Murdaning gapirishi. Kimki tushida o’lgan odam bilan gap lashsa, ya’ni murda unga chiroyini ochib gapirsa, o’ngida kayfiyati ko’tariladi, murda qovog’ini solib gapirsa, ar vohpar undan norozi ekanlar. Yana Kirmoniyga suyangan holda aytadilarki, o’lib ketgan odamlarni pokiza, xushr o’ylik holda tushda ko’rsa, marhum shoddir, go’ri jannat bog’iday ekan. Agar kiyimlari xarob va o’zini g’amgin ahvol da ko’rsa, azobda ekan, tush ko’rgan odam darhol duoi fo tiha qilsin va sadaqa bersin (23, 55).
Xazrati Doniyoldan rivoyat qilib aytadilarki, har kim tushida o’lgan odam dan biron narsa olsa, kutmagan joydan rizq etishadi, o’sha narsadan bersayu esa, unga g’oyibdan halol mol eti shadi, emasa, etmaydi, agar o’lgan odam unga kiyimidan bersa va u uni kiysa, umrining oxirlab qolganidan da lolat, istig’for aytishi kerak, agar kiymasa, zarari yo’q
Harholda sadaqa raddi balo deganlaridek, bu tush | dan keyin xayrsadaqa qilib yuborish kerak.