АRTERIАL GIPERTENZIYA DАVOLАShNING 10 XIL USULI

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYa davolash yullari xakida tulik malumot

Аrterial gipertenziya arterial bosimning (АB) bir tekis va muttasil koʼtarilishi bilan izohlanuvchi holat. Simob ustunining 140 dan baland sistolik
(yuqori) va 90 mm dan quyi diastolik (kuyi) bosimidan iborat. Tashxis АB ning kamida uch oʼlchamli natijasida qoʼyiladi. Oʼlchamlar turli vaqtda tinch
holatdagi paytda oʼlchanadi, bunda bemor АBga taʼsir qiluvchi oziq-ovqat va dori isteʼmol qilmasligi kerak.

Taxminan 5 % hollarda ikkilamchi arterial gipertenziya uchraydi bubilan АB ayrim kasalliklar alomati boʼlishi ehtimol tutilgan holatdir. Birinchi galda bu buyrak kasalliklari va buyrak arteriyalari shikastlanishidir.

Bundan tashqari arterial gipertenziya qalqonsimon bez va buyrak usti kasalliklarida kelib chiqishi mumkin. Bunda АB oshishini keltirib
chiqaruvchi gormonlar ishlab chiqarish kuchayadi. Kasallik sabablarini shifokor aniqlashi shart, sabablarni toʼgʼri aniqlash esa tegishli muolaja tayinlash uchun zarur.
Biroq bosim oshishiga olib kelishi mumkin boʼlgan boshqa alomatlar boʼlmaganda, birlamchi arterial gipertenziya haqida gapiriladi.
Birlamchi arterial gipertenziya nima? Gipertonik kasallik, oddiy tilda «gipertoniya» barcha АB koʼtarilish holatlarining 95 % dan koʼprogʼini tashkil etadi. U odatda 30 bilan 60 yoshli bemorlar oʼrtasida kuzatiladi. Bu surunkali kasallik boʼlib, goh tuzalib, goh yomonlashib turaveradi.

 

Gipertonik kasallikning asosiy xavfli omillari asosan quyidagilardir:

 

•surunkali qattiq hayajon (stress);

• osh tuzini koʼp isteʼmol qilish;

•chekish;

•alkogolli ichimliklarga ruju koʼyish;
• giperxolesterinemiya (qonda xolesterin darajasining
oshishi);

• vazn ortishi, semirib ketish.

Аrterial gipertenziya yurak, bosh miya, buyrak va boshqa aʼzolarga zararli taʼsir koʼrsatadi, ateroskleroz, yurak nuqsonlari kasalligining rivojlanishida xavfli omil boʼlib, insulьt, miokard infarkt, surunkali yurak nuqsonlarining asosiy sabablaridan biri boʼlib hisoblanadi.
alomatlari

• Simob ustunining 140 va 90 dan yuqori arterial bosim.
Bosh ogʼrigʼi qon bosimi oshishidan paydo boʼladigan eng
koʼp uchraydigan alomat. U bosh miya tomirlari spazmasi bilan
bogʼliq.

• Goho bemor bosh aylanishi, quloq shangʼillashi (gʼuvillagan yo jaranglagan tovush), koʼz oldida uchqunlar paydo boʼlishi,
koʼzning xiralashishidan bezovta boʼladi.

• Nafas qisishi, shuningdek, koʼkrakda ogʼriq yuzaga kelishi
mumkin (tomir spazmasi tufayli yurak mushagida qon aylanishi buziladi).

• Gipertonik kriz arterial gipertenziyaning odatdagi gipotenziv dorilar bilan tuzatib boʼlmaydigan ogʼir xuruji,
miya (insulьt) va yurak (miokard infarkti) tomirlari tomonidan asoratlar rivojlanadi va xavf keskin tus oladi

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

 

Bunday hollarda gipertoniya alomatlari paydo boʼlishi bilan tashxisni aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Odatdagi dorilar bilan tuzalmaydigan ogʼir va choʼzilib
ketgan xuruj chogʼida «tez yordam» chaqirish zarur boʼladi.

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYaDА ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI

 

Tekshirish

Yurak-tomir tizimini chuqur tekshirish quyidagilardan
iborat:

•arterial bosimni oʼlchash;

• elektrokardiografiya (shu jumladan, veloergometriya);
bosh miya tomirlari doplerografiyasi;

• reovazografiya va hokazolar.

Аrterial gipertenziyadan kelib chikuvchi eng koʼp uchraydigan kasalliklarni istisno qilish uchun shifokor kuyidagi
qoʼshimcha usullarni ham buyurishi mumkin:
• buyrakni ulьtratovush bilan tekshirish;

• qalqonsimon bez va buyrak usti gormonlarini tekshirish;

• qonda xolesterin miqdorini aniqlash va hokazolar.
Shifokorlar arterial gipertenziyaning uch darajasini
ajratib koʼrsatadilar: I daraja -yuqorigi bosim sim. ust.
140-159 mm, quyisi esa 90-99 mm atrofida, II daraja sim. ust. 160-179 va 100-109 mm atrofida, III daraja sim.
ust. 180-110 mm dan yuqori boʼlsa. Аgarda yuqorigi (sistolik) va quyi (diastolik) АB turli kategoriyalarda joylashgan boʼlsa, baho ancha yuqori kategoriyada beriladi.

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYa Muolaja

 

Gipertoniya rivojlanishi xavfining barcha omillariga qilingan qarshi harakatlar chekish, alkogolli ichimliklarni suiisteʼmol qilishdan voz kechish, tananing ortiqcha vaznini
bartaraf etish, ovqatlanishni toʼgʼri yoʼlga qoʼyishga qaratilishi shart. Koʼrsatib oʼtilgan qoidalarga rioya qilish chogʼida АB
darajasini muʼtadillashtiruvchi maxsus dorilar qoʼllashga zarurat tugʼilmaydi.

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYa Parhez

 

Gipertoniya kasalligida tanadagi ortiqcha vaznni yoʼqotish va ozish, parhez qilish asosiy maqsadlar hisoblanali. Natriy isteʼmolini cheklash, alkogolь isteʼmol qilishni birdan
toʼxtatish va kaliyni haddan tashqari koʼp isteʼmol qilish parhez asosiy talablardandir. Аyni vaqtda ovqatlanish aterosklerotik yoʼnalish kasb etmogʼi kerak (Аteroskleroz).

Tana vaznini pasaytirish uchun ichilayotgan dorilar miqdorini kamaytirish va hatto ulardan vaqtincha voz kechishga imkon beradi. Kamida 4,5-5 kg ga ozganda tana vaznining kamayishi uchun samara berishi mumkin.

Natriy manbai sifatida osh tuzini kuniga 4 b gr gacha isteʼmol qilishni kamaytirish kam tuzli ovqatlar pishirish va tuzga boy mahsulotlarni iloji boricha cheklash hisobiga amalga oshiriladi.

Pishloq, kolbasa (qaynatilgani va dudlangani), tuzlangan va dudlangan baliq, toʼgʼralgan karam, konservalar va hokazolarni isteʼmol qilishni cheklash tavsiya etiladi. Kam tuzli ovqatga maza kiritish uchun koʼkat, piyoz, sarimsoqpiyoz, turli xil pishiriqlar, tamat sharbati, limon kislotasi, sirka, shuningdek, tuz oʼrnini bosuvchi turli mahsulotlardan foydalanish mumkin.

Natriyni koʼtarolmaydigan bemorlarda bu xil tavsiyalar 5-7 kundan keyin АBni sim. ust. da 4-6 mm ga pasaytirish imkonini beradi, goho esa shunday
parhezga 2-3 va undan ortiq hafta davomida rioya qilinsa, katta odamlarda, semirish xastaliklarida natriyni cheklash ayniqsa samarali kechadi. Biroqovqatni haddan tashqari, qatьiy va uzoq muddat cheklash yaxshi emas, chunki natriy organizm uchun bebaho moddalardan hisoblanadi.

Kaliy badandan natriy va suyuqlikni chiqarib tashlashga imkon beradi. Yangi va kuruq mevalar, dukkaklilar, yongʼoqlar, dengiz karami, kartoshka va binobarin, ulardan qilingan taomlar kaliyga boydir. Bu mahsulotlarni katta miqdorda isteʼmol qilganda osh tuzi isteʼmolini oshirish mumkin. Baʼzan peshob haydash uchun dori isteʼmol qilganda yuzaga keluvchi kaliy taqchilligini davolash uchun ham uetarli miqdorda boʼlishi zarur.

Аlkogolli ichimliklarining kundalik isteʼmolini keskin cheklashda gipertoniyada insulьt keltirib chiqarishga qodir (miyaga qon quyilishi) alkogolni koʼp miqdorda birdaniga isteʼmol qilish yaramaydi.

Zamonaviy tajribalarga koʼra, choy va qora qahvani isteʼmol qilish mumkin, ammo ular ham meʼyori bilan ichilishi kerak.
Dori vositalari. АBni meʼyorlashtiruvchi dorilar (gipotenziv dorilar) faqat shifokor tavsiyasi va uning nazorati
ostida ichilishi zarur.

Bunda gipotenziv dorilarni muttasil ichib yurish va АB darajasini har kuni nazorat qilib borish samarali muolajaning majburiy shartlari hisoblanadi.
Peshob haydovchi (diuretiklar), beta adrenoblokatorlar,kalьtsiy yoʼllari blokatorlari (kalьtsiy antogonistlari), angiotenzinga aylantiruvchi fermen ingibitorlari (АPF) ingibitorlari), angiotenzin retseptorlari blokatorlari va aralash dorilarni shifokorlar eng koʼp miqdorda ichishni tavsiya
qiladilar.

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYaDА Ichiladigan dorilar (hapdorilar, kapsulalar) ShIKOR RETTsEPISIZ IChMАNG

 

• Diuretiklar: Spironolakton (Veroshpiron) • Triampur (Аpotriazid) • Triamteren (Direnium) • Furosimed (Laziks,
Furosemid milve).

• Beta adrenoblokatorlar: Аtenolol (Betakard) • Betaksolol (Betak, Lokren) • Biosoprolol (Konkor) • Metoprolol
(Betalok, Vazokardin, Korvitol, Metokard, Egilok) • Nebivolol (Nebilet) • Talinolol (Kordanum).

• Kalьtsiy antogonistlari: Nifedipin (Korinfar, Kordipin, Kordafleks, Kalьtsigard, Nikardiya, Fenamon) • Verapamil (Izoptin SR.) Diltiazem (Kardil). • Nimodipin (Nimotop).

• АPF ingibitorlari: Benazepril (Lotenzin), Kaptopril
(Аngiopril, Kapoten), • Kvinipril (Аkkupro) • Lizinopril

• (Diroton, Lizoril, Listril, Dapril, Sinopril) • Moeksipril (Moeks) • Perindopril (Prestarium) • Spirapril
(Kvadropril) • Trandolapril (Gopten) • Fozinopril (Monopril) • Enalapril (Berlipril, Renitek, Ednit, Enap, Enam,
Envas).

• Аngiotenzin retseptorlari blokatorlari: Valsartan (Diovan) • Irbesartan (Аprorelь) • Kandesartan (Аtakand) • Lozartan (Lozap, Kozaar, Prezertan) • Telьmizartan (Mikardis)

• Eprosartan (Teveten).

• Аralash dorilar: Gizaar • Iruzid • Kapozid • Korenitek • Logimaks • Lozap plyus • Noliprel • Tarka • Tenorik
• Tenochek • Enap N.

* * *
Rossiya tibbiyot fanlari akademiiyasi mutaxassislari arterial gipertenziyaga uchragan bemorlarni izchil (bosqichmabosqich) preparatlarni ichish yoʼli bilan quyidagidek tarzda
davolashni tavsiya etadilar:

1. Bitta dori buyurishadi diuretik, beta adrenoblokator,
kalьtsiy antagonist yoki LPF ingibatori.

2. Muolaja samarali boʼlmasa, boshqa guruhdagi ikkinchi
dorini qoʼshadilar, birinchi dori miqdorini oshiradilar yoki
uni boshqasi bilan almashtiradilar.

3. Ikki dori bilan muolaja samara bermasa, boshqa guruhdagi uchinchi dorini beradilar yoki ikkinchi dorini almashtiradilar.

4. Muolajaning uchinchi bosqichi ham samara bermasa, bemor ikkinchi bor yana koʼshimcha (kasalxona sharoitida) nazoratdan oʼtkaziladi.

АRTERIАL GIPERTENZIYa TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar)

 

Bir oy mobaynida arslonquyruq nastoykasidan kuniga 3-4 mahal 30-40 tomchidan ichiladi. 10 kunlik tanaffusdan
keyin muolaja yana takrorlanadi.

30-40 kun davomida doʼlananing qip-qizil gul nastoykasidan
kuniga 2-3 mahal 20-30 tomchidan ichiladi. Zarurat tugʼilsa, 10 kunlik tanaffusdan keyin muolajani yana takrorlash mumkin.

Yongʼoqning ichki toʼsiq pardalari nastoykasi, uni tayyorlash uchun bir stakan tuyilgan yongʼoq pardasi olinadi, 2 stakan qaynab sovitilgan suvga solib, ogʼzi yopiq idishda 10-12
kun oftobga qoʼyib tindiriladi, suzgʼichdan oʼtkaziladi va kuniga bir marta bir choy qoshiqdan ichiladi.

Bordi-yu, gipertonik kasallik ateroskleroz tufayli kelib chiqqan boʼlsa, yongʼoqni asal bilan yeyish foydalidir.

Venalarning varikoz kengayishi Davolash uchun buni kilsangiz….

Qora mevali (chetan) rebinaning 50 gr yangi sharbatini kuniga 3 bora, ovqatdan 40 daqiqa oldin yoki ovqatdan keyin 1-1,5 soat oʼtgach bir yarim oy davomida ichiladi. Ehtiyot
choralari: chetan oshqozonda va oʼn ikki barmoqli ichakda
yarasi borlarga toʼgʼri kelmaydi.

Suvda 36 soat ivitilgan dolchin sharbati (bir stakan), qizil
sabzi sharbati (bir stakan), tabiiy asal (1 stakan), bitta
limon suvi. Barchasi sirli idishda qoriladi. Ogʼzi zich yopilgan idishda qorongʼi joyda saqlanadi. Uch oy davomida kunda uch marta ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2-3 soat
keyin ikki choy qoshiqdan ichiladi.

3 osh qoshiq doʼlanani 3 stakan qaynatilgan suvga solinadi,
termosda 5-6 soat tindiriladi. 1-1,5 oy davomida kuniga
3 marta bir stakandan ichiladi.

Qonbosimini tushirish uchun 4 kun davomida kuniga 3 marta
yarim stakandan lavlagining yangi suvidan ichib turish kerak (lavlagi suvi kechqurun olinadi, tunda muzlatgichga qoʼyiladi va qaynoq suv qoʼshib ichiladi).

2 ta poʼrtahol va bitta limon olinadi. Poʼsti archilgan mevalar goʼsht qiymalagichdan oʼtkaziladi, 0,5 l tuyilgan klyukva
qoʼshiladi, shakar yo asal taʼbga qarab (yarim stakandan ikki
stakangacha). Bu qorishmani har kuni ertalab va kechqurun
bir osh qoshiqdan ichiladi.

Артериал гипертензия ДАВОЛАШ

АRTERIАL GIPERTENZIYa Qoʼshimcha xalq tabobati retseptlari

 

Yozda gipertoniya xurujini dolchin yaprogʼi ham yoʼqotishi mumkin. Oʼrtacha kattalikdagi 3 ta yaproqni olib, suvda chayiladi, lattani hoʼllab, ikkita yaproqni manglayga tangʼiysiz,
uchinchisini esa chap qoʼltigʼingizga yashirasiz. Bir tun qoldirsangiz boʼladi. Qish vaqtida dolchin ildizidan foydalanish mumkin. Ildiz uzunasiga uchga kesib boʼlinadi va
qaynoq suvga solinadi. Ikki boʼlagi manglayga qoʼyiladi, uchinchisi chap qoʼltiqqa tiqiladi. Аgar tizillab kuydirsa, unda doka yoki eski lattaga oʼrab qoʼyiladi.

Gipertoniya kasalligida suv muolajasidan foydalanish mumkin, masalan O.KNeyp «shol» lari. Muolaja muddati 7 amal, har birining davomiyligi 1-1,5 soatdan, kunora.
Аmalni bajarish uchun eski ip-gazlama choyshab olinadi, sovuq suvda ivitilib, siqib tashlanadi soʼng buklanadi, yelkagacha qalin jun adyolga yaxshilab oʼralib yotiladi.
Xantalyoki yalpiz va limonoʼt nastoykali oyoq vannasi ham foydali; suv harorati 40-42°S, amal davomiyligi 7-10 daqiqa,
kunora (hammasi boʼlib 5-6 amal).

Аgar bosh ogʼrigʼi yo yurakda ogʼriq paydo boʼlsa, xantalni boʼyinga, yelka ustiga, koʼkrakka koʼygan yaxshi (hammasi boʼlib 4-6
dona).

Manglay, ensa, boʼyin aylanasi, yelka boʼgʼimlarini atirgul,
lavanda yoki mavrak (shalfey) moyi surtib uqalansa foydali boʼladi.

Silash va uqalash usullari yordamida uy sharoitida qon bosimini sim. ust. ning 20-25 mm gacha tushirish mumkin.
Bemor stulga joylashtirib oʼtqaziladi. Orqada turib, kaftlarni uning boshi ustida qoʼyiladi va pastga qarab kaftlarni boshning ustidan 15-20 marta asta yurgiziladi, manglay oʼrtasida esa yuqoriga qarab yurgiziladi. Keyin bemor oʼrnidan turgʼiziladi va uning gavdasi boʼylab kaftlarni yengil bosgancha balanddan pastga ensadan tovongacha va
aksincha yurgiziladi. Bemor yana oʼtqaziladi va uning koʼkrak qafasi yuqori qismi kaftlarni oldinga va orqaga aylanma harakatlari bilan silab chiqiladi.

(Visited 311 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!