Tushkunlikdan qutulish

Tushkunlikdan qutulish

Tushkunlikdan qutulish  Ushbu mashqlar tushukunlikdan xalos bo`lishga va stress chaqiruvchi holatlarni xotirjamroq qabul qilishda yordam beradi. Eng asosiysi, doimiy xush kayfiyat va baxtiyorlik baјishlaydi. Buning uchun sizga atigi ikkita pufak (shar) va flomaster kerak bo`ladi.

Birinchi navbatda stress holatiga sabab bo`luvchi kundalik omillar ro`yxatini tuzib chiqing: ish, shaxsiy hayotdagi muammolar, keksalik davrining yaqinlashayotgani haqidagi vahimali o`ylar, do`stlar bilan nizo. Tashvishlaringizni pufak sathiga birma-bir (eng oјriqlisidan boshlab) yozib chiqing.

 

E`tiboringizni pufakda yozilgan eng muhim salbiy omilga qarating. Odatda unga qanday munosabatda bo`lasiz? Endi pufakni shishirib, puflayotganingizda barcha salbiy hissiyotlaringizni pufak ichiga jo qiling.

 

Igna olib, uni teshing. Shunda salbiy hissiyotlaringiz bir soniyada uchib ketgandek bo`ladi.

 

Keyin ikkinchi pufakni puflab shishiring. Tasavvuringizda uni ijobiy hissiyotlaringiz bilan to`ldirgandek bo`ling. Ijobiy hissiyotlarni bildiruvchi birorta so`z o`ylab, uni pufak ustiga yozing. Masalan: «sevinch», «baxt», «quvonch», «zavq» kabilar.

 

Keyin shu so`zlar bilan boјliq manzaralar haqida o`ylang. Tasavvuringizdagi veqeylikni (qo`ldan kelgancha) pufak ustiga chizing. «Ijod»ingizni yorqin va keng ko`lamda tasvirlashga harakat qiling.

 

Pufakni tepaga otib, uning engil parvozini kuzating. Xotirangizda ustiga chizilgan suratlar o`rnashib qolishiga harakat qiling. Yana bir bora shu kabi vaziyatga tushib qolgan paytingizda, pufak ustidagi suratlar va o`z qo`lingiz bilan yozilgan so`zlarni eslang. Shunda hech qachon hech kim yoki hech nima kayfiyatingizni tushirib, sizni xafa qilolmaydi!

(Visited 837 times, 2 visits today)

Related posts