Zovur. Tushingizda zovurdan sakrab o’tsangiz, avvalgi gunohlaringiz odamlar tomonidan unutiladi, zovurga tu shib ketsangiz, ishingiz orqaga ketadi.
Zulayhoga o’xshash. Agar ayol kishining tushida g’oyib dan «Tavba qil», degan ovoz kelsa, u o’z qilgan ishlarini o’ngida o’ylab ko’rishi kerak ekan, toki Qur’oni Karim ning Yusuf qissasidagi Zulayhoga o’xshab qolmasin.
Zuluk. Tushda zuluk ko’rishni ochko’zlik, tamagirlik kabi salbiy illatlarga yo’yadilar. Kimki tushida badaniga zu luk qo’ysa, o’ngida molida kamchilik ko’radi; demak, kim dir unga zarar etkazayotgan ekan.
Zulfin. Agar tushingizda eshik zulfinini o’z halqa siga solsangiz, o’ngingizda muvaffaqiyat qozonishingiz ga va erkin bo’lishingizga dalildir.
Zumrad. Tushda zumrad ko’rish o’ngda halol mol topishga yo’yiladi. Zumrad ko’zli uzuk, ayniqsa u yashil yoki ko’k bo’lsa, obro’ e’tibor ham ekan.
Zo’rlash. Qiz tushida zo’rlanganligini ko’rsa, uning no musi va iffatini toptaydigan baxtsizlik ro’y beradi.