Umurtqa va mushak tizimi

Umurtqa va mushak tizimi
Bosh suyakdan to dumg’azaga qadar umurtqa yoylarining bo’rtiklari baquvvat cho’ziluvchan paylar bilan o’ralgan bo’lib, ular hamma umurtqa bo’g’imlari va umurtqalar oralig’idagi disklarni tutashtiradi. Dumg’aza-hovurg’a va horin orasidagi hismlar orqali favhulodda kuchli paylar tizimi o’tadi, ular son va umurtqa asosi o’rtasidagi bo’g’imlarni birlashtiradi. Odam tanasining asosiy og’irligi mana shularga tushadi.

Mushaklarning murakkab tizimi harakatini boshqarish uchun ular paylar yordamida umurtqaga mahkamlanadi. Agar
mushaklar bo’lmasa butun skelet tizimi shunchaki harakatsiz suyaklar uyumidan iborat bo’lardi. Bel va qorinning baquvvat mushaklar tananing asosiy harakatlarini ta’minlaydi.

Bosh va bo’yin harakatlarini esa bo’yin umurtqasiga mahkamlangan mushaklar amalga oshiradi. Elka va ho’llarning yuqori hismlari bo’yin, ko’krak va yuqori bel umurtqasiga tutashgan.
Bizning nafas olish a’zolarimizni boshqaradigan mushaklar umurtqaga, jumladan, diafragma – bel umurtqa bo’g’imiga, hovurg’a mushaklari – ko’krak va bo’yin umurtqa bo’g’imlariga mahkamlangan. Tos mushaklari esa umurtqaning pastki qismiga tutashib, hamma ichki a’zolarni ushlab turadi.

(Visited 758 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
error: Content is protected !!