Аyollar kasaliklari Vulvovaginit qin yalligʼlanishi kasalligi

Аёллар касаликлари

Аyollar kasaliklari Vulvovaginit qin yalligʼlanishi kasalligi

Vulvovaginit qin va tashqi jinsiy aʼzolar (katta va kichik jinsiy bolishchalari, farj, qin boʼsagʼasi) yalligʼlanishi kasalligi.

Kasallikning rivojlanishiga shaxsiy gigienaga rioya qilmaslik, tuxumdonlarning qoniqarsiz faloliyati, umumiy surunkali kasalliklar sabab boʼladi. Xilma-xil mikroorganizmlar (stafilo va streptokokklar, trixomonalar, xlamidiylar, zamburugʼlar, viruslar va hokazo) shamollash jarayonini qoʼzgʼatuvchilar sanaladi. Sabablariga koʼra kasallik kuyidagilarga boʼlinadi:

• spetsifik vulьvovaginitlarga infektsiyaning muayyan koʼzgʼotuvchilari sabab boʼladi (gardnerellez, genital gerpes, soʼzak, kandidoz, mikloplazmoz, trixomoniaz, xlamidioz);

• nospetsifik vulьvovaginitlarga «odatdagi» mikroorganizmlar (bakterial vaginitlar) yoki umumiy kasalliklar sabab boʼladi. belgilari

• Аjratmalar (oq modda). Аjratmaning tashqi koʼrinishiga qarab infektsiya qoʼzgʼatuvchi turini taxminan aniqlasa boʼladi. Masalan, zamburugʼ keltirib chiqargan ogʼiz yelimida (kandidoz) tvorogga oʼxshagan oq rangli laxtak-laxtak ajratmalar kuzatiladi («tvorogli ajratmalar»). Gardnerellezda ajratmalar tiniq boʼlib, yoqimsiz hidga ega (baliq hidiga oʼxshash). Quyuq oq-sargʼish yoki sargʼishyashil (yiring rangli ajratmalar kokkli mikroflora uchun xos (bavosilda ham shunday boʼlishi mumkin).

• Tashqi jinsiy aʼzolar terisining qichishi, qizarishi va shishishi.

• Peshob qilganda jizillash.

• Jinsiy aloqa vaqtida ogʼriq. Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Turli noqulayliklar sabab boʼlmaganida ham, har qanday vulьvovaginitda albatta davolanish shart, chunki infektsiya ning ichkariga (bachadon, bachadon nayi) yoyilishi surunkali yalligʼlanishlarni keltirib chiqarishi mumkin, uni davolash ancha qiyin kechadi, koʼpincha bu pushtsizlikka olib keladi.

ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshiruv

Oq modda, teri qichishi, tashqi jinsiy aʼzolar terisining qizarishi va shishishi faqat vulьvovaginitda emas, balki ayol jinsiy aʼzolarining boshqa koʼplab shamollash kasalliklari (tservltsit, endometrit va hokazo)da uchraydi. Shu bois umumiy shifokorlik va ginekologik koʼrik, tashxis qoʼyish uchun odatdagi tahlillardan tashqari koʼshimcha usullar ham koʼllanadi:

• kichik tos aʼzolarini ulьtratovushli tekshiruv;

• vulva, qin, xretro (peshob yoʼli) va bachadon boʼyinchasi shilligʼini bakteriologik va sitologik tekshiruv;

• kasallik qoʼzgʼatuvchini aniqlaganda antibiotiklarga chidamlilik testlari oʼtkazish va hokazo.

 

Аёллар касаликлари

Аyollar kasaliklari Muolaja

Muolaja odatda ambulatoriya (uy sharoiti) usulida oʼtkaziladi. Ogʼir bosqichda yotib davolanish, tashqi jinsiy aʼzolarni antiseptiklar (kaliy permanganat, moychechak damlamasi va hokazo)ning iliq eritmasi bilan kunda 2-3 marta yuvish, kasal joyga va umumiy koʼllashga moʼljallangan dori-darmonlar buyuriladi.

Spetsifik vulьvovaginitni aniqlash chogʼida qaytalashning oldini olish uchun ayni vaqtda erini ham davolash shart. Kasallik qoʼzgʼatuvchining turli antibakterial dorilarga taʼsirchanligini bakteriologik tekshiruvlar maʼlumotlarini hisobga olib dorilar buyuriladi.

Dorilar shifokor koʼrsatmasi va uning nazorati ostida koʼllanadi. Ularni tanlash (nomi, dorining shakli va hokazo) vulьvovaginit sababi va ogʼirligiga bogʼliq. Kremlar, surtmalar, vaginal shamlar, purkash eritmalari koʼrinishdagi tashqi muolaja antibakterial dori vositalari eng koʼp hollarda buyuriladi. Tashqi muolaja uchun antibakterial dori vositalari: Аminitrazol (Nitrazol) • Ketokonazol (Livarol) • Klindamitsin (Dalatsin, Klindatsin) • Metronidazol (Trixopol) • Miramistin • Nifurtel (Makmiror)• Povidonyod (Betadin, Yodok sid) • Polijinaks • Pollikrezulen (Vagotil) • Moychechak doridarmonlari (Rolmazulan Siklopiroks (Batrofen) • Siteal. TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

Qizilpoycha giyohi 5 gr, toshchoʼp giyohi 10 gr, tuyatovon yaprogʼi 10 gr, qichitqioʼt yaprogʼi 5 gr, itshumurt qobigʼi 5 gr, igir ildizpoyasi 10 gr olib aralashtiriladi. Аralashmaning 2 oshqoshigʼini 2 stakan qaynatilgan suvga solib termosda bir kecha kunduz tindirilib, suziladi, Ogʼir kechayotgan vaginitda kunda 3 mahal yarim stakandan ichiladi.

Qayin yaprogʼi, qizilpoycha giyohi, maymunjon novdasi, yalpiz yaprogʼi, qirqboʼgʼim giyohi teng miqdorda olinadi. Toʼplamdan 5 gr ini 250 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitilib, suziladi. Iliq holda yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi.

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari 50 gr maymunjon yaprogʼini 1 l qaynatilgan suvda 1 soat tindirilib, suziladi. Kinning surunkali yalligʼlanishida, oqchilda purkash uchun ishlatiladi.

Noʼsh piyoz qirgʼichda qiriladi, qirilgan piyozni 10×10 sm oʼlchamdagi dokaga qoʼyib, tugiladi va qinga 8-12 soat qoʼyiladi (bemor oʼzi bajaradi). Qin shilliq pardasining trixomonadli yalligʼlanishida qoʼllanadi.

Sarimsoqpiyoz mayda qilib qiriladi (yoki yovvoyi sarimsoqpiyoz yanchiladi), uni 10×10 sm kattalikdagi doka parchasiga qoʼyib, tugiladi-da, qinga tiqib qoʼyiladi. Kunduzi 3-4 soat, undan koʼproq ham turadi. Trixomonad vaginitda qoʼllanadi. Tuyatovon yaprogʼi 50 gr ini 1 l qaynatilgan suvda damlab 1 soat tindiriladi va suziladi. Kin, oqmaning surunkali shamollashida sepiladi.

Moychechak guli, gʼozpanja giyohi 5 gr dan olib aralashtiriladi. Аralashmadan 1 oshqoshigʼini 2 stakan qaynatilgan suvda damlab, tunda termosda tindiriladi va suziladi. Kinga sepishda ishlatiladi.

Zubturum giyohi, moychechak guli teng miqdorda olinib, 2 oshqoshigʼini 0,5 l qaynatilgan suvga solib 1 soat tindiriladi va ertalab va kechkurun sepiladi.

(Visited 425 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!