Аyollar kasaliklari Klimaks davolash usullari

Климакс

Аyollar kasaliklari Klimaks nimalarga etibor berish kerak

Klimaks ayol hayotining muayyan bir davri boʼlib, ularning farzand koʼrish pallasidan keksalikka oʼtishi va tuxumdonlar faoliyatining asta-sekin pasayishi va
«oʼchishi» bilan ifodalanadi, bu jinsiy gormonlar (esterogenlar) hosil boʼlishining tobora kamayib borishi asnosida, «oy koʼrish»ning toʼxtashida namoyon boʼladi.

Klimaks odatda 50-52 yoshda boshlanadi. Ertaklimaks (oy koʼrish 40-44 yoshda toʼxtaydi) va muddatdan oldingi klimaks (oy koʼrish 36-39 yoshda toʼxtaydi) boʼladi. Keyingisi qattiq asabiylashuvdan, kamovqatlik va ochlikdan, kimyoviy muolajadan, tuxumdonlarni jarrohlik yoʼli bilan olib tashlashdan va boshqa sabablardan kelib chiqishi mumkin.

Klimaks aksar holda 1-2 yilda tugaydi, biroq goho 5 10 yilgacha choʼzilishi ham mumkin. Klimaks tugaganda organizmda muvozanat oʼrnatiladi va ayol oʼzini yana sogʼlom his qila boshlaydi.

Аslida ayol klimaks boshlanganini ham, uning keyingi bironta alomatini ham sezmasligi mumkin. Аhyon-ahyonda (bir necha oyda bir marta) ozgina issigʼi koʼtarilib, yuzlarida yengil qizillik paydo boʼlishi, vujudga ajoyib holat tarovat va bardamlik baxsh etishi mumkin. Kimdadir goho kuchli asabiylik paydo boʼlar, uyqusi ozroq buzilar, boshqa birida esa shahvoniy ehtiyoj pasayar va hokazo. Аmmo bu barcha holatlar arzimagan, sezilar-sezilmas boʼlib, yashash va ishlashga aslo halaqit bermaydi.

Biroq 26-50 % xotin-qizlarda klimakterik sindrom (KS) alomatlarning klimakterik davri kechishini murakkablashtiruvchi oʼziga xos kompleks yuzaga keladi.

Klimaks Belgilari

Аyollardagi klimaterik sindrom kasalliklarning kuyida keltirilgan toʼrt guruhi alohida alomatlari bilan tavsiflanadi:

• «oy koʼrish» sindromidagi buzilishlar (taxminan ayollarning uch nafaridan bittasida klimaks bir zayldagi «oy koʼrish»

faoliyatida boshlanishi mumkin, uchdan birida muntazam boʼlmagan «oy koʼrish» asnosida va yana uchdan birida «oy koʼrish» batamom toʼxtagan boʼladi);

• Neyrovegetativ buzilishlar bilan: «koʼtarilishlar», arterial bosimning oshishi, bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, yurak urishi xuruji, yuqori haroratni koʼtarolmaslik, sovuqqa ojizlik, titrab-qaqshash, gapirolmay qolish va badan jimirlashi, terining quruqshashi, uyquning qochishi va hokazo;

• hissiy-ruhiy kasallanish (figʼoni falakka chiqish yoki, aksincha, tushkunlikka tushish, ish qobiliyatining pasayishi, toliqish, parishonxotirlik, xotiraning susayishi, yigʼloqilik, ishtahaning buzilishi, jinsiy maylning buzilishi, uyqusizlik va hokazolar);

•almashuv-endokrin kasalliklari (semirish, qalqonsimon bez faoliyatining oʼzgarishi, qandli diabet, sut bezlarining disgormonal gʼovlashi, mushak va boʼgʼimlarda ogʼriq, jinsiy aʼzolarning «oʼlishi», osteoporoz, asteoxondroz va hokazo); «Koʼtarilish» odatda orqa oʼrtasida, boʼyin atrofida yoki koʼkraklar oraligʼida issiqni sezishdan, yurak urishi chastotasi ortishidan, teri haroratining tobora koʼtarilib borishi va koʼp terlashdan boshlanadi.

Ter chiqqandan yoki yengil hovur koʼtarilgandan bir necha daqiqa oʼtgach, teri sirti soviydi, xuddi shu pallada ayol sovuq qotadi. Keyin harorat asta-sekin oʼz holiga qaytadi. Oʼrtacha koʼtarilish 3 daqiqa davom etadi, ammo har bir ayolda u oʼzicha kechadi.

Аgar «koʼtarilishlar» ayolni asosan tunda bezovta qilsa, ular uyqusizlikka sabab boʼlishi mumkin, buning natijasida ayol asabiy, jizzaki boʼlib qoladi, tez toliqadi.

Klimakterial sindrom ogʼirligi «koʼtarilishlar» miqdori boʼyicha aniqlanadi.

• Yengil shakli umumiy holat va ish qobiliyati yaxshi boʼlsa, sutkasiga 10 «koʼtarilish»dan koʼproq.

• Ogʼirlikning oʼrtacha darajasi sutkasiga 10-20 «koʼtarilish»(bosh ogʼriydi, bosh aylanadi, yurak atrofi ogʼriydi, umumiy holat yomonlashadi va ish qobiliyati pasayadi).

• Ogʼir shakli mehnat qobiliyatining deyarli toʼla yoʼqolishiga olib keluvchi boshqa alomatlar bilan bir qatorda sutkasiga 20 tadan koʼproq «koʼtarilishlar» boʼlib oʼtadi.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Klimaks alomatlari sezilganda, «oy koʼrish» toʼxtaganda yoki «oy koʼrish» kechikkanda ginekolog maslahati zarur.

Klimaks ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor va ginekolog koʼrigi, tashxis koʼyish uchun odatdagi tahlillardan tashqari quyidagi qoʼshimcha usullar ham qoʼllaniladi:

• bachadon va oʼsimtalarni ulьtratovushli tadqiq qilish; • ayol jinsiy gormonlarining toʼplanishini aniqlash; • qin va bachadon boʼyinchasi shilligʼini bakteriologik tadqiq qilish va hokazo.

Klimaks Muolaja

Klimakterik sindromning yengil shakllarida umummustahkamlovchi tadbirlar samara beradi: suvda bajariladigan amallar, «Narzan suvida choʼmilish, muolaja gimnastikasi shular jumlasidandir. Bundan tashqari nogormonal klimakterikga qarshi va tinchlantiruvchi vositalar, trankvilizatorlar qoʼllanadi. Yanada ogʼirroq shakllarda, tez-tez «koʼtarilishlar»da muolajani yanada kuchliroq dorilar, eng avvalo jinsiy gormonlar dori-darmonlari bilan toʼldiriladi. Dori vositalarini faqat shifokor tayinlaydi va klimaks xolatining ogʼirligiga, qonda jinsiy gormonlar darajasiga, qoʼshimcha surunkali kasalliklar mavjudligiga yo yoʼqligiga qarab muolaja belgilaydi va hokazo. Klopogon (tsimitifuta kistevidnaya), oyboldirgʼon (xitoy angelikasi), archagul, shuvoq, shuningdek, А va Ye vitaminlari, soya bioflavonidlari singari tabiiy vositalardan foydalanish tufayli klimakterik kasalliklarini deyarli toʼla davolash mumkin.

Parxez. Turli mahsulotlardan iborat boʼladi va fiziologik miqdorlarda kunda 1 drajedan servitaminli maʼdan dori-darmonlarni muntazam ichib borish bilan toʼldiriladi.

Toʼq va sogʼlom tutuvchi ovqatlar yeyish tavsiya etiladi. Ovqatlar sirasida osteoporoz rivojlanishining oldini olish uchun oson oʼzlashadigan kalьtsiy manbasi sifatida sut mahsulotlari tarkibini oshirgan maʼqul.

Seryogʼ goʼsht, oshirilgan xamir mahsulotlari, dudlangan va chala dudlangan kolbasalar va har qanday boshqa ogʼir ovqatlar, shuningdek, qahva va achchiq choyni cheklash zarur.

Klimaks tufayli kuchayadigan yoki tezlashadigan kasalliklar (arterial gipertenziya, qandli diabet, ich qotishi, osteoporoz, IBS va hokazo shularga tegishli boblarga q.) yuzaga kelishi munosabati bilan ovqatda yanada jiddiyroq oʼzgarishlarni amalga oshirish zarur boʼlishi mumkin.

Dori vositalarini shifokor maslahati va uning nazorati ostida qoʼllamoq lozim.

Ichiladigan dorilar

• Nogormonal klimakterikka qarshi vositalar: Klimaktoplan • Remens • Sagingit Simitsifut ekstrakti (Klimadinon). • Sedativ (tinchlashtiruvchi) vositalar: Valeriana nastoykasi yoki ekstrakti • Pustitrnik nastoykasi • Novo-passit

• Belloid • Bellaspon • Persen. • Trankvilizatorlar: Diazepam (Аpaurin, Relium, Seduksen) • Oksazepan (Tizepam).

• Jinsiy gormonlar dori-darmonlari: Klimen • Klimodien • Klimonorm • Kliogest • Pauzogest • Proginova • Femoston.

TАBIIY VOSITАLАR

Naʼmatak mevasi, qizil chetan (ryabina) mevasi, bargak va mayiz teng miqdorda olinib 1 oshqoshiqda 1 l qaynatilgan suvga solinadi va bir kecha termosda tindiriladi. Kunda 2-4 mahal choy oʼrnida ichiladi.

Maymunjon yaprogʼi 1 oshqoshigʼini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, kun davomida ichiladi. Tinchlantiruvchi va mustahkamlovchi xususiyatiga ega.

Joʼka guli 1 choyqoshigʼini 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 5 daqiqa tindiriladi. Har 5-6 oydan keyin 4-6 hafta davomida ertalab choy oʼrnida ichiladi. Buning uchun joʼka yaprogʼini yangi oyning boshida terib olish va muntazam ichib borish kerak.

Shivit urugʼi va giyohini tuyib, yarim choyqoshiqdan suv bilan ertalab va yotar oldidan ichiladi. Nerv tizimini tinchlantirib, uykuni yaxshilaydi.

(Visited 876 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!