Umumiy va asosiy moda almashinuvi patofiziologiyasi

Moddalar almashinuvi –iste’mol qilinadigan turli ovqat moddalariri birikmalarining organizmga tushishidan boshlab, to so’nggi mahsulotlar sifatida undan chiqarilishgacha bo’lgan fiziologik-kimyoviy jarayonlarning majmuasidir.

Moddalar almashinuvi natijasida organizm o’z hayot faoliyatining turli jarayonlari, hujayra tuzilmalari tuzish uchun zarur bo’lgan energiya va materiallarni oladi.Moddalar va barcha energetik almashinuvlar pirovardida molekulyar darajada amalga oshadi. Ularning normal kechishi katabolik hamda anabolik jarayonlarning dinamik o’zaro muvozanati  bilan belgilanadi.

Ma’ruza maqsadi: Talabalarga  moddalar almashinuvini tipik buzilishlari             haqida tushuncha, hamda oqsil almashinuvining tipik buzilishi mexanizmlari, ko’rinishlari va oqibatlari haqida yo’naltiruvchi ma’lumotlar berish

.

Ko’riladigan savollar:1.Moddalar almashinuvi idora etilishi

2.Modda almashinuvi tipik buzilishi

3.Asosiy almashinuv tipik buzilishi

4.Oqsillar so’rilishi va sintezining buzilishi

5.Oqsillar oraliq almashinuvining buzilishi

6.Oqsillar qonda almashinuvining buzilishi

  1. Oqsillar oxirgi mahsulotlari chiqishi buzilishi

 

 

Anabolizm-bu energiya sarfi bilan boruvchi hujayra tarkibiy qismlarining fermentativ sintezi bo’lsa, katabolizm –ovqat hamda o’z molekulalaridan energiyani ajratib chiqarish bilan boruvchi fermentativ parchalanish jarayonidir.

Krebs ovqat moddalarini organizmda parchalanish jarayonlarida ajralib chiqadigan energiya almashinuvida uch asosiy fazani farq qiladi.

Birinchi fazada oziq moddalarning yirik molekulalari nisbatan kichiklariga parchalanadi, chunonchi karbonsuvlar-geksozalarga, oqsillar-aminokislotalarga, yog’lar -glitsirin va yog’ kislotalariga .Bunda  hosil  bo’luvchi energiya miqdori  uncha kata emas,umumiy energiya miqdorining faqat 0,6-1,0 % ni  hosil etadi.

Ikkinchi faza (bu aslida, oraliq almashinuvning  boshlang’ich davri)  yuqorida qayd etilgan moddalaring navbatdagi parchalanishga uchrashidir,bunda avval hosil bo’lgan 25-30 ga yaqin modda asosan (SO2 va N2O  dan tashqari )  uch mahsulot –L-ketoglutarat ,oksalatsetat  va atsetil koenzim A sifatida atsetat hosil bo’ladi.Bu fazada oziq moddalardagi energiyaning  30% ga yaqini ajraladi.

Uchinchi  (oraliq almashinuvning   so’ngi) fazada ikkinchi fazaning  uch asosiy mahsuloti  uch karbon kislotalari yoki Krebs tsiklida oziq moddalarining 60-70% energiyasini  ajratib karbonat angidrid gazi va  suvga  qadar yonadi-parchalanadi .

Moddalar almashinuvi   jarayonida  energiya hosil  bo’lishi, to’planishi  va sarflanishi hujayraning ma’lum ichki tuzilmalari molekulyar-organellarning o’zigi xosligiga bog’liq.    Ushbu organellalar va molekulyar tuzilmalarda amalga oshuvchi  modda almashinuv jarayonlari qat’iy ravishda taqsimlangan,navbatma-navbat,ayni vaqtda bir-biriga chambarchas bog’langan xolda borishi tufayli,ularning biror-bir bo’g’inidagi o’zgarish xujayra,so’ngra to’qima, a’zo,sistema va butun organizm darajasida chuqur o’zgarishlarga olib  kelishi mumkin.

Barcha almashinuvlar asosida maxsus –spetsifik  xususiyatga ega enzimlar-fermenlar ishtirokida boruvchi reaktsiyalar yotadi.Ularning organizm uchun asosiy mohiyati muvozanatni saqlashdir.Moddalar almashinuvi-energetik jarayonlan nixoyatda murakab  va ma’lum biologik tuzilmalar orqali tartibli xamda kimyoviy, fizik-kimyoviy qoidalarga rioya qilingan xolda amalga oshadi.Shunga ko’ra organizmda sodir bo’luvchi moddalar va xulosa qilib aytganda energiya almashinuvining buzilish sabablari ,shart-sharoitlari rivojlanish  mexanizmlari xam murakkab,xilma-xil tabiatga ega ,ko’rinishlari,belgilari xam nixoyatda turlichadir.So’ngi vaqtlarda ularning xujayra,xujayra ichi tuzilmalarining membranasi va molekulyar darajasida boruvchi jarayonlar xaqida birmuncha aniq ma’lumotlar olingan va ularning asosida molekulyar biologiya va   molekulyar patologiya tegishli fan soxalaring  rivojlanishiga katta xissa qo’shib,xatto ayrim fan sifatida shakllanmoqda.

Turli odamlarda ba’zi bir kasalliklarga nisbatan moyillik,deatezlar rivojlanishi odatdagi omillarga (masalan,dorilarga, xatto oziq moddalarga),turli ta’sirlarga ( masalan,zaxarlarga,infektsiyalarga,ayniqsa allergenlarga ) nisbatan xar xil reaktsiyalar bilan javob berishning zaminida xam molekulyar o’zgarishlar,enzimopatiyalar etishi mumkin deb xisoblashga to’la asos bor.Ayrim kasalliklar patogenezida irsiy enzimopatiyalarning patologik muxim o’rin tutishi aniqlangan.

 

Moddalar  almashinuvining idora etilishi

 

Almashinuv jarayonlarining bunday sodir bo’lishi murakkab,ko’p qirrali va pog’onali omillar idora etuvchi mexanizmlar  tomonidan amalga oshiriladi.

Xujayra ma’lum darajada tashqi ta’sir ishtirokisiz “xujayra ichi “ yoki sodda “o’z-o’zini idora etish” (autoregulyatsiya) deb ataluvchi mexanizmlar yordamida o’zida  bo’layotgan almashinuv jarayonlarini idora qilishi mumkin.

Hujayrani idora etuvchi mexanizlarning ko’p qismi fizikada ma’lum bo’lgan «teskari bog’lanish» deb ataluvchi tamoyilga ko’ra amalga oshadi. Masalan, almashinuvdan olingan biror  mahsulot kantsentratsiyasining ma’lum darajaga etishi.  Ushbu natjaga olib keluvchi  almashinuv yo’lini to’sib-qamal qilib qo’yadi va shu tufayli metabolitning kontsentratsiyasi tegishli darajagacha pasaymaguncha unga olib kelkvchi jarayon to’xtiladi .Ba’zan bu tegishli  ferment faolligini pasaytirish, yoki sintezini to’xtatish-repressiya qilish, yoki uning induktorini bosib qo’yish orqali amalga oshiriladi.  Bunday natija ba’zan  antimetabolitlar hisobiga ham bo’ladi.  Umuman, almashinuvni idora  etuvchi hujayra  ichi mexanizmlari  teskari transkriptaza (Jacob va Monod), substrat kontsentratsiyasi  va znzim faolligi o’rtasidagi (bir tarzdagi) raqobatlik munosabati (shk jumladan Paster effekti ham),  shuningdek hali noma’lum  bo’lgan ko’p mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi.

Shu bilan bir qotorda inson organizmi nihoyatda  murakkab va takomillashgan nervg’gormonal idora ztish mexanizmlariga egadirki,  ular hujayradagi almashinuv jarayonlarini idora etishda, ayrim hujayralar va organlar  o’rtasidagi aloqalarga turli tomondan (faoliyat sura’tini, qon bilan ta’minlanishni, qo’zg’aluvchanligini va h. k. ni o’zgartirib) ta’sir etib, almashinuv jarayonlarini  idora qiladi. Ushbu masalaga oid ma’lumotlar endokrin bezlari va nerv sistemasining patofiziologiyasiga oid tegishli bo’limlarda qisman keltirilgan.

 

Moddalar almashinuvining tipik buzilishi

Moddalar almashinuvinig buzilishini irsiy tabiatiga ega bo’lishi mumkin yoki idora etuvchi sistemalar faoliyati va tegishli omillarning hususiyatlari o’zgarganda kuzatiladi.

Moddalar  almashinuvining buzilishlari biologik tuzilmalarining barcha molekulalari va hujayralaridan tortib,  to butun organizm darajasida bu teskari bog’lanish printsipida ishlaydigan o’z-o’zini idora etuvchi sistema mexanizlarining buzilishiga bog’liq.

Hozirgi vaqtda modda almashinuvida irsiy nuqsonlarning ko’pchiligi asosan fermentlar sintezini kodlovchi  genlarning mutatsiyasi (irsiy enzimopatiyalar), ba’zan esa struktur  vatransport oqsillarining mutatsion o’zgarishlariga bog’liq ekanligini aniqlqgqn.

Molekulyar patologiyaning asaosiy o’ismini tashkil etuvchi  enzimopatiyalar  zaminida ferment oqsilining sintezlanmasligi yoki o’zgaran strukturada sintezlanishi va shu tufayli  uning faolligi buzilishi yotadi. Ferment yoki almashinuvning oraliq mahsulotining tushib qolishi  kuzatiladi. Ferment faolligining kuchayishi, odatda almashinuvning so’nggi maqsuloti to’planishiga olib keladi.

Ba’zi hollarda mavjud bo’lgan genetik nuqson  faqat tashqi muhit omillarining ta’siridagina namoyon bo’ladi.  Metobolizmning genetik shartlangan qamali alternativ yoki o’rnini bosuvchi metobolik yo’lining faollashishiga olib keladi. Bunga misol tariqasida glyukozaning glikolitik yo’li qamal bo’lganda  uning almashinuvining asosan pentoza yo’li orqali amalga  oshishini ko’rsatish mumkin. Buning natijasida yog’lar va xolesterin sintezi kuchayadi.

Modda almashinuvining tipik, ya’ni keng tarqalgan va turli patologik, jarayonlar hamda kasalliklarda kuzatilgan asosiy o’zgarishlardir. Bunday o’zgarishlar modda  almashinuvi, hujayra ichi o’z-o’ziniidora etish mexanizmlaridan tashqari, birinchi navbatta  hujayralarda,  organlar  va yaxlit organizm darajasida almashinuvni idora etuvchi  boshqa murakkab mexanizmlarning buzilishiga bog’liq.

Shuni eslab o’tish kerakki, hujayra darajasida almashinuvni grmonal idora etish genetik apparat orqali, masalan fermentlar sintezini induktsiyalash (masalan, insulin glikoliz fermentlarini indutsirlaydi) yoki mavjud bo’lgan fermentlar faolligini o’zgartirish  orqali ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, adrenalin insulinazani, insulin esa geksokenazani faollashtiradi).

Nerv sistemasi o’z mediaiorlari va aksoplazmatik tok yordamida trofik funktsiyasini namoyon qiladi va bu orqali to’qimalardagi almashinuvi nazorat etishni amalga oshiradi. Nerv sistemasining ushbu trofik funktsiyasibuzilganda neyrodistrofik jaranlar( masalan, uchlamchi nerv kesilgandang so’ng keratit va h.k.)  yuzaga keladi.

Biologik tuzilmalar, organlar va yaxlit organizm darajasida moddalar almashinuvining buzilishi ko’p tomondan neyro-endokrin  idoraning holatiga bog’liq.  Ma’lumki emotsional qo’zg’alishda miya po’stlog’i tomonidan idora etilishning buzilishi tufayli issiqlikning hosil bo’lishi, karbonsuvlar almashinuvi   va h. k. o’zgarishlar bilan davom etadi. Neyroendokrin  idoraning karbonsuvlvr almashinuvi patologiyasidagi roli giperlikemiya va glyukozuriya bilan kuzatilishini Klod bernar “qandli igna sanchish” nomini olgan tajribada yaqqol namoyish etish mumkin. Modda almashinuvi, issiqlikning idora  etilishi, jinsiy va jismoniy rivojlanishining buzilishlari oraliq miyaning shikastlanishi bilan bog’liq. Reelizing omillar (liberinlar va ststinlar) deb ataluvchi moddalar yordamida gipofizar  yoki paragipofizar yo’llar orqali metabolizmga ta’sir ko’rsatishda ayniqsa gipotalamusning roli nihoyatda katta. Vegitativ nerv sistemasining buzilishlari hamma modda almashinuvini ng buzilishini chaqiradi, chunonchi simpatik nervlarning kesilishi yog’larning o’z deposidan safarbar  etilishini to’htatib qo’yadi.

Barraker-Simons kasalligining chiqib kelishi simpatik tugunlar, oraliq va orqa miyaning shikastlanishi  bilan tushintiriladi.

Shunday ilib, genetik informatsiyaga bog’liq moddalar almashinuvini hujayra ichi idora etuvchi mexanizmlari neyro-gumoral  boshqarilish mexanizmlari, omillar bilan chambarchas bog’liq va shunga ko’ra, ulardan istalgan birining shikastlanishida metabolizmning buzilishibilan haam rivojlanuvchi patalogiya davom etadi.

O’z-o’zidan ma’lumki, xar bir ichki organ umumiy va o’ziga hos modda almashinuv jarayoniga ega, demak, ularning xar g’il kasalliklarida moddalar almashinuvining buzilishi turgan gapa. Ana shunday  modda almashinuvining buzilishlari tipik buzilishlar qatoriga kiradi.

 

Oqsillar almashinuvining buzilish

 

Modomiki, oqsillar organizm hayot-faoliyatini har jabhadagi jarayonlarini amalga oshirishda markaziy o’rin tutar ekan, ularning almashinuvi yoki bu turli daraja va hilda buzilishlari barcha patologik jarayonlar, holatlar g’amda kasalliklarning mustasnosiz  doimiy  tarkibiy bo’laklari, ko’rinishlari deb hisoblashga  to’la asos bor.  Ana shunday o’zgarishlar haqida har tomonlama yaxlit tasavvur olish maqsadida azot muvozanati (balansi) degan tushunchadan foydalanish qabul etilgan, chunki azot, ma’lumki  faqat oqsillar (to’g’rirog’i ularni tashkil etuvchi aminokislotalar )tarkibida bor xolos . Ikkinchi tomondan ma’lumki organizmda oqsillar zahirasi yo’q va u katta yoshdagi odam organizmidan qabul qilinayotgan azot tutuvchan moddalarni chiqarish miqdori ularni (ya’ni oqsillarni ) ovqat tarkibidan olish miqdori teng.O’sayotgan organizmda ,homiladorlikda anabolik garmonlar ta’sirida (ular ko’plab hosil bo’lganda yoki tashqaridan yuborilganda) azot tutgan moddalar kamroq ajratiladi va h. k. Boshqacha qilib aytganda azot muvozanatining buzilishilari anobolik va katobolik jarayonlarining bir-biriga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi. Ana shungako’ra manfiy va musbat azot muvozanatlari tafovut etiladi. Hayotda ko’proq manfiy azot muvozanati uchraydi va bu organizm ko’plab oqsillarni yo’qotganda,sarflaganda(masalan, ochlikda,buyrak kasalligi tufayli,kuyishda,ich ketishda,tireotaksikozda,yuqumli kaslliklardagi isitma va hokazo) yuz beradi.

Oqsillar almashinuviningbuzilishlari ularni qabul etishdan boshlab,to so’ngi mahsulotlar ajratishga qadar istalgan davrda iste’mol etish,o’zlashtirish,so’rilish,oraliq almashinuvining buzilishlishi,so’ngi mahsulotlarni organizmdan chiqarilishi ,ularni idora etishdavrida yuz berishi mumkin.

Patofiziologik nuqtai nazardan oqsillar almashinuvlarining buzilishlariniulargaolib keluvchi muhim sabalari,rivojlanish joylari,etaplari vamexanizmlariga ko’ra bir necha asosiyturlarini tafovut etish mumkin.

 

Oqsillarning so’rilishi va sintezlanishining buzilishlari

 

Organizmda oqsillar zahirasi bo’lmaganligi tufayli ularni hosil bo’lish manbai bo’lib ovqat tarkibdagi aminokislotalar xizmat qilgani uchun,tabiiyki oqsillarning iste’mol etiluvchi

mahsulotlar tarkibida etarli yoki to’la qimmatga ega bo’lmasligi

ushbu shartlar bajarilganda ham ularni to’la parchalanish,so’rilish va murakkab so’rilish jarayonlarining u yoki busabablarga ko’ra buzilishlari alimentar oqsillar etishmovchiligiga olib keladi.Bu o’ziga hos og’ir vaoqibati bo’yicha(agar u yoki buqadar uzoq muddat cho’zilsa) murakkab holat oshqozon –ichaklarning sekretor hamda mator faoliyatlari,ayniqsa,ochlikdaoziqa tarkibida lozim bo’lgan aminokislotalarning etarli bo’lmasligi va hokozolar oqibatida kuzatiladi. Ammo oqsillarning normal sintezlanishi uchun faqat  aminokislotalarning etarli miqdorda bo’lishigina emas balki shu bilan birga ularning sintezini amalga oshiruvchi tegishli genetik tuzilmalarning normal tuzilishi va faoliyat ko’rsata olishligi shart.

Yuqorida qayd qilingandek,genetik apparatning tug’ma va irsiy bo’lishi va bulvrning oqibatida oqsillar sintezi buzilishlarining natijalarini ko’rish mumkin. Bu turli darajada namoyon bo’ladi ,chunonchi oqsillar molekulasini,aminokislotalar tarkibini o’zgarishi(masalan,gemoglabinning o’roq hujayrali anemiyasida) molekulasining qisqarishi(mas.,DNK matritsasi asosi) dan axborotning nuqsonga qaar etib borishi bu asosida polipeptidlar faolligining past bo’lishi oqsillar sintezining anomal bo’lishligi va hokazo. Oqsillar sintezining buzilishining sabablari mexanizmlari va oqibatlari turlicha bo’lishi mumkin emas. Ularning bevosita rivojlanish omillari hali to’liq aniq emas.

 

Oqsillar almashinuvining buzilishiga sabab va oqibatlaridan biri aminokislotalarningko’chirilishi(transaminlanish) va oksidlangan dezaminirlash (amin guruhini yo’qotishi)dir. Bu har ikki transamirlanish va dezaminirlanish jarayoni barcha tirik organizmlarda yuz beruvchi aminokislotalar almashinuvining asosidir. Ularning asosiy oqibati qaytarilitshgi mumkin bo’lgan aminokislotadan alfa-keto kislotaga oraliqda erkin ammiakni hosil etmay, olib o’tishdir. Ushbu reaktsiyalar mahsus fermentlar-aminotransferazalar, transaminazalarning katalizator sifatidagi ishtiroki bilan amalga oshadi. Ularning koofaktorlari bo’lib bunda peridoksinning fosforillangan shaklllari ishtirok etadi.

Transaminirlanish reaktsiyasining buzilishlari bir necha sabablarga ko’ra , bulardan eng birinchisi piridoksinning etishmasligi(masalan,homiladorlik,sulfanilamid dori vositalar ta’sirida ichak florasining piradoksalfosfatningftivazidbilan davolanish vaqtida ezilishi va hokazo )bo’lishi mumkin.Bunday ya’ni,transaminazalar faolligining pasayishi holati oqsillar sintezi cheklanganda (mas.,ochlikda ,jigarning og’ir kasalliklarida)kuzatiladi.Ba’zi organlarda nekrotik jarayon yuz berganda(mas.,miokardyokio’pkalar infarkti, oshqozon osti bezining yallig’lanishi,gepatitlar va hokazo vaqtida)hujayralar emirilishi vashu tufayli to’qima transaminazalarining o’tishi,ular faolligining ortishi kuzatiladi,bu esa diagnostik  ahamiyatga eaga.

Oksidli dezaminirlanishning ezilishi natijasida foydalanilmagan aminokislotalarning emirilishi tufayli qonda aminokislotalarning miqdorining ko’payishi-giperaminoatsidemiya kuzatiladi. Uning oqibati sifatida esa qonda ayrim aminokislota miqdorining ortishi ta’kidlanadi.

Dezaminirlanishning buzilishi ushbu reaktsiyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi (masalan, piridoksin, riboflavin, nikotin kislotasi, gipoksiya, ochlikdagidek oqsillar etishmasligi kabi) tarkibiy qismlar etishmaganda kuzatiladi.

Dekarboksillanishning buzilishi nihoyatda katta ahamiyatga ega, chunki u umum bo’lmasada, ammo SO2 ni va biogen aminlarni hosil qilish bilan kechadi. Faqat ayrim aminokislotalargina dekarboksillanadi, chunonchi gistidin(gistamin hosil qilish bilan ) tirozin(tiramin), L-glutamin kislotasi(gamma amino moy kislota,5 gidrooksitriptofan(serotonin), tirozin(3,4 dioksifenilalanin va tsistin(L-tsistein) mahsulotlari tegishli ravishda 3,4 dioksifeniletilamin yoki DOFAmin, taurin hosil qilib.

Biogenaminlar maxsus biologik faollikka ega ,shunga ko’ra ular miqdorining ko’payishi qator patologik holatlarni chaqirishi mumkin . Bunday ko’payishning sababi faqat dekarboksillanishning ko’payishi emas,balki aminlarning oksidlanishining pasayishi va ularni oqsillar bilan bog’lanishini buzilishi ham bo’lishi mumkin. Masalan,gipoksik holatlarda ishemiyada,va to’qimalarning destruktsiyasida(travma,nurlanishda va hokazo)oksidlanish jarayonlari zaiflashadi,bu esa ayni vaqda ham dekarboksillanish kuchayadi,ham aminokislotalarning odatdagi yo’l bilan o’zgarishlari pasayadi.To’qimalarda biogen aminlarning(ayniqsa,gistamin va seratonin)ko’plab paydo bo’lishi mahalliy  qon aylanish jiddy buzilishlarini  , qon tomir o’tkazuvchanligini ortishi vanerv apparatining shikastlanishini chaqirishi mumkin. Ba’zi bir patologik holatlarda(masalan,allergiyada,shokda) gistamin va serotoninning ko’plab paydo bo’lishi ularning oqsilli koplekslaridan ajralib chiqishi bilan shartlanadi.Bunday holatlarda biogen aminlarning ta’siri tezroq hamda kuchliroq bo’ladi vako’proq qon tomirlar tonusi hamda o’tkazuvchanligining buzilishida o’z aksini topadi.

Ma’lumki,aminokislotalarninganiq metabolik yo’llar orqali o’tishi tegishli fermetlarning mavjudligi vaularning faolligi bilan determinlangan (sababli shartlangan) .Bundan kelib chiqadiki,ferment sintezining irsiy buzilishi tegishli aminokislotaning metabolizmga qo’shilmasligi,organizmda to’planishi vaturli biologik muhitlarda(siydik ,ter, najas, orqa miya suyuqligida) paydo bo’lishi olib keladi.Bunday kasallikning klinik ko’rinishlari yo’q yoki qilingan ferment ishtirokida almashini kerak bo’lgan moddaning (aminokislotaning)paydo bo’lishi vaundan hosil bo’lishi lozim bo’lgan moddaning(mahsulotning) difitsiti bilan belgilanadi.Aminokislotalar almashinuvining bunday genetik shartlangan buzlishlari (mas.,fenilketonuriya,alkoptonuriya,tirozinoz,albinizm va h.k.) ravishda naslga o’tadi.O’z –o’zidan ayonki,ularning modda almashinuvining tipik buzilishlari deb hisoblab bo’lmaydi. Ular irsiy tug’ma aniqsabab, patogenez va kilinik ko’rinishga ega bo’lgan modda almashinuvining o’ziga hos kaslligi-molekulyar patologiyaning maxsus turlaridir.Shu sababli ularning patofiziologiyasiga oid masalalar mahsus tafsilotni talab qiladi deb o’ylaydi.

 

 

Oqsillar almashinuvining so’ngi etapining

 

                                              buzilishlari

 

Oqsillar almashinuvining so’ngi bosqichining pato-

fiziologiyasi azotli mahsulotlar(siydikchil-mochivina,amiyak,siydik kislotasi)hosil bo’lishi va ularni organizmdan chiqarish jarayonlarining patologiyasini o’z ichiga oladi.Mochivina(sitsdikchil)ning va azotli boshqa almashinuv mahsulotlarining hosil bo’lish, hamda ularni organizmdan chiqarilish jarayonlari buzilishlarining asosiy ko’rsatkichi qonda qoldiq(oqsilli bo’lmagan)azot darajasi normada 20-30 mg% va tarkibidir.

Qoldiq azotning 50%mochivina azotidan,25%-ga yaqini aminokislotalar azotidan,qolgan qismi esa boshqa azotli mvhsulotlarning azotidan tashkil topadi.Uning mochivinaga tegishli bo’lmagan qismi rezidual azot deb ataladi.

Qonda azotning ko’payishi-giperazotemiya-jigarda mochivinaning hosil bo’lishining(mahsuloti yoki jigar giperazotemiyasi)yoki buyraklarningajratish(chiqarish)funktsiyasini buzilishining(retentsion yoki buyrak giperazotemiyasi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin.

Mochivina  hosil bo’lishining buzilishlari qator kasalliklarda(jigarning distrofik,gipoksiya bilan davom etuvchi patologik o’zgarishda,shuningdek ba’zi irsiy nuqsonlar oqibatida)kuzatiladi.Mochivina hosil bo’lishining irsiy buzilishlari arginsuksinatliaza(arginsuksinaturiya),karbomoilfosfatsinteza hamda ornitinkarbomoiltransferaza(ammoniyemiya)va arginsuktsinateza(tsitrullinuriya)hosil bo’lishining etishmovchiliklari kuzatiladi.

Mochivina sintezining buzilishining eng ko’p uchraydigan oqibati qonda amiakni to’planishidir.Uning miqdorini ko’payishi   buyraklarning ajratish funktsiyalari keskin buzilganda yuz beradi.Amiakning toksik ta’siri avvalo uning markaziy nerv sistemasiga ta’sir etishi bilan belgilanadi.Bu taasir bevosita vabilvosita bo’ladi.Bilvosita ta’sir amiakni glutamin kislotasi bilan bog’lanib zararlanishining kuchayishi Siydik kislotasi hosil bo’lishi hisobiga bo’ladi.Ana shu tufyli glutamin kislotaning almashinuvdan chiqishi aminokislotalarning alfa –ketoglutar kislotadan pereaminirlanishning tezlashishi va shunga ko’ra uning uch karbon kislotalar tsiklida(Krebs tsiklida) qatnashishdan chetlanadi.Krebs tsikliningtormozlanishi esa atsetil –KoA ning oxirigacha parchalanib o’zlashtirilishini tshxtatib qo’yadi vau keton tanachalariga aylanib komotoz holatning rivojlanishiga olib keladi.

 

 

Siydik kislotasi hosil bo’lishi vaajralishining

buzilishlari.

 

 

Siydik kislotasi-bu nuklein kislotalar strukturasiga kiruvchi purin  asoslari almashinuvining oxirgi mahsuloti.Siydik kislotasining hosil bo’lishi vaajralishining builishlari buyraklar kasalligida, leykozlarda vaayniqsa, bo’rtgan holda podagrada kuzatiladi.So’ngi kasallik  qadimdan ma’lum va nisbatan ko’proq uchrasasa-da,uning etiologiyasi , patogenezi va klinik ko’rinishlariga oid ko’p masalalar har tomonlama aniqlangan emas.  Unga nisbatan irsiy moyillik rivojlanish havfini tug’diruvchi omillar (Mas.,ko’plab miqdorda purinlarni tutgan ozuqalar ,birinchi navbatda go’sht hamda molibden tutgan maxsulotlarni iste’mol qilish ayniqsa pivo va vino bilan birgalikda va h.k.)ma’lum.Bunda ksantinning ksantinoksidaza ta’sirida gipoksantinga,uning esa siydtsk kislotasiga o’tishi asosiy o’rin tutadi.Ushbu kasallikning rivojlanishida yuqorida aytilganlardan  tashqari yosh(qariyalarda ko’proq) va jinsning (erkaklarda ko’proq) ma’lum roli bor.Kasallikning ko’rinishlaridabuyraklar tomonidan nordon siydik eritmalarini ajralishi ,ularning vaboshqa maxsulotlarning glitsindan hosil bo’lishini kuchayishi  muhim o’rin tutadi.Giperurinemiya siydik kislotasining  tuzlarini bo’g’imlarda va tog’aylarda (ular nisbatan qon bilan etarli ta’minlanmagan  va tuzlarning cho’kishiga imkon bor.

Disproteinemiyalar orttirilgan vaitsiy xarakterda bo’lishi mumkin.Shartli ravishda ularni diglobulinemiyalarga,disgammaglobulinemiyalarga bo’linadi.So’ngilarida qon oqsillarining tarkibi hujayraviy reaktsiyani ham o’z ichiga oluvchi immun sistemasini umuman qayta qurilishini aks ettiradi holos .

Disproteinemiyalarningeng ko’p uchraydigan turiga misol tariqasida alfa 2-globulinlar hamda sulfatirlangan  glikozoaminoglikanlarning biriktiruvchi to’qimalarda proteoglikanlarpolimerizatsiyasiga olib keluvchi barcha patologik holatlarda(ulrning keskin yallig’lanishjarayonlari, diffuz kasalliklarini,autoimmun kasalliklarida) ko’payishini keltirish mumkin.Jigarning funktsiyalari buzilgdnda unda sintezlanuvchi alfa va betta lipoproteidlar kamayadi , u oqsillarning tegishli fraktsiyalarini nisbatan o’zgartiradi.Fibrinogen tomonidan yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar katta amaliy ahamiyatga ega .Chunonchi, uning miqdorining kamayishi yoki tuzilishining buzilishi qon quyqasinihosil bo’lishini sekinlashtiradi.Fibrinogen miqdorini ko’payishi ko’pchilik surunkali va keskin yallig’lanish  jarayonlarida,nefrozda,ba’zi o’smalarda,nomaxsus adaptatsion singdromda kuzatiladi.

Gammaglobulinlarning o’zgarishlari miqdoriy vasifatiy bo’lishi mumkin.Sifatiyo’zgargan gammaglobulinlar paraproteinlardeb ataladi vaular immunoglobulinlarga tegishli,odatda antitelolarni ishlab chiqaruvchi hujayralarning ayrim klonlarinimaxsuloti hisoblanadi .Ular miqdorining ko’payishi monoklonal gipergammaglobulinemiyalar deb atladi  va odatda tegishli klonlarning  ko’proq o’sma tabiatli patologik jarayonlar(mieloma kasalligi,Valdenstrem makroglobulinemiyasi)bilan shartlangan proliferatsiyasida kuzatiladi.Paraproteinlarning boshqa turi bo’lib krioglobulinlar hisoblanadi.Ular immunoglobulin hususiyatli bo’lib sovuqda peritsipitatsiyaga uchraydi.Krioglobulinlarni qonda paydo bo’lishi qon tomirining devorlarini shikastlaydi ,tromblar hosil bo’lishiga imkoniyat yaratadi ,bular esa asosiy  patologik jarayonning kechishini og’rlashtiradi.Bu ayniqsa ,biriktiruvchi to’qimaning diffuz kaslliklarida yaqqol namoyon bo’ladi.

(Visited 2 694 times, 2 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!