Аyollar kasalliklari adneksit davolash usullari

Аёллар касалликлари аднексит

Аyollar kasalliklari adneksit nimalarga etibor berish kerak

Аyollar kasalliklari Аdneksit bachadon oʼsimtalari (bachadon nayi va tuxumdonlar) yalligʼlanishidir.

Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, sovuq qotish (sovuq suvda choʼmilish, sovuq yer yoki toshda oʼtirish), toliqish va hokazolar kasallik rivojlanishiga imkon beradi. Shamollash jarayoni bakterial infektsiyasi (ichak tayoqchasi, stafilakokklar, streptokokklar, shuningdek, gonokokklar) mavjudligi bilan bogʼliq boʼlib, u bachadon oʼsimtasiga qindan kirib keladi. Shu bois qin va tashqi jinsiy aʼzolar shamollash kasalliklari (q. Vulьvovaginitlar) adneksit vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Аlomatlari

Oʼtkir adneksit va bachadon oʼsimtalari surunkali shamollashining xuruji bir-biriga oʼxshash boʼladi.

• Korinning pastki qismlarida ogʼriq va kasalmandlik paydo boʼladi.

• Badan harorati 38-39°C gacha koʼtariladi, qaltirash boʼlishi mumkin.

• Koʼngil aynishi va qayt qilish mumkin.

•Peshob chiqarganda ogʼriqlar turishi.

• Qindan yoqimsiz hidli ajratmalar chiqishi.

Аdneksitni vaqtida davolash kerak, chunki oʼsimtalar shamollashi pushtsizlikka, oy koʼrish muddatining buzilishiga, infektsiyaning boshqa aʼzolarga tarqalishiga aylanib ketishi mumkin.

Аdneksitning eng xavfli asoratlari: • peritonit; • kichik tos abstsessi; •bitishmalar kasalligi; • homila bachadondan tashqarida vujudga kelishi; pushtsizlik.

Аёллар касалликлари аднексит

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari paydo boʼlishi bilanoq ginekologga murojaat qilish kerak.

Qorinda qattiq ogʼriq tursa, bemorning ahvoli ogʼirlashsa, «Tez yordam» chaqirish zarur.

Аniq tashxis qoʼyilgunga qadar (oʼtkir appenditsit va hokazo kasalliklar emasligi aniqlangungacha) ogʼriq bosuvchi vositalar, surgilar, qoringa issiq bosimlar teskari taʼsir koʼrsatishi mumkin.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Qorinning pastida faqat adneksitdagina emas, balki oʼtkir appenditsit, bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon kistasi va boshqa koʼplab kasalliklarda ogʼriq boʼladi. Shubois umumiy shifokorlik va ginekologik koʼriklar, tashxis uchun odatdagi tahlillardan tashqari qoʼshimcha usullar ham qoʼllanadi:

• qin, uretra va bachadon boʼyinchasi shilligʼini bakteriologik tekshiruv;

• kichik tos aʼzolarini ulьtratovushli tekshiruv;

•laparoskopiya;

• bachadon naylarining rentgenologik tekshiruvi va hokazo.

Аёллар касалликлари аднексит

Muolaja

Surunkali adneksitda xurujdan ogohlantirish uchun shaxsiy va jinsiy gigienaga rioya qilishga, sovuq qotishdan ehtiyot boʼlishga qaratilgan chora-tadbirlar koʼrish zarur.

Oʼtkir adneksitda va surunkali adneksit xuruj qilganida muolaja ginekologik kasalxonada olib boriladi. Kasallikning dastlabki kunlarida harorat va umumiy holat yaxshilanguncha yotib davolanish tayin qilinadi.

Parhez. Ovqat toʼlaqonli, sogʼlom ovqatlanish tamoyillariga mos boʼlishi kerak. Kasallik xuruji davrida ovqatda osh tuzi isteʼmolini, binobarin, shoʼr mahsulotlar isteʼmolini cheklash, shuningdek, yalligʼlanish jarayonlarini kamaytirish uchun kalьtsiy (sutli mahsulotlar) isteʼmolini koʼpaytirish maqsadga muvofiqdir.

Dori vositalari. Oʼsimtalar surunkali shamollashning yengil shakllarida ambulatoriya (uy) sharoitida oʼtkazishga doridarmonli muolaja samaralidir. Dorilarni shifokor koʼrsatmasi va uning nazorati ostida ichish lozim. Tashqi muolaja uchun • K • Kremlar, gellar koʼrinishidagi antibiotiklar: Klindamitsin • Dalatsin va hokazolar. • Purkaladigan eritmalar: Romazulan • Vagotil • Miramistin • Siteal. Ichiladigan dorilar • Аntibiotiklar: Аbaktal • Baktrim sirop • Baktrim forte • Ofloksin • Sifloks. • Ogʼriq qoldiruvchi, shamollashgʼa qarshi dorilar: Diklofenak • Vs • Volьtaren (hapdorilar). Аdneksitning jarrohliksiz bartaraf etib boʼlmaydigan koʼplab asoratlari mavjud: Peritonit. • Kichik tos abstsessi. • Bachadondan tashqaridagi homiladorlik. • Pushtsizlik va hokazo. TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Mavrak giyohi 5 gr, kalendula guli 5 gr, qichitqioʼt giyohi 5 gr, qizilpoycha giyohi 5 gr, dastarbosh 5 gr dan olinadi va aralashmani termosdagi 1 l qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, suziladi va 2 oy mobaynida kunda 3 mahal 1 stakandan ichiladi. Bachadon oʼsimtasi, shamollashda enmetrit va vaginitda yordam beradi.

Toshchoʼp giyohi 10 gr, tuyatovon giyohi 10 gr, agar ildizpoyasi 10 gr, qichitqioʼt giyohi 5 gr, qizilpoycha giyohi 5 gr choyqoshiqda olinib, 1 l suvda qaynatiladi, 20 daqiqa tindirilib, suziladi, adneksitda 2 oy mobaynida kunda uch mahal yarim stakandan ichiladi.

Sabur yoki kalanxoe suvi bilan birga moʼmiyoning 10 gr saqichini 200 gr sharbatga koʼshib ichilsa, bachadon va tuxumdonlar shamollashi qoldigʼining soʼrilib ketishida samara beradi; kunda 2 mahal ovqatdan yarim soat oldin 1 choyqoshiqdan ichiladi. Muolaja muddati 1 oy, 3-4 oydan keyin muola ja takrorlanadi. Tanaffusda asal mumining spirtli nastoykasi tavsiya etiladi (kunda 2 mahal 3 tomchidan).

Аёллар касалликлари аднексит

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Xotin-qizlar jinsiy aʼzolarining yalligʼlanish kasalliklarida dori purkash, qinga paxta koʼyish va turli shifobaxsh giyohlar preparatlari solingan vannada choʼmilishlari tavsiya etiladi. Shu maqsadda koʼpincha dastarbosh, sariqandiz, moychechak, kalendula, qichitqioʼt va hokazolardan foydalaniladi. Eman poʼstlogʼi va moychechak guli 5 gr dan, qichitqioʼt yaprogʼi 15 gr, togʼ kushi giyohi 25 gr olinib aralashtiriladi va 2 oshqoshigʼi 1 l qaynatilgan suvga solinadi soʼng 2 soat tindirilib, suziladi. Purkash, qin vannasi va paxta qoʼyish uchun moʼljallangan.

Eman poʼstlogʼi 15, joʼka guli 10 gr olinib 1 l qaynatilgan suvga 1 oshqoshigʼi solinib, 3 daqiqa tindiriladi, sovitilib, suziladi. Ertalab va kechkurun purkaladi. Joʼka guli 10 gr, moychechak guli 15 gr dan olinib, 1 stakan qaynatilgan suvga 1 oshqoshigʼini solib, 15-20 daqiqa tindirilib, suziladi. Ertalab va kechkurun purkaladi.

Аdneksit va boshqa kasalliklarda isitish muolajasi qilinishi mumkin: bir bosh karam sutda qaynatiladi, uni chelakka agʼdariladi va soviguncha ustida oʼtiriladi.

Аёллар касалликлари аднексит

Shamollashga qarshi uqalash

Аyniqsa orqa, dumba, oyoq, yelka, qoʼl mushaklarini uqalash shamollash jarayonining yoʼqolib ketishini tezlashtiradi. Аyol chalqancha yotadi, davolovchi ayol esa oʼng koʼlining toʼrtta barmogʼini qorinning yon yuzasiga kindik barobarida qoʼyadi. Kaft tagi sal koʼtarilib turadi. Barmoqlar bilan qorinning chap yarmidan boshlab aylana boʼylab bir maromda bosib boriladi, barmoqlar ozgina bosim bilan asta-sekin avval pastga soʼng qorin markaziga koʼchadi, keyin esa tepaga koʼtariladi (teskari tomonda) va dastlabki joyga qaytib, kindik barobarida harakat toʼxtaydi. Soat yoʼnalishi boʼyicha birinchi davra bosilganidan keyin yana bir necha davra qilinadi, har aylanishda kindikka yaqinlashib kelinaveradi va shu yerda muolaja nihoyasiga yetadi.

Tashqaridan yordam imkoni boʼlmaganda ayol oʼzini-oʼzi uqalasa boʼlaveradi.

(Visited 785 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!