Uyqusizlikni qanday engish mumkin?

Uyqusizlikni qanday engish mumkin?
Agar uY1qu kelavermasa, siz uni nafas olish maromining imitatsiyasi ortqali chaqirishingiz mumkin. Tinch yoting, o’zingizni butunlay bo’sh qo’ying va ko’zlarni yumgan holda ChUqUR uyquda yotganda nafas olganday nafas oling. Ko’zni yumganday miyangiz “tuynuk”larini yopib qo’ying. Agar bu yordam bermasa, unda tomir urishining har yuztasini barmoq bilan belgilab, mingga qadar sanang. Bu uyquning bostirib kelishiga xizmat qiladi.

Yana bir usul: qorinni erga qaratib yoting, qo’llar yostiq ostida, yuzingiz chapga burilgan. Bu holat ko’p hollarda foydali. Odatda bolalarning mana shunday holatda uxlashi ular ongosti tasavvurlarining bo’shashishi uchun imkon beradi.

Unutmang, qachon ki tana bo’shashgan paytda uyqu keladi. To’shakda yotib, qandaydir yo’llar bilan to’shak orqali pastga tushishga urinib ko’ring… Pastga, krovat orqali pastga… Pastga, pastga pol orqali… Past naqadar uzoq… imkon qadar pastga… Hamma narsadan ozod bo’lish — mana sizga: chuqur uy- quning siri!..

Vaqti-vaqti bilan mushaklarni bo’shashgirib turish jarayoni butun kun davomida yuz berishi kerak. Asab tarangligi yoki zo’riqishini boshdan kechirayoggan har bir kishi ma’lum bir vaqtlarda mutlaqo mushaklar bo’shashuviga erishishi shart. Agar uning ish faoliyati ko’z zo’riqishi bilan bog’lits bo’lsa, alohida narsalarga qarash orqali aynan mana shu mushaklarini bo’shashtirishi kerak.

Misol uchun: mashinkada ishlaydigan ayol xo’jayinning topshirig’i bilan u yoq-bu yoqqa borib kelganida mashinakasi joyida tursin. Siz qanday kasb-hunar bilan shug’ullanmang, kun davomida ish shaklini bir necha marta o’zgartiring va tananing hamma mushaklarini butunlay bo’shashtirish uchun qulay vaqt toping. Ko’zlaringizni yumgan holda bo’shashing, qandaydir yoqimli va ruhingizni ko’taradigan narsalar haqida o’ylang.

Kunduzgi uyqu
Meksika, Ispaniya, Shveytsariya, Frantsiya va Italiya fuqarolari – dunyoda eng yutsori darajadagi tsivilizatsiyaga erishgan millatlar kun o’rtasida dam olishadi. Engil tamaddidan so’ng yotib, tanani bo’shashtiruvchi chuqur uyquga g’arq bo’lishadi. Bu foydali odat ilgarilari AQShda ham bor edi, ammo baxtga qarshi zamonaviy Amerikada bu odat unutildi. Amerikaliklar texnika taraqiyoti evaziga tushki uyqudan bosh tortib yutqazdilar.

Men tushki uyqudan anchadan beri rohat olaman. Nazarimda, bu – ozodlik timsoli bo’lib tuyuladi. Nega deganda, tushlik dam olishdan so’ng o’zimni yangi kunni endi boshlayotganday his qilaman.

Kun o’rtasidagi hordih sizga bir kun o’rniga ikki kun taqdim etadi. O’z “batareya”ngizni quvvatlantirib olish uchun 30 daqiqadan bir soatga qadar vaqt sarflaysiz. Agar AQSh pre- zidenti bo’lganimda: ”Kun o’rtasida ikki soatlik dam olish – hamma uchun!” degan shior mening xalqimga birinchi murojaatim bo’lardi.

Oshqozoningizning ovqat hazm qilish qobiliyati har doim yaxshi bo’lishi uchun taom eganingizdan keyin tanaffus qiling. Uncha katta bo’lmagan tanaffus, ammo bu paytda oshqozon dihhat markazida bo’lishi zarur. Qachonki stadion bo’ylab yugurar ekansiz, yurakni oyoqlarga qon etkazib berishga majbur qilmang. Unga faqat oshhozonni oziqlantirish uchun imkon bering.

Bu vaqtda harakatchan bo’lishim kerak demang. Eng yaxshisi: “Oshhozon qayg’usida ko’zimni yumib yotishga ham tayyorman”, deb ayting. Ushbu tomir urishiga qarshilik qilmang, mehnatsevarlik bobida asalari bilan bahslashmang. Etarli darajada kuchli bo’lish uchun hamma ishlarni bir chetga surib ho’yib, kun o’rtasida dam oling.

(Visited 610 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!