Tuya go’shti. Agar tush ko’ruvchi tuya go’shtiga tegmagan bo’lsa, o’ngida kuchli dushmandan tortib olingan o’ljaga ishora. Agar tush sohibi tuya go’shtiga teginsa, dushman dan mag’lub bo’ladi, uni pishirib esa, obro’li bir odam ning pullarini sarf qiladi, o’zi kasal bo’ladi, keyin tuzaladi.
Tuya terisi. Kimki tushida tuya terisi eganligini ko’rsa, o’ngida balog’atga etmagan etimlar molini sarf qiladi.
Tuya o’kirishi. Tushda tuyaning o’kirganini eshitish sa farga, savdo ishida rivojlanishga ishora.
(Visited 513 times, 1 visits today)