tushida ro’za tutsa

Ro’za. Kimki tushida ro’za tutsa, ulug’likka erishadi, sihati yaxshi bo’ladi, oilasi va qarindoshlarida ofiyat hukm suradi, to’g’rilikka yuz tutadi, yolg’on so’zdan parhez qiladigan bo’ladi, tashvish va mashaqqatlardan qutuladi, solih amallarga kirishadi. Ibn Sirinning aytishicha, kimki tushida ro’za tutib, tasbeh va tahlil aytib, Qur’  on oyatlarini tilovat qilsa, o’ngida gunohlaridan tavba qilib, pok bo’ladi. Agar kimki tushida ro’za tutgan bo’lsayu, birovni g’iybat qilsa yoki yomon so’zlar og’zidan chiqayotgan bo’lsa, o’ngida dini mustahkam bo’lmaydi. Ja’fari Sodiq tushda ro’za tutganni ko’rishni o’n narsaga yo’yibdi: 1) buz  ruklik, 2) amaldorlik, 3) tansihatlik, 4) baland martaba, 5) tavba qilmoq, 6) g’amdan xalos bo’lmoq, 7) davlatmand bo’lmoq, 8) hajga bormoq, 9) nafsni engmoq, 10) farzandi solih ko’rmoq.

(Visited 1 616 times, 1 visits today)
Rate article
DAVOLASH
Add a comment
error: Content is protected !!