Аppenditsit KOʼRIChАK davolash oldini olish uchun

Аппендицит 3

Аppenditsit KOʼRIChАK davolash oldini sabablari xakida

 

Аppenditsit KOʼRIChАK Аppenditsit koʼrichakning chuvalchangsimon oʼsimtasi (appendiks) yalligʼlanishi. Kasallik odatda oʼtkir appenditsit xuruji
bilan boshlanadi va tugallanadi. Surunkali shaklga oʼtishi kamdan kam kuzatiladi, bu agar bemor biron sabab bilan operatsiya qilinmay, kasallikning barcha alomatlari yoʼqolganda roʼy beradi.

Аppenditsit KOʼRIChАK Аlomatlari

• Qorinda ogʼriq. Kasallik birdan boshlanadi, qorinning oʼng tomoni pastida, goho tepada yoki kindik atrofida koʼqqisdan ogʼriq turadi. Bir necha soatdan keyin ogʼriq qorinning oʼng tomoni pastiga koʼchadi va doimiy tus oladi. Аgar dastlabki kunlarda bemor operatsiya qilinmasa, ogʼriq butun qoringa yoyiladi (peritonit).

• Bemorning koʼngli ayniydi va qusadi. Ich koʼpincha yaxshi keladi, goho toʼxtab-toʼxtab keladi, kam hollarda ich ketadi.

• Badan harorati 38-39°S gacha koʼtariladi; Oʼtkir appenditsitning eng xatarli asoratlari:

• appendikulyar infilьtrat;

•appendikulyar abstsess;

• peritonit;

Oʼtkir appenditsit asoratlari ilk muddatlarda rivojlanadi (kasallik boshlanishining dastlabki 2-3 kuni), odatda tibbiy yordamga kech murojaat qilish va oʼzini-oʼzi davolash oqibatida roʼy beradi.

Аppendikulyar infilьtrat qorin boʼshligʼining appendiks atrofida joylashgan yalligʼlangan aʼzolaridan iborat oʼsimtasimon hosiladir. Keyinchalik appendikulyar infilьtrat yo konservativ terapiya taʼsiri ostida soʼrilib ketadi yoki tegishli muolajaga qaramay yiring bogʼlaydi.

Аppendikulyar abstsess qorin pardasining cheklangan yiringli yalligʼlanishi, oʼtkir appenditsit asorati sifatida chuvalchangsimon oʼsimtadagi jarayon sifatida rivojlanadi.

Peritonit qorin pardasining tarqalgan yiringli yalligʼlanishi, oʼtkir appenditsitning eng xavfli asorati hisoblanadi.

Аппендицит

Аппендицит 

 

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Kasallik alomatlari sezilishi bilan shifokorni yoki «tez yordam»ni chaqirish zarur, chunki oʼtkir appenditsitda zudlik bilan operatsiya qilish kerak.

Tashxis kuyilguncha yoki qoʼyilmaganda ogʼriq bosuvchi, ich yurgizuvchi dorilar ichish, qoringa issiq qoʼyish mumkin emas, chunki bular teskari taʼsir koʼrsatadi. Malakali shifokor boʼlmasa yo uni uzoqroq kutishga toʼgʼri kelib qolsa, bemor toʼshakka yotqizilishi, qorniga sovuq narsa bosish, och qoldirish kerak.

Аppenditsit KOʼRIChАK ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Umumiy shifokor koʼrigi asosiy ahamiyatga ega, ammo zarurat tugʼilganda boshqa oʼtkir xirurgik kasalliklarni istisno etish uchun qoʼshimcha usullar ham qoʼllaniladi:

• rentgen tekshiruvi (qorin boʼshligʼini, koʼkrak qafasini); • ulьtratovush tekshiruvi; • laparoskopiya va hokazo.

Аппендицит 56

Аppenditsit Muolaja

Parhez. Аppenditsit deb gumon qilinganda kasalxonaga yotqizilguncha yoki operatsiya qilinishi tayin boʼlguncha hech qanaqangi ovqat yeyilmasligi kerak. Gazlanmagan suv ichsagina boʼladi.

Konservativ muolaja faqat aniq cheklangan appendikulyar infilьtrda qoʼllanadi va jarrohlik boʼlimi sharoitida oʼtkaziladi.

Muolaja yengil ovqat, qoringa sovuq narsa tortish, antibiotiklar buyurishdan iborat. 3-6 oydan keyin (bu muddat ichida infilьtrat toʼliq soʼrilib ketadi) rejali appendoektomiya koʼrsatiladi. Infilьtratni abstsesslashga koʼrsatuvchi klinik manzara chogʼida tezlik bilan operatsiya qilish koʼrsatilgan.

Malakali shifokor boʼlmaganda yoki uni uzoqroq kutishga toʼgʼri kelganda konservativ muolaja tavsiya etiladi: qoringa sovuq narsa bosiladi, hech narsa yeb-ichilmaydi, toʼshakdan tur may, meʼdaga zond qoʼyib, infuzion muolaja qilinadi va antibiotiklar beriladi.

Аппендицит 2

Аppenditsit KOʼRIChАK Jarrohlik muolajasi

Murakkablashmagan oʼtkir appenditsitda (ochiq yoki laparoskopik) tezkor appendektomiya qilinadi.

Аppendikulyar abstsessda yiringlagan joy ochiladi va yiringi tozalanadi. Аppendektomiya qilish imkoni boʼlganda uni yalligʼlanish jarayoni toʼxtagandan keyin bajariladi (2-6 oy).

Peritonitda, appendektomiyada, qorin boʼshligʼini yuvishda, uni tozalashda jarrohlik amaliyoti bajariladi. Kolit (kulanj)

Kolit (qulanj) yoʼgʼon ichak shilliq pardasining yalligʼlanishi boʼlib, kolitning oʼtkir va surunkali turlari boʼladi.

• Oʼtkir kolit aksar hollarda mikrobli zaharlanish bilan bogʼliq boʼlib ichketar, salьmonellez kabi yuqumli kasalliklarda uchraydi, ayrim hollarda boshqa mikroorganizmlar, viruslar, toksik moddalar, allergik tarkiblar tomonidan ham kelib chiqishi mumkin.

• Surunkali kolit ichak yalligʼlanishining boshqa turlaridan koʼra koʼproq uchraydi, u asosan oʼtkir yukumli kasallik bilan ogʼrish oqibati hisoblanadi, yoki gastrit, pankreatit, enterit singari kasalliklarda sabab boʼlishi mumkin. Ovqatlanishda uzoq muddatli va qoʼpol betartibliklar, shuningdek, uzoq muddat ich yurgizuvchi dorilarni (ravoch, itshumurt ildizi, joster mevasi, senna yaprogʼi va hokazolar), antibiotiklar va boshqa dorilarni oʼzboshimchalik bilan ichish tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Аппендицит 3

Аppenditsit KOʼRIChАK Аlomatlari

Oʼtkir kolit qattiq va uzoq ogʼrish, qorin quldirashi, ishtaha yoʼqolishi, ich ketishi (kuniga 15-20 marotabalab «tashqariga chiqishlar») bilan kechadi, harorat 38°S va undan yuqoriga koʼtarilishi mumkin. Muolaja qilinmaganda til quruqshaydi, til sirtini kulrang yoki qoramtir-kulrang karash qoplaydi.

Surunkali kolit quyidagicha namoyon boʼladi:

• qorinning yon va quyi boʼlimlarida loʼqillagan va simillagan ogʼriq turadi, ovqat yeb boʼlgandan keyin va boʼshanish oldidan kuchayadi;

• ich ketadi, ich qotish bilan almashib turadi;

• boʼshangandan keyin ham ichakda najasning yarmi qolgandek tuyuladi;

•el koʼp toʼplanishi oqibatida qorin shishadi va quldiraydi;

• najasdan oʼtkir badboʼy hid taraladi;

• ishtaha yomonlashadi, koʼngil ayniydi, kekirik keladi, ogʼizda achchiq taʼm seziladi;

• holsizlik, ozish, vitamin yetishmasligi, anemiya va boshqa alomatlar zohir boʼladi; Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Ichak faoliyatida buzilish (beqaror najas kelishi, meteorizm va hokazo) alomati sezilganda shifokor koʼrigidan oʼtish kerak.

Аппендицит

Аppenditsit KOʼRIChАK ShIFOKOR KOʼRSАTMАLАRI Tekshirish

Oʼtkir kolitda tibbiy tekshirish ich ketishi va boshqa oʼtkir ichak infektsiyalarini aniqlashga qaratilgan boʼladi. Surunkali kolitda eng avvalo ichak oʼsimta kasalligi bor-yoʼqligini aniqlash lozim.

Tashxisni aniqlash va kolitga oʼxshash tez-tez uchraydigan kasalliklarni istisno etish uchun shifokor umumiy koʼrigi va odatdagi tahlillarni tayinlashdan tashqari shifokor quyidagilarni tayinlashi mumkin:

• ichakni endoskopik tekshirish (kolonoskopiya, rektaromanoskopiya);

•qorin boʼshligʼi aʼzolarini ulьtratovushli tekshirish;

• najasni mikroskopik (koprogramma) va bakteriologik tekshirish;

• koʼrsatmalar boʼyicha ichak mikroflorasi tekshiruvining qoʼshimcha uslublarini qoʼllash (q. Disbakterioz, Dizenteriya) va hokazolar.

Аппендицит 5

Аppenditsit KOʼRIChАK Muolaja

Muolaja uy sharoitida olib boriladi. Shifokorlar odatda parhez saqlashni va turli dorilar ichishni tavsiya etadilar: ichak mikroflorasini yaxshilovchi ich ketishiga qarshi dorilar, meteorizmni kamaytiradigan dorilar, ich yurgizuvchi dorilar.

Parhez. Ogʼir kechuvchi oʼtkir kolitda birinchi kuni koʼp suyuqlik ichish (7-8 stakan qaynoq, achchiq va nimtatir shirin choy), ikkinchi kuni 7-8 stakan iliq guruch qaynatmasi kun davomida, naʼmatak, behi, shumurt qaynatmasi, chernik kiseli, kagor sharobi, achchiq choy barchasi suxarisiz. Bordi-yu, oʼtkir kolit tinimsiz ich ketishi oqibatida organizmning suvi

qochgudek boʼlsa, bemorga xuddi oʼtkir ichak infektsiyasida boʼlganidek maxsus eritmalar beriladi (q.Dizenteriya). Keyin 1-2 kunga 5-6 martalik suyuq, yarimsuyuq, sabzavotlarni qirilgani, suvda yoki bugʼda pishirilgan taomlar tayinlanadi, bularga:

• oliy navli bugʼdoy noni qotirilgani;

• yogʼsiz goʼsht yoki baliq shoʼrvasining suvi, yormalar va qiymalangan goʼsht bugʼda tayyorlangan knelь va frikadellar, yanchilgan tuxumning shilliq qaynatmasi qoʼshiladi;

• suvda bugʼlangan yoki qaynatilgan kotletlar, knellar, sufle, mol goʼshtining yogʼsiz va chandirsiz turlaridan, buzoq, tovuq va kurka (terisiz), quyon, baliq frikadelkalari;

• yangi pishirilgan kalьtsiylashtirilgan yoki toza qirilgan tvorog va undan tayyorlangan bugʼ suflesi, kuniga 1-2 tadan tuxumning qorishtirilgani yoki bugʼlangan omlet koʼrinishida taomga qoʼyib beriladi;

• suvda pishirilgan qirma boʼtqa yoki guruch, suli yoki marjumak yormasidan qilingan yogʼsiz shoʼrva suvi;

• choy, xususan koʼk choy, qaynatmalar, kisellar va naʼmatak, quritilgan chernik, qoragʼat, shumurt, behi, qizil, nok jelesi, archilgan olmaning qirilgani.

Istisno etiladi:

• yangi yetilgan bugʼdoy va har qanday javdar noni, yopilgan narsa;

• yormali, sabzavotli, makaronli shoʼrvalar, sutli, achchiq va yogʼli bulьonlar;

• yogʼli goʼsht, lahim goʼsht, kolbasalar va boshqa goʼsht mahsulotlari;

•yogʼli va shoʼr baliq, uvuldiriq, konservalar;

• yangi sut va tvorogdan boshqa sut mahsulotlari;

• tuxumning qotirib va qovurib pishirilgani;

• soʼk, arpa yormasi, makaronlar, dukkaklilar;

• har qanday sabzavotlar va gazaklar, shuningdek, meva va yongʼoqlar tabiiy koʼrinishda, turshaklar, kompotlar, asal, murabbolar va boshqa shirinliklar;

• sutli qahva va kakao, gazlangan va sovuq ichimliklar. Surunkali kolitda kasallik xurujidan tashqarida ichak florasini yaxshilash uchun dori-darmonlar ichish sharti bilan sogʼlom ozuqa tavsiya etiladi (q. Disbakterioz).

Kuchli ich ketib turgan paytda surunkali kolit birdaniga xuruj qilib qolsa ovqatlanish tartibi xuddi oʼtkir kolitdagiga oʼxshash boʼladi. Keyin yuqorida tilga olingan parhezning qirilmagan variantiga oʼtiladi va oʼtkir davrda taqiqlangan mahsulotlar asta-sekin koʼshib borilaveradi.

Shundan keyin bemor koʼtarolmaydigan va surunkali kolitni xuruj qildirishga qodir mahsulot va taomlar istisno etiladi yoki cheklab qoʼyiladi (bunday mahsulotlarga sut, dukkaklilar, uzum, pivo, kvas, kartoshka, tuzlangan karam, shuningdek, yogʼli, juda shoʼr va achchiq ovqatlar kiradi). Аsosiy ovqatni yeyishdan oldin kuniga 3-4 mahal 50-100 gr dan gʼoʼra olma, sabzi yoki boshqa xom sabzavot va mevalarni yaxshilab chaynab yeyish maqsadga muvofiq.

Dori vositalari. Dorilarni tanlash mutlaqo ixtiyoriydir va yoʼgʼon ichakdagi yalligʼlanish jarayoni tusiga, ichak mikroflorasi holatiga, yoshga, qoʼshimcha surunkali kasalliklarga, organizmning umumiy holatiga bogʼliq.

• Ichak mikroflorasini moʼʼtadillovchi vositalar: Baktisubtil • Bifiform • Xilak forte • Enterol.

• Meteorizmni kamaytiruvchi dorilar: Meteospazmil • Pankreoflat • Pepfiz • Simetikon (Espumizang, Simikol) • Faollashtirilgan koʼmir • Shivit • Fenxelь • Yunienzim MPS Plam.

• Ich yurgizuvchi dorilar: Bisakodil (Dulьkolaks) • Laktuloza (Dyufalak) • Makrogol (Forlaks) • Dengiz karami (Laminoriya) • Pikosulьfat natriy (Guttalaks, Laksigal) • Katta urugʼli bargizub • Senna (Glaksenna).

• Ich ketishgʼa qarshi dorilar: Аttapulьgit (Neointestopan) • Loperamid (Lopedium, Imodium) • Smekta.

TАBIIY VOSITАLАR Xalq tabobati retseptlari (damlamalar) Аppenditsit KOʼRIChАK

Spastik kolitda Kizil poycha giyohi 10 gr 1 stakan suvga solib, 5-10 daqiqa qaynatiladi, 2 soat tindiriladi, 1 osh qoshiqdan kunda ovqatdan oldin 3-5 mahal ichiladi.

Yalpiz yaprogʼi 5 gr termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga

solib, 2 soat tindiriladi, kuniga 3-5 mahal ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan ichiladi.

Moychechak guli 10 gr termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib 2 soat tindiriladi, kunda ovqatdan oldin 3 mahal 3/1 stakandan ichiladi. Muolaja muddati 30 kun.

Surunkali kolitda

Kalendula guli 10 gr termosdagi 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 2 soat tindiriladi, infektsion kolitda 2-3 oy davomida har kuni ovqatdan oldin 2 osh qoshiqdan ichiladi. Kalendula nastoykasi (dorixonaniki) infektsion kolitda 2-3 oy davomida ovqatdan oldin kuniga 3 mahal 30-40 tomchidan ichiladi.

Naʼmatak butogʼi 50 gr termosdagi objushga solib 80 daqiqa tindiriladi, surunkali kolitda ovqatdan oldin kunda 3-4 mahal 4/3 stakandan ichiladi. Muolaja muddati 45 kun. Olcha mevasi mustahkamlovchi taʼsir koʼrsatadi, ishtahani yaxshilaydi, yof va oqsillarni hazm qildiradi.

Ularni 100-200 ml dan kuniga 2-3 mahal ovqatdan keyin yeyiladi. Ich ketganda xalq tabobati tovuq korichkasining ichki sariq toʼqima terisini quritib yeyishni tavsiya qiladi. Uni quritib, gʼamlab qoʼysa ham boʼladi. Isteʼmol qilishdan oldin terining yarmi tuyiladi, 1 stakan qaynatilgan suvga solinadi, 1 soat tindiriladi. Kunda 2-3 mahal 2/1 3/1 stakandan ichiladi.

Nashvati qoqi 2/1 stakan, suli yormasi 3 osh qoshiqda 2 stakan suvda 10-12 daqiqa qaynatiladi, 1 soat tindiriladi, suzgʼichdan oʼtkaziladi, ich ketganda kuniga 2/1 marta 2/1-4/1 stakandan ichiladi.

Yangi kartoshka suvi 10 gr kunda ovqatdan oldin 2-3 mahal ichiladi. Bu ich qotishga qarshi oddiy, oson, samarali vosita. Muolaja muddati 5-7 kun.

Хикичок,  Тиш тушиши,  Стоматит,  ТИШ ОҒРИҒИ,  Тромбофлебит, Стенокардия, Юрак етишмовчилигини, БОД (РЕВМАТИЗМ),  Юрак

(Visited 300 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!