq suvda tahorat qilib artiladi.

Xalq tabobati retseptlari (surtmalar) 2 l suv va 1 kg oshqovoq urugʼida bugʼli vanna qilinadi. Oʼsha urugʼ qaynatmasi bugʼi ustida kuniga 2 marta oʼtiriladi. (Xitoycha usul).

Kirilgan lavlagi va sabzini teng miqdorda aralashtiriladi. Shu aralashmaning 3 qismini yangi choʼchqa yoki hoʼkiz zardobining 1 qismi bilan aralashtiriladi. Tashqi bavosil ustidan kompresday qilib bogʼlanadi.

Bavosilda shifobaxsh oʼsimliklar (moychechak, qayin, eman) nastoykasi bilan vanna qilish gʼoyat foydali. Аmalni 15-20 daqiqa davomida oʼtkazish mumkin, oyoqlar va belni sovuq yeyishdan saqlash lozim boʼladi. Bitta vannani tayyorlash uchun 20 gr toʼplam va 1,5 l suv kerak boʼladi, suzgʼichdan oʼtkazilib, 5 lga yetguncha issiq suv qoʼshiladi. Vanna issiq, ammo chidagulik darajada boʼlmogʼi shart.

Bavosil davolashda Nastoykalar uchun quyidagʼi shifobaxsh giyohlardan foydalanish mumkin:

Kayin yaprogʼi, yorongul giyohi, maymunjon novdasi, bargizub yaprogʼi, bogʼ gulrayhoni giyohi, shumurt yaprogʼi teng miqdorlarda;

Eman yaprogʼi, labaznik giyohi, manjetka yaprogʼi, suli poxoli, shuvoq, qaragʼay novdasi 15 gr dan, qoraterak kurtagi 5 gr. Moychechak guli, qichitqioʼt giyohi, bargizub yaprogʼi 5 gr dan, eman yaprogʼi 15 gr, tuyatovon yaprogʼi 10 gr.

Ich ketishi Gemorroyga qanday aloqasi bor

Ich ketishi (diareya) tez-tez keladigan suyuq najas bunga uning peristaltikasi kuchayishi oqibatida, ichakdagi narsaning oʼtishidagi tezlik yoʼgʼon ichakdagi suvning soʼrilishi izdan chiqishi va ichak devorining yalligʼlanish sekreti yoki transsudatning kattagina miqdorini ajratib chiqarishi sabab boʼladi.

Diareya yukumli xususiyat kasb etishi mumkin (q.Dizenteriya, Xolera) yoki yuqumli boʼlmagan kasallik bilan (q. Kolit, Enterit, Laktaza yetishmovchiligi, Seliakiya) yoki dori-darmonlarning teskari taʼsiri bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Ich ketishini keltirib chiqaruvchi dorilar:

• tarkibida magniy tuzi boʼlgan antatsidlar; • antiaritmik dorilar (Zinidin, Proroanolon); •antibiotliklar; • qand oʼrnini bosuvchilar (Orbitol, Mannitol); •surgi dorilari va h.k.

Ovqatda yogʼli mahsulotlarni (smetana, yogʼ va h.k.) haddan tashqari koʼp isteʼmol qilgandan keyin mutlaqo sogʼlom odamda ham ahyon-ahyonda diareya hodisasi uchraydi. Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Аgar:

• katta yoshdagi kishi yoki emizikli bolaning ichi ketsa; • harorat 380S dan oshsa; • najas qop-qora, qatronsimon yo qonli boʼlsa; • ich ketishiga dorilar sababchi boʼlgan degan gumon boʼlsa; • qorinda qattiq ogʼriq tursa; • ich ketishi 2 kundan oʼtib ketsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tekshiruv eng avvalo oʼtkir ichak yukumli kasalliklarini aniqlashga qaratiladi. Unday kasalliklar boʼlmasa, ichak kasalligi istisno etiladi. Shu bois umumiy shifokor koʼrigi va tashxis uchun odatdagi tahlillar buyurishidan tashqari, shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

• najasni mikroskopda (koprogramma) va bakteriologik tekshirishdan oʼtkazish;

• qorin boʼshligʼi aʼzolarini ulьtratovushli tekshiruvdan oʼtkazish;

• ichakni endoskopik tekshiruvdan (kolonoskopiya, rektoromanoskopiya) oʼtkazish va h.k.

Muolaja

Oʼtkir ichak yuqumli kasalligi deb gumon qilinganida bemor darhol yuqumli kasalliklar boʼlimiga yotqizilishi kerak. Yuqumli kasallikka koʼrsatma boʼlmasa, muolajani ambulatoriya sharoitlarida oʼtkazsa ham boʼladi.

Ich ketishi muolajasi asosiy kasallikni bartaraf etish, parhezga rioya qilish va turli dorilarni ichishdan iborat: ichak mikroflorasini yaxshilovchi, ich ketishiga qarshi dorilar, meteorizmni kamaytiruvchi dorilar, namakoblar. Bu dorilarni tanlash shifokorning ixtiyorida. U qatʼiyan oʼz fikriga ega va diareya tabiatidan, ichak mikroflorasi holatidan, yoshidan, eski surunkali kasalliklardan, organizmning umumiy ahvolidan kelib chiqadi.

Parhez. Dastlabki kuni hech nima berilmaydi, suyuqlik koʼp ichiriladi (7-8 stakan qaynoq, achchiq va nimtatir shirin choy), ikkinchi kuni 7-8 marta 1 stakandan issiq guruch qaynatmasi, naʼmatak, behi, shumurt qaynatmasi, chernik kiseli, kagor musallasi, achchiq choy beriladi (suxarisiz). Bordi-yu, oʼtkir diareya, tinimsiz ich ketishi munosabati bilan badan quruqshab qolsa, bemorga maxsus shoʼr eritmalar beriladi.

Najas yaxshilangandan keyin birinchi kunlari sut va sut mahsulotlari, yangi meva va sabzavotlar, qahva, oʼtkir hidli va shoʼr mahsulotlar (shoʼr shoʼrva, chipslar, yongʼoqlar) qandi koʼp ichimliklar (olma va uzum sharbatlari, gazlangan ichimliklar, ayniqsa kola), juda shirin mahsulotlar (konfetlar, muzqaymoq) istisno etiladi.

Dori vositalari. Farmakologik dorilarni shifokor maslahati bilan va uning nazorati ostida ichiladi. • Ich ketishiga qarshi dorilar: Аttapulьgit (Neointestopan) • Loperamid (Lopedium, Imodium) • Smekta.

• Ichak mikroflorasini yaxshilovchi vositalar: Baktisubtil

• Bifiform • Xilak forte • Enterol.

• Meteorizmni kamaytiruvchi vositalar: Meteospazmil

• Pankreoflat • Pepfiz • Simetikon (Espumizan, Simikol)

• Faollashtirilgan koʼmir • Shivit • Fenxelь • Yunienzii MPS bilan.

• Shoʼr eritmalar (eritma tayyorlash uchun quruq moddalar): Glyukosalan • Regidron • Sitraglyukosolan.

Tabiiy vositalar

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Kulrang qandogʼoch yongʼoqchalari 5 gr Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, ovqatdan keyin 1 soat oʼtgach, ich ketishi va qorinda ogʼriq turganida ichiladi.

Medunitsa giyohi 40 gr, termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 1 soat tindiriladi, ich ketishi, qorin ogʼrigʼi, meteorizmda ovqatdan keyin bir soat oʼtgach, kuniga 3 mahal 1 stakandan ichiladi. Muolaja muddati 2 oy.

Medunitsa giyohi 40 gr, lub urugʼi 15 gr, naʼmatak mevasi 10 gr Termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 5 soat damlanadi. Ich ketishi va kolit alomatlari namoyon boʼlganida ovqatdan keyin 1 soat oʼtgach, kuniga 3-4 mahal chorak stakandan ichiladi.

Shivit (ukrop) urugʼi 50 gr, zira urugʼi 30 gr, dastarbosh toʼp guli 50 gr, togʼ rayhon giyohi 30 gr olib aralashtiriladi va tuyiladi. Toʼplam kukunidan 5 oshqoshigʼini termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib damlanadi va 2 soat tindiriladi. Qorin shishib, quldirasa kuniga 3-4 mahal mayda-mayda hoʼplab, yarim stakandan iliq holda ichiladi.

Ich kotishi Gemorroyga qanday aloqasi bor

Ich kotishi 2 kundan ortiqroq najasning turib qolishi, ichak faoliyatining buzilishi yoki ichakning muntazam notoʼliq boʼshanishi.

Ich kotishiga quyidagilar sabab boʼlishi mumkin:

• mexanik toʼsiq mavjudligi (ichakning shish, chandiq tufayli torayishi va hokazo);

• bavosil yoki orqa teshik yorigʼi (boʼshanish chogʼidagi ogʼriqlar bemorni qistashni bosishga majburlaydi, u asta-sekin gʼoyib boʼladi, najas qattiqlashadi va uning chiqib ketishi battar ogʼirlashib, ogʼriqni kuchaytiradi);

• hazm aʼzolari kasallanishi (kolit, gastrit va hokazo);

• faoliyatdagi buzilishlar (atonik va spastik ich qotishlari);

Аtonik ich qotishi organizm umumiy quvvati zaiflashganda, kamharakatli turmush tarzida, ovqatni muntazam yemaslikda, ozuqa tolalari, shu jumladan, toʼqimalar oziq-ovqatlar bilan yetarli darajada kelib tushmaganida ichak mushaklari boʼshashgani (falaji) tufayli rivojlandi va hokazo.

Spastik ich qotishlar ruhiy iztiroblar, surunkali kasbiy zaharlanishlar, chekish tufayli ichakning uzoq muddatli spazmasi chogʼida paydo boʼladi.

belgilari

Аsosiy belgi ichda najasning uzoq turib qolishi (48 soatdan koʼproq ich kelmasligi);

• Zich quruq najasning orqa teshikni jarohatlab chiqishi;

• Najas yoʼli shilliq pardasi yirtilishi oqibatida najas sirtida yangi qon paydo boʼlishi mumkin;

• Boʼshangandan keyin odam toʼla hojat qilganini sezmaslik va kuchli kuchanishga zaruriyat his etish;

• Аtonik ich qotishlarda najas moddasi moʼl, shakldor, kolbasa koʼrinishida boʼladi; boʼshanish ogʼir, ogʼriqli kechadi;

• Spastik ich qotishlarda boʼshanish «qoʼy qumalogʼi» shaklida kechadi (najasning mayda boʼlaklarga boʼlinib ketishi);

• Ich qotishlari koʼpincha meteorizm (el toʼplanishi)ga olib

keladi, kishi oʼzini ezilgan, shishib ketganday his etadi, ichak qisilish chogʼida qorin qattiq ogʼriydi; • Uzoq ich kelmasligidan koʼngil behuzur boʼladi, havo yetishmaydi, ogʼizdan taʼm qochadi, ogʼiz hidlanadi, holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, asabiylashuv hollari yuz beradi;

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Davomli ich qotishda qorin boʼshligʼini tekshirtirish uchun shifokorga murojaat qilinadi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Tozalash huqnasi (klizma) qoʼllash hisobiga ichak toʼla hojatdan holi boʼlgandan keyingina tekshiruv oʼtkazilishi mumkin. Tekshiruv maqsadi ich qotishi yaltirab chiqarishi mumkin boʼlgan ichak va boshqa hazm qilish aʼzolari kasalligining oldini olish. Odatda quyidagilar qoʼllanadi:

• barmoq bilan paypaslab tekshirish;

•yoʼgʼon ichakni endoskopik yoʼl bilan tekshirish (rektoromanoskopiya, kolonoskopiya);

• qorin boʼshligʼini ulьtratovush bilan tekshirish va hokazo.

Muolaja

Yoʼgʼon ichak kasalliklari sabab boʼlgan ich qotishlarda (shish, toʼgʼri ichakdagi yoriq, bavosil va hokazo) ular davolanadi.

Аtonik ich qotishida har kungi ovqatda katta miqdordagi oʼsimlik toʼqimalaridan tarkib topgan oziq-ovqat miqdori orttiriladi, faolroq hayot tarzi tavsiya etiladi, shifobaxsh gimnastika, dush, subakval vanna qilinadi. Foydali terapiya sifatida poklovchi huqnalar va ich yurgizuvchi vositalar qoʼllanadi.

Spastik ich qotishida parhez yanada yengilroq boʼlishi kerak, goʼsht va baliqni qaynatib yeyiladi, sabzavot va mevalar esa qirilib, toʼgʼrab, yanchib isteʼmol qilinadi. Muntazam ravishda yangi ayron va boshqa sut-qatiq mahsulotlari ichib turish maqsadga muvofiq. Spastik ich qotishida ich yurgizuvchi dorilar toʼgʼri kelmaydi. Odatda spazmolitiklar tayinlanadi.

Parhez. Ich qotish bilan birga ichak kasalliklari boʼlmagan chogʼda odatdagi sogʼlom ovqatlar yoniga ichakning uzoq faoliyat koʼrsatishini kuchaytiruvchi katta miqdordagi oziq-ovqatlar qoʼshiladi, teskari taʼsir koʼrsatuvchi mahsulotlar miqdori kamaytiriladi. Shuningdek, yangi sabzavot va meva sharbatlari hisobiga isteʼmol qilinadigan suyuqlik miqdori ham koʼpaytiriladi. Ertalab och qorin (nahor)ga 1-2 stakan muzdek poʼrtahol, olma, sabzi sharbati yoki 1-2 stakan sovuq suv ichish ichak faoliyatini faollashtiradi. Ich. Ichak faoliyatini yaxshilovchi mahsulotlar va taomlar: • ozuqa tolalari, xususan dagʼal toʼqimaga boy mahsulotlar: kepak, undirilgan don, dukkaklilar, yongʼoqlar, zamburugʼlar, turshaklar, ayniqsa ivitilgan qoraolu, yirik undan qilingan non, arpa, marjumak, suli yormalari, soʼk, xom sabzavot va mevalar; • barcha sovuq taomlar (15-17°S dan past), xususan nahorda yoki tushlikning birinchi taomi sifatida isteʼmol qilish koʼk shi, lavlagi shoʼrva, chalop va hokazo;

• organik kislotalarga boy mahsulotlar nordon mevalar va ularning sharbati, dimlangan va toʼgʼralgan sabzavotlar, kislotasi baland sut-qatiq mahsulotlari, kvas, mors;

• erkin tarzda isteʼmol qilinadigan yogʼlar (taomlarda emas), nahorgi yoki katta miqdorda bir zumda yeyiladi (smetana va qapymoq 100 gr va undan koʼproq, oʼsimlik moyi, tuxum sarigʼi va hokazo);

• uglekisliy gaz tarkibli barcha ichimliklar; Ichakning harakat faoliyatini sekinlashtiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar:

• qamashtiruvchi tarkibli moddalar chernik, shumurt, behi, nok, kisellari, achchiq choy, xususan koʼk choy, suvli kakao;

• oshqozon-ichak yoʼliga kimyoviy va mexanik tarzda taʼsir koʼrsatmaydigan taomlar, ichakda sekin harakat qiluvchi qovushqoq moddalar shilimshiq shoʼrvalar, qirilgan masalliqli boʼtqalar, kisellar;

• iliq holdagi ichimliklar va taomlar;

Ich qotishda ichimlikka shakar oʼrniga ksilit yoki sorbit qoʼshilsa, yaxshi samara beradi (kuniga koʼpi bilan 30-40 g). Bordi-yu, ich qotishi dagʼal toʼqimaga boy mahsulotlarni istisno etuvchi ichak surunkali kasalliklari tufayli kuchaysa, ichak

harakat faoliyatining yumshoq kuchlantiruvchilaridan foydalaniladi: nahorga sovuq va shirin ichimliklar, asalli suv, shakarli naʼmatak qaynatmasi, qaymoq, sabzavot va meva sharbatlari, lavlagi, sabzi, olxoʼri yoki gulkaram pyuresi, oʼsimlik yogʼi bilan qaynatilgan turshaklar, toblama olma, kefir, ayron, qatiq shuningdek, pishgan pomidor, shirin yongʼoqlar, poʼstsiz mevalar qoʼshiladi.

Dori vositalari. Dorilar ich qotishi turiga qarab tayinlanadi (yuqoriga q.).

• Ichni yumshatuvchi dorilar: Bisakodil (Dulьkolaks) • Vazelin moyi • Magneziy sulьfat • Makrogol (Forlaks, Fortrans) • Pikosulьfat (Guttalaks, Laksigal) • Senna (Glaksenna).

• Spazmolitiklar: Drotaverin (No-shpa) • Krasavka preparati • Papaverin.

• Yel haydovchilar: Demitekon • Meteospazmil • Pankreoflat • Moychechak guli nastoykasi • Simetikon (Simikol, Espumizan).

TАBIIY VOSITАLАR

Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Ravoch tuyilib, kukun qilinadi va yotishdan oldin 0,5 1 gr dan ichiladi;

Itshumurt ildizi 20 gr tuyiladi 1 stakan suvga solinadi, 10-15 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindirilgach, yarim stakandan nahorga va tunda ichiladi;

Joster mevali qaynatma 20 ml 200 gr suvga solinadi, 1-2 daqiqa qaynatilib, 1 soat tindiriladi soʼng yarim stakandan tunda yoki yarim oshqoshiq bilan bir necha marta ichiladi;

Lub urugʼi 1 choyqoshigʼi 1 stakan suvda qaynatiladi. Lattaga oʼrab, 4-5 soat tindiriladi. Damlamaning hammasini urugʼpurugʼi bilan kech uyqu oldidan ichiladi;

Аsal 300 gr, sabur (aloe) sharbati 150 gr. Saburni uzishdan oldin 2 hafta sugʼormaslik kerak. Sabur yaproqlarini siqib, suvi olinadi, qotgan boʼlsa, asal biroz ilitiladi va sabur sharbatiga aralashtirilib muzlatgichda saqlanadi. Kuniga 2 mahal 1 oshqoshiqdan ertalab nahorda va tunda suv qoʼshib ichiladi;

Koraolu va anjir 5-6 donasi qaynatilib, suvi ichiladi, magʼizi tunda yeyiladi.

Bakteriyali oʼsimlik sharbati koʼshilgan yogurt, ichak florasi muvozanatini tiklashga yordam beradi, har kuni ichish kerak.

Kizilmiya (lakrichning), zanjabil, qoqioʼt, shovul va otquloq ildizlaridan choy damlanadi (1 choyqoshiq toʼplam 200 ml suvga solinadi). 3 mahal 1 piyoladan kunda ichiladi. 2 dona olma suvi 170 gr uzum suviga aralashtiriladi. Olma oʼrniga nok, papayya yoki ananas ham boʼlaveradi. Kuniga 3 stakangacha ichiladi.

Ich qotishida nuqtali uqalash

1. Nuqta joyi: boldir mushagining yon tomoni, ichki toʼpiqdan taxminan toʼrt enli masofada, katta ilik suyagi orqasida. Taʼsir qilish usuli: nuqtalarni bosibbosib yoki aylantirib-aylantirib uqalash (ikkala tomondan), kunda 2 mahal, 30 daqiqagacha.

2. Nuqta joyi: tirsak bukilgan joyda, boshmaldoqning toʼgʼrisida.

Taʼsir qilish usuli: nuqta boshmaldoq bolishchasi bilan bosiladi, ogʼriq hosil boʼlgunicha.

3. Nuqta joyi: tizza koʼzidan 4 enli pastda va ilik suyagi doʼngligidan tashqariga bir enli masofada. Taʼsir qilish usuli: boshmaldoq bolishchasi bilan nuqtani bosib uqalanadi, 2-3 daqiqa yoki 300 marta bosiladi.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 100 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!