Za’faron. Mabodo tushingizda za’faron o’simligini ko’rsangiz, ehtiyot bo’ling, bu tush kasallikka yo’yiladi.
Zahar. Tushda zahar ko’rish qo’lga kiritiladigan mulk ka ishora. Ayol kundoshini yoki erining ma’shuqasini za har berib o’ldirishga harakat qilayotgan bo’lsa, u turmush da erini ushlab turolmas ekan.
Tushingizda dushmaningiz zaharlangan bo’lsa, barcha mushkulliklarni engib o’tasiz. Tushingizda sizni zaharlasalar, yomon ta’sirdan ehtiyot bo’ling.
Zaqqum. Zaqqum daraxtini do’zaxdagi daraxt, deydilar, ammo u arab sahrolarida ham o’sadi. Bunday daraxtni tu shida ko’rgan kishi ham ehtiyot bo’lishi kerak; o’ngida asa biy holatga tushadi va tanqidga uchraydi.
Zag’izg’on. Kimki tushida zag’izg’on ko’rsa, do’stlari dan, yoridap bevafolik ko’rishi mumkin, dushmanlari dan hiyla va nayrang sodir bo’ladi, tush sohibi o’z yaqin lari davrasida ishonchni yo’qotadi.
Ziyofat. Kimki tushida ziyofat dasturxonini ko’rsa, o’ngida qiyin ahvoldan chiqar ekan.
Ziynat. Agar tushingizda ziynat ko’rsangiz, o’ngingiz da ehtiyot bo’ling: isrofgarchilik qilib, kambag’allashib qolishingiz mumkin.
Zilzila. Tushda zilzila bo’lganini his qilmoq yoki ko’rmoq kishining o’ngida tadbirkorligiga zarar kelti radi. Bunday tush millatlararo urush va janjallarga ham ishoradir. Ba’zi muabbirlar joydan joyga ko’chishga yo’yibdilar. .
Zira. Tushda zira ko’rish qayg’uga yo’yiladi.