Soch. Kimki tushida sochning to’kilayotgani va kal bo’la boshlaganini ko’rsa, o’ngida daromadlari va obro’ e’tibo rini yo’qotishdan qo’rqsin. Tushda sochning oqara boshla shi yaqin odamining o’limidan xabar. Sochi oqara boshla gan o’smir yoki qizni ko’rish o’ngda biron narsani yo’qo tishga ishora. Yosh juvon oq sochli ayolni tushida ko’rsa, o’ngida kundoshdan ehtiyot bo’lmog’i kerak.
Tush ko’ruvchi ning badani oq tuklar bilan qoplangan bo’lsa, bu uning jinsiy aloqaga o’chligini bildirib, o’ngida odamlar bi lan muomalasi mushkullashadi. Qora jingalak soch sevgi mojorolariga ishora. Bunday tushni qiz ko’rsa, sevgi fit nalarining qurboniga aylanadi. Ayol tushida sochlarining turli rangdaligini ko’rsa, o’ngida kimni tanlashini bil may qoladi. Bashang turmaklangan soch o’ngdagi muvaffa qiyatga ishora. Taralmagan, paxmaygan sochni tushda ko’rgan kishi oilaviy mojarolar ichida qoladi. Qiz sochlarini tushida tartib] a keltira olmayotgan bo’lsa, o’ngida qi yiq ligini tashlashi kerak ekan. Tushida sochini oldirgan odam o’ngida aldovga qoladi.