Jigarsiz. Kimki tushida o’zining jigari olib tashlanganligini ko’rsa, farzandlaridan biri vafot etadi.
Jigar shishmog’i. Kimki tushida jigarining shishga nini ko’rsa, xoh u yigit bo’lsin, xoh qiz, o’ngida kimni dir jinnilarcha sevib qoladi.
Jiyda. Tushingizda jiyda daraxtini ko’rsangiz yoki jiyda esangiz, boshlagan ishingiz samarali bo’ladi.
Jilov. Tushingizda miniladigan hayvonlarning ji lovidan ushlagan bo’lsangiz, mol va huzurga erishasiz.
Jilg’a. Tushda kimki jilg’a ko’rsa va undan suv olib ichsa, xayru baraka topadi, o’ziga to’q hayot kechiradi. Be mor odam jilg’a ko’rsa, tuzaladi. Kimki o’z hovlisidan jilg’a oqayotganini ko’rsa, uyiga qut baraka kiradi.
Jin. Kimki tushida jinga aylanib qolganini ko’rsa, de mak, u odamda fitna fasod hiyla nayrang, kirdikorlar ko’p ekan.
Kimki tushida jinni ko’rsa, jin singari hiylakorga uchraydi, o’g’irlik va zararli hodisalarga guvoh bo’ladi.
Jinlarning uyga kirishi. Tushda jinlarning uyga kir ganini va ularning biron nima qilayotganlarini ko’rish uyga o’g’ri tushishiga yoki dushmanlarning hujum qilishiga ishora.
Jinni. Agar tushingizda do’stlaringizdan birining jinni bo’lganini ko’rsangiz, ularning birontasidan za rar etishini kutishingiz mumkin.
Jinoyat va jinoyatchi. Tushda jinoyat ko’rish hojat ravo bo’lishiga ishoradir. Ammo jinoyatchi bilan hamsuhbat bo’lish yoki umuman, birga bo’lish siz bilan yaqinlikdan foydala nib, o’zining g’arazli maqsadlarini amalga oshirmoqchi bo’lgan odamlarni anglatadi. Adolat mahkamasidan qochib yurgan ji noyatchini tushingizda ko’rsangiz, demak, siz qandaydir yashi rin sirlarni bilasiz va raqiblar sizdan qasd olish niya tida sizga zarar keltiradilar. Bu tushning anglatishicha,